Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish»
Texnikaviy shartlarning loyihalarini ishlab chiqish
Download 0.99 Mb.
|
O\'lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish 9 ab 20 msm
Texnikaviy shartlarning loyihalarini ishlab chiqish
O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy shartlarning loyihalari va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar (bundan keyin - texnikaviy shartlar) standartlashtirish texnika qo‘mitalari (bundan keyin - TQ) tomonidan ishlab chiqiladi. Asoslangan hollarda texnikaviy shartlar loyihalarini vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar, konsernlar yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari, davlat, kooperativ, ijara, aksionerlik korxonalari, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tegishli TQlar bilan kelishib ishlab chiqadilar. Mazkur mahsulotga daxldor MDHning davlatlararo standartlari respublika standartlari va texnikaviy shartlari mavjud bo‘lmagan taqdirda hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan talablarni kuchaytirish zarur bo‘lganda mazkur tarmoqning ikkita va undan ko‘proq korxonasi ishlab chiqaradigan mahsulotga texnikaviy shartlar ishlab chiqiladi. Texnikaviy shartlarda bedgilab qo‘yilgan talablar mazkur mahsulotga daxldor bo‘lgan amaldagi standartlar talabidan past bo‘lmasligi hamda mahsulot (buyumlar, ashyolar, moddalar) standartlari va texnikaviy shartlari talablariga zid kelmasligi kerak. Maboda talablarning katta qismi mazkur mahsulotga ta’luqli standartlarda belgilangan bo‘lsa, u holda bu talablar texnikaviy shartlarda takrorlanmaydi, balki texnikaviy shartlarning tegishli bo‘limlarida mazkur standartlarga yoki ularning bo‘limlariga havola etiladi. Bu holda standartning ayrim bandlariga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, ana shu bandlarning mazmuni esa texnikaviy shartlarda manbaga havola etilmay bevosita bayon qilinadi. Texnikaviy shartlarda mazkur mahsulotga doir konstruktorlik va boshqa texnikaviy hujjatlarga hamda mahsulot tarkibiy qismlarining texnikaviy shartlariga, shuningdek umumtexnikaviy hujjatlarga ham havola qilishga yo‘l qo‘yiladi. Texnikaviy shartlarning tuzilishi, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi GOST 2.114-70 talablariga mos bo‘lmog‘i kerak. Texnikaviy shartlarning amal qilish muddatini uzaytirish, cheklash va cheklovni bekor qilish haqidagi qaror texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora tomonidan mazkur texnikaviy shartlarning amal qilish muddati tugashidan kamida 3 oy muqaddam qabul qilinishi kerak. Texnikaviy shartlar mazkur texnikaviy shartlar o‘rniga boshqa me’yoriy hujjat ishlab chiqilayotganda yoki uni qo‘llanishi bundan buyon maqsadga muvofiq bo‘lmay qolganda, yoki mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtatilganda bekor qilinadi. Texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora ularni bekor qiladi. Agar mahsulotni buyurtmachi (iste’molchi)ning roziligi bilan ishlab chiqarish mumkin bo‘lsa, quyidagi hollarda texnikaviy shartlar ishlab chiqilmasligiga yo‘l qo‘yiladi: texnikaviy topshiriqqa binoan - bir dona ishlab chiqariladigan mahsulot uchun; buyumning hujjatlari jumlasiga kiradigan konstruktorlik hujjatlariga binoan ushbu buyumning tarkibiy qismlari uchun; texnikaviy hujjatlar bo‘yicha - bitta korxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri bergan buyurtma bo‘yicha tayyorlanadigan, yana ishlov beriladigan moddalar, ashyolar, yarim fabrikatlar uchun; etalon-namuna va uning texnikaviy bayoni bo‘yicha — iste’mol xususiyatlari mahsulot sifatiga xos ko‘rsatkichlarning miqdor qiymatini belgilamay bevosita mol namunasi bilan aniqlanadigan yoki bu ko‘rsatkichlar qiymati bir turdagi mahsulotlar guruhi uchun Rossiya Federatsiyasi standartlari bilan belgilangan ashyoviy xalq iste’mol buyumlari (murakkab ro‘zg‘orbop texnika va maishiy kimyo mahsulotidan tashqari) uchun; Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling