Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Siqilgan gazni saqlash va tarqatish


Download 0.77 Mb.
bet40/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Siqilgan gazni saqlash va tarqatish. Siqilgan gaz jips (germe-tik) mahkamlangan sig‘im yoki ballonlarda saqlanadi va tashiladi. Avtomobil suyuq holatdagi gazni idishdan avtomobilda saqlanadi-gan ballonga oqizib, gaz bilan ta’minlanadi. Buning uchun sig‘im va ballon har xil balandliklarda bo‘lishi kerak. Gaz bilan ta’min-
193
lash jarayonini tezlatish uchun nasosdan (markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan) foydalaniladi. Gaz yostig‘ini hosil qilish hamda turli haroratlarda ballonni portlashdan himoya qilish uchun ballon sig‘imining 90 foizi gaz bilan to‘ldiriladi.

Garaj ichida ishlatiladigan neft mahsulotlari ularga bo‘lgan talab asosida (10- va 11- shakllar) amalga oshiriladi.





  1. 3. Ishlatilgan moylarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashga topshirish

Ishlatilgan neft mahsulotlarini yig‘ish va qaytadan ishlatish yonilg‘i va moylash materiallarini tejash bilan bir qatorda, atrof muhitning ifloslanishini kamaytiradi. Shuning uchun ham bu tadbir neft mahsulotlaridan samarali foydalanish muammosining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.

Ishlatilgan neft mahsulotlari, ayniqsa, surkov moylarini, ish-lab chiqarish uchun ko‘p miqdorda xarajat qilishga to‘g‘ri keladi. Agarda 100 t neftdan 10 t yangi moylash materiali olinsa, 100 t ishlatilgan moylardan 60–80 t qayta tiklangan, sifati bo‘yicha yan-gi moylardan qolishmaydigan moy olinadi. Yig‘ilgan moylarning deyarli 35–80 fozi joylarda qayta ishlanadi va narxi yangi moylar narxining 6–23 foizini tashkil etadi.

Neft mahsulotlari ishlatilish sharoiti va qo‘llanilishiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: ishlatilgan motor moylari (IMM), ishlatilgan sanoat moylari (ISM), ishlatilgan neft mahsulotlari aralashmasi (INMA) (moylar, benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi). Birinchi va ik-kinchi guruhlarga kiruvchi ishlatilgan moylarni yig‘ishda ularga benzin, kerosin, nigrol, surkov moylari va boshqa moddalarning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki ular regeneratsiya qilinib, qo‘shimcha qo‘shilmalar qo‘shilib qaytadan ishlatiladi.

Uchinchi guruh ishlatilgan neft mahsulotlarini tozalashda ta’minlash va qaytadan ishlatish uchun yig‘ishda ularga sintetik, jadal zanglanuvchi, zaharli moddalar va boshqa begona mahsulot-lar aralashmasligi kerak.

194

Ishlatilgan neft mahsulotlari uchun standart talablari (DS 21046–81) asosida, ularning fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlari­ ning ma’lum­ qiymatlari belgilab qo‘yilgan (8. 2- jadval).






Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling