Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Download 0.77 Mb.
bet38/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Suyuq yonilg‘ini tashish. Avtotransport korxonalari va avtomo-billarga, yonilg‘i quyish shoxobchalariga suyuq yonilg‘i yaqindagi umum foydalanadigan neft bazalaridan sisternali avtomobillarda tashib keltiriladi. Sisterna ichidagi bosimni avtomatik ravishda
190
rostlab­ turish uchun almashish klapanidan va yonilg‘i sathini o‘l­ chab turishda o‘lchov shchupidan foydalaniladi. Sisternaning ostki tubida to‘kish quvurchasi joylashgan.
Quvurlardan yonilg‘i oqib o‘tib (statik tokdan) uchqun hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida yerga tegib turadigan erkin osilgan zanjir yoki avtomobil massasiga mahkamlangan metall arqonli yerlatish shtori ko‘zda tutilgan. Yong‘in sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida tovush so‘ndirgich quvuri radiator ostki to-monidan oldinga chiqarib qo‘yiladi.

Avtomobilni tormozlashda gidravlik zarbdan ta’sir kuchini ka-maytirish maqsadida sisternaning ichki qismiga chayqalishdan saqlash to‘siqlari o‘rnatilgan. Avtomobil sisternalaridan yonilg‘i bevosita oqizish yoki nasos yordamida saqlash idishlari (sister-nalar)ga quyiladi.



Neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish. ATK omborlariga neft mahsulotlari markazlashtirilgan holda keltiriladi.
Neft mahsulotlarini qabul qilib olish va saqlash uchun javob-gar shaxs tomonidan yonilg‘i va moylash materiallarining miqdori va mahsulot-transport hujjatining to‘g‘ri to‘ldirilganligi hamda si-fat pasporti tekshiriladi. Shundan so‘ng neft mahsuloti keltirilgan sig‘im yoki taraning holati tekshiriladi. Neft mahsulotlari tarkibida suv borligi aniqlansa, bu haqda qabul qilish dalolatnomasida qayd etiladi.

Sifat pasportisiz keltirilgan neft mahsulotlari uchun dalolatno-ma tuzilishi lozim. Shuningdek, ular alohida sig‘imlarda saqlanishi zarur. Sifat pasportisiz qabul qilingan neft mahsulotlarining mar-kasi va sifatini aniqlamay turib ularni ishlatishga ruxsat etilmaydi.

Neft mahsulotlarini markazlashtirilgan usulda yetkazib berishda asosiy hujjat mahsulot-transport hujjati (5- shakl) hisoblanadi. Neft mahsulotlari ATKga qarashli transport vositalarida keltirilganida M–2 shakldagi bir tomonlama order yoki M–4 shakldagi ko‘p to-monlama order rasmiylashtiriladi.

Avtomobillarga yonilg‘i va moylash materiallarini o‘z qara­ mog‘idagi shoxobchalar orqali tarqatilishi ta’minlangan ATKlar

191
o‘z zimmalariga quyidagi majburiyatlarni olishlari lozim: yonilg‘i va moylash materiallarini saqlashni shunday tashkil etish kerakki, bunda ularning isrof bo‘lishi va sifatining yomonlashishiga barham berilishi ta’minlangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, omborxona ishlarini bajarish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi, texnika xavf-sizligi va sanitariya-gigiyenik sharoitlar ta’minlanishi lozim. ATK da neft mahsulotlari omborxonalarini joylashtirish, ularning tex-nik ta’minoti, ish tartibi, shuningdek, omborxonalarda saqlanishi mumkin bo‘lgan neft mahsulotlarining chegaraviy miqdori mahal-liy o‘t o‘chirish tashkiloti bilan kelishuv asosida belgilanishi lozim. Bunda neft mahsulotlarining bug‘lanuvchanlik darajasi (8. 1- jad-val) va omborxonalar tavsifini hisobga olish lozim.


8. 1- jadval



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling