Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish»


-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar


Download 0.99 Mb.
bet17/46
Sana17.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1551295
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Bog'liq
O\'lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish 9 ab 20 msm

5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ta’riflanganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II BO‘LIM. STANDARTLAShTIRIShGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR
6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
(6-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
tarmoq standartlari;
texnik shartlar;
korxona standartlari;
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
ma’muriy-hududiy standartlar.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini “O‘zstandart” agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
(6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan o‘zgartishlar “O‘zstandart” agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. “O‘zstandart” agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat axborot jamg‘armasini tashkil etadi.
(6-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavfsizligini ta’minlash uchun, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik faoliyati subyektlari rioya etish uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Import mahsulot, basharti u O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling