Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Download 0.77 Mb.
bet25/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

harorati deyiladi. U laboratoriya­ sha-roitlarida aniqlanadi. Maxsus asbobda istalgan moyning harorati belgilangan darajaga yetganda birinchi tomchisi tushadi. Plastik surkov moyining tom-chilab tushish harorati maxsus asbob yordamida aniqlanadi (6. 2- rasm). As-bobning asosiy detali simob zoldirli monometr 1 bo‘lib, uning pastki qis-miga metall gilza 5 biriktirib qo‘yil-gan. Gilzaning ostki qismiga kalibr­ langan teshikchali shisha kosacha 6 o‘rnatilgan. Moyning tomchilab tu­ shish haroratini aniqlash uchun shisha kosacha chiqarib olinib, tekshirilishi lozim bo‘lgan­ moy bilan to‘ldiriladi va o‘z o‘rniga mahkamlanadi. Shundan so‘ng shisha mufta 3 bo‘g‘izi tiqin 2 yordamida­ zichlab berkitiladi. Mufta 3 asbob bilan birgalikda suv yoki glitse-rin bilan to‘ldirilgan stakan 4 ga bo­ tiriladi. Stakan­dagi­ suyuqlik gaz gorelkasi yordamida (oson suyuqla­ nadigan moylarni tekshirishda 30°C
gacha, o‘rtacha suyuqlanadigan moylarni tekshirishda 60°C gacha, natriyli va litiyli moylarni tekshirishda mos ravishda 110°C va 150°C gacha) isitiladi. Isitish paytida shisha kosachadagi surkov moyining kalibrli teshikcha orqali oqib tushgan birinchi tomchi­ sining oqib tushish harorati manometr yordamida aniqlanadi va u tomchilab tushish harorati deyiladi.

Tomchilab tushish harorati qiymatiga ko‘ra surkov moylari qi-yin suyuqlanadigan (Литол–24, ЯМЗ–2, № 158, ЦИАТИМ–201 va boshqalar), o‘rtacha suyuqlanadigan (solidollar va УСс–А), oson suyuqlanadigan (PBK va BTB–1 himoya surkov moylari) xil-larga bo‘linadi.

157
Surkov moylari tarmoqlardan oqib ketmasligi uchun ularni tom-chilab tushish haroratidan past haroratlarda ishlatish tavsiya etila-di. Ish jarayonida surkov moyi qizishi mumkin bo‘lgan eng yuqori harorat oson suyuqlanadigan (tomchilab tushish harorati 65°C ga-cha) surkov moylari uchun tomchilab tushish haroratidan kamida 10°C (boshqa moylar uchun 15°C) past bo‘lishi zarur.



  1. 4. Surkov moylarining bug‘lanuvchanligi, kolloid, mexanik va kimyoviy turg‘unligi

Surkov moylarini saqlashda va ishlatishda moy tarkibidagi tarkibiy qismlarning bug‘lanishi va moyning kolloid turg‘unligi ye-tarli darajada yuqori bo‘lmaganligi tufayli o‘z-o‘zidan parchalani-shi oqibatida moy o‘z xususiyatlarini o‘zgartiradi. Bu ikki jara­yon moydagi quyultirgich konsentratsiyasining ortishiga olib keladi. Buning natijasida moyning bir jinsliligi buziladi, moyda mo‘rtlik xususiyati paydo bo‘lgunga qadar uning plastikligi pasayadi va sirtlardagi moy qatlamlarida yoriqlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun moyni bug‘lanuvchanlik va kolloid turg‘unligi nuqtayi nazaridan baholash zarur hisoblanadi. Bug‘lanuvchanlik 79341–74- sonli Davlat standarti asosida, kolloid turg‘unlik esa KCA rusumli ji-hoz yordamida 7142–74- sonli Davlat standarti asosida aniqlanadi. Har ikki holatda ham natija sinov uchun olingan surkov moyiga nisbatan bug‘lanish yoki parchalanish natijasida ajralgan moyning foiz hisobidagi ulushi ko‘rinishida ifodalanadi.

Plastik surkov moylarining muhim xususiyati ularning mexanik ta’sir ostida o‘z xususiyatlarini juda ham o‘zgartirib yuborishi va mexanik ta’sir barham topganidan so‘ng o‘z xususiyatlarini qis-man, ba’zan esa to‘la tiklashidir. Moyning bu xususiyati ba’zan mexanik turg‘unlik deb ataladi. Mexanik turg‘unlik xususiyati haqida batafsil to‘xtalamiz.

Surkov moylarining ishlatilish imkoniyatining pasayishi va korrozion aktivligining ortishi kimyoviy ta’sirlar (birinchi navbat-

158
da, quyultirgich va moyning havo kislorodi ta’sirida oksidlani-shi) natijasida amalga oshadi. Shuning uchun yuqori haroratlarda (100 °C dan yuqori) va agressiv muhitlarda ishlatish uchun zarur kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘lgan moylar tanlanadi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling