Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korroziyaga qarshi xususiyati.
- Rezina zichlagichlarga ta’siri.
- «Нева» suyuqligi.
- БСК suyuqligi.
Qovushoqlik xususiyati. Tormozlanish jarayoni, odatda, bir necha sekund, shoshilinch ravishda tormozlanishda esa sekundning ulushi davomida amalga oshadi. Shuning uchun haydovchi tomoni-dan tormoz pedaliga beriladigan kuch ishchi suyuqliklar yordami-da tormoz mexanizmlariga tezlik bilan uzatilishi lozim. Bu sharoit suyuqlikning oquvchanlik xususiyati bilan ta’minlanadi va –40°C dagi ruxsat etilgan maksimal qovushoqlik chegarasi bilan aniqla-nadi. Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan suyuqliklar uchun bu
181 ko‘rsatkich 1500 mm2/s gacha va og‘ir ish sharoitlarida ishlatishga mo‘ljallangan suyuqliklar uchun 1800 mm2/s gacha bo‘lishi mum-kin. Korroziyaga qarshi xususiyati. Tormoz tizimining gidrouzat-masi turli xil metallardan tayyorlangan detallar birikmasidan ibo-rat. Shuning uchun suyuqlik tarkibida po‘lat, cho‘yan, aluminiy va mis materiallarni korroziyadan himoyalovchi ingibitorlar bo‘lishi lozim. Rezina zichlagichlarga ta’siri. Gidrotizimning jipsligini ta’minlash uchun asosiy tormoz silindrining porshen va silindrida rezina zichlagich manjetalaridan foydalaniladi. Odatda, manjetalar suyuqlik ta’sirida biroz shishadi va silindr devorlariga jips tegib turishi hisobiga ishchi suyuqlikni tizim bo‘yicha harakatlanishi-ni ta’minlaydi. Bunda manjetani me’yordan ortiq shishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, aks holda porshen harakatlanganida rezina ma-teriali buziladi va buning natijasida tizimdan suyuqlik sizib chiqadi. Rezina materialining shishishga sinashda manjeta 70 va 120°C haroratdagi suyuqlikka botirib tekshiriladi. Shundan so‘ng man-jetaning hajmi, qattiqligi va diametri aniqlanadi. Tormoz suyuqligi –50°C dan 150°C gacha bo‘lgan haroratlarda o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmasligi lozim. «Нева» suyuqligi. Bunday nomdagi tormoz suyuqligi qator sin-tetik kimyoviy birikmalarning murakkab kompozitsiyasidan ibo-rat. Uni –50°C dan 50°C gacha bo‘lgan harorat oralig‘ida ishlatish mumkin, 190°C da qaynaydi. Zaharli va yong‘in jihatdan xavfli. Issiq suvda eriydi, rangi och sariq. Disk tormozli yengil avtomo-billarda (ВАЗ, «Москвич», ГАЗ–3102 «Волга» va boshqa) ishla-tiladi. Baraban tormozli ЗAЗ–968M «Запорожец»; ИЖ (barcha modellari) yengil avtomobillarida; «Урал»; КрАЗ–260 (ilashish muftasini ajratishning gidropnevmatik yuritmasi); ГАЗ–53А yuk avtomobillarida; КАВЗ, ПАЗ–672 avtobuslarida ishlatish tavsiya etiladi. БСК suyuqligi. Butil spirti bilan tozalangan kanakunjut mo yining aralashmasidan (1 : 1 nisbatda) iborat tormoz suyuqligi, 182 yaxshi moylash xususiyatlariga ega. –20°C haroratgacha ishlatish mumkin. Ancha past haroratlarda ham tormoz tizimlarming ish-ga layoqatliligini saqlash uchun suyuqlikka etil yoki butil spirti (1 : 1 nisbatda) qo‘shiladi. Qaynash harorati uncha yuqori (115°C) bo‘lmaganligi bois BCK suyuqligini disk tormozli avtomobillar-da ishlatib bo‘lmaydi. Suv qo‘shilganida qatlamlanadi. «Нева» va ГТЖ–22М tormoz suyuqliklari bilan aralashmaydi. Yong‘in jihatidan xavfli. Unga qizil rang berilgan (qo‘shilgan). Bu suyuq-lik baraban tormozli barcha yengil avtomobillarda («Запорожец», «Москвич» ГАЗ–24 «Волга»; ВАЗ), ГАЗ–53А; «Урал» yuk avto-mobillarida; КАВЗ va ПАЗ–672 avtobuslarida ishlatiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling