Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


-mаvzu. Nоmеtаl mаhsulоtlаr bilаn ishlаshdа tехnik vа yong’in хаvfsizligi tаlаblаri


Download 1.88 Mb.
bet67/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

10-mаvzu. Nоmеtаl mаhsulоtlаr bilаn ishlаshdа tехnik vа yong’in хаvfsizligi tаlаblаri


Rеjа
1. Tехnik vа yong’in хаvfsizligi.
2. Еlim vа gеrmеtiklаr bilаn ishlаshdа хаvfsizlik tехnikаsi vа аtrоf-muhit muhоfаzаsi.
3. Intеrеr mаtеriаllаri bilаn ishlаshdа хаvfsizlik tехnikаsi.
4. Lok-bo’yoq mаhsulоtlаri bilаn ishlаshdа хаvfsizlik tехnikаsi.


Tаyanch ibоrаlаr
Tехnik, хаvfsizlik, himоya, mеhnаt muhоfаzаsi, ehtiyotkоrlik.


Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr


Аsоsiy аdаbiyotlаr:

  1. L.S.Dеnisеnkо Охrаnа trudа nа АTP M: Trаnspоrt, 1986, 90s.

  2. Хimiki аvtоlyubitеlyam pоd rеd. А.YA. Mаlkinа Lеningrаd, 1990, 201 str.

Qo’shimchа аdаbiyotlаr:
3. G. P. Kuznеtsоv Охrаnа trudа M: Аgrоprоmizdаt, 1985,1 10 s.


1-ilоvа
TЕХNIK VА YONG’IN ХАVFSIZLIGI
Mashinasozlikda qo`llaniladigan barcha lok - bo`yoq materiallari, erituvchilar va suyultiruvchilar yong`indan xavfli. Ko`pgina erituvchilarninig bug`lari ma'lum bir havodagi konsentrasiyasi olov manbalari ta'sirida portlashi mumkin.
Lok - bo`yoq materiallarini tayyorlash, bo`yalayotgan yuzalarni yog`sizlantirish va bo`yash ishlari maxsus shamollatish uskunalari bilan jixozlangan xonalarda bajarilishi kerak. Shamollatish uskunalari xonani erituvchilar bug`laridan muntazam tozalab turishi kerak.
Bo`yash sexlari, bo`yoq tayyorlaydigan bo`linmalar olovni o`chiruvchi vositalar bilan jixozlangan bo`lishi kerak (OP-5 rusumli olov o`chirgich, ko`pik ishlab chiqaruvchi qurilma, qum to`ldirilgan quti va boshqalar).
Elektrobo`yash kameralari, botirib va sepib bo`yash qurilmalari o`rnatilgan xonalar avtomatik olov o`chirish qurilmalari bilan jixozlangan bo`lishi kerak.
Yoritish uchun elektrolampa armaturalari germetik va portlashdan xavfsiz bo`lishi kerak. Elektr o`chirgichlar va rubilniklar xonadan tashqarida maxsus yopiq shkaflarda o`rnatilishi kerak.
Statik elektr toki ta'sirida yong`inni oldini olish uchun barcha bo`yalayotgan mahsulot va ularning agregatlari yerga ulangan bo`lishi kerak.
Poliefir laklari bilan nitrolaklarni bir kamerada sepish qat'iyan man etiladi.
Shamollatish trubalarida bir paytda o`tirib qolgan nitrolak plenka-lari, poliefir laklari plenkasi qosil bo`layotganda chiqadigan issiqlik ta'sirida yonib ketishi mumkin.
Ochiq olov oldida lok - bo`yoq materiallarini tayyorlash, yuzalarni yog`sizlantirish, eski qoplamalarni erituvchi yordamida tozalash qat'iyan man etiladi. Bo`yalayotan yoki yangi bo`yalgan yuzalar yaqinida payvandlash ishlari olib borish, chekish, gugurt yoqish va xokazolarga ruxsat berilmaydi.
Erituvchilar, loklar, emallar (ayniqsa yog`li va alkidli) bilan namlangan salfetkalar, matolarni maxsus yopiq qutilarga yig`ib ularni yo`q qilish kerak. Chunki ularni saqlash jarayonida o`z-o`zidan alangalanishi mumkin. Bo`yash sexlarida, lok-bo`yoq omborlarida va ularni tashish jarayonida chekish qat'iyan man etiladi.
Portlashni oldini olish maqsadida lok - bo`yoq materiallaridan bo`shagan idishlar, bidonlarni gugurt, ochiq olov manbalari yoki ochiq elektr yoritgichlar bilan yoritish man etiladi.
Loklar, bo`yoqlar, emallarni ochiq olovda qizdirish qat'iyan man etiladi, chunki bu hollar yong`in chiqishiga olib kelishi mumkin.
Lok bo`yoq materiallari qadoqlangan bankalarni, uchqun chiqishi mumkin bo`lgan temir asboblar bilan ochish ta'qiqlanadi. Metalldan yasalgan idishlarni faqatgina mis yoki latundan yasalgan asboblar bilan ochiladi. Lok-bo`yoq materiallarini aralashtirish jarayonida yog`och yoki dyuralyuminiyli kurakchalar va pnevmatik aralashtirgichlardan


2-ilоvа
ЕLIM VА GЕRMЕTIKLАR BILАN ISHLАSHDА ХАVFSIZLIK TЕХNIKАSI VА АTRОF-MUHIT MUHОFАZАSI
Yelimlar va jipslagichlarning aksari zaharli va yonuvchan bo’lgani sababli, ular bilan ishlaganda xavfsizli qoidalariga rioya qilish lozim.
Uretanli va epoksidli yelimlarning qotirgichlari – izotsianat va polietilenpoliamin eng zaharli hisoblanadi. Birinchisi nafas yo’llarining shilliq pardalarini qo’zg’aydi va umumiy charchoqni keltirib chiqarsa, ikkinchisi teriga uzoq vaqt ta’sir qilganda yarali dermatitga o’xshagan shikast hosil qiladi, ko’zga tushsa yiringli konyuktivit keltirib chiqaradi. Epoksid qatronlar teriga uzoq vaqt ta’sir qilganda, eczema va dermatit paydo qiladi.
Modifikatsiyalangan fenolformaldegidli qatronlar asosidagi yelimlar nisbatan kam zaharli, chunki tarkibida erkin fenol miqdori kam.
Akril qatronlarning hosilalari asosidagi yelimlar – anaerob jipslagichlar va tsianakrilat yelimlar kam zaharli. Rezinali yelimlarning zaharliligi eritgichga qarab bo’ladi.
Yelimlar bilan ishlash havoni tortib, kiritib shamollatiladigan xonalarda bajarilishi kerak. Yelim kompozitlarni tayyorlash va surkash havosi tortib chiqariladigan shkafda bajarilishi kerak. Bunda havo tezligi 0,7 m/s dank am bo’lmasligi kerak. Yelimlar bilan ishlanadigan joylarda chekish va ovqatlanish taqiqlanadi.
Organic eritgichlar va ba’zi yelimlar yonuvchan moddalardir. Ularni olov va isitish asboblari yaqinida saqlash, boshqa idishga quyish va ishlatish taqiqlanadi. Yelim teriga tekkanda zudlik bilan quruq paxta tampon yordamida ketkazib, tekkan joyni issiq suv va yumshoq sovun bilan yuvish, so’ngra bo’rli vazelin yoki glitserin surkash kerak. Bunday holatda atsetindan foydalanish ma’qul emas, chunki u yelimni eritadi natijada yelim teriga singib kirishi mumkin. Qo’llarni himoyalash uchun maxsus paxtalardan (silikanli, XIOT №6) foydalanish kerak. Biroq tarkibida yog’lar va talk bo’lgan pastalar to’g’ri kelmaydi, chunki yopishtiriladigan yuzalarga yog’lar teksa brak paydo bo’ladi.


3-ilоvа
INTЕRЕR MАTЕRIАLLАRI BILАN ISHLАSHDА ХАVFSIZLIK TЕХNIKАSI
Avtomobil inter’eriga ishlatiladigan sintetik polimer materiallar ekspluatatsiya sharoitlarida odam organizmiga zararli ta’sir qilmaydi, biroq ba’zi amallarda, masalan, payvandlash ishlarida ulardan plastifikatorlarning bug’i, parchalanish mahsulotlari (vinilxlorid, xlorvodorod va boshqalar) ajralib chiqishi mumkin.
Bunday materiallarga shamolatiladigan binolar ichida ishlov berish (qayta ishlash) kerak.
Uchuvchan zaxarli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak (mg/m3):
Akrilonitril - 0,25;
Tsianli vodorod – 0,30;
Trifenil fosfat – 1,00;
Xlorvodorod – 5,00;
Sterol – 5,00;
Dioktilftalat – 10,00;
Uglerod oksidi – 20,00;
Vinilxlorid – 30,00;
Propilen – 500,00;
Etilen – 500,00.
Polimer materiallarni qayta ishlashda ajralib chiqadigan zaxarli moddalarning aksari yuqori nafas yo’llari va ko’zining shilliq pardalarini qo’zitadi. Ba’zilari nerv sistemasiga, qon hosil qiluvchi a’zolarga, tishlarga salbiy ta’sir qiladi, oshqozon-ichak buzilishlariga olib kelishi mumkin.
Sintetik inter’er materiallariga ishlov berishda maxsus kiyimlarni kiyish va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish lozim. Ishlov berishda qo’llanadigan jixoz (uskuna)ni esa yerga ulab qo’yish kerak, chunki materialda elektr zaryadlari hosil bo’lib turadi. Inter’er materiallar yonuvchan bo’lgani sababli saqlashda, qayta ishlash va ekspluatatsiyada yong’in xavfsizligi choralarini ko’rish kerak.


4-ilоvа


LOK-BO’YOQ MАHSULОTLАRI BILАN ISHLАSHDА ХАVFSIZLIK TЕХNIKАSI

1) Qoidaga ko`ra, bo`yoq berish sexlari ko`p qavatli binolarning yuqori qavatida yoki bir qavatli binolarda joylashishi kerak.


Ularni binoning yerto`la yoki yarim yerto`la xonalariga joylashtirish ta'qiqlanadi. Ishlab chiqarish xonalarining balandligi poldan shiftgacha 5,4 m. dan kam bo`lmasligi lozim. Xonadan chiqish joyi ikkitadan kam bo`lmasligi kerak.
2) Buyumlarni bo`yashga tayyorlash uchastkalari bo`yoq berish uchastkalaridan ajratib qo`yilgan bo`lishi zarur.
3) Bo`yoq tayyorlash bo`limi bo`yoq berish uchastkasidan ajratilgan holda joylashishi va tashqariga chiqish yo`li alohida bo`lishi kerak. Bu lok-bo`yoq materiallarini nazorat qiluvchi labaratoriyalarga ham taaluqli.
4) Bo`yoq tayyorlash bo`limlari materiallarning sutkalik zaxirasini saqlash uchun omborxona tashkil qilishga ruxsat beriladi.
5) Lok-bo`yoq materiallarini saqlash omborxonalari alohida binolarda joylashtirilishi zarur.
6) Bo`yoq berish sexlari, xonalari bo`yoq tayyorlash bo`limlari va omborxonalar o`t o`chirishni nazorat qiluvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda o`t o`chirish vositalari bilan ta'minlanishi lozim.
7) Bo`yoq berish ishlari xonasining barcha konstruktiv elementlari yong`inga bardoshli materiallardan bo`lishi kerak.
8) Tayyorlash va bo`yoq berish bo`limlari devorlarining ichki yuzasi suvoqlangan, ochiq rangdagi moyli bo`yoq bilan bo`yalgan bo`yalishi kerak.
9) Bo`yoq berish sexlarining pollari yonmaydigan, mustaxkam, tekis, sirpanmaydigan va ifloslarni tozalashga qiyin bo`lmasligi kerak.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling