Avtomobil dvigatellarining ish sikli
To‘rt taktli karburatorli dvigatelning ish sikli
Download 57,74 Kb.
|
1 2
Bog'liqыфв
To‘rt taktli karburatorli dvigatelning ish sikli. Bunday dvigatellarda taktlar ketma-ketligi xuddi dizelning ish siklidagi kabi bo‘lsa-da, quyidagi ayrim xususiyatlar bilan ajralib turadi:
Kiritish taktida silindrga, benzin bug‘i va havodan (yoki gazsimon yonilg‘i va havodan) iborat bo‘lgan yonuvchan aralashma kiritiladi. Takt so‘ngida, ya’ni porshen YCHNga kelganda silindrdagi bosim 0,08 - 0,09 MPa ga, harorat 45 - 105°C ga teng bo‘ladi. Karburatorli va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda siqish darajasi dizcl dvigatellarga qaraganda birmuncha kichik, ya’ni 6 - 10 ga teng ho'ladi. Shu boisdan yonuvchan aralashmaning bosimi va harorati siqish taklining oxirida mos ravishda 0,9 - 1,5 MPa dan va 325 - 525°C dan ortmaydi. Siqish taktining yakunida, ya’ni porshen deyarli YCHNga kelganda yonuvchan aralashma elektr uchquni bilan yondirib yuboriladi. Yonish paytida bosim 3,5 - 6,0 MPa, harorat esa 2025 - 2425°C atrofida bo‘ladi. Dizeldagi kabi, kengayish jarayonining oxiridajchiqarish klapani ochila boshlaydi va bosim keskin pasayib ketadi. Porshen PCHNga yetib kelganda silindrdagi bosim 0,4 - 0,6 MPa ni, harorat esa 1125 - 1425°C ni tashkil qiladi. Chiqarish takti ham xuddi dizeldagi kabi amalga oshadi. Silindrdagi gazlar bosimi 0,102 -0,120 MPa gacha, harorat esa 625 - 825°C gacha pasayadi. Shunday qilib, yonuvchan gaz aralashmasini hosil qilish va ularni alanga oldirish usuliga qarab porshenli avtomobil dvigatellari ikkita guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga, yonuvchan aralashma ichkarida (silindrda) hosil qilinib, silindrda yuqori darajada siqish natijasida qizigan havo bilan aralashib, o‘z-o‘zidan alangalanib ketuvchi (dizel) dvigatellar kirsa, ikkinchi guruhga yonuvchan aralashma tashqarida (karburatorda) hosil qilinib, silindrda uchqun yordamida alangala- nadigan (karburatorli va gaz bilan ishlaydigan) dvigatellar kiradi. Dizellar, yonilg‘i sarf qilish bo‘yicha karburatorli va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarga qaraganda ancha tejamkor hisoblanadi. Bunga siqish darajasining yuqoriligi hamda yongan gazlarning ko‘proq kengayishi asosiy omil hisoblanadi. Bulardan tashqari, dizellar nisbatan arzon bo‘lgan neft yonilg‘ilarini iste’mol qiladi va yong‘inga birmuncha xavfsiz bo‘ladi. Dizellar katta resursga ega bo‘lib, avtomobil 400 - 800 ming km yo‘l bosguncha kapital (asosiy) ta'mirlashsiz ishlay oladi. Dizel dvigatellarni ishlab chiqarish karburatorli dvigatellarga qaraganda (1,5 - 2,0 marta) qimmat turadi, shuningdek, ularning og‘irligi va o‘lchamlari ham katta bo‘ladi. Shuning uchun ular yuk ko‘taruvchanligi yuqori bo‘lgan MA3, KpA3, KaMA3 avtomobillariga o‘rnatiladi. Yaqin kunlarda dizel dvigatelli TA3 va 3HJI avtomobillarini ko‘plab ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Download 57,74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling