Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Download 0.77 Mb.
bet35/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

ГТЖ–22 suyuqligi. Bu suyuqlik glikollar, suv va antikorro-zion qo‘shilmalarning aralashmasidan iborat. Zaharli yashil rang­ li ГТЖ–22 suyuqligi yaxshi moylash xususiyatiga ega. –50°C dan 50°C gacha harorat oralig‘ida ishga yaroqli. 140°C haroratda qaynaydi, shuning uchun disk tormozli avtomobillarda ishlatib bo‘lmaydi. Suvda yaxshi eriydi. «Нева» tormoz suyuqligi bilan aralashadi. Yuqori o‘tuvchanlikdagi avtomobillarda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Shimoliy hududlarda bu suyuqlikdan БСК tormoz suyuqligi o‘rnida toydalanish mumkin.


«Томь» tormoz suyuqligi. «Нева» tormoz suyuqligi o‘rnini bosish uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy komponentlari to‘yingan glikolli efir, poliefir. borat kislotalari va korroziyaga qarshi qo‘shil-malardan iborat. Yengil va yuk avtomobillari tormoz tizimlari gidroyuritmalarida ishlatiladi. «Нева» tormoz suyuqligiga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega, qaynash harorati nisbatan yuqori. «Нева» tormoz suyuqligi bilan ixtiyoriy nisbatda aralashtirish mumkin.


«Роса» tormoz suyuqliqi. Yangi turdagi avtomobillar, birinchi navbatda, ВАЗ–2108 aviomobili uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy komponeriti borli efir bo‘lib, tarkibida korroziyaga qarshi qo‘shil-malar qo‘shiladi. Tormoz suyuqligining qaynash harorati 260°С ni tashkil etadi. Suyuqlikning bu xususiyati ushbu suyuqlikdan og‘ir ish sharoitlarida ishonchli foydalanishni ta’minlaydi va suyuqlikning
183
ish muddatini uzaytirishga imkon beradi. «Роса» tormoz suyuqligi-ni «Томь» va «Нева» suyuqliklari o‘rniga ishlatish mumkin.

Tormoz suyuqliklarini bir-biridan farqlash qaynash harorati va past haroratlardagi ko‘rsatkichlarga asosan belgilanadi. Qaynash harorati bo‘yicha eng yaxshi tormoz suyuqligi «Роса», eng yomon ko‘rsatkichga ega bo‘lgan suyuqlik esa БСК suyuqligidir. Foyda-lanish jarayonida glikol asosidagi suyuqliklarning qaynash haro-rati pasayadi va ikki yil mobaynida ishlatilganidan so‘ng suyuqli-kning qaynash harorati quyidagicha bo‘ladi: «Нева» – 135–140°C, «Томь» – 150– 160°C va «Роса» – 160–165°C. БСК suyuqligining qaynash harorati 110°C. Shuning uchun БСК suyuqligi shoshilinch ravishda tormoz bosiladigan og‘ir ish sharoitlarida tormoz tizimi­ ning ishonchli ishlashini ta’minlay olmaydi.

Tormoz tizimlarida bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida ish sharoitidan kelib chiqqan holda tormoz suyuqlikla-rini almashtirish muddati quyidagicha tavsiya etiladi: «Нева» – 1–2 yil; «Томь» va «Роса» – 2 yil.

BCK suyuqligining past haroratlardagi ko‘rsatkichlari qoniqar-siz bo‘lib, minus 15–17°C haroratdayoq kanakunjut moyining kristallari hosil bo‘ladi. Haroratning bundan ham pasayishi suyuq­ likning tizim bo‘ylab harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Minus 20°C haroratda БСК suyuqligi yaroqsiz holga keladi. «Нева», «Томь» va «Роса» suyuqliklaridan minus 40–45°C haroratgacha foydalanish mumkin.

Sovuq iqlim sharoitida ishlatiladigan avtomobillar uchun minus 55°C haroratdagi qovushoqlik 1500 mm2/s dan kam bo‘lmagan maxsus suyuqlik zarur bo‘ladi. Bunday suyuqlik bo‘lmaganida, «Нева» va «Томь» suyuqligiga 15–20 foiz miqdorida etil spir-ti qo‘shib ishlatish mumkin. Hosil bo‘lgan suyuqlik minus 60°C gacha haroratda ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Lekin bu aralashma rezina manjetlarning jipsligini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun tormoz suyuqligiga spirt aralashtirish majburiy hol hisoblanadi va qish mavsumi tugaganidan so‘ng aralashma tizimdan quyib olinishi zarur.

«Нева», «Томь» va «Роса» suyuqliklari bir-birini almashtirishi mumkin, ularni o‘zaro istalgan nisbatda aralashtirish mumkin.

Bu suyuqliklami БСК suyuqligiga aralashtirish mumkin emas, chunki bunda suyuqlik o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi.

«Нева» va «Томь» suyuqliklari xorij texnikalarida qo‘llaniladi-gan xalqaro tasniflardagi ДОТ–3 (qaynash harorati 205°C) suyuq­ ligiga, «Роса» suyuqligi esa ДOТ–4 (qaynash harorati 230°C dan yuqori) suyuqligiga mos keladi.

БСК suyuqligi zamonaviy avtomobillarda qo‘llanilmaydi. Ba’zi tormoz suyuqliklarining asosiy xususiyatlari 7. 1- jadval-

da keltirilgan.









Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling