Suvni kimyoviy usulda yumshatish. Suvni kimyoviy usulda yumshatishning turli usullari ancha keng tarqalgan. Bu usullardan biri cho‘ktirish usuli bo‘lib, bunda suv tarkibidagi kalsiy va mag-niy kationlari, eriydigan tuzlar qiyin eriydigan birikmalarga aylan-
tiriladi. Buning uchun suvga gidroksid OH– va karbonat CO2–3 ion-lari kiritiladi. Bu maqsadda ohak Ca(OH)2, kalsiylangan soda Na2, CO3 va trinatriyfosfat Na3PO4 ishlatiladi. Suvga solingan reagent 20–30 min davomida suv bilan aralashtiriladi. Ishlov berilganidan so‘ng cho‘kkan quyqalar filtrlanadi, yumshagan suv esa dvigatel ning sovitish tizimiga quyiladi. Bu usulda ishlov berishdan so‘ng umumiy qoldiq qattiqlik 0,5–1,0 mg. ekv/l ga teng bo‘ladi.
Kation almashtirish usuli suvda erimaydigan ba’zi moddalar ning (kationlarning) suvni kationlar orqali filtrlashda o‘zining ka-tionlarini tuzlar kationlariga almashtirish xususiyatiga asoslangan. Ishlab chiqarish sharoitida suvni glaukonit yoki sun’iy permutit birikmasi bilan yumshatish keng tarqalgan. Suv glaukonit (permu-tit)dan filtrlab o‘tkazilganida unda o‘zgarish bo‘ladi: mineraldagi natriy suvga o‘tadi, suvdan ajralgan kalsiy va magniy esa unda ush-lanib qoladi. Ishlatilganida quyqa hosil qilmaydigan yumshoq suv shu tarzda olinadi.
Glaukonit filtr 40 kg glaukonit joylashtirilgan sig‘imdan iborat bo‘lib, undagi glaukonit qatlami 350–370 mm bo‘ladi. Filtrning unumdorligi suvning dastlabki qattiqligi 18 mg. ekv/l bo‘lganida 250–300 l ni tashkil etadi. Ba’zan glaukonit o‘rnida permutit ishla-tiladi va bu permutit filtr deb yuritiladi.
Suvga magnit bilan ishlov berish. Suvni yumshatishda mag-nit bilan ishlov berish usulidan keng foydalaniladi. Bunda magnit-li filtrlardan foydalaniladi (7. 2- rasm). Magnitli filtrlar doimiy va elektrik magnitdan iborat bo‘lib, qattiq suv magnit qutblar orasidan o‘tkaziladi. Magnit kuch chiziqlari kesishganida quyqa hosil qiluv chi tuzlar parchalanadi va cho‘kadi. Suv bu cho‘kindilardan filtr-lash yo‘li bilan osongina tozalanadi.
173
Do'stlaringiz bilan baham: |