Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Download 0.77 Mb.
bet29/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Suvning umumiy qattiqligi deganda, undagi kalsiy va magniy ionlarining umumiy miqdori tushuniladi. Umumiy qattiqlik bir litr
170
suvga to‘g‘ri keladigan kalsiy (Ca++) va magniy (Mg+4) ionlarining milligramm ekvivalentlar (mg. ekv/l) miqdori bilan o‘lchanadi. 1 mg. ekv/l – bir litr suvdagi 20,04 mg kalsiy (Ca++) yoki 12,16 mg magniy (Mg+I) ioniga to‘g‘ri keladi.


Suvning vaqtinchalik qattiqligi uni tarkibidagi erigan nordon karbonat tuzlari Ca(HCO3)2 va Mg(HCO3)2 miqdori bilan baho­ lanadi. Bu tuzlar 80–85°C dan yuqori haroratlarda parchalanadi va kalsiy karbonat CaCo3, magniy gidroksidi Mg(OH)2 cho‘kmalari, nordon karbonat gazi va suv hosil qiladi. Shuning uchun karbonatli qattiqlik vaqtinchalik qattiqlik deyiladi.


Suvning doimiy qattiqligi uning tarkibidagi kalsiy va magniy qoldiq tuzlari (xlorid tuzlari CaCl, MgCl2; sulfat tuzlari CaSO4, MgSO4; silikat tuzlari CaSiO3, MgSiO3 va nitratlar) miqdori bilan baholanadi. Suv qaynatilganida, bu tuzlar erib, cho‘kma hosil qil-maydi, shuning uchun nokarbonat qattiqlik suvning doimiy qat­ tiqligi deyiladi.
Qattiqligiga binoan suvlar 3 guruhga ajratiladi: suv tarkibi-da 3 mg. ekv/l gacha miqdorda tuzlar bo‘lsa, u yumshoq suv hi-soblanadi va uni sovitish tizimida ishlatish mumkin. Tarkibida 3–6 mg. ekv/l miqdorda tuz bo‘lgan suv o‘rtacha qattiqlikdagi, 6 mg. ekv/l dan ortiq miqdorda tuzlar bo‘lgan suv esa qattiq suv hisoblanadi.

Dvigatellarni sovitishda sovituvchi suyuqlik sifatida yumshoq suvdan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki yumshoq suvdan foydalanilganida quyqa hosil bo‘lmaydi. O‘rtacha qattiqlikdagi suvdan foydalanilganida esa tizim hosil bo‘ladigan quyqalardan tozalab turilishi lozim. Tozalash yiliga kamida 2 marta amalga oshirilishi­ lozim. Qattiq suvlarni yumshatmasdan sovitish tizimiga quyish tavsiya etilmaydi.

Dvigatellarning cho‘yan va po‘lat detallarini zanglatishi ham suvning asosiy kamchiliklaridan biridir. Suvni sovituvchi suyuqlik sifatida ishlatishdagi asosiy noqulaylik uning muzlash haroratining­ nisbatan yuqoriligidir (0°C). Shu bilan birga, dvigatel havoning

171
harorati manfiy bo‘lgan tabiiy sharoitda ishlaganida, sovitish tizimi­ dagi suv muzlashi mumkin. Ma’lumki, muzning zichligi suvnikiga qaraganda kichikroq bo‘ladi va shu sababli u suvga nisbatan taxmi-nan 10 foiz kattaroq hajmni egallaydi (7. 1- rasm). Buning oqibati-da muz metall detallar (silindrlar blokining kallaklari, radiator)ning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Bu holat manfiy haroratlarda dvigatellarni ishlatishni qiyinlashtiradi, shuning uchun qish faslida muzlash harorati past bo‘lgan maxsus sovituvchi suyuqliklar (anti-frizlar)dan foydalanish zarur.




  1. 1- rasm. Suv solishtirma hajmining (V) haroratga (t) bog‘liqlik grafigi.




  1. 3. Suvni yumshatish usullari


Qaynatish. Suvni yumshatishning eng oddiy usuli uni 15– 20 min davomida qaynatishdir. Bunda suvga karbonat qattiqlik be-ruvchi tuzlar qiyin eriydigan va cho‘kma hosil qiladigan karbonat CaCO3 va magniy gidrooksid Mg(OH)2 larga parchalanadi, qisman nordon karbonat gazi va kislorod ajraladi. Keyinchalik bu tuzlar fil-trlanadi. Qoldiq vaqtinchalik qattiqlik 1–2 mg. ekv/l dan oshmaydi.
172



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling