Avtomatlashtirishda qо‘llaniladigan dasturlar Reja dasturli ta’minot tarkibi Instrumental dasturli vositalar
Download 34.78 Kb.
|
1 2
Bog'liqAvtomatlashtirishda qо
Avtomatlashtirishda qо‘llaniladigan dasturlar Reja 1 Dasturli ta’minot tarkibi 2 Instrumental dasturli vositalar. 3 Amaliy dasturli ta’minot 4 Ofis uchun amaliy dasturlar Dasturli ta’minot tarkibi. SHK ning dasturli ta’minoti tarkibi uning muhim funksional tavsifi hisoblanadi. Dastur ta’minoti (DT) – bu doimiy qo’llaniladigan dasturlar to’plami bo’lib, ular foydalanuvchining masalalarini yechish uchun zarur va hisoblash texnikasini eng samarali ishlatish, foydalanuvchilarga ishlashda eng ko’p qulaylik yaratishni hamda masalalarni va ma’lumotlarni qayta ishlashni dasturlashda eng kam mehnat sarfini ta’minlaydi DT ni tizimli (bazaviy) va amaliyga bo’lish qabul qilingan. Tizimli DT axborotni qayta ishlovchi dasturlarni yaratish samaradorligini oshirish va ularni EHM da qo’llash uchun hamda EHM dan foydalanuvchilarga EHM resurslari bilan ishlash bo’yicha ma’lum xizmatlarni taklif etish uchun mo’ljallangan. 1-rasm Tizimli dasturli ta’minot tarkibi Amaliy dasturli ta’minot (ADT) foydalanuvchining aniq bir muammoli masalasini yoki shunday masalalar sinfini yechish uchun mo’ljallangan (ADT ni ko’pincha dasturli ilova deb ataladi). Tizimli dasturli ta’minot tarkibi 1- rasmda ko’rsatilgan. Tizimli dasturli ta’minot o’z ichiga quyidagilarni oladi: Operatsion tizim (OT) – TDT ning har doimgi, doimiy qismi bo’lib, u SHK ning turli rejimlarda samarali ishlashini ta’minlaydi, dasturning bajarilishini va foydalanuvchi va EHM tashqi qurilmalarining o’zaro ishini tashkil etadi. Servisli dasturlar, ular foydalanuvchiga va uning dasturlariga qo’shimcha xizmatlar to’plamini taklif etib, OT ning imkoniyatlarini kengaytiradi. Instrumentalli (vositali) dasturli vositalar, ular DT ni samarali ishlab chiqish va sozlash uchun mo’ljallangan. Texnik xizmat ko’rsatish tizimi, bu diagnostika, jihozlarni tiklash va SHK da nuqsonlarni topishni yengillashtiradi, shu bilan birga uning yanada yuqoriroq ishonchliligini va axborotlarni o’zgartirish jarayonlarining bajarilish aniqligini ta’minlaydi Download 34.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling