Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- МГ–30 gidravlik moyi.
- И–20А, И–30А, И–120А sanoat va АУ urchuq moylari.
- Asboblar uchun vazelinli МВП moyi.
- Tormoz suyuqliklari
МГ–22–А vereten moyi. Gidrotizimlarda nisbatan ko‘proq ish-latiladi, undan minus 35°C dan 90°C gacha bo‘lgan haroratlarda foydalanish mumkin. Ushbu moyga zanglashga va oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shish yo‘li bilan МГ–22–Б vereten moyi olinadi. МГ–22–Б moyining yuqori ish harorati 125°C gacha.
МГ–30 gidravlik moyi. И–30А sanoat moyiga oksidlanish-ga qarshi, depressorli va ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shib olinadi. Bu moy ishchi bosimi 20 MPa gacha bo‘lgan yo‘l qurilish va ko‘tarish mashinalarining gidrotizimlarida ishlatiladi. МГЕ–10А moyi. Yagona gidravlik moy sifatida ishlatiladi. Uni ishlatish doirasi –60°C dan 90°C gacha. –60°C dagi qovushoqligi 10 mm2/s ga teng, qotish harorati –70°C. И–20А, И–30А, И–120А sanoat va АУ urchuq moylari. O‘zi ag‘daruvchi avtomobillar platformasini ko‘tarish mexanizmining tizimlari yozda И–20А yoki И–30А moyi bilan, qishda И–12А yoki АУ moyi bilan to‘ldiriladi. 179 Maxsus АМГ–10 gidravlik moyi. Bu moyga qizil rang beril-gan. U o‘zi ag‘daruvchi avtomobillarning ko‘tarish mexanizmlari uchun qishda –35°C dan past haroratlarda И–12А va A markali moylar o‘rnida ishlatiladi. Asboblar uchun vazelinli МВП moyi. 60 foiz transformator moyi va 40 foiz И–12А sanoat moyidan iborat aralashma. МВП moyi ГАЗ, ЗИЛ, КАЗ, «Урал», КамаАЗ yuk avtomobillarida hay-dovchining asboblar majmuasiga kiruvchi gidravlik domkratlarga; aralashma esa МАЗ, КрАЗ avtomobillari va ЛиАЗ avtobuslaridagi gidravlik domkratlarga quyiladi. Gidrotizimlar uchun ishchi suyuqliklarga qo‘yiladigan talablar-ga to‘la javob bermasa ham (yuqori qovushoqlik, harorat pasay-ganida qovushoqligining keskin ortishi va hokazo), motor moylari-dan (B guruhdagi motor moylaridan foydalanishga ruxsat etilishini nazarda tutish lozim) ma’lum darajada foydalanish mumkin. Gidromexanik uzatmalarda ishlatiladigan moylar oltingugurtli parafinli neftlarning kam qovushoqlikka ega bo‘lgan fraksiyalarini selektiv tozalab, parafinsizlantirib va qo‘shilmalar (poliizobuten, polimetakrilat) qo‘shib quyultirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Gidromexanik uzatmalar uchun uchta markadagi moylar ishlab chiqiladi: A – gidrotransformatorlar va avtomatik uzatmalar qutisi uchun; P – rul boshqarmalarining gidravlik kuchaytirgichi va gidro hajmli uzatmalar uchun; МГТ – gidromexanik uzatmalar qutisi va har xil gidravlik uzat malar uchun. 6. Tormoz suyuqliklari Bu suyuqliklar gidravlik tormoz yuritmasi va ilashish muftasi boshqarmasining yuritish tizimlarini to‘ldirish uchun ishlatiladi. Tormoz suyuqliklari quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: qovushoqligi haroratga bog‘liq ravishda mumkin qadar kam 180
Transport vositalarini ishlatish tajribasining ko‘rsatishicha, yuk avtomobillari tormoz tizimining gidroo‘tkazgichlaridagi tormoz suyuqligining harorati, odatda, 100°C dan ortmaydi. Tormozlanish jadalliligi yuqori bo‘lgan sharoitlarda esa, masalan, tog‘ yo‘llarida, suyuqlik harorati 120°C ga yetishi va undan ham ortishi mumkin. Diskli tormoz tizimli yengil avtomobillar magistral yo‘llar-da harakatlanganida, ishchi suyuqlik harorati 60–70°C ga, shahar sharoitida 80–100°C ga, tog‘li hududlardagi yo‘llarda 100–120°C, yuqori tezlikda harakatlanayotganida, yuqori jadallik bilan tormo-zlanganida esa 150°C ga yetishi mumkin. Ba’zi bir hollarda (max-sus mashinalar, sport avtomobillari va boshqalar) ishchi suyuq-lik harorati yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlardan ham ortib ketishi mumkin. Xalqaro standart talablariga binoan, odatdagi sharoitlarda avto-mobillarni «quruq» va «namlangan» tormozlashda ishchi suyuq-likning qaynash harorati mos ravishda 205 va 140°C dan kam bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, yuqori tezlikda yoki tez-tez va yuqori jadallilik bilan tormoz bosilishi talab etiladigan sharoitlar-da esa ishchi suyuqlikning qaynash harorati mos ravishda 230 va 155°C dan kam bo‘lmasligi lozim. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling