Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish»
Download 0.99 Mb.
|
O\'lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish 9 ab 20 msm
- Bu sahifa navigatsiya:
- USLUBIY KO’RSATMA
- Taqrizchilar: dots. Kadirov Yo.B. “
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI “AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV” KAFEDRASI «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish» fanidan amaliy mashg’ulotlari uchun USLUBIY KO’RSATMA ( 60711300 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo’nalishi bakalavrlari uchun) Navoiy 2022 « O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish » fanidan amaliy mashg’ulot ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma Sattorov O.U Abdunazarova D.Y. Navoiy: NDKvaTU, ___ y. ___ bet. Ushbu uslubiy ko’rsatma 60711300 « Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti » yo’nalishi bo’yicha tahsil oluvchi oliy o’quv yurti bakalavriat talabalariga mo’ljallangan. Uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining o’quv uslubiy kengash qarori bo’yicha chop ettirildi.
Kirish O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllaridir Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d) oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish usullari. Dastlab, standartlashtirish turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va b.), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975-y. 20-mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy in-tining hukumatlararo darajada taʼsis etilishi Metrologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Metrologiya yuqori aniqlikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va b. tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obyektlari xossalarining mikdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy Metrologiya) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi. Metrologiyada oʻlchanadigan kattalik obyekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni xususiyat sifatida kator obyektlar uchun umumiy va u bir obyekt uchun boshkasiga Karaganda maʼlum son marta katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Massa, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va b. (obyektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obyekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va b. ga ega; obyekt uchun kattalik tushunchasi aniq boʻladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va b.). Faqat aniq kattaliklarni oʻlchash mumkin. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling