Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Oltingugurtli aktiv birikmalar borligini tekshirish


Download 0.77 Mb.
bet45/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Oltingugurtli aktiv birikmalar borligini tekshirish. Tek-shirish yonilg‘ini mis plastinkada sinash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Buning uchun sof elektrolitik misdan tayyorlangan, jilolangan plastinka sinalayotgan yonilg‘iga botiriladi va 50°C haroratgacha isitilib, shu haroratda uch soat tutib turiladi. Agar isitishning im-koni bo‘lmasa, xona haroratida bir sutka tutib turish mumkin. Sinov oxirida plastinka qora dog‘lar bilan qoplansa yoki to‘q kulrangga kirsa, yonilg‘ida oltingugurtli birikmalar bo‘ladi. Bunday yonilg‘i ishlatishga yaramaydi.


Suvda eriydigan (mineral) kislota va ishqorlar. Kislota va ishqorlar borligini aniqlash uchun bo‘lish voronkasi (voronka silin-drik idish bo‘lib, yuqori qismi tiqin bilan zich berkitilgan, pastki qismi esa to‘kish jo‘mragi bo‘lgan truba bilan tugallanadi) teng miqdorda sinalayotgan yonilg‘i va issiq suv quyiladi. Vaqti-vaqti bilan tiqin ochilib, voronka ichidagi yonilg‘i hamda suv 3–4 min yaxshilab aralashtiriladi va tindiriladi. Issiq suv neft mahsulotlariga ta’sir qilmaydi, lekin mineral kislota va ishqorlarni tez eritadi. Suv­ dagi eritma voronkaning pastki qismida to‘planadi, neft mahsuloti esa yuqorida qoladi. Pastdagi suv qatlami jo‘mrak orqali ikkita toza probirkaga quyib olinadi. Ulardan biriga 1–2 tomchi fenolftalein indikatori qo‘shiladi. Agar suv pushti yoki qizil rangga kirsa, neft mahsulotida ishqor boladi (agar ishqor bo‘lmasa, suvning rangi o‘zgarmaydi). Boshqa probirkaga 1–2 tomchi metiloranj qo‘shila-di. Suvning pushti yoki qizil rangga kirishi unda kislota borligidan dalolat beradi (neytral va ishqorli muhitda rangi sarg‘ish yoki to‘q sariq bo‘ladi). Mahsulotda mineral (suvda eriydigan) kislotalar, ishqorlar bo‘lmasa, u ishlatishga yaroqli hisoblanadi.


Smolalar miqdorini aniqlash. Smolalarni aniqlash uchun o‘lchash yoki ko‘z tomizg‘ichi yordamida 1 ml benzin sferik shishaga quyiladi va kuydiriladi. Dizel yonilg‘isini tekshirishda bu
205
miqdorga yana taxminan shuncha miqdorda smolasiz, rangsiz ben-zin qo‘shiladi. Ular yonganidan so‘ng, sariq yoki jigarrang halqa-lar qoladi. Yonilg‘ida smolalar qancha ko‘p bo‘lsa, qoldiq shuncha to‘q rangli va dog‘ diametri shuncha katta bo‘ladi Dog‘ kattaligiga qarab smolali birikmaning taxminiy miqdori aniqlanadi:

Dog‘ diametri, mm ...................


6

8 10

12 14 16 18


20 22

24

Smolalar miqdori, mg/100 ml ...


4

11 20

32 43 56 70


85 102

120

Yonilg‘ida smolalar bo‘lmasa, shishada uncha katta bo‘lmagan bilinar-bilinmas oq dog‘lar qoladi. Agar yonilg‘i moylar bilan iflos­ langan bo‘lsa, shisha chetida jigarrang tomchilar qoladi.




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling