Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Suv va mexanik aralashmalar borligini aniqlash


Download 0.77 Mb.
bet44/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Suv va mexanik aralashmalar borligini aniqlash. Idishlar tubida suv borligi laboratoriyadagi kaliy permanganat yordamida aniqlanadi. U neft mahsulotlarida erimaydi, lekin suvda oson eriy-di. Bu moddaning bir nechta kristalini oq lattaga o‘rab, idish tubi-ga tushiriladi va 3–4 min tutib turiladi. Pushtirang yoki qizil rang-ning paydo bo‘lishi idishda suv borligini bildiradi. Bu holda suv qatlamining qalinligini suvga sezgir qog‘oz yoki pasta yordamida aniqlash lozim.
Mexanik aralashmalar va suv yonilg‘ida erimaydi, shuning uchun yonilg‘ida ularning borligini rangsiz shishadan yasalgan idishdagi yonilg‘ini ko‘zdan kechirib aniqlash mumkin. Toza neft mahsulot-lari bir jinsli bo‘ladi, agar ular tarkibida ozginagina suv bo‘lsa ham, idishdagi hamma yonilg‘i xiralashadi, bunday yonilg‘ini dvigatel-larda ishlatish mumkin emas.

Suvli moy tomchisi oynaga surtilganida yorug‘likda u xira ko‘ri-nadi. Moyda suv borligini namunaning chirsillashiga qarab ham aniqlash mumkin. Buning uchun yaxshilab aralashtirilgan ozgina moy probirka tubiga solinib, ehtiyotkorlik bilan kuchsiz olovda isitiladi. Moyda suv bo‘lsa, moy chirsillaydi, ko‘piradi va probir-kaning yuqori sovuq qismida suv tomchilari paydo bo‘ladi. Agar


202 203





8. 3- rasm. Tindirgich:

1 – yonilg‘i; 2 – suv;

3 – mexnnik aralashma-lar.
probirkaning yuqori qismi xiralashsa-yu, moy chirsillamasa, moyda suv juda kam bo‘ladi.

Mexanik aralashmalar va suv borli­ gini namunani tindirish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Bunda 8. 3- rasmda ko‘rsatilgan shakldagi 100 ml sig‘imli tin-dirgichdan foydalaniladi.

Tindirgichnmg quyi qismi 10 ml haj­ mgacha­ 0,05 ml li qilib darajalangan (bu darajalarga qarab suv va mexanik aralash-malar miqdori aniqlanadi), undan keyin esa 25, 50 va 100 ml li darajalar ko‘rsatil-gan. Qovushoqligi past yonilg‘i yaxshilab aralashtiriladi­ va tezda tindirgichning 100 ml li sathigacha quyiladi. Tindirgich 25 min vertikal holda ushlab turilgach, mex-anik aralashmalar miqdori foiz hisobida aniqlanadi. Bu miqdor millilitrda o‘lchan-gan cho‘kindi hajmiga teng bo‘ladi. Qovu­ shoqroq yonilg‘ining tinishini tezlashtirish uchun tindirgichni iliq (50–60°C harorat-dagi) suvga qo‘ygan ma’qul. Motor moy-laridagi aralashmalar juda sekin cho‘kadi, shuning uchun moyga benzin aralashtirish kerak. Moyning o‘rtacha namunasi tin-

dirgichning 25 yoki 50 ml sathigacha quyiladi, 100 ml sathigacha esa toza benzin quyiladi. Aralashma aralashtiriladi va tindirgich is-siq suvga tushiriladi. Mexanik aralashmalarning miqdorini foizda aniqlash uchun ularning millilitrdagi miqdorini 4 ga (agar namuna uchun 25 ml moy olingan bo‘lsa) va 2 ga (agar 50 ml moy olingan bo‘lsa) ko‘paytirish lozim.

Moylarda abraziv mexanik aralashmalar borligini ishqalash usu-li bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun ikkita toza, quruq

204
yassi oyna olinadi. Ulardan biriga sinaladigan moydan olingan o‘r­ tacha namunadan 1–2 tomchi tomiziladi. Keyin bu oynaga ikkinchi oyna ishqalanadi. Agar moyda abraziv bo‘lsa, shishalar o‘ziga xos keskin g‘ijirlaydi.




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling