Avtomobil yoʻl hoʻjaligining iqtisodiyotda tutgan oʻrni
Download 48.29 Kb.
|
Jumayev Qobil (6-19)
Avtomobil yoʻl hoʻjaligining iqtisodiyotda tutgan oʻrni Reja: I Kirish. II Asosiy qism 1 Ilmiy-texnik taraqqiyotning mohiyati va rivojlanish bosqichlardagi vazifalari 2 Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari 3 Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishini prognoz baholanishi 4 Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati Kirish
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida ko‘p muammolar paydo bo‘laveradi. Ushbu muammolarni uzluksiz ravishda ketma-ket echib turish lozim bo‘ladi. Aks holda taraqqiyot sur’atlari pasayadi yoki umuman jamiyat taraqqiyotidan to‘xtab tanazzulga tomon rivojlanishi mumkin. Globallashuv davrida ushbu muammolarni echishning hal qiluvchi vositasi bu ilm-fandir. Fan asosida ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarining tez sur’atlar bilan va uzluksiz davom etishini ta’minlab turish mumkin. SHu sababli mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyotiga, fan rivojiga, yosh olimlar ijtimoiylashuvi jarayoniga katta e’tibor qaratilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib va o‘zimizning tajribamizga asoslanib ta’kidlash lozimki ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bugungi ilmiy-texnika taraqqiyoti belgilovchi ahamiyatga ega. Usiz taraqqiyot amalga oshmaydi va jamiyat ziddiyatlar girdobida qolib ketadi. SHu sababli mamlakatimizda ilm fan rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda. Aholi hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan mamlakat raqobatdoshligining asosiy ko‘rsatkichiga aylangan bugungi sharoitda taraqqiyotning muhim omili sifatida ta’limning roli ortib bormoqda. Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar avvalo ijtimoiy qadriyatlar va ta’lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda.
Shu nuqtai nazardan, buyuk ajdodlarimiz bo‘lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, ularning butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur o‘rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga egadir. Bu masala yoshlarda ilm-fanga va ta’lim olishga intilish tuyg‘usini kuchaytirish, barcha jamiyatlarda islom qadriyatlari va madaniyatini to‘g‘ri anglash hamda qabul qilish, dunyoning barcha xalqlariga Islom dinining haqiqiy mazmun-mohiyatini yetkazish uchun muhimdir. Shuningdek, bugungi kunda xalqaro miqyosda konfessiyalar, millatlar va madaniyatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, tinchlik va totuvlikka erishishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni innovatsion rivojlanishsiz, keng ko‘lamli ilmiy-texnik kooperatsiyasiz va yangi texnologiyalar, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun ilm-fan va texnikani yanada rivojlantirish, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning intellektual salohiyatini mustahkamlash tashkilotimiz faoliyatida muhim o‘rin egallashi lozim, deb hisoblaymiz. 1 Ilmiy-texnika har qanday davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim sohadir. O‘zbekiston zamini azaldan bashariyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan, jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyoti yo‘nalishini ma’lum darajada belgilab bergan ulug‘ allomalari, buyuk mutafakkirlari bilan shuhrat qozongan. Bugungi kunda ham olimlarimiz buyuk ajdodlari an’analarini munosib davom ettirib, mustaqil Vatanimizning ilmiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti yo‘lida keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Jumladan, ushbu dissertasiyada ham ijtimoiy va ilmiy texnika taraqqiyotining fuqarolik jamiyati rivojlanishiga ta’siri hamda ularning tarixiy jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilishga qaratiladi. Muhimi, ilmiy-texnika taraqqiyotining bizning mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini va mamlakatimizning ijtimoiy hayot sohasida moddiy-texnika bazasida takomillashtirishdagi ta’sirini ko‘rsatishga asosiy e’tibor berilgan. Ilmiy-texnik taraqqiyotning mohiyati va rivojlanish bosqichlardagi vazifalari Ijtimoiy-iqtisodiy sohada ilmiy-texnika taraqqiyoti yuqori darajadagi murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi, u mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish kuchlarining barcha elementlari unumdorligi oshadi, masalan: mehnat predmetlari, ishchi kuchlari, mehnat mahsuli, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va boshqalar. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanib, u aholining turmush darajasining barqaror o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy taraqqiyot konsepsiyasi mehnat qurollarni o‘zgartirishni talab qiladi, ya’ni mashina, ishlab chiqarish jihozlari, transport vositalar, barcha turdagi mashina texnikasi, mehnat vositalaridan - yonilg‘i, xomashyo, energiya hamda texnologik jarayonlarni yaxshilash, ishchi xodimlar malakasini oshirish, ishlab chiqarishni samarali boshqarish va tashkil qilishni taqozo qiladi.2 Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish qo‘l mehnatini yengillashtirish omili bo‘lib xizmat qiladi, uning doimiy takomillashuvi ishchilarning moddiy ta’minlanganlik va ma’naviy dam olish imkoniyatlarini yaratadi. Ilmiy-texnik taraqqiyoti, iqtisodiyotning moddiy-texnik bazasining shakllanishiga va uning asosida ilm-fan va texnika rivojlanishiga zamin yaratadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti tovar mahsulotlaming kengayishi va nomenklaturasining yangilanishi va ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat mahsulotlarining yangilanish ko'rsatgichi mamlakatning ishlab chiqarish potensialini rivojlanishini ko‘rsatadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida maishiy xo‘jalik mahsulotlari doimo yangilanib turadi, bu bilan aholining maishiy xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabi qondiriladi. Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish muhim o‘rin tutadi, zotan, ishlab chiqarish samaradorligining oshishi, axolining shaxsiy va ijtimoiy extiyojlarini qondirish darajasi va usullari, boshqaruv usullari va vositalari tizimi, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish, mamlakatning mudofaa qudratini ta‘minlash fan-texnika taraqqiyoti sur‘atlarini jadallashishiga bog`liq.
Ikkinchi yo‘nalish - hayotning turli sohalarida fan-texnika taraqqiyotining ijtimoiy oqibatlarini aniqlash.3 Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot – bu xo‘jalik hayotidagi yangi bilim va erishilgan yutuqlarni ochish va ulardan foydalanishning uzilmas va og`ir jarayonidir. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida quyidagi ishlab chiqarish kuchlarining elementining rivojlanishi va mukammallashishi ro‘y beradi: mehnat predmetlari va vositalari, ishchi kuchi, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning bevosita natijasi bo‘lib innovatsiya yoki yangiliklar hisoblanadi. Bu ilmiy bilimlar qo‘llaniladigan texnika va texnologiyalarning o‘zgarishi. O‘z rivojlanish jarayonida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bir nechta bosqich etaplaridan o‘tgan. Birinchi bosqich – ХVIII asr oxiri va ХIХ asr boshlaridagi birinchi sanoat inqilobi. Ilmiy asosda mashinali ishlab chiqarishga o‘tish. Ikkinchi bosqich – ХIХ asr oxiri ХХ asr boshlaridagi ikkinchi sanoat inqilobi. Mashina asosidagi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarishning energetik asosining
Uchinchi bosqich – ХХ asrdagi uchinchi sanoat inqilobi, u o‘z navbatida ilmiy-texnik inqilobga aylanib bordi. IТI – bu ilmning, ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan sifatli o‘zgarishidir. ХХ asrning oxirgi 10 yilliklarida sanoat inqilobining yangi to‘rtinchi bosqichining belgilari shakllana boshladi. Uning asosiy belgilari:
ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish; energetikaning yangi turlari; yangi materiallarni tayyorlash texnologiyasi va boshqalar. Rivojlanishning barcha bosqichlarida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: evolyutsion, revolyutsion (inqilobiy) va aralash.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy natijasi bu – ishlab chiqarishda shakllanadigan va moddiylashadigan iqtisodiy samaraning oshishi.4 Ilm va texnika rivojlanishini tartibga solish va prognozlash quyidagi prognoz hujjatlarining tizimi vositasida amalga oshiriladi:
10-15 yilga mo‘ljallangan davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari. Ko‘rsatilgan hujjatlarni davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati birlashtiradi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanishning umumdavlat prognozida quyidagilar mavjud: mahalliy va jahon ilmiy-texnikasida erishilgan muhim yutuqlarning texnik- iqtisodiy baholanishi; ilmiy texnik yutuqlarini xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqidagi xulosalar; ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bosh yo‘nalishlarini va birlamchi tarmoqlararo ilmiy-texnik masalalarni aniqlash; bu masalalarni yechish bevosita va yo‘llarining variantlari; ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash. Prognozda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasi doirasida global xarakterga ega. Хususiy ilmiy-texnik prognozlarni ishlab chiqarish jarayonida prognozlashtirish ob‘ekti sifatida ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning turli yo‘nalishlari hamda innovatsion siklning asosiy bosqichlari qatnashishi mumkin. Perspektiv (5-10 yil) va yillik xususiy ilmiy-texnik prognozlar ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Ular boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqarilishi mumkin (mamlakatning xalq xo‘jaligi, respublika, viloyat, tarmoqlararo kompleks, tarmoq, tashkilot). Davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari umumdavlat va tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan eng perspektiv ilmiy-texnik yo‘nalishlarning muhim muammolari bo‘yicha ishlab chiqariladi. Bu dasturlar texnikaning yangi avlodlarini va bazaviy texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangiliklarning butun innovatsion siklini o‘z ichiga oluvchi 10-15 yil muddatiga ishlab chiqariladi. Markaziy, tarmoq, region va davlatlararo ilmiy-texnik dasturlari mavjud.5 Davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati shu davlatning ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatiga bo‘lgan munosabatni ifodalaydi hamda ilm, texnika va ilmiy-texnik yutuqlarini amalga oshirish sohasida O‘zbekiston davlat hukumat organlar faoliyatining shakli, yo‘nalishi va maqsadlarini aniqlab beradi. Uning asosiy maqsadlari quyidagilar: Ilmiy-texnik potensialni rivojlantirish, ratsional joylashtirish va samarali foydalanish. Moddiy ishlab chiqarish sohasida progressiv tuzilmaviy o‘zgarishlarni ta‘minlash, uning samaradorligini va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish. Davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda ilm va fan-texnikaning hissasini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarni amalga oshirish. Mamlakat mudofaa kuchlarini mustahkamlash. Ekologik muhitni yaxshilash va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida asosiy masalalardan biri, ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish prinsip va omillaridir.
Fundamental ilmiy izlanishlar asosan, markaziy byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi. Markaziy ilmiy-texnik dasturlar, asosiy izlanishlar va eksperimental yangiliklar, markaziy byudjet mablag`lari, ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash fondi mablag`lari hamda qatnashish ulushiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo‘jalik sub‘ktlar hisobidan moliyalashtiriladi. Regional ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar O‘zbekiston sub‘ektlarining byudjeti, mahalliy byudjet, regional fondlar va qatnashish hissasiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo‘jalik sub‘ktlari mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda davlat, nodavlat va xalqaro ilmiy va ilmiy- texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan fondlar faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat grantlar hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy fan-texnika inqilobining ikkita muhim bosqichi yakunlandi. Dastlabki bosqichda (XX asrning 40-50- yillari) FTI asosan yangi qurollanish tizimlarini yaratish, harbiy-texnik ustunlikni ta’minlashga qaratilgan edi. Ikkinchi bosqichda (60-80-yillar) bu maqsadga yana qo’shimcha yangi vazifa – iqtisodiy o’sishning barqaror sur’atini ta’minlash, asosiy tarmoqlar raqobatbardoshligini oshirish vazifasi qo’shildi.6 Zamonaviy bosqich shu bilan tavsiflanadiki, postindustrial jamiyat mamlakatlari globallashuv muammolari bilan bog’liq yangi vazifalarni faollik bilan hal etib, fan-texnika siyosati ustuvorliklari kishilar turmush darajasini oshirish, tibbiyot va axborotlashtirishni rivojlantirish atrof- muhitni muhofaza qilish muammolarini hal etishga qaratilmoqda. Eng rivojlangan mamlakatlar — AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiya rivojlanishning yangi bosqichini – bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni e’lon qildilar. Bu mamlakatlar hukumatlari o’tgan asrning 80-yilaridan boshlab o’z sa’y-harakatlarini iqtisodiyotg’da innovatsion jarayonlarni tezlashtirish va milliy innovatsion tizimlarni yaratishga yo’naltirdilar. Amaliy tadqiqot va loyihalar sohasida butun jahon miqyosida qo’llanuvchi integratsiyalangan texnologiyalarni yaratishga yo’nalganlik tobora ko’zga tashlanib bormoqda. Bunga yaqqol misol qilib axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, Internet global tarmog’ini ko’rsatish mumkin bo’lib, ular iqtisodiyot, fan, ta’lim, madaniyat, dam olishni tashkil etishda keng qo’llanmoqda va amalda dunyodagi barcha mamlakatalrni qamrab olmoqda. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar milliy tadqiqotlari tarkibida eng jiddiy o’zgarish sifatida kishilar salomatligini saqlash yo’lida tadqiqotlarning keskin o’sishini ko’rsatish mumkin. Bu ustuvorlik AQShda eng yuqori bo’lib, bu mamlakatda biotibbiyot tadqiqotlariga sarflanuvchi xarajatlar mamlakat ITTKI 20%ini tashkil qiladi (o’n yil avval - 12 %). Yangi iqtisodiy sharoitlarda mamlakatda qaysi tarmoq va texnologiyalar iqtisodiy o’sishga zamin bo’lishi haqida muhim davlat qarorlari qabul qilinishi zarur. Muvaffaqiyatni esa resurslarni innovatsion sohada jamlash, ulardan tanlab olingan ustuvor yo’nalishlar doirasida oqilona foydalanish belgilab beradi. Innovatsion rivojlanishning zamonaviy modeli jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga fan-texnika sohasining tizimli ravishda integratsiyalashuvini nazarda tutadi. Bunday integratsiyalashuv fan- texnika sohasining yangi ilm talab qiluvchi mahsulot va xizmatlar yaratish va an’anaviy bozorlarni egallab olishga imkon beruvchi samarali yangiliklar barqaror oqimini shakllantirish uchun kuchli stimullar yaratadi. Natijada sifati, narxi, hajmi va bozorga chiqish muddati bo’yicha mavjud to’lov layoqatiga ega talabga mos keluvchi yangi mahsulot va xizmatllar yaratuvchi milliy innovatsion tizim shaklantiriladi. XX asrning ikkinchi yarmi tajribalarining ko’rsatishicha, innovatsion faollikning yuqori sur’atlariga quyidagilarni ta’minlovchi institusional rasmiylashtirishni yaratish evaziga erishiladi: yangi bilimlar, texnologiya, mahsulot va xizmatlarga investitsiyalar natijalari huquqini himoya qilish; innovatsiyalar asosida raqobatni kengaytirish uchun sharoitlar; milliy innovatsion tizim uchun mos keluvchi moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari taklifi; xo’jalik sub’ektlari tomonidan innovatsiyalarga barqaror talab. Fan-texnika siyosatini innovatsion va iqtisodiy siyosatdan alohida, bozor mexanizmlari bilan aloqasiz ko’rib chiqib bo’lmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda fan-texnika siyosatigi ishlab chiqish va amalga oshirish davlat boshqaruvchining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu holat tabiiy bo’lib, shu bilan izohlanadiki, mamlakat xavfsizligi va texnologik mustaqillik istiqbollari ko’p jihatdan fan-texnika salohiyati, jumladan, fundamental fanlar va kadrlar malakasi darajasiga asoslanadi. Bundan tashqari, antropogen omil sayyoramizdagi evolyusion jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylandi, shuning uchun ulkan texnik imkoniyatlarga ega sivilizatsiya rivojlanishining maqsad va yo’nalishlari sinchiklab tekshirilishi, ularning ekologik jihatdan xavf tug’dirmasligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fan oldiga prinsipial jihatdan yangi va insoniyat uchun favqulodda ahamiyatga ega vazifani qo’yadi — qabul qilinuvchi texnologik va boshqaruv qarorlari oqibatlarini bashorat qila olish talab qilinadi. Gap amalda XXI asrda fan sivilizatsiya rivojlanishining barqaror traektoriyasini belgilab berishi, bu yo’lda insoniyat oldidia paydo bo’luvchi xavf va tahdidlarni ishonchli baholay olishi haqida boradi. Boshqacha qilib aytganda, fan insoniyatga sayoramizda tarxiy jarayonning borishini to’g’ri anglash va samarali boshqarish uchun real imkoniyatlar taqdim etadi. Jahondagi tadqiqotlar strukturasining o’zgarishi ilmiy siyosatning harbiy, muhandis-texnik sohalar (50-70-yillar) va sanoat texnologiyalaridan (70-80-yillar) ijtimoiy ahamiyatga ega ustuvorliklarga o’tishi bilan bog’liq. Bundan rivojlangan mamlakatlarning sog’liqni saqlash, madaniyat, tarix, etnografiya, millatlararo unosabatlar kabi sohalarda tadqiqot va loyihalarga katta hissa qo’shayotganligi dalolat beradi.7 Fanning iqtisodiyot va jamiyat uchun ahamiyatini faqat aniq va muayyan yutuqlargina belgilab bermaydi. Ilmiy bilimlar chegara bilmaydi va zamonaviy dunyoda kuchli milliy fanlarga ega bo’lmagan holda ham ko’plab fan mevalaridan foydalanish mumkin. Biroq shunday bilimlar turlari borki, ularni na xorijiy adabiyotlardan va na xorijiy ekspertlardan olib bo’ladi. Bu bilimlar fanning mamlakat rivojlanishidagi tizimni shakllantiruvchi funksiyalari bilan bog’liq. Fan ta’lim tizimi, san’at va ommaviy axborot vositalari orqali dunyo, jamiyat va tabiatga zamonaviy dunyoqarashga ega oqilona fikrlovchi shaxsni shakllantiradi. Fan va ta’lim ilmiy va texnologik bilimlar «egasi» bo’lgan kadrlarni yaratib, ularsiz iqtisodiyot ham, fan-texnika majmui ham rivojlanaolmaydi. «Kadrlar» pozitsiyasini yo’qotish jamiyatning intellektual tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Kuzatuv va tadqiqotlar bilan butun mamlakat hududini qamrab oluvchi fan xo’jalik va jamiyat hayoti munosib o’rin oluvchi real tabiiy va texnogen muhit haqida ishonchli bilimlar beradi. Iqtisodiyotning nodavlat sektori ilmiy-texnik loyihalar yaratishdan hali unchalik manfaatdor emas. Bundan tashqari, u fundamental tadqiqotlarning biron-bir jiddiy qismini moliyalashtirishni o’z zimmasiga olmaydi. Davlat mablag’larini ajratishning qaytuvchan modelini joriy qilish; innovatsion faoliyat marketingini davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash; fan yutuqlarini sanoatga joriy qilish hamda fundamental tadqiqotlar o’tkazishda sanoat va bank kapitali ishtirokini rag’batlantiruvchi choralar ishlab chiqish; ilmiy shaharchalar, qo’riqxonalar, madaniy-tarixiy yodgorliklarni qo’llab-quvvatlash — mana shular fundamental tadqiqotlarni iqtisodiy ta’minlash bazasini kengaytirishda davlat tomonidan qo’llanuvchi vositalarning to’liq bo’lmagan ro’yxatidir. Shu bilan birga fundamental fan salohiyati davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanmasdan muvaffaqiyatli rivojldana olmaydi. Bunday qo’llab- quvvatlash kelajakdagi yutuqlar uchun zamin hozirlash, o’ziga xos ilmiy maktablarni saqlab qolish, ilmiy natijalardan foydalanish bo’yicha barqaror ijtimoiy motivatsiyalar yaratish, ilmiy mehnat nufuzini oshirish uchun zarur. Cheklangan resurslar sharoitlarida mamlakat fanining ilg’or pozitsiyalarini saqlab qolish yo’lida yetakchi tashkilotlar, istiqbolli bo’linmalar va ayrim tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlashga resurslarni qayta taqsimlash va markazlashtirish zarur. Kelajakda fundamental tadqiqotlarni davlat tomonidan ta’minlash yagona ilmiy-texnologik va innovatsion siyosat doirasida o’tkazilishi lozim. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishini prognoz baholanishi Ilmiy-texnika taraqqiyotini shakllanishi va ularning natijalarini amalga oshirish 5 ta bosqichdan iborat bo`ladi, ya’ni fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar, ishlab chiqarishga tayyorlash va ekspluatatsiya.
Fundamental tadqiqotlar - bu olib boriladigan tadqiqotning mavjudligi tahlili, tabiiy rivojlanish qonun va qonuniyatlarini aniqlash, jamiyat, inson, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ochib berish, mavjud qonun va qonuniyatlar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat. Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi qonun va qonuniyatlar, yangi kategoriyalar paydo bo‘lishiga, ularning amaliyotda qo‘llanish yo‘llari va tamoyillari ishlab chiqish imkoniyati paydo bo`ladi.8 Izlanuvchi mehnati mahsuli, jamoa faoliyati va fundamental izlanuvchilar ijrochilarining tadqiqot natijalari yangilik yaratganliklari haqidagi rasmiy hujjatlar, mualliflik huquqini tasdiqlovchi patentlar, monografiyalar, maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, hisobotlar va ilovalarda o‘z aksini topadi. Bu ishlar ilm-fanni bevosita ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun ishlatiladi, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, amaliy ish sifatida ko‘rib chiqilib, ushbu nazariyalarni kelajakda rivojlantirib, ularni amaliyotga qo‘llashga harakat qilinadi. Ilmiy-texnika taraqqiyotini, umuman ilmiy tadqiqotni amalga oshirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun obyektni prognozlash uchun ekspert usullaridan keng qo‘llaniladi. Ayni vaqtda usul tanlash obyektning xususiyatidan kelib chiqadi. Amaliy tadqiqotlar mohiyatan ikki vazifasi mavjud: birinchidan, u fundamental tadqiqotlami tahlil qilish yangi ish qurollari (texnika, texnologiya, materiallar va boshqalar) yaratish maqsadida uni rivojlantirish; ikkinchidan ishlab chiqarish jarayoni holatini tahlil qilish hamda mavjud texnika asosida yangi texnika asosini yaratish va ularni amaliyotga keng joriy etishdan iborat. Amaliy tadqiqotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘riqnoma, normalar, uslubiyot, me’yorlar, me’yor aktlarning asosliligi bilan yaratilgan amaliy-ilmiy tadqiqot natijalari va ularni bevosita amaliyotga joriy qilishdan iborat bo‘lib obyekt sifatida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi. Amaliy tadqiqotlami prognozlashning asosiy belgilari quyidagilar: tadqiqotga ketgan xarajatlar hajmi, kerakli materiallar miqdori, moliyaviy resurslar miqdori, ilmiy xodimlaming malakasining oshishi, yangi mutaxassislarga bo‘lgan talab, tadqiqotning moddiy ta’minlanganligi, tadqiqotga bo‘lgan talab va ehtiyoj. Ilmiy ishlanmalar deganda konstruktorlik, texnologik, loyihalar asosida yangi texnikalar, texnologiyalar, mahsulotlar hamda ishlab chiqarilgan mehnat jihozlari va qurollarini modemizatsiyalash ularni tajribalardan o‘tkazish tushuniladi. Ishlanmalar amaliy tadqiqotlarga o‘xshab ketadi, lekin u davlat standartlariga javob berishi kerak. Ularni amalga oshirishda quyidagi talablar mavjud: konstruktorlik va texnologik ishlanmalar ustidan ishlash tartibi, tajriba namunalari, tajriba partiyasi, ommaviy ishlab chiqarish uchun tayyorligini tekshirish. Konstruktorlik - tajribaviy ishlanmalar tarmoq ilmiy tekshirish tashkilotlari konstruktorlik loyiha tashkilotlar hamda konstruktorlik va texnologik ishlab chiqarish byurolar birlashmalar tomonidan sanoat tashkilotlari tarkibida amalga oshiriladi. Asosiy tarmoqlarning ilmiy tekshirish institutlari tomonidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarga kerakli ishchi kuchi, ularning vazifalari belgilangan boshqaruv tashkilotlar tomonidan belgilanadi. Agar yangi texnologik jarayon
Ilm va texnika rivojlanishining bosh yo‘nalishlari deganda, ilmiy- texnologik rivojlanishga va mamlakat rivojlanishining uzoq muddatli va joriy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga o‘z hissasini qo‘shuvchi izlanish va kashfiyotlarning sohasi tushuniladi. O‘zbekiston hukumati bilan ilm va texnika rivojlanishining quyidagi bosh yo‘nalishlari tasdiqlangan: Fundamental izlanishlar; Axborot texnologiyalar va elektronika; Ishlab chiqarish texnologiyalar; Yangi materiallar va kimyoviy mahsulotlar; Тirik tizim texnologiyalari; Тransport;
Ekologiya va tabiatdan foydalanish. Undan tashqari har bir yo‘nalish texnologiyalar darajasida konkretlashtirilgan. Natijada bir necha yuz texnologiyalardan 70 tasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun eng muhim bo‘lgan texnologiyalar tanlab olingan.
Shuni aytib o‘tish kerakki, 70 ta kritik texnologiyalardan 17 tasi O‘zbekiston ilmida jahondagi darajasidan ustun turadi: immunokorreksiya texnologiyalari; tabiiy-texnogen muhitning monitoring texnologiyasi; ekosistemalar iqlimining rivojlanishi va gidrogeologik hamda resurs o‘zgarishlarni rivojlanishni prognozlashtirishning texnologiyalari; Ilm rivojlanishining bu yo‘nalishlari O‘zbekiston hukumati qarorlariga binoan birinchi navbatda moliyalashtiriladi va rivojlantiriladi. Shunday qilib, quyidagi bosh yo‘nalishlarni amalga oshirishning muhim sharti bo‘lib, u ilmiy muhitni yetarli darajada moliyalashtirish shartidir. Moliya resurslarining vujudga kelishini iqtisodiyotning barqarorlashuvi va qat‘iy iqtisodiy o‘sishni ta‘minotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Undan tashqari ilmiy-texnik potensialni oshirish va saqlashni, asbob-uskunalarning o‘z vaqtida yangilanishini, texnologik tizimlar va asbob-uskunalarning sifatini belgilab beruvchi mashinasozlikning material-texnik bazasini rivojlantirishni ta‘minlash zarur. Faqatgina ko‘rsatilgan shartlarni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda ilmiy-texnika taraqqiyotni rivojlanishining prognoz baholari ijobiy bo‘lishi mumkin. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari Maʼlumki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash mamlakatni innovatsion rivojlantirishning asosiy va muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda Oʼbekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib innovatsiyalar diffuziyasiga, yaʼni yangi gʼoya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalambor, taʼlim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini taʼminlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga boʼlgan talabni oshiradigan yangi kompaniyalar tashkil etilishini ragʼbatlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga koʼmaklashadigan bir qator aniq texnik yechimlarni joriy qilish talab etiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini koʼtarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi boʼlib, oʼz faoliyati doirasida yuqorida aytib oʼtilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Oʼzbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida ilgʼor ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni joriy etish – iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligi va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, taʼlim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, uning natijasida innovatsion ishlanmalar yaratish, ulardan mamlakatimizning ilmiy- texnologik salohiyatini mustahkamlash va iqtisodiyotimizni ravnaq toptirish zarur. 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qaroriga asosan, innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalarining 36 nafar ilm-fan boʼyicha direktor oʼrinbosarlari hamda oliy taʼlim muassasalarining 78 nafar ilmiy ishlar boʼyicha prorektorlari ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektorlar lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, mazkur qaror ijrosi doirasida oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamgʼarmalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼyicha boʼlinmalar tashkil etildi. Jamgʼarmalarda ayni paytda 3,8 mlrd soʼmdan ortiq mablagʼ shakllantirildi. Prezident farmoniga asosan, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʼoyalarini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tashkil etildi. Jamgʼarmaning jami daromadlari bugungi kun holatiga 8,7 mln АQSh dollari miqdorida shakllantirildi. Jamgʼarma tomonidan hozirgi kunga qadar 33 nafar yosh olimning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming АQSh dollari hamda 70
Innovatsion rivojlanish strategiyasining «Yoʼl xaritasi»da toʼlov-kontrakt asosida talabalarni oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich bekor qilish, OTMlarning imkoniyati va kadrlarga boʼlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasalariga talabalar qabul kvotasini mustaqil belgilash imkoniyatini berish hamda abiturientlarga bir paytning oʼzida bir nechta oliy taʼlim muassasasiga kirishga ruxsat berish orqali aholi oliy taʼlim qamrovini oshirish belgilangan edi. Oʼz navbatida, Prezidentning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida OTMlarda qamrovni hozirgi 9 foizli koʼrsatkichdan 2019 yilda 20 foizga oshirish, keyinchalik bu koʼrsatkichni yanada koʼtarish, qabul kvotalarining oliy oʼquv muassasalari tomonidan mustaqil belgilanishi va abiturientlarga bir vaqtning oʼzida bir necha OTMlarga hujjat topshirish tizimini ishlab chiqish topshirigʼi berilgani innovatsion rivojlanish yoʼlidagi dastlabki qadamlardan biri boʼldi. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2019–2021 yillarga moʼljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar iqtisodiyot tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari va vazifalaridan kelib chiqib, xorijiy tajribalarni eʼtiborga olgan holda bosqichma-bosqich shakllantirilib, grantlar doimiy ravishda eʼlon qilinmoqda. Jumladan, 2018 yilda jami 1748 ta loyiha 193,4 mlrd soʼm miqdorida moliyalashtirilib, shundan amaliy loyihalar tegishliligi boʼyicha 912 ta va 114,5 mlrd, fundamental loyihalar 369 ta va 38,2 mlrd, innovatsion loyihalar 285 ta va 32,9 mlrd, yosh olimlarning amaliy loyihalari – 165 ta va 6,3 mlrd, xalqaro ilmiy-texnik loyihalar esa – 17 ta va 1,3 mlrd soʼmni tashkil etadi. Ushbu loyihalarning natijaviyligi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 avgustdagi PQ-3899-sonli qarori bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamgʼarmasi tuzildi. Ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalarni oʼrganish va tijoratlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan 43 ta ishlanmaning tijoratlashtirilishi bilan bogʼliq barcha masalalarga Fanlar Аkademiyasining 15 ta ilmiy tekshirish institutlari va 6 ta tijorat banklari jalb etildi. Tasdiqlangan «Yoʼl xaritasi»ga muvofiq 18 ta loyiha boʼyicha innovatsion kompaniyalar ochildi, 9 ta loyiha boʼyicha litsenziya shartnomasi imzolandi. Hozirgi kunda changtutgich loyihasi Navoiy togʼ-kon metallurgiya kombinati mablagʼlari hisobidan tijoratlashtirilib, dastlabki ikki bosqichi yakuniga yetdi. Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti texnologiyasi asosida «Barxan qumi va ohak asosida silikat gʼisht ishlab chiqarish» loyihasini amalga oshirish uchun ustav kapitali 400 mln soʼmdan iborat «Silikat Barxan» MChJ tashkil etildi. Ushbu loyiha qiymati 18,49 mlrd soʼm boʼlib, uning katta yutugʼi shundaki, Qoraqalpogʼiston Respublikasi hududidagi juda katta miqdorda mavjud barxan qumidan xomashyo sifatida foydalaniladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tabiiy gazdan foydalanilmaydi, shu bilan bir qatorda mahsulot yuqori darajadagi ekologik zararsizdir. Bundan tashqari, Oʼzbekiston hududidagi seysmik xavfni baholash dasturi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tijoratlashtirildi. Oʼsimlik moddalar kimyosi instituti va «Nikofarm» MChJ oʼrtasida farmatsevtika sohasiga oid «Flanorin» va «Ferulen» substantsiyalarini ishlab chiqarish boʼyicha litsenziya shartnomasi imzolanib, ushbu loyihalarni tijoratlashtirish natijasida 440 mln soʼmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining fizika-texnika instituti hamda Isroil davlatining 6 ta kompaniyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi oʼrtasida imzolangan oʼzaro anglashuv memorandumiga muvofiq 25 oktyabrь kuni TSM (Technology Systems Management) kompaniyasi tashkil etildi. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga investitsiyalarni jalb qilish surʼatlarini tezlashtirish hamda ilm-fan va innovatsiyalarni moliyalashtirishda mamlakatimizdagi yirik korxonalarning rolini oshirish maqsadida ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlarga sarflanadigan mablagʼlarga soliq solishning shaffof mexanizmini joriy qilish zarur. Bunda har qanday mulkchilik shaklidagi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarining oliy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan tuzgan shartnomalari asosida amalga oshirilayotgan amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirishga sarflangan mablagʼlari miqdoriga mos ravishda foyda soligʼi hisoblanadigan soliq bazasini kamaytirish nazarda tutiladi. Ilmiy-tadqiqot muassasalarini ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari toʼgʼrisida»gi qonuni va boshqa meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartib va talablar asosida amalga oshiriladi. Ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 2018–2021 yillarda 32,3 mln АQSh dollari yoʼnaltirish koʼzda tutilgan. Аmaldagi tartibga muvofiq, texnik shartlar va import kontraktlarni ekspertiza qilishga uch oydan olti oygacha vaqt sarflanmoqda. Shu bilan birga, xarid qilinishi rejalashtirilgan laboratoriya asbob-uskunalarining koʼp qismi noyobligini hisobga oladigan boʼlsak, ularni ishlab chiqarishga ham besh oydan bir yilgacha vaqt ketadi. Yuqoridagilarni inobatga olib, ilmiy- tadqiqot muassasalari ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlashni eng maqbul takliflar asosida ishlab chiqaruvchilar (ularning rasmiy vakillari) bilan toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar tuzish orqali xarid qilish lozim. Ilmiy-tadqiqot muassasalarini zarur sarflash materiallar (reaktivlar) bilan uzluksiz taʼminlashga 2018–2021 yillarda 1,9 mln АQSh dollari yoʼnaltirilishi koʼzda tutilgan. Аmaldagi tartibga muvofiq, zarur sarflash materiallar (reaktivlar) xaridini amalga oshirishga uch oydan olti oygacha muddat talab etilmoqda. Bundan tashqari, ilmiy laboratoriyalar uchun zarur sarflash materiallari (reaktivlar)ni ishlab chiqarish hamda yetkazib berishga ixtisoslashgan maxsus muassasa tashkil etilmagan. Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi jahon standartlariga mos keluvchi milliy mahsulot yaratish, iqtisodiyotning barcha jabhalariga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, sogʼliqni saqlash va ekologiya sohalariga innovatsiyalarni tatbiq etish orqali aholi sogʼligʼini mustahkamlash, xalqimiz farovonligini oshirish, qishloq xoʼjaligi, jumladan, urugʼchilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash kabi vazifalarni bajarishni oʼz oldiga maqsad qilib olgan ekan, oʼz funktsional faoliyati doirasida istiqbolda bajarilishi rejalashtirilgan bir qator chora-tadbirlar va ishlarni belgilab oldi. Jumladan: 2019 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining Taʼlim vazirligi bilan Oʼzbekistonda bolalar texnoparki faoliyatini yoʼlga qoʼyish, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Koreya texnoparklar assotsiatsiyasi oʼrtasida hamkorlik oʼrnatish; Yevropa Ittifoqi bilan «Horizon 2020» dasturlari doirasida hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va dasturlarda loyihalar bilan ishtirok etish; «SILMAN» (АQSh) qurilish injini- ring kompaniyasining 80,0 mln АQSh dollari miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiya mablagʼlarini Fanlar Аkademiyasining Toshkent shahridagi bir qator institutlarini Ulugʼbek posyolkasida yangi bunyod etiladigan «Olimlar shaharchasi» loyihasiga jalb etish; «AIRTRANS INVEST LLP» (Kanada) kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarni jalb qilish orqali jami 8,5 mln АQSh dollari miqdoridagi 4 ta innovatsion ekomehmonxona qurish; «Siemens Healthineers» (Germaniya) in- vestitsion kompaniyasi bilan hamkorlikda «Koʼp tarmoqli yuqori texnologiyalar klinikasi» investitsiya loyihasini amalga oshirish; ikkilamchi issiqlik va energoresurslarni ishlatish orqali kichik hajmdagi turbogeneratorlar yordamida elektroenergiya ishlab chiqarishni amalga oshirish loyihasi boʼyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; Oʼzbekistonda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish yoʼnalishida Smart- turizm kontseptsiyasini ishlab chiqish; meva-sabzavotchilik sohasida qurgʼoqchilik, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli navlarni yaratishga ixtisoslashgan ilmiy- tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish; innovatsion baliqchilikni yoʼlga qoʼyishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqish; Oʼzbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar transferini amalga oshirish; innovatsion ishlanmalar va istiqbolli investorlar yagona bazasini shakllantirish va uni doimiy yangilab borish; xorijiy tajribani chuqur tahlil qilish asosida Oʼzbekistonda ilm-fan vakillari tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlar natijalarining qiyosiy tahlili va samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy-asoslangan xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish, respublikamiz ilm-fani rivojlanishining qisqa, oʼrta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish; iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli ustuvor fan yoʼnalishlari dasturi, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik muammolarni hal etishga yoʼnaltirilgan manzilli dasturlarni ishlab chiqish, bu borada doimiy monitoring olib borish; Oʼzbekistonga xalqaro investitsiya va moliya fondlarini jalb qilish va ularni akkreditatsiyadan oʼtkazish va respublikamizdagi faoliyatini tashkil qilish; intellektual mulk obʼektlari, innovatsion va investitsion loyihalar, texnologiya va ishlanmalarga nisbatan kompleks sugʼurtani amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish; Oʼzbekiston Respublikasi hududida venchur moliyalashtirishni jalb qilish sohasini va venchur moliyalashtirishni nazorat qilish, investitsion va boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilishda koʼmaklashish; innovatsion faoliyatni moliyalashtirish uchun maxsus institutlar (innovatsiya jamgʼarmalari, innovatsion banklar, vendor fondlari) yaratish; respublikamizdagi yosh olimlar, talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarni munosib taqdirlash, Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda respublika miqyosida tanlovlar oʼtkazish. Bugungi kunda barcha sanoati rivojlangan mamlakatlar innovatsion kashfiyotlarni yaratishdan tortib ularni ishlab chiqarishga joriy etishga qadar barcha bosqichdagi innovatsion rivojlanish jarayonlarining mukammal tuzilmasiga ega. Rivojlangan davlatlar hozirgi kunda oltinchi texnologik ukladni boshdan kechirmoqda. Oʼzbekiston uchun ham bunday yuqori koʼrsatkichga erishish imkoni yoʼq emas. Bu maqsadga, avvalambor, puxta innovatsion siyosatni amalga oshirish orqali fuqarolik sektoriga innovatsiyalarni samarali joriy etish hamda mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladigan innovatsion jarayonlarning faollashuvi hisobiga erishish mumkin. Shu bilan birga, innovatsion strategiya, umumilliy dastur va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ilmiy muassasalar, institutlar va innovatsion markazlarning oʼrni yuqori boʼlib, yurtimizni yangi texnologik bosqichga koʼtarishda institutsional, hududiy tuzilmalar oʼrtasidagi hamkorlik katta ahamiyatga ega. Стройка -ТЕРМИЗ ШАХАР "БОГИШАМОЛ ва ЧЕГАРА МФЙ" ИЧКИ КУЧАЛАРИДА ПИЕДАЛАР ЙУЛАКЧАСИНИ ЖОРИЙ ТАЪМИРЛАШ № п.п Наименование затрат Стоимость (тыс.сум) 1 2 3 1 ЗАТРАТЫ НА ОБОРУДОВАНИЕ, МЕБЕЛЬ И ИНВЕНТАРЬ С УЧЕТОМ ТРАНСПОРТНЫХ И ЗАГОТОВИТЕЛЬНО-СКЛАДСКИХ РАСХОДОВ 164 308,696 2 ЗАТРАТЫ НА СТРОИТЕЛЬНЫЕ МАТЕРИАЛЫ, ИЗДЕЛИЯ И КОНСТРУКЦИИ С УЧЕТОМ ТРАНСПОРТНЫХ РАСХОДОВ 244 552,385 3 ЗАТРАТЫ НА ОСНОВНУЮ ЗАРАБОТНУЮ ПЛАТУ С УЧЕТОМ НАЧИСЛЕНИЙ НА СОЦИАЛЬНОЕ СТРАХОВАНИЕ 34 964,701 4 ЗАТРАТЫ НА ЭКСПЛУАТАЦИЮ МАШИН И МЕХАНИЗМОВ 13 881,700 5 ИТОГО: 457 707,482 6 ПРОЧИЕ ЗАТРАТЫ И РАСХОДЫ ПОДРЯДЧИКА - 17,54 % 51 462,147 7 ЗАТРАТЫ НА СТРАХОВАНИЕ СТРОИТЕЛЬСТВА ОБЪЕКТА 0,32 % 1 629,343 8 КОЭФФИЦИЕНТ РИСКА, ОПРЕДЕЛЯЕМЫЙ ИСХОДЯ ИЗ ПРОГНОЗИРУЕМОГО ИНДЕКСА РОСТА ЦЕН В СТРОИТЕЛЬСТВЕ НА ОЧЕРЕДНОЙ ГОД - 0,55 %(10х0,55=5,5%) 0,000 9 ИТОГО СТОИМОСТЬ СТРОИТЕЛЬСТВА В ДОГОВОРНЫХ ТЕКУЩИХ ЦЕНАХ 510 798,972 10 (НДС) НАЛОГ НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ - 15% 76 619,846 11 ИТОГО СТОИМОСТЬ СТРОИТЕЛЬСТВА В ДОГОВОРНЫХ ТЕКУЩИХ ЦЕНАХ С НДС 587 418,817 - Содержания заказчика- 5 % 29 370,941 12 ИТОГО: ЗАТРАТЫ И РАСХОДЫ ЗАКАЗЧИКА 29 370,941 13 ИТОГО СТОИМОСТЬ СТРОИТЕЛЬСТВА В ТЕКУЩИХ ЦЕНАХ С НДС И ПРОЧИМИ ЗАТРАТАМИ ЗАКАЗЧИКА 616 789,758 Xulosa
ahli faoliyati davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bizning zamonimizga kelib, u aksariyat davlatlarda xalq xo‘jaligining ajralmas sohasiga aylangan va u davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi hamda uning ijrosi nazorat qilinadi. Ushbu kurs ishining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish negizida fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini mustaxkamlash, hamda uning keltirib chiqarayotgan oqibatlaridan inson va jamiyat manfaatlariga mos keladigan to‘g‘ri yo‘nalish kasb etishi kerak; hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlari va tendensiyalarini, ularning jamiyatdagi roli va funksiyalarini kompleks va chuqur o‘rganish; bugungi ilmiy-texnika taraqqiyotida qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolarini hal etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; bugungi kunda ijtimoiy va ilmiy-texnika taraqqiyotida ilmiy maktablarning ahamiyati va o‘rnini hisobga olish; ilmiy-texnik taraqqiyotda ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari birinchidan, sog‘lom nasl, sog‘lom avlodni hosil qilish ishlarining izchil yo‘lga qo‘yilganligi; ikkinchidan, dunyoga kelgan sog‘lom naslni barkamol etib tarbiyalash uchun ularga dunyoviy bilimlarning sir – asrorlarni o‘rganish ishlarining ta’lim muassasalarini tashkil etish orqali amalga oshirilayotganligi; uchinchidan, kuchli ijtimoiy himoya yuritish asosida barcha kam ta’minlangan oilalar, nogironlar va keksalarning munosib turmush kechirishlari uchun shart – sharoitlar yaratib berilayotganligi; to‘rtinchidan,zamonaviy bilim cho‘qqilarini egallash uchun zarur bo‘lgan axborot va kommunikatsion vositalar bilan ta’minlash ishlarining muntazam ravishda amalga oshirilayotganligi; ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi strategik vazifalardan biri bo‘lib, chegaralar yuvilib ketish ehtimolligi kuchli bo‘lgan bugungi informatsion davrda bu ishlar axborot jamiyatini ta’sis etish imkonini beradi. Shunday ekan kelajagamiz poydevori bo‘lgan yoshlarni ilmiy-texnika yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanish va ular ongida axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni milliy mentalitetimiz ruhida tarbiyalashni davr o‘zi talab etmoqda; ilmiy-texnik taraqqiyotda birinchidan, texnogen sivilizatsiya transformatsiyasi va globallashuvida har qanday milliy davlatning xalqaro mavqei va maqomi uning jahon hamjamiyati bilan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamkorlikdan manfaatdorligiga; ikkinchidan, tarixiy shakllangan milliy texnogen sivilizatsiya an’analarini, merosini saqlashiga, dunyo xalqlari tajribalarini transformatsiyasi va ijodiy rivojlantiruvchi ob’ektiv shart-sharoitlari sub’ektiv omillari yetarlicha; uchinchidan, texnogen sivilizatsiya globallashuvining ob’ektiv xarakterini zaruriyatini, imkoniyatlarini anglash asosida, uning tendensiyasini, transformatsiyasi yo‘nalishlarini prognozlashtirish vazifalarini belgilashga; to‘rtinchidan, umuminsoniy va milliy qadriyatlar integratsiyasini global texnogen sivilizatsiya manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishning konstruktiv usullarini, ratsional vositalarini yaratishga; beshinchidan, texnogen sivilizatsiya globallashuvining muhim sub’ekti bo‘lgan milliy davlatlar boshqaruv tizimi demokratik xarakteriga bog‘liq bo‘ladi; bugungi ilmiy-texnik taraqqiyotda ma’naviy integratsiya ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakillanishida fuqarolar faolligi oshishiga, hamda ularning ozod, obod va erkin, demokratik fuqarolik jamiyati qurish ishlarida jamiyatimiz aholisini ma’naviy integratsiya jarayoni negizida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda, ularni jipslashishga, uyushishga, safarbarlikni ta’minlashning, muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. yo'l qurilishi bo'yicha shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish; yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish. Farmonga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysundirilib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari tushumi va sarf-xarajatlarining yillik va choraklik balanslarini shakllantirish; yo'l xo'jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlashning manzilli ro'yxatlarini belgilangan tartibda kelishish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini ro'yxatdan o'tkazish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish. Keng qamrovli avtomobil yo'llari tarmog'ini yanada rivojlantirish, yuksak xalqaro talablarga javob beradigan transport kommunikatsiyalari tizimining xalqaro transport yo'laklariga keng integratsiyalashuvini ta'minlash, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va saqlashga yo'naltiriladigan davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish, shu bilan birga, yo'l korxonalari tuzilmasini takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorda: – O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi huzurida Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasini tashkil etish; – "O'zavtoyo'l" davlat aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yo'llardan foydalanish tashkilotlarini O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining hududiy bosh boshqarmalari etib qayta tashkil etish; – O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmatini belgilangan tartibda tashkil etish; – O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibiga berilmoqda. Ayni vaqtda qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining holati bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda, ushbu avtomobil yo'llarining aksariyat qismi belgilangan sifat va xavfsiz harakatlanish talablariga javob bermaydi.
Download 48.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling