Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi


-masala. Dvigatel quvvati va burovchi momentini o‘zaro bog‘lovchi 9554 koeffitsientini hisoblab chiqaring. 30-masala


Download 1.14 Mb.
bet8/36
Sana05.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1428460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
MASALA~1

29-masala. Dvigatel quvvati va burovchi momentini o‘zaro bog‘lovchi 9554 koeffitsientini hisoblab chiqaring.
30-masala. Agar avtomobil dvigatelining quv­vati 35 kVt, yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi 1.3 kN, g‘ildiraklarining aylanish chastotasi 500 min-1, transmissiyasining f.i.k. 0,92 bo‘lsa, g‘ildirash ra­diusi aniqlansin.
31-masala. GAZ-53A avtomobili 10 m/s tezlikda tekis harakatlanayotganida yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi 4,3 kN bo‘lsin. Agar dvigatelining quvvati 48 kVt bo‘lsa, transmissiyasining f.i.k. aniqlan­sin.
32-masala. Avtomobil sinash vaqtida uzatish soni 6,2 bo‘lgan I-uzatmada harakatlanmoqda. Agar yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi moment 8440 N•m, ularning aylanish chastotasi 68 min-1, transmissiya­sining f.i.k. 0,85, asosiy uzatmasining uzatish soni 6,8, g‘il­dirash radiusi 0,38 m bo‘lsa, avtomobilning tezligi, tortish kuchi, dvigatelining quvvati aniqlansin.
33-masala. GAZ-24 «Volga» yengil avtomobili uza­tish soni 1,45 bo‘lgan uchinchi uzatmada 100 km/soat tezlikda harakatlanganda g‘ildiraklarining aylanish chastotasi 800 min-1, dvigateliniig quvvati 70 kVt, transmissiyasining f.i.k. 0,92, asosiy uzatmasining uzatish soni 4,1, g‘ildirash radiusi 0,332 m bo‘lsa, yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi aniqlansin. Masala g‘ildirash radiusidan foydalanib va foydalanmay yechilsin.
34-masala. Avtomobil gorizontal yo‘lda to‘g‘ri uzatmada tekis harakatlanayotganida dvigatelining quvvati 55 kVt, g‘ildiraklarining burchak tezligi 45 rad/s edi. Agar yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi 3,4 kN, asosiy uzatmasining uzatish soni 6,5, g‘il­dirash radiusi 0,32 m bo‘lsa, transmissiyasining f. i. k. aniqlansin.
35-masala. Karburatorli dvigatel tirsakli valining burchak tezligi N=570 s-1 bo‘lganda, 51,5 kVt eng katta quvvatga erishadi. Eng katta momentiga to‘g‘ri keladigan tirsakli valining burchak tezligi 0,5 N. Shu holat uchun dvigatelning eng katta momenti va quvvati aniqlansin. (Masalani yechishda S.R. Leydermanning empirik formulasidan foydalaning).

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling