Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Surkov moylarining suv ta’siriga turg‘unligi
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surkov moylari tarkibidagi erkin ishqorlar va organik kis-lotalar, mexanik aralashmalar miqdori.
- Plastik surkov moylarining markalanishi va ishlatilishi
Surkov moylarining suv ta’siriga turg‘unligi. Bu ko‘rsatkich surkov moyining suvda erishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati-ni tavsiflaydi. Suvda erimaydigan litiyli (masalan, Литол–24) va kalsiyli sovunlar (solidollarning barcha markalari) bilan quyuq lashtirilgan antifriksion surkov moylari nam ta’siriga chidamlidir. Uglevodorodli quyuqlashtirgichlar asosida tayyorlangan himoya surkov moylari suvda mutlaqo erimaydi. Kalsiy-natriyli sovunlar asosida tayyorlangan antifriksion surkov moylari, masalan, ЯМЗ–2 moyi, namga chidamsizligi bilan ajralib turadi. Bu moylarni nam-dan ishonchli himoyalangan (g‘ildirak gupchaklari, ventilator tas-malarini taranglash roliklari va hokazo) ishqalanuvchi tarmoqlarni moylashda ishlatish mumkin.
Surkov moylari tarkibidagi erkin ishqorlar va organik kis-lotalar, mexanik aralashmalar miqdori. Surkov moylarining kor-rozion aktivligini belgilovchi erkin ishqorlar moy tarkibida, massa-si bo‘yicha 0,1–0,2 foizdan oshmasligi kerak. Detallarning abraziv yeyilishiga sabab bo‘luvchi erkin organik kislotalar va mexanik aralashmalar moy tarkibida bo‘lmasligi lozim. 5. Plastik surkov moylarining markalanishi va ishlatilishi Plastik surkov moylarining markasi ishqalanuvchi tarmoqning konstruksiyasi (ochiq yoki yopiqligi), bir-biriga ishqalanuvchi sirtlarning ish harorati, ularni yuklanish darajasiga, shuningdek, avtomobildan foydalanishdagi iqlim sharoitlariga qarab tanlanadi. Ishlab chiqarilishi va avtomobil xo‘jaligida ishlatilishi bo‘yicha umumiy maqsadlarda ishlatiladigan kalsiyli surkov moylaridan keng foydalaniladi. Ulardan eng asosiylari quyidagilardir: solidol – С (sintetik); press-solidol – C; solidol – Ж (yog‘li); press-solidol 159
Kalsiyli surkov moylarining, shu jumladan, solidollarning o‘zi-ga xos xususiyati ularning tarkibida suvda erimaydigan quyultir-gich (kalsiyli sovun)ning mavjudligidir. Bu moylar suv ta’siriga barqaror. Shuning uchun bu moylarni ish jarayonida suv kirishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda ishlatish mumkin С solidollarni ish-latish mumkin bo‘lgan eng yuqori harorat +65°C, С press-solidollar uchun esa +50°C. Eng past harorat esa mos ravishda minus 20°C va minus 30°C. Yog‘li solidollar muayyan xususiyatlari bo‘yicha kalsiyli sinte-tik moylardan birmuncha afzalroq, ammo bu ikki turdagi moylar-ni avtomobillarda o‘zaro almashinuvchi moylar sifatida ishlatish mumkin. Shuning uchun avtotransport korxonalarida yog‘li so-lidollar va yog‘li press-solidollardan foydalanilganida solidol va press-solidollarga tegishli tavsiyalarga amal qilish lozim. Barcha turdagi solidollar, asosan, ochiq ishqalanuvchi tarmoqlarni moy-lash uchun ishlatiladi. Grafitli surkov moyi УСс–А tarkibida 10 foiz miqdorida mayda-langan grafit qo‘shilgan solidoldir. Bu moylarni tarkibiga aktivator qo‘shilganligi tufayli ularning markasi belgisiga A harfi kiritilgan. УСс–А moyidagi grafit himoya vositasi hisoblanadi. Mexanizm-lar katta yuklanish ostida va zarb ta’sirida ishlaganida, moy detal-lar orasidagi tirqish orqali sizib chiqqanida grafit detal yuzalarida yupqa parda hosil bo‘lishini ta’minlaydi. УСс–А avtomobil ressor-larini, turli xil troslarni, vintli uzatmalarni (masalan, domkratlarni), ochiq shesternyalar va sirpanish tezligi katta bo‘lmagan katta yuk-lanish ostida ishlaydigan mexanizmlarni moylashda foydalaniladi. Ularni minus 20°C dan 80°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin. Yuqori haroratlarda ham ishlatish mumkin bo‘lgan, umumiy maqsadlarda ishlatiladigan moylar jumlasiga natriyli va natriy-li-kalsiyli surkov moylari kiradi. Bunday moylardan biri yog‘li 160
Tarkibida litiyli sovun bo‘lgan moylar eng istiqbolli plastik surkov moylari hisoblanadi. Ular bir qator ijobiy xususiyatlarga ega, jumladan, suv ta’siriga chidamliligi bo‘yicha solidollarga yaqin, suyuqlanish darajasi bo‘yicha qiyin suyuqlanadigan konstalinlarga yaqin va past haroratlardagi xususiyatlari bo‘yicha bu ikki turdagi moylardan afzaldir. Mamlakatimizda ishlatiladigan dastlabki litiyli surkov moyiga ЦИАТИМ–201 markasi berilgan. ЦИАТИМ–201 161
Yuqori sifatli ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan Литол–24 moyi keng tarqalgan. Uning tarkibiga steorin kislotadan tayyorlangan litiyli sovun qo‘shilgan bo‘lib, natijada minus 40°C dan 130°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin bo‘lgan universal moy olin-gan. Литол–24 universal moy bo‘lib, uni barcha turdagi solidollar, konstalin, 1–13, ЯНЗ–2, № 158 lardan foydalaniladigan tarmoqlar-da yil davomida ishlatish mumkin. Avtomobil generatorlari va statyorlari, elektrodvigatellar, kar-danli birikmalar hamda oyna tozalagichlarning podshipniklarini uzoq muddat ishonchli ishlashini ta’minlash uchun qiyin suyuqla-nadigan (tomchilab tushish harorati 130°C dan ortiq) va suv ta’si-riga chidamli bo‘lgan № 158 moyidan foydalaniladi. № 158 moyi kaliyli va litiyli sovunlar asosida tayyorlanadi. Ularga ko‘k rang beruvchi pigment qo‘shiladi. Kompleks xususiyatlarga ega bo‘lgan sovun yordamida quyul-tirilgan neft asosidagi yoki sintetik moylar istiqbolli hisoblanadi. Bunday moylar jumlasiga kompleks xususiyatlarga ega bo‘lgan kalsiyli quyultirgichli Униол–1 va uning sovuq ta’siriga chidamli Униол–ЗМ variantlarini keltirish mumkin. Ular odatdagi kalsiyli moylar (masalan, solidol)ga nisbatan bir qator ijobiy xususiyatlar-ga ega, jumladan, issiqlik ta’siriga chidamliligi yuqori (150–170°C haroratgacha ishlatish mumkin). Konservatsion (himoya) moylaridan BTB–1 va ПВК moylari ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. BTB–1 himoya moyi tolali texnik vazelin bo‘lib, bu surkov moyi korroziyalanmasligi uchun simlar ning uchlariga va akkumulatorlar batereyasining qutb chiqish sim-lariga, kanat tirgagiga, eshik ochilishini cheklagichga, yonilg‘i baki 162
Moylarning tasnifiy belgisida ularning vazifasi va ishlatilish so-hasidan tashqari, quyultirgich turi, ishlatish tavsiya etiladigan haro-rat diapazoni hamda quyuqlik darajasi ko‘rsatiladi. Quyultirgich sovun tarkibiga kiradigan metallning dastlabki ik-kita harfi bilan belgilanadi: Ka – kaliyli, Li – litiyli, Na – natriyli yoki Li-Ka – litiy-kalsiyli aralash. Ishlatish tavsiya etilgon haro-rat diapazoni kasr ko‘rinishida beriladi, kasrning suratida minus ishorasiz, 10 marta kichraytirilgan minimal harorat, maxrajida esa 10 barobar kichraytirilgan maksimal harorat ko‘rsatiladi. Moyning quyuqlik darajasi 0 dan 7 gacha bo‘lgan shartli son bilan belgila-nadi. Masalan, Литол–24 nomi bilan chiqariladigan litiyli moyning belgisini keltirish mumkin: M Li 4/13–3. Harflar ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan antifriksion moy ekanligini (M), litiyli sovun bilan (Li) quyultirilgan, namligi yuqori bo‘lgan sharoitda ishlay oladigan moy ekanligini bildiradi. Moyni minus 40 dan +130°C gacha (4/13) haroratlar oralig‘ida ishlatish mumkin. 3 raqami harfli son bo‘lib, moyning quyuq-suyuqligini bildiradi. Bu qiymat penetratsiya soni bilan belgilanadi. Keyingi yillarda bir qator yangi plastik surkov moylari ishlab chiqarilmoqda. Bulardan litiyli surkov moyi Фиол–1 kardanli val ning shlitsali birikmalariga va o‘rindiqni surish moslamalariga sur-tishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ШРБ–4, ШРУС–4, ЛСС–15 markali zamonaviy maxsus moylar ishlab chiqarilmoqda, ular ba’zi xususiyatlari bo‘yicha (ish harorati va mexanik turg‘unligining yuqoriligi) solidollar, 1–13 va ЦИАТИМ–201 moylariga nisbatan muayyan afzalliklarga ega. 163 Tarmoqlarda ishlatiladigan moylarning xususiyatlari va o‘zaro almashinuvchanligi moy markasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Moylash materialini va o‘zaro almashuvchisini tanlash ja-rayonini yengillashtirish maqsadida avtomobillarda ishlatiladigan moylarning xususiyatlarini 5 balli tizimda baholash tavsiya etiladi (6. 1- jadval). 1 ball – ushbu mezon bo‘yicha xususiyatlari qoniqar-siz; 2 ball – qoniqarli emas; 3 ball – qoniqarli; 4 ball – yaxshi; 5 ball – a’lo. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling