Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uglevodorodlar.
- Aldegidlar.
- Yonilg‘i moylash materiallarining yong‘in va portlash jihatdan xavfliligi va elektrlanishi
- Atrof muhitni muhofaza qilish
Azot oksidlari. Azot (II)-oksidi ko‘zning shilliq pardasini, o‘pkani yallig‘lantiradi, yurak-qon tomir tizimida tuzatib bo‘lmay-digan o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Azot oksidlarining juda kam miqdori ham xavfli hisoblanadi. Azot oksidlari uglevodorodlar bi-lan birikib, zaharli nitrooleiflar hosil qiladi. Ularning organizmga zararli ta’sirini hech qanday vositalar bilan yo‘qotib bo‘lmaydi.
Uglevodorodlar. Yonmay qolgan uglevodorodlar bir necha yuz kimyoviy birikmalar aralashmasidan iboratdir. Aralashma yoqim-siz hidga ega bo‘lib, ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqa-radi. Ayrim aromatik uglevodorodlar kuchli zaharli xususiyatlarga ega bo‘lib, markaziy asab va mushak tizimiga salbiy ta’sir etadi. Alifatik uglevodorodning zaharlilik darajasi pastroq bo‘lib, ular markaziy asab tizimiga narkotik kabi ta’sir ko‘rsatadi. Aldegidlar. Ishlatilgan gazlar tarkibida, asosan, formaldegid va akroleinlar bo‘ladi. Formaldegid va akroleinlar nafas olish yo‘llari va shilliq pardalarni yallig‘lantiradi. Formaldegid markaziy asab tizimi, jigar, buyrakni shikastlaydi va oltingugurt birikmalari bilan dimoqni yoradigan yoqimsiz hid tarqaladi. Akrolein nafas olingani-da ko‘zni achishtiradi va yoshlantiradi, u bilan nafas olinganida tomoq tirnalgandek bo‘ladi, yo‘tal tutadi. Akroleinning havodagi konsentratsiyasi 0,07 mg/l bo‘lganida, kishi ko‘pi bilan bir minut chidaydi. Dvigatel ishlatilganida chiqariladigan oltingugurt birikmalari uning silindrlarida amalga oshuvchi jarayonning o‘ziga aloqador bo‘lmasdan, tarkibida biror turdagi oltingugurt bo‘lgan yonilg‘ilar- 227
Qo‘rg‘oshin birikmalar organizmda to‘planib, moddalar alma shinuvi va qon hosil bo‘lish jarayonlarining buzilishiga olib keladi. Uglerod gazi va boshqa zaharli moddalar ta’siridan zaharla nishning oldini olish uchun ish joylarida va avtomobillarni saqlash maydonlaridagi havo tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini vaq-ti-vaqti bilan nazorat qilib turish va shamollatishni (ventilatsiya) yo‘lga qo‘yish lozim. Avtomobil kabinalariga va salonlariga ishlatilgan gazlar kirishi-ga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Gazdan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish benzin bu g‘idan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish kabi amalga oshi riladi.
Antifriz va tormoz suyuqligi suyuqlanadigan yoki tashiladigan hamma idishlarda «Zahar» degan yozuv yaqqol ko‘rinib turishi (bu so‘z yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan yoziladi), idishda antifriz yoki tormoz suyuqligi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, uning tiqinlari va bo‘g‘zi tamg‘alanishi zarur. Antifriz va tormoz suyuqliklarini shlang orqali og‘iz bilan so‘rib tortish mumkin emas, chunki etilenglikol oshqozonga tushsa, uni zaharlaydi. Shikastlangan kishiga tezlik bilan yordam ko‘rsatish lozim. Bunda oshqozon toza suv bilan yoki 2 foizli ichimlik so-dasining suvdagi eritmasi bilan chayiladi, majburiy ravishda qayt qildiriladi, shikastlangan kishi o‘rab isitiladi va zudlik bilan vrach chaqiriladi. Antifriz va tormoz suyuqliklari bilan ish bajarilganidan keyin qo‘lni, albatta, sovunlab yuvish kerak. ATKlarda ishlatiladigan erituvchilar va suyultiruvchilar zaharli bo‘lishi bilan birga yuqori bug‘lanuvchanlikka egadir. Ular bilan, shuningdek, lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlanganida benzin bi-lan ishlanganidagi kabi chora-tadbirlar qo‘llanadi. Metil spirti yoki dixloretan bilan zaharlangan kishilarga ham antifriz yoki tormoz suyuqligi bilan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish kabi yor-dam ko‘rsatiladi. 229
2. Yonilg‘i moylash materiallarining yong‘in va portlash jihatdan xavfliligi va elektrlanishi Barcha neft mahsulotlari yong‘in va portlash jihatidan xavfli bo‘lib, ularning bug‘i zaharlidir. Ular ma’lum miqdorda havo bi-lan aralashib, portlovchi aralashma hosil qiladi. Havoda benzin-lar, kerosinlar, dizel yonilg‘isining bug‘lari hajm bo‘yicha 1,1 dan 6,0 foizgacha bo‘lganida ular portlash jihatidan xavfli hisoblana-di. Bu chegaralar ob-havo sharoitiga (harorat, bosim, havo nam-ligi), neft mahsulotlari turi va aralashma hosil bo‘lish sharoitiga qarab o‘zgaradi. O‘t olish haroratiga ko‘ra neft mahsulotlari ikki guruhga: oson alangalanadigan (o‘t olish harorati 45°C dan past bo‘lgan: benzin, kerosin, yengil fraksion tarkibli dizel yonilg‘ilari) va yonuvchi (45°С dan yuqori: dizel yonilg‘isi, mazutlar, pech-ka va qozon yonilg‘ilari, yengil moylar) turlarga bo‘linadi. Oson alangalanadigan yonilg‘ini tashish, saqlash, undan foydalanishning barcha bosqichlarida juda ehtiyot bo‘lish shart. Ko‘pgina neft mahsulotlarining, ayniqsa, yonilg‘ining dielektrik xossalari yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ular quvurlardan oqizil-ganida, avtosisternada tashilganida uning devoriga ishqalanishi natijasida statik elektr zaryadlari paydo bo‘ladi. Ular razryadlan-ganida elektr uchquni paydo bo‘lib, neft mahsulotlarining portlashi va alangalanishiga sabab bo‘lishi, xizmat ko‘rsatayotgan kishilar-ni shikastlashi mumkin. Buning oldini olish uchun barcha sig‘im-lar, avtosisternalar, qabul qilish-tarqatish uskunalari, o‘tkazgichlar mexanizatsiyalangan yonilg‘i quyish vositalari yerga ulanishi zarur; shunda hosil bo‘lgan elektr zaryadi yerga o‘tib ketadi. Neft mahsulotlari bug‘lari ajralib chiqadigan joylarda uchqun chiqishi, portlash yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘luvchi as-boblardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Asboblar rangli metall-dan tayyorlangan yoki mis qoplangan bo‘lishi zarur. To‘ldirilgan yoki bo‘sh bochkalarni maxsus ko‘targichlar yoki ko‘tarish-tashish mexanizmlari yordamida ko‘tarish va tashish kerak. Agar mexanizatsiyalashtirilgan yonilg‘i quyish vositalari 230
Neft mahsulotlarini olov, uchqun, mashina va uskunalarning qattiq qizigan qismlari tegib ketishidan saqlash lozim. Neft mah-sulotlarini ochiq idishda saqlash qat’iyan man etiladi. Neft mahsu-lotlari saqlanadigan joylarda doimo o‘t o‘chirish asboblari to‘plami bo‘lishi lozim. Neft mahsulotlari omborlarida, shuningdek, mashi-nalarga neft mahsulotlari quyiladigan, neft mahsulotlari qabul qilib olinadigan va tarqatiladigan joylar yaqinida chekish hamda alan-gadan foydalanish taqiqlanadi. Neft mahsulotlari bilan ishlaydigan shaxslar o‘z vaqtida yong‘in xavfsizligiga oid dastlabki (ishga qabul qilinayotganda) va davriy (yiliga kamida ikki marta) yo‘riqnoma olishlari lozim. Neft ombori va yonilg‘i-moylash materiallarini tarqatish sho xobchalarida, yong‘inga qarshi belgilangan ajratish masofalarining o‘lchamlariga rioya qilinishi, ozodalikni saqlash zarur, shuningdek, yaxshi ko‘rinadigan joylarga «Yong‘in xavfi bor!», «Chekilmasin!» degan yozuvlar osib qo‘yilishi lozim. 231
Statik elektrlanish natijasida yong‘in va portlash kelib chiqishi ning oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: – yonilg‘ini haydashda ishlatiladigan barcha vositalar, o‘tkaz gich quvurlar, sisternalar, yonilg‘i quygichlar va sig‘imlar yax-shilab yerga ulanishi lozim; – yonilg‘ini quyish ochiq oqim ko‘rinishida bo‘lmasligi va yo nilg‘i sachratilmasligi lozim; – yonilg‘ining suv va havo bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik; – idishga neft mahsulotlari quyilayotganida shlangning uchi har doim neft mahsuloti ichida bo‘lishi, bo‘sh idishga yonilg‘i quyish-da shlang uchi yonilg‘iga botib turadigan bo‘lgunicha yonilg‘ini juda sekin oqizish lozim; – yonilg‘i tashiydigan avtosisternalarning yerga ulanadigan (te-gib turadigan) zanjirlarini mustahkamlash kerak. Yong‘in chiqqanida, yonayotgan neft mahsulotlarini o‘chirish uchun kimyoviy ko‘pik, karbon kislota gazi, qum va tuproq ishla-tilishi lozim. O‘t o‘chirishda toza suvdan foydalanish taqiqlanadi, chunki suvning zichligi yonayotgan neft mahsulotining zichligidan yuqori bo‘lganligi tufayli neft mahsuloti suv yuziga qalqib chiqadi va yonishda davom etadi, yonish kuchayadi va atrof muhitga tez tarqaladi. Yonayotgan neft mahsulotlarini o‘chirishda ishlatiladigan eng qulay vositalar – bu o‘t o‘chirgichlardir. Ular ikki turda chiqarila-di: ko‘pikli va karbonkislotali. Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar – ОП–3, OП–5 va ОПМ ishga solinganida ular kislotaning suv eritmalari, ishqor va ko‘pirtirgich ishtirokida ko‘pik hosil qiladi. O‘t o‘chir- 232
Transport vositasiga yonilg‘i quyish vaqtida paydo bo‘lgan alangani o‘chirish uchun avtomobilni yonilg‘i quyish joyidan olib chiqish va alangani namat, asbest to‘shma, o‘t o‘chirgichlar bilan o‘chirish lozim. Agar dvigatel yona boshlasa, trasport vositasini yonilg‘i quyish joyidan uzoqlashtirish, dvigatelning ta’minlash tizimiga yonilg‘i berishni to‘xtatish, o‘t oldirish tizimini o‘chirish va alanga manbayini o‘t o‘chirgich, namat yoki havo kirish yo‘lini bekituvchi boshqa vositalar bilan o‘chirish kerak. Yong‘in chiqqanida neft mahsulotlarini qabul qilib olish va uni berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar to‘xtatilishi shart. Boshqa turdagi neft mahsulotlarini ishlatishda ko‘riladigan cho-ra-tadbirlar benzinning ishlatilishidagi kabidir. Ba’zi neft mahsulotlari havo kislorodi ta’sirida o‘z-o‘zidan alan galanishi va metall idishlarga katalitik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ularni ishlatishda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim. Masalan, etilenglikol va glitserin marganesli kaliy bilan xavfli ara lashma hosil qiladi.
3. Atrof muhitni muhofaza qilish Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydala-nish muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalardan biridir. Dvigatel chiqarib tashlaydigan ko‘pgina zaharli moddalar odam organizminigina zaharlab qolmasdan, balki tabiatga salbiy ta’sir 233
Moddalarning zaharlilik darajasi ularning havoda sanitariya me’yorlari bo‘yicha ruxsat etilgan chekli miqdoriga bog‘liq. Bu me’yorlar turli mamlakatlarda mahalliy sharoitning o‘ziga xos xu-susiyatlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, neft mahsulotlari zaharli moddalar bo‘lib, ular atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaning ifloslanishida avtomobillar va boshqa yer usti transportlari dvi-gatellarida yonilg‘ining yonishi natijasida ajralib chiqadigan zararli moddalarning roli juda kattadir, bunda is gazi, uglevodorodlar va azot (II)-oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi. Bu moddalar ning massa birliklaridagi miqdori yonilg‘i sarfining avtomobil lardan chiqariladigan zararli moddalar miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyentga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu koeffitsi-yentning qiymati eng muhim chiqindilar uchun quyidagicha:
Bu koeffitsiyentning qiymati har bir ATK uchun turlicha bo‘lishi mumkin, chunki unung qiymati bir qator omillarga bog‘liq: avto-mobil saroyining tarkibi va strukturasi, dvigatellar turi, ishlatilayot-gan yonilg‘ining sifati, ish sharoiti (harakatning tashkil etilishi; 234
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling