Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eskirish jarayonida rezina xususiyatlarining o‘zgarishi
- Rezinalar xususiyatlarining suyuqliklar ta’sirida o‘zgarishi
- Avtomobil shinalarini ta’mirlash uchun materiallar
vaqti τpr ga bog‘liqligi (har xil yuklanishlar):
1 – kamerada; 2 – avtomobil shinasining yon qismida. 8- rasm. Shina detallari harorati tsh ning harakatlanish vaqti τpr ga bog‘liqligi (har xil uzatmalarda): – shinaning yo‘lga ishqalanuvchi qismida; 2 – shinaning yon qism-larida. 261
6. Eskirish jarayonida rezina xususiyatlarining o‘zgarishi Kauchuk molekulasida mustahkam bo‘lmagan bog‘lanishlar borligi tufayli havodagi kislorod xona haroratida ham polimer bi-lan reaksiyaga kirishib, uning eskirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun vaqt o‘tishi bilan rezina o‘z xossalarini yo‘qotadi, mo‘rt bo‘lib qoladi va buyumlarda yoriqlar paydo bo‘ladi. Eskirish jara yoni issiqlik ta’sirida, yorug‘likda, kislotada, ishqor, neft mahsulot-lari ta’sirida tezlashadi. Kauchuk va vulkanizatlar, barcha to‘yinmagan birikmalar kabi, turli xil kimyoviy o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi. Rezina buyum-lar ishlatish va saqlash jarayonida uzluksiz ravishda oksidlanadi. Buning natijasida rezinalarning kimyoviy, fizikaviy va mexanik xususiyatlari o‘zgaradi. Faqat ebonit kauchuk makromolekulala riga muayyan miqdorda oltingugurtni biriktirishi natijasida to‘la to‘yingan birikmaga aylanadi. Uzoq muddat oksidlanish jarayoni-da rezinadagi barcha o‘zgarishlar majmuyiga rezinaning eskirishi deyiladi. Eskirish murakkab ko‘p bosqichli o‘zgarish jarayoni bo‘lib, bunda ma’lum bosqichlarda rezinaning elastikligi, yemirilishga qarshi turg‘unligi va mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi. Boshqacha aytganda, vaqt o‘tishi bilan rezina buyumlarning ish qobiliyati, shuning bilan birga, avtomobilni ishlatish ishonchli ligi kamayadi. Rezinaning eskirishidagi vujudga keladigan o‘zga rishlar jumlasiga rezina elastikligi yo‘qolishining tiklanmasligi ki-radi. Natijada rezina yuqori darajadagi mo‘rtlik xususiyatiga ega bo‘lib qoladi, buning natijasida uning sirtqi qatlamlarida asta-sekin chuqurlashadigan yoriqlar paydo bo‘ladi va oqibat-natijada buyum to‘la ishdan chiqadi. Rezinalar eskirishining oldini olish turli xil uslublar asosida amalga oshiriladi. Rezinalarning eskirishini sekinlashtirish maqsa-dida rezina tarkibiga eskirishga qarshi qo‘shilmalar (ingibitorlar) 262
Ammo rezinalar eskirishining oldini olish uchun faqat texnologik vositalardan foydalanish yetarli emas, shuning uchun qo‘shimcha bir qator ekspluatatsion chora-tadbirlar qo‘llash lozim (ba’zi bir choralar to‘g‘risida yuqorida fikr yuritilgan edi). Haroratning orti-shi natijasida rezinaning eskirishi tezlashadi, jumladan, harorat har 10°C ga ortganida rezinaning eskirish tezligi 2 barobarga ortadi. Yuqori yuklanishdagi uchastkalarda rezinaning oksidlanish jadalli-gi yana-da yuqori bo‘ladi. Rezinaning eskirish jarayonini sekinlashtirish uchun rezina buyumlarning imkon qadar deformatsiyalanmagan holda bo‘lishi-ga va mumkin qadar 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratlarda ish-latilishiga erishish lozim. Rezina buyumlarni quyosh nuridan himoyalash muhim eksplua-tatsion tadbirlar jumlasiga kiradi. Chunki quyosh nuri nur ta’sirida-gi eskirishni yuzaga keltiradi. Bu ta’sirning xususiyati rezinaning nur tushib turgan uchastkalarida eskirish kuchli bo‘lishidan iborat. Bunda spektrning binafsha va ultrabinafsha qismi nisbatan aktiv hisoblanadi. Nur ta’siridagi eskirishning oldini olish uchun avto-mobilni yopiq joylarda yoki maxsus o‘rama g‘iloflar ostida saqlash lozim. Yuqorida keltirilgan sharoitlar bo‘lmaganida, hech bo‘lmagan-da, shina va rezina detallarni quyosh nuri tushishidan saqlash ke rak. Bunda ular oq rangdagi g‘ilof bilan o‘ralishi yoki to‘siq bilan to‘silishi lozim. Rezina buyumlarni 5–20°C haroratda, yorug‘lik kam tushadi-gan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak. 263
7. Rezinalar xususiyatlarining suyuqliklar ta’sirida o‘zgarishi Avtomobillarni ishlatishda va rezina buyumlarni saqlashda ular-ga suv va neft mahsulotlarining tegish ehtimoli bor. Suv uzoq vaqt davomida rezinaning xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv armirlangan detallarga kuchli ta’sir etadi, metall armaturalar nam muhitda jadal korroziyalanadi, paxta-qog‘oz tolali gazlamalar esa mustahkamligini yo‘qotadi va tezda chiriydi. Shuning uchun armirlangan rezina buyumlarni (metall karkasli, simli va gazlama-li) imkoniyat qadar quruq holda saqlash zarur, majburiy hollarda suv tekkanida esa rezina buyumlarni, albatta, quritish kerak. TK, СКБ, CKC, СКИ va boshqa kauchuklar asosidagi rezinalar neft mahsulotlari ta’sirida o‘z xususiyatlarini juda ham sezilarli da-rajada o‘zgartiradi. Bu kauchuklar va ular asosidagi xom rezinalar, yuqorida aytib o‘tilganidek, benzinda oson eriydi, ularning bu xu-susiyatidan rezina yelimlari tayyorlashda foydalaniladi. Rezinalar-ni vulkanizatsiyalash ularning neft mahsulotlari ta’sirida erishiga barham beradi, ammo rezinalar benzin, dizel yonilg‘isi, moylar va boshqa suyuq organik birikmalar ta’sirida shishish xususiyatini saqlab qoladi. Rezina buyumlarning uzoq muddat neft mahsulotlari ta’sirida bo‘lishi natijasida ularning hajmi ortadi, mustahkamligi, elastikligi va qattiqligi kamayadi. Shuning uchun rezinani yonilg‘i, moy va boshqa surkov materiallari ta’siridan saqlash lozim. Neft mahsulotlari rezinaga bexosdan tushgan hollarda esa uni tezlik bi-lan artib tozalash lozim.
8. Avtomobil shinalarini ta’mirlash uchun materiallar Olis masofalarga ishga chiqariladigan avtomobillar ichida zarur materiallar va moslamalar bo‘lgan maxsus aptechka bilan ta’min-lanishi kerak. Avtomobillar uchun quyidagi turdagi aptechkalar ishlab chiqariladi: APK – kamerani ta’mirlash uchun; АРШ – 264
Rezina buyumlarni 5–20°С haroratda, yorug‘lik kam tushadi-gan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling