Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- AVTOMOBIL PLASTIK SURKOV MOYLARI 1. Plastik surkov moylarining umumiy xususiyatlari
- Plastik surkov moylarining mexanik xususiyatlarini baholash usullari
Nazorat savollari
Moyning vazifasi nimadan iborat? Avtomobil moylari qanday olinadi? Moy dvigatelda qanday sharoitda ishlaydi? Motor moylariga qanday ekspluatatsion talablar qo‘yiladi? Motor moylarining xususiyatlarini aytib bering. Motor moylari qanday tasniflanadi? Moylar qanday markalanadi? Qovushoqlik indeksi deganda nimani tushunasiz? Moylarga qanday qo‘shilmalar qo‘shiladi? Dvigatel ishlaganida moylarning xossalari qanday o‘zgaradi? Motor moylari qanday regeneratsiya qilinadi? Transmission moylarning ish sharoitlari qanday? Transmission moylarning asosiy ekspluatatsion xossalarini ayting. Transmission moylarning turlarini aytib bering. Transmission moylarning markalanishini aytib bering. 150 151
VI BOB. AVTOMOBIL PLASTIK SURKOV MOYLARI 1. Plastik surkov moylarining umumiy xususiyatlari Plastik surkov moylari avtomobillarning, asosan, germetik ber kitilmagan (karterlar ichiga joylashtirilmagan) ishqalanib ishlay-digan tarmoqlarini moylash uchun ishlatiladi. Bunday moylar anti friksion surkov moylari deb ataladi. Plastik surkov moylarida suyuq va qattiq moylash materiallari ning xususiyatlari mujassam etilgan. Plastik moylar panjara (kar-kas) ko‘rinishdagi tuzilishga ega bo‘lib, u quyultiruvchining qattiq zarrachalari (dispers faza) va shu panjara ichiga kiritilgan suyuq moylar (dispersli muhit)dan tashkil topgan. Yuklanishlar ta’sirida karkas buziladi va moy suyuqlik holatida ishlaydi, yuklanish olin-gach panjara yana tiklanib, moy yana qattiq jism shakliga o‘tadi. Bu plastik moylarning asosiy xususiyatidir. Plastik surkov moylari tarkibiga moy (asos) (80–90%), quyul-tirgich (sovun) (10–20%), qattiq uglevodorodlar, bir jinsliligini saqlash maqsadida qo‘shilgan stabilizator, ba’zan to‘ldirgich (ma salan, grafit) kiruvchi murakkab birikmalardir. Plastik surkov mo yining asosiy xususiyatlarini unga qo‘shiladigan sovunli va sovun-mas quyultirgichlar belgilaydi. Sovunli quyultirgichlar moyli kislotalarning tabiiy yoki sun’iy tuzlaridan iborat bo‘lib, ulardan ko‘proq kalsiyli, litiyli, natriyli, bariyli, aluminiyli, ruxli, qo‘rg‘oshinli va boshqalar ishlatiladi. Bu quyultirgichlar bilan tayyorlangan surkov moylari o‘rta va yuqori haroratlarda ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Sovunmas quyultirgichlar (qattiq uglevodorodlar – parafinlar, serezinlar va boshqalar) asosida tayyorlangan surkov moylari nam-likka chidamli bo‘lishi bilan birga, faqat past haroratlarda ishlatish-ga yaroqlidir. 152
2. Plastik surkov moylarining mexanik xususiyatlarini baholash usullari Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling