Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»
Download 1.88 Mb.
|
umk nometl materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3-jadval Avtomobil konstruksiyalariga ishlatiladigan plastmassalarning kimyoviy bardoshliligi, (turli muhitda, 20 0
- Sovuqqa chidamlilik .
- Agressiv muhitlarga chidamlilik yoki kimyoviy bardoshlilik.
- Organik eritmalarning ta’siri
- Atmosfera ta’sirlariga barqarorlik .
- Mа’ruzа dаrsining tа’lim tехnоlоgiyasi
1.1-jadval
Ba’zi plastmassalarning fizikaviy – kimyoviy xususiyatlari
1.2-jadval Avtomobilsozlikda ishlatiladigan konstruktsion plastmassalarning teplofizik xususiyatlari
1.3-jadval Avtomobil konstruksiyalariga ishlatiladigan plastmassalarning kimyoviy bardoshliligi, (turli muhitda, 200C)
Shartli ifodalar: S – mustahkamlik xususiyatlarining pasayishi; termoplastlar uchun – 10%, terlyureaktiv plastmassalar uchun – 15%. O – mustaxkamlik xususiyatlarining pasayishi; termoplastlar uchun – 15%, termoreaktiv plastmassalar uchun – 20%. N – ko’rsatilgan reagentga chidamsizlik. Zichlik. Plastmassalarning zichligi katta emas, aksarida 1000-1300kg/m3, g’ovakli plastmassalarda esa – 25…200kg/m3. Bu plastmassalarning metallarga nisbatan afzalligi. Po’lat va cho’yanning zichligi 7000-8000kg/m3, mis va uning qotishmalarida 8500-8950 kg/m3. Avtomobilning turli detallarini plastmassadan tayyorlash, massasini 25-30% kamaytiradi va minglab tonna po’lat va rangli metallarni tejab qoladi. Mexanik mustahkamlik cho’zish, siqish va bukishdagi mustahkamlik chegarasi va qattiqlik, zarbali qovushqoqlik bilan baholanadi. Plastmassalarning mustahkamligi metallarnikidan ancha kam. Masalan, yorishdagi mustahkamlik chegarasi po’lat uchun taxminan 1250 Mn/m2, poliefir qatronli stekloplastik uchun – 650-700 Mn/m2. Materiallarning massa birligiga to’g’ri keladigan mustaxkamlik tavsiflarini hisoblasak, plastmassalar po’latga qaraganda ustun bo’lib qoladi[1,8], chunki plastmassalarning zichligi ancha kam; stekloplastniki 4,3 marta kam. Plastmassalarning mustaxkamligi detal o’lchamlariga ham bog’liq. Termoplastdan detal tayyorlash jarayonida g’ovak hosil bo’ladi va ishchi kesim yuzasi kattalashsa, solishtirma mustahkamlik pasayadi, reaktoplastdan detal tayyorlashda polikondensatsiya jarayoni yakunlanmaydi. Plastmassalar doimiy yuklamani ko’taraolmaydi, chunki mustaxkamligi keskin kamayib ketadi. Lekin, elastikligi sababli o’zgaruvchi yuklamalarga chidaydi. Bikirligini oshirish uchun plastmassa detallariga armatura beriladi. Issiqbardoshlilik Martens asbobida baholanadi. Buning uchun plastmassa detalga yuklama berib, harorati oshiriladi va deformatsiya boshlanadigan harorat aniqlanadi. Termoplastlar uchun ruxsat etilgan maksimal harorat 40-1000C oralig’ida 250-3500C haroratlarda aksar plastmassalarning strukturasi buziladi, ya’ni polimer parchalana boshlaydi. Biroq issiqbardoshligi yuqori bo’lgan plastmassalar ham bor. Masalan, kremniyorganikali polimerlar. Ulardan ba’zilari metallar uchun korroziyaga qarshi qoplama sifatida ishlatiladi. Bunday detallarning harorati 5500C dan oshmasligi kerak. Bu polimerlarmas, etilsilikat erigan metal bilan to’qnashganda ham o’zini saqlab qola oladi. Sovuqqa chidamlilik. Aksar plastmassalarning mexanik xususiyatlari , harorat pasayganda, yomonlashadi va shishasimon holatga o’tadi, mo’rt va sinuvchan bo’lib qoladi. Bu xususiyat termoplastlarda yaqqol ko’rinadi. Namga chidamlilik. Plastmassalarning bu xususiyati nam sharoitda tutib turilgan detalning massasi 24 soatda qanchaga ko’paygani bilan baholanadi. Plastmassalarning suvga chidamligi to’ldiruvchiga bog’liq. Shimilgan suv plastmassa detalning dielektriklik xususiyatini, tashqi ko’rinishini yomonlashtiradi, minusli haroratlarda esa, qiyshayib ketishiga sabab bo’ladi. Agressiv muhitlarga chidamlilik yoki kimyoviy bardoshlilik. Plastmassalarning turli kimyoviy reagentlar (kislotalar, ishqorlar, tuzlar va x.k.)ga munosabati kimyoviy bardoshlikni ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich yuqorimolekulyar birikmaning strukturasiga bog’liq. Agar makromolekulaning alohida-alohida strukturaviy bog’inlari uglerod atomi yordami bilan emas, boshqa elementlar. Masalan, kislorod, azot, oltingugurt atomlari vositasida bir-biriga birikkan bo’lsa, bunday plastmassa kimyoviy agressiv reogentlar ta’sirida oongina parchalanib ketadi. Parchalanish o’sha, ugleroddan boshqa element yordamida birikkan joyda boshlanadi. Biroq ba’zi plastmassalarning korroziyaga qarshilik xususiyatlari katta bo’ladi. Masalan, ftoroplastlarning kimyoviy chidamliligi hatto oltin va platinadan ham yuqori bo’ladi. Kuchli ultrabinafsha nurlarning uzoq ta’siriga qilt etmay chidagan fteroplastlar ma’lum. Ftorli pomer – politetraftoretilin (ftoroplast-4) [-CF2- CF2-]n eng yaxshi dielektrik hisoblanadi. U bundan tashqari, eng kam ishqalanish koefitsentiga ega. Bu materialdan tayyorlangan ishqalanish uzelini moylash shart emas; yonmaydi, faqat elementar ftor yoki suyuqlanma ishqorli metallar ta’sirida yemiriladi. Organik eritmalarning ta’siri (plastmassalarga) turlicha va ularning qutblanganligiga bog’liq. Polietilen, poliizobutilen kabi qutblanmagan (nopolyar) polimerlar shunday eritgichlarda (masalan, benzin, benzil, to’rt xlorli uglerod) eriydi yoki ko’pchib qoladi, lekin qutblangan eritgichlar (masalan spirt)da barqaror turadi. Gidroksil (-OH), karboksil (-COOH) va shu kabilar qutblangan gruppalari bir polimerlar esa (masalan, polimetalkrilitlar, poliamidlar), aksincha, qutblanmagan eritgichlarga barqaror, lekin qutblangan eritgichlar (spirt, fenol va boshqalar)da eriydi yoki ko’pchiydi. Atmosfera ta’sirlariga barqarorlik. Yorug’lik, issiqlik, namlik, kislorod ta’sirida plastmassalarning xususiyatlari yomonlashadi (rangi o’zgaradi, yaltirashini yo’qotadi, darzlar hosil bo’ladi, mexanik xususiyatlari pasayadi), ya’ni plastmassa eskiradi, chunki polimerning strukturasi buzilib, bir vaqtning o’zida oksidlanib qolgan bo’ladi. Eskirishning oldini olish uchun plastmassalarga maxsus qo’shilmalar (antistaritel) aralashtiradi. Texnologiyaboplik mexnattalablik va material sig’imi bilan tavsiflanadi. Detallarni plastmassalardan tayyorlash metalldan tayyorlashga qaraganda ancha kam mehnat talab etadi. Erigan plastmassani bosim bilan qoliplarga qo’yib detal tayyorlanadi. Detal o‘lchamlari katta bo’lsa, plastmassadan tayyorlansa-da, ko’p mehnat talab etadi. Detalning material sig’imi – detal massasining materialning dastlabki portsiyasi massasiga nisbati bilan aniqlanadi. Qolip (press-forma)ga qo’yilgan plastmassa qotganda cho’kadi va bu ko’rsatgich sezilarli. Plastmassaning bundan boshqa kamchiliklari ham bor. Bular: yuqori haroratlar va olovga chidamsizlik; doimiy yuklama ta’sirida mutaxkamlikni yo’qotish; sirtining mustaxkamligi yetarlicha katta emasligi; egiluvchanligi va bikirligi kam; xizmat muddati kam; detalni ishchi kesimi ortishi bilan plastmassaning solishtirma mustaxkamligi kamayadi. Shularga qaramasdan, plastmassalarning afzalliklari, ulardan buyum tayyorlash maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. Kamchiliklarini turli yo’llar bilan bartaraf etish yoki susaytirish mumkin. Mа’ruzа dаrsining tа’lim tехnоlоgiyasi Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling