Dizel yonilg‘isi bug‘larining zaharliligi, odatda, benzinning zaharliligidan yuqori bo‘ladi, ammo dizel yonilg‘isining bug‘la nuvchanlik darajasi pastligi hisobiga yonilg‘i bug‘larining havoda-gi konsentratsiyasi sezilarli darajada kam bo‘ladi. Dizel yonilg‘isi bug‘larining havodagi ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,3 mg/l deb belgilangan. Dizel yonilg‘ilaridan zaharlanishda profilaktika va yordam ko‘rsatishdagi tadbirlar benzinni ishlatishdagi kabi amalga oshiriladi.
ATKda boshqa turdagi yonilg‘ilar (sintetik yonilg‘ilar, siqil-gan gaz, spirtlar)dan yoki yonilg‘i sifatini yaxshilovchi turli xil komponent va qo‘shilmalardan foydalanganda texnika xavfsizligi bo‘yicha tegishli instruksiyalarga rioya etish lozim.
Ishlatilgan gazlarning zaharliligi. Dvigatellar atmosferaga chiqarib tashlaydigan yonish mahsulotlari yoki yonilg‘i va moy ning chala oksidlanish mahsulotlarining odam organizmini za-harlaydigan va atrof muhitni ifloslantiradigan o‘nlab komponent-laridan uglerod (II)-oksidi (CO), azot oksidlari, yonmay qolgan uglevodorodlar, aldegidlar, oltingugurt birikmalari, qo‘rg‘oshin birikmalari va qurumni ko‘rsatish mumkin.
Uglerod (II)-oksidi (is gazi) uglerodli yonilg‘ilar kislorod ye-tarli bo‘lmagan sharoitlarda yonganida hosil bo‘ladi. Is gazi gemo-globin hosil qiluvchi faol markazlar ishini to‘xtatib qo‘yadi, buning oqibatida inson organizmida oksidlanish jarayonlari buziladi, bu
226
esa o‘limga olib kelishi mumkin. Is gazining havodagi ruxsat etil-gan konsentratsiyasi 0,02 mg/l deb belgilangan. Is gazi konsentrat-siyasi bu miqdordan ziyod bo‘lganida organizm sezilarli darajada zaharlanadi. Bunda birinchi bosqichda bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi, yurak urishi tezlashadi, nafas qisadi, odam qayt qiladi. Ikkilamchi bosqichda kishini uyqu bosishi, keyin hushdan ketishi mumkin. Is gazining havodagi konsentratsiyasi 0,65 mg/l bo‘lsa, kishi hushi-dan ketishi mumkin, 2,5 mg/l bo‘lganida esa, kishi o‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |