Avtomobil yo‘li avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga EGA bo‘lgan yo‘llarga bo‘linadi
Download 290.5 Kb.
|
diplom ishi kirish qismi
Avtomobil yo‘li – avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarga bo‘linadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bog‘lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yo‘llarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bog‘lovchi yo‘llar, mahalliy yo‘llarga esa viloyat, qishloq, jamoa xo‘jaliklari yo‘llari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi ko‘tarmasi; yo‘l to‘shamasi; qatnov qismi; yo‘l cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq ko‘tarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (o‘rta qatlam) qum, shag‘al, tosh, shlak va shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shag‘al sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shag‘al yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shag‘alga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yo‘llarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator bo‘lib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yo‘llarning eni 2 – 2,5 m bo‘ladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yo‘lning o‘rtasi ma’lum kenglikda ko‘kalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, ko‘priklar, tayanch devorlar, himoya yo‘laklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida suv o‘tkazuvchi va drenaj qurilmalari bo‘ladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari o‘rnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati ko‘rsatuvchi stansiyalar, yonilg‘i stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari bo‘yicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmog‘idagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga ko‘ra besh toifaga bo‘linadi. Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yo‘lida har ikkala yo‘nalishda o‘rtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan ko‘proq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past toifadagi yo‘lda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/so-atga mo‘ljallanadi. Xalq xo‘jaligida avtomagistrallarning ahamiyati katta. Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari 14 mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming km) AQShda 6243 (1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransiyada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda 759 (1990). 20-asr boshida O‘zbekistonda 27 ming km yo‘l bo‘lib, asosan ot-arava, karvon va yo‘lovchilarga mo‘ljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shag‘al yotqizilgan edi. 1920 yilga qadar yo‘l ishlari bilan munta-zam shug‘ullanadigan davlat tashkiloti bo‘lmagan. 1922 yil noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925 yil iyunda viloyat yo‘l boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yo‘l qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shug‘ullangan. 1932 yildan yo‘l qurilishida bitum va shag‘al aralashmasi keng qo‘llanildi. 1928 – 32 yillarda respublikada birinchi bo‘lib uz. 62 km bo‘lgan qora qoplamali Buxoro – G‘ijduvon – Qiziltepa yo‘li, so‘ngra Samarqand – Panjakent, Toshkent – Pskent – Murotali, Qo‘qon – Sho‘rsuv – Andijon – Kuyganyor va boshqa yo‘llar qurildi.1929 yilda Respublika XKS huzurida yo‘llar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930 yilda "O‘zyo‘lqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941 yil gacha uz. 708 km bo‘lgan Katta O‘zbekiston trakti, hashar yo‘li bilan To‘ytepa – Angren, Samarqand – Jizzax – Navoiy, Farg‘ona – Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yo‘llar qurildi. 1953 yil O‘zbekiston Avtomobil transporti vazirligi hamda O‘zSSR MS huzuridagi yo‘llar bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Avtomobil transporti va tosh yo‘llar vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli, 1957 yil Toshkent – Qo‘qon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi (uz. 240 km). 1957 yil respublika avtomobil yo‘llari tarmoqlari ro‘yxati o‘tkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chinoz, Toshkent avtomobil halqa yo‘li, Samarqand halqa yo‘lining 1-navbati, Nurota – Boymurot – Oqtov, Qo‘qon ay-lanma yo‘llari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yo‘l qurilishida yangi mashina va mexanizmlarni qo‘llash kengaydi, yo‘l qurish industriyasining asfalt-beton, 134ko‘priklar qurish uchun yig‘ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga tushirildi. 80-yillarning 2-yarmidan xalq xo‘jaligida yuklarning 90% dan ko‘prog‘i avtomobil transportida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari xalqaro andozalar ta-lablariga to‘liq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yo‘llarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Ko‘shni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yo‘llarini bar-po etish, mavjud avtomobil yo‘llarini xalqaro andozalarga moslash. yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yo‘llar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. 1992 yil 3 iyulda "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993 yil fevralda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni ("O‘zavtoyo‘l") ish boshladi (1969 – 1993 yillarda vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yo‘llari boshqarmalari, 512 yo‘llarni asrash va ulardan foydalanish bo‘limlari, "O‘zyo‘lloyiha" yo‘l va inshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, ko‘prik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor.O‘zbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon – O‘sh – Ergashtom – Kashqar avtomobil yo‘lini ishga tushirishda qatnashmoqda (2000). Respublikaning o‘zida Farg‘ona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel) orqali bog‘laydigan yirik Avtomobil yoʻli hamda Qo‘ng‘irot – Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq bo‘lgan Andijon–Toshkent–Nukus–Qo‘ng‘irot avtomagistrali qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika rivojlangan yo‘l xo‘jaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llariga ega. Mamlakatdagi avto-mobil yo‘llarining jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat (respublika), 21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘ldir. Shuningdek respublika idoralar (korxo-na, jamoa xo‘jaliklari, xo‘jalik tashkilotlari)ga qarashli yo‘llar ham mavjud.O‘zbekistonda umumiy foydalanuvdagi jami yo‘llarning 95,6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali yo‘llar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali yo‘llar 49,6% (21819 km), qora shag‘alli va qora qoplamali yo‘llar 40,6% (17796 km)ni tashkil etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yo‘lga kiradi. Avtomagistral (avto... va lot. magistralus – bosh, asosiy) –o‘tkazish qobiliyati yuqori bo‘lgan, qarama-qarshi harakat qatorlari o‘rtasida chegara qo‘yilgan, boshqa yo‘llar bilan bevosita kesishmaydigan avtomobil yo‘li. Katta shaharlar, viloyatlararo, shahar doira-sidagi transport qatnoviga moslangan katta yo‘l. Toshkent halqa yo‘li, Toshkent – Samarqand avtomobil yo‘li A. dir (qarang Avtomobil yo‘li). A.larda harakat qatori to‘rttadan kam bo‘lmaydi. Kesi-shuvchi A.lar maxsus ko‘priklar va ay-lanma yo‘llar vositasida baland-past qilib o‘tkaziladi. A.larda yonilg‘i quyish stansiyalari, avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazadigan va kichik ta’mirlash manzillari bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF 4954-sonli «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ 2776-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan tashkil topgan. O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlarito'g'risida" 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi etib qayta nomlangan holda Transport vazirligi ixtiyoriga o'tkazilgan. Avtomobil yo'llarini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi sifatida Davlat qo'mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi: avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish; zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori bo'lishini ta'minlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini ta'minlash; avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish. Farmonda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo'l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan Davlat inspeksiyasini tashkil etish nazarda tutilgan. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari hisoblanadi: yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilishi ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish; qurilishi tugallangan yo'l obyektlarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalar ishida qatnashish; yo'l qurilishi bo'yicha shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish; yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 martdagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo'l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish to'g'risida"gi qaroriga binoan bevosita hukumatga bo'ysunuvchi hamda Respublikadagi yo'l qurilishini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi tashkil etildi. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi inspeksiya Nizomiga asosan, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilish ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish; qurilishi tugallangan yo'l ob'ektlarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalar ishida qatnashish; yo'l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni tashkillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish; yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish. Inspeksiyaning tasdiqlangan tuzilmasiga ko'ra, unda faoliyat ko'rsatadigan 26 nafar davlat inspektori Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yo'l qurilishi ishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borishadi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI AVTOMOBIL YO‘LLARI TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 29-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi (bundan buyon matnda avtomobil yo‘llari sohasidagi deb yuritiladi) munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Haq to‘lanadigan avtomobil yo‘llari sohasidagi munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: avtomobil yo‘li — transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq; avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar — yo‘l harakatining ishtirokchilari bo‘lgan yoki ajratilgan mintaqa hamda yo‘l bo‘yi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar; ajratilgan mintaqa — avtomobil yo‘li, uning tegishli konstruktiv elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtzorlar barpo etish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi; yo‘l bo‘yi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari — qishloq joylardan o‘tadigan va xo‘jaliklarni o‘zaro bog‘laydigan avtomobil yo‘llari. Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘ladi. 2-bob. Avtomobil yo‘llari sohasini boshqarish 4-modda. Avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvi Oldingi tahrirga qarang. Avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. (4-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtomobil yo‘llari sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: avtomobil yo‘llari sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi; davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yo‘llari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlaydi; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-avgustdagi 169-sonli “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni. 6-modda. Maxsus vakolatli organning vakolatlari Oldingi tahrirga qarang. Maxsus vakolatli organ: avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi; avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilaydi; avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi; avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantiradi; avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish tartibi masalalari kompleks hal etilishini ta’minlaydi, shuningdek buyurtmachi xizmatining faoliyatini tashkil etadi; avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini o‘tkazadi; avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni transportning ifloslantirishidan va tashlanmalaridan muhofaza qilishning zamonaviy usullari hamda texnologiyalarini joriy etadi; avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining davlat kadastrini yuritadi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining hisobi yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi, ularning holati tegishli transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta’minlaydi; avtomobil yo‘llari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda innovatsion texnologiyalarni, shuningdek zamonaviy standartlarni joriy etadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan xorijda o‘quv stajirovkasi va seminarlar o‘tkazilishini tashkil etadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-sonli “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. Maxsus vakolatli organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (6-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Oldingi tahrirga qarang. 61-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining avtomobil yo‘llari sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi: yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi; qurilishi tugallangan yo‘l obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etadi; avtomobil yo‘llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi; yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishga doir ishlarni amalga oshiradi; avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning murojaatlariga ko‘ra yo‘l obyektlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi; yo‘l obyektlaridan foydalanishga doir ishlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (61-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida nizom”. 7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yo‘llari sohasidagi vakolatlari Oldingi tahrirga qarang. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirish istiqbollarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan xolda belgilaydi; shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini loyihalashtirish sohasidagi normalar hamda standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini saqlashni ta’minlaydi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining hisobini yuritadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (7-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 3-bob. Avtomobil yo‘llarini tasniflash va ularning toifalari 8-modda. Avtomobil yo‘llarini tasniflash O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari quyidagicha tasniflanadi: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari; shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari; xo‘jalik avtomobil yo‘llari. 9-modda. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat mulki bo‘lib, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari aholi ehtiyojlarini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shaharlar hamda boshqa aholi punktlari o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilar tashishni ta’minlaydi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llariga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro avtomobil yo‘llari tarmog‘iga kiradigan yo‘llar xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va tumanlarining ma’muriy markazlari, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar, madaniyat hamda sanoat markazlari o‘rtasida transport qatnovini ta’minlaydigan, mazkur markazlarni esa, xalqaro ahamiyatga molik yo‘llar bilan, aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, portlar va kema to‘xtash joylari, shuningdek qo‘shni davlatlar bilan bog‘laydigan yo‘llar davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. Tumanlarning ma’muriy markazlarini shaharchalar, qishloqlar va ovullar bilan, shuningdek davlat ahamiyatiga molik yo‘llar bilan bog‘laydigan yo‘llar mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari maxsus vakolatli organ ixtiyorida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati belgilangan tartibda tasdiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-avgustdagi 169-sonli “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. 10-modda. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar doirasida o‘tadi, mazkur ko‘chalarning O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatiga belgilangan tartibda kiritilgan uchastkalari bundan mustasno. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari davlat mulki bo‘lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘ladi. 11-modda. Xo‘jalik avtomobil yo‘llari Xo‘jalik avtomobil yo‘llari davlat yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulkidir. Texnologik maqsadlarga xizmat qiladigan yo‘llar, shoxobcha, xizmat, patrul va boshqa shunga o‘xshash avtomobil yo‘llari xo‘jalik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. 12-modda. Avtomobil yo‘llarining toifalari Avtomobil yo‘llari texnik vazifasiga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toifalarga bo‘linadi. 4-bob. Avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, qurish va saqlash 13-modda. Avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish Oldingi tahrirga qarang. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. (13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘lar belgilangan maqsadga ega bo‘ladi va tegishli avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, saqlash hamda rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilmaydi yoki sarflanmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Oldingi tahrirga qarang. Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. (13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) LexUZ sharhi Qarang: “Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibi bo‘yicha” nizom (ro‘yxat raqami 1808, 16.05.2008-y.). Xo‘jalik avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 14-modda. Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. Agar umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘li bilan tutashgan yoki kesishgan avtomobil yo‘li shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda qurilgan bo‘lsa, maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi uni qayta qurish haqida yoxud hududni dastlabki holatiga keltirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. (14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) Ajratilgan mintaqada muhandislik kommunikatsiyalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish loyihalari avtomobil yo‘li qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishib olinishi kerak. Avtomobil yo‘lini qurish yoki rekonstruksiya qilish chog‘ida muhandislik kommunikatsiyalarini ko‘chirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 15-modda. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash mazkur yo‘llar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tashkil etadigan yoki jalb qiladigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (bundan buyon matnda yo‘l tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarini, osma ko‘priklarni, parom kechuvlarini, tramvay yo‘llarini hamda avtomobil yo‘llaridagi boshqa inshootlarni ta’mirlash va saqlash mazkur inshootlar qaysi yuridik shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 16-modda. Yo‘l tashkilotlarining huquq va majburiyatlari Noqulay ob-havo-iqlim sharoitlarida, tabiiy ofatlar, yong‘inlar yuz berganda, avtomobil yo‘li ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda, shuningdek ta’mirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda yo‘l tashkilotlari mahalliy davlat hokimiyati organlariga bu haqda bildirgan, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish bilan xabardor qilgan hamda tegishli belgilar o‘rnatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari bilan birgalikda transport vositalari harakatini cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega. Yo‘l tashkilotlari avtomobil yo‘llarining soz holatda bo‘lishini, ulardan transport vositalari muttasil va xavfsiz o‘tishini ta’minlashi shart. 5-bob. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish 17-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning huquqlari Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalaridan, shuningdek boshqa shaxslar foydalanishi uchun ochiq bo‘lgan xo‘jalik avtomobil yo‘llaridan o‘tish; muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish; harakatlanishning yo‘l sharoitlari to‘g‘risida tezkor axborot olish; avtomobil yo‘lidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar). Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 18-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning majburiyatlari Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar: harakat xavfsizligini va avtomobil yo‘llarini saqlashni ta’minlay oladigan holatdagi transport vositalaridan foydalanishlari; ajratilgan mintaqani ifloslantirmasliklari; avtomobil yo‘llarining shikastlanish hollariga yo‘l qo‘ymasliklari shart. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 19-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning javobgarligi Avtomobil yo‘lining elementlari shikastlanishiga yo‘l qo‘ygan avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda ko‘rsatilgan elementlarning va ularni tiklash ishlari qiymatining o‘rnini qoplaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 147, 148-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 269-moddasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar). 20-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. (20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Xo‘jalik avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi mazkur avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanadi. Avtomobil yo‘llaridan o‘qiga tushadigan yuk va og‘irligi belgilangan normalardan ortiq bo‘lmagan transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar hamda mexanizmlarning o‘tishiga ruxsat beriladi. O‘qiga tushadigan yuk va o‘lchamlari muayyan avtomobil yo‘li uchun belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarining o‘tishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi. Avtomobil yo‘li elementlari shikastlangan taqdirda, avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun ruxsat berilganligi bunday transport vositalari egalarini javobgarlikdan ozod etmaydi. Chet davlatlar transport vositalarining avtomobil yo‘llaridan o‘tishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 3-bobi (“Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-sonli “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari”ning 27-bandi. 21-modda. Avtomobil yo‘llaridan ularning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda foydalanish Avtomobil yo‘llaridan ularning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda foydalanish avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Agar qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishmasdan turib: ajratilgan mintaqada yo‘l axborotiga aloqasi bo‘lmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, e’lonlar o‘rnatish va joylashtirishga; sport musobaqalari va jamoatchilik tadbirlari o‘tkazishga; ajratilgan mintaqa doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishga; kanallar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, quvurlar, temir yo‘llar hamda boshqa kommunikatsiyalarning avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishiga; tutashadigan va ajralib chiqadigan yo‘llar qurishga; ko‘priklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning o‘zanlarini chuqurlashtirishga; avtomobil yo‘liga qo‘shilib ketgan shlyuzlar, to‘g‘onlar va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini ta’mirlashga; avtomobil yo‘llari chetlarida hamda yo‘l ko‘tarmalari yoki o‘yimlarining qiyaliklarida joylashgan, foydalanilayotgan aloqa va elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 22-modda. Ajratilgan mintaqadan foydalanish tartibi Agar qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ajratilgan mintaqadan unda ishlar bajarish uchun avtomobil yo‘li qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, faqat o‘sha yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsati bilan foydalanilishi mumkin. Ajratilgan mintaqaning uchastkalari atrof muhitni muhofaza qilish va harakat xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlash sharti bilan servis obyektlarini joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda berilishi mumkin. 23-modda. Avtomobil yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash Ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda avtomobil yo‘llarida harakatlanish cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin. Avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar ajratilgan mintaqada ish olib borilayotganda ham, agar bunday ishlar transport vositalari hamda piyodalarning harakat xavfsizligiga tahdid qilsa, avtomobil yo‘llaridagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni cheklash yoxud taqiqlashga haqli. Ishlar olib borish uchun avtomobil yo‘llaridagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda avtomobil yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash ishlar olib borish uchun oldindan ruxsatnoma olmagan holda joriy etilishi mumkin, biroq bunda avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari bu haqda xabardor qilinishi shart. 24-modda. Avtomobil yo‘liga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilarning majburiyatlari Avtomobil yo‘liga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar: avtomobil yo‘liga qo‘shiladigan va shoxobcha yo‘llarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari; ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga ko‘maklashishlari; avtomobil yo‘liga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari shart. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘liga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar avtomobil yo‘li o‘qidan ellik metrdan kam bo‘lgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar to‘planishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart. 25-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibiga rioya qilmaganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligi Avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarga avtomobil yo‘lidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini belgilangan tartibda qoplashi shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar ). Avtomobil yo‘lidan o‘tish sharoitlarining yomonlashishiga sabab bo‘ladigan ishlarni bajarayotgan yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik, shuningdek avtomobil yo‘lining tegishli uchastkalarida va aylanib o‘tish joylarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. LexUZ sharhi Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 148-149-moddalari. 6-bob. Yakunlovchi qoidalar 26-modda. Nizolarni hal etish Avtomobil yo‘llari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 27-modda. Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 28-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 29-modda. Qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi 653-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 353-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. LexUZ sharhi Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 3-oktabrdagi 195 (4348)-sonida e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 2007-yil 2-oktabr, O‘RQ-117-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 40-son, 410-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarga sharh 9371 15-Fevral, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 37 Kb) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2017 yilning 14 fevral kuni "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon bilan bir qatorda "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" hamda "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorlarni ham imzoladi. Yo'l xo'jaligi sohasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega ekani uning muhim xususiyati hisoblanadi. Iqtisodiyotning umumiy rivoji, aholi barcha qatlamlarining hayot sifati ayni shu tizimning samarali faoliyat ko'rsatishiga bog'liq. Mustaqillik yillarida viloyatlar va tumanlarning ma'muriy markazlarini bog'lovchi keng tarmoqli transport aloqalari hamda davlatlararo xavfsiz transport tashuvlarini ta'minlashga qaratilgan yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Ayni vaqtda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini boshqarish tizimi, avtomobil yo'llarini saqlash, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo'naltirilayotgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ana shu yo'llarning bugungi kundagi holati bilan bog'liq bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda. Mamlakatimizda avtomobil yo'llari tarmog'i bo'yicha yuzaga kelgan haqiqiy holat va rivojlanish darajasi yo'l xo'jaligining barcha yo'nalishlariga doir aniq va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni, avtomobil yo'llarini boshqarishda hamda iqtisodiyot va aholi ehtiyojlariga muvofiq respublikamizda yo'l tarmog'i holatini sifat jihatidan o'zgartirishga qaratilgan qo'shimcha choralar qabul qilishni taqozo etmoqda. Avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish ishlariga kompleks yondashish asosida yo'l xo'jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, bu borada loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda tugatilayotgan Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) negizida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasini tashkil etish nazarda tutiladi. Avtomobil yo'llarini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi sifatida Davlat qo'mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi: avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish; zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori bo'lishini ta'minlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini ta'minlash; avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish. Farmonda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo'l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan Davlat inspeksiyasini tashkil etish nazarda tutilgan. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari hisoblanadi: yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilishi ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish; qurilishi tugallangan yo'l obyektlarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalar ishida qatnashish; yo'l qurilishi bo'yicha shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish; yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish. Farmonga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysundirilib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari tushumi va sarf-xarajatlarining yillik va choraklik balanslarini shakllantirish; yo'l xo'jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlashning manzilli ro'yxatlarini belgilangan tartibda kelishish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini ro'yxatdan o'tkazish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish. Keng qamrovli avtomobil yo'llari tarmog'ini yanada rivojlantirish, yuksak xalqaro talablarga javob beradigan transport kommunikatsiyalari tizimining xalqaro transport yo'laklariga keng integratsiyalashuvini ta'minlash, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va saqlashga yo'naltiriladigan davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish, shu bilan birga, yo'l korxonalari tuzilmasini takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorda: – O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi huzurida Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasini tashkil etish; – "O'zavtoyo'l" davlat aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yo'llardan foydalanish tashkilotlarini O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining hududiy bosh boshqarmalari etib qayta tashkil etish; – O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmatini belgilangan tartibda tashkil etish; – O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibiga berilmoqda. Ayni vaqtda qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining holati bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda, ushbu avtomobil yo'llarining aksariyat qismi belgilangan sifat va xavfsiz harakatlanish talablariga javob bermaydi. Yangi turar joy mavzelarining barpo etilishi, shaharlarning kengaytirilishi, transport vositalari sonining jiddiy ko'payishi mintaqaviy avtomobil yo'llari holatini tubdan yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rishni talab qiladi. Tuman va shaharlarning yo'l tashkilotlari yo'l-ta'mirlash texnikasi, moddiy-xomashyo resurslari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan, har yili ajratilayotgan mablag'lar xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarini zarur darajada saqlash va ta'mirlash ishlarining sifatli bajarilishini ta'minlash uchun yetarli emas. Shu munosabat bilan mintaqaviy avtomobil yo'llarining yo'l qoplamalari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yo'l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbolli rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Dasturda quyidagi vazifalar nazarda tutilgan: 2017-2018-yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017-yilda – 2700 kilometr, 2018-yilda – 2754 kilometr xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko'chalarini kapital va joriy ta'mirlash; xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko'chalarini joriy ta'mirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yo'llarni ta'mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 ta yo'l texnikasi bilan ta'minlash; mavjud respublika xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar ko'chalarini bosqichma-bosqich xatlovdan o'tkazish va ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yaratish. Shu bilan birga, Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha 295 kilometr, Andijon viloyati bo'yicha – 324 kilometr, Buxoro viloyati bo'yicha – 439 kilometr, Jizzax viloyati bo'yicha – 222 kilometr, Qashqadaryo viloyati bo'yicha – 679 kilometr, Navoiy viloyati bo'yicha – 216 kilometr, Namangan viloyati bo'yicha – 309 kilometr, Samarqand viloyati bo'yicha – 479 kilometr, Surxondaryo viloyati bo'yicha – 535 kilometr, Sirdaryo viloyati bo'yicha – 267 kilometr, Toshkent viloyati bo'yicha – 516 kilometr, Farg'ona viloyati bo'yicha – 520 kilometr, Xorazm viloyati bo'yicha – 321 kilometr va Toshkent shahri bo'yicha – 332 kilometr yo'llar va ko'chalarni ta'mirlash nazarda tutilgan. Yuqoridagi qarorlarning amalga oshirilishi quyidagi masalalarni hal qilish imkonini beradi: birinchidan, yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining zamonaviy tarmog'ini yanada rivojlantirish; ikkinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo'naltirilayotgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish; uchinchidan, loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini tashkil etish; to'rtinchidan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilishi ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; beshinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlarini tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq o'z vaqtida moliyalashtirish; oltinchidan, avtomobil yo'llarini, ayniqsa, qishloq avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda yangi tuzilma, yashash uchun qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz aholisining turmush darajasini yaxshilash; ettinchidan, Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti va kasb-hunar kollejlari negizida, jumladan, bevosita ishlab chiqarish korxonalarida, laboratoriyalarda va ilmiy-loyiha tashkilotlarida amaliy mashg'ulotlarni tizimli tashkil etish yo'li bilan ta'lim sifatini oshirishni ta'minlash va umuman, soha uchun professional kadrlarni tayyorlash; sakkizinchidan, mintaqaviy avtomobil yo'llarini saqlashga tegishli xodim va mutaxassislarni jalb etgan holda, yo'llarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; to'qqizinchidan, avtomobil yo'llarini pasportlashtirish va yo'llarning joriy holatini aks ettirgan holda, elektron ma'lumotlar bazasini yaratish. Muxtasar qilib aytganda, ushbu vazifalarning amalga oshirilishi iqtisodiyot rivojiga, shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi A.Abduvalievning "Yo'l transporti va muxandislik kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi 24-noyabr 2017-yil xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumandagi ma'ruzasi 10376 27-Noyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb) Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi A.Abduvalievning "Yo'l transporti va muxandislik kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumandagi ma'ruzasi Hurmatli xonimlar va janoblar, qadrli anjuman qatnashchilari va mehmonlari, muhtaram hamkasblar! Eng avvalo Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi jamoasi va shaxsan o'z nomimdan "Yo'l transporti va muxandislik kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumani qatnashchilarini qizg'in qutlashga ijozat bergaysizlar. O'zbekistonda yo'l-transport kommunikatsiyalari ishlab chiqarishning hamda ijtimoiy infratuzilmaning muhim tarkibiy qismi bo'lib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o'rin tutadi. Bugungi kunda Respublikamizdagi temir yo'llari uzunligi 8,0 ming kilometrni, avtomobil yo'llari – 184 ming, magistral truba o'tkazgichlari esa – 13,9 ming kilometrni tashkil etadi. Shundan avtomobil yo'llari orqali tashuvlar eng yuqori o'rinlarda turib, yuklarning 91 foizi, yo'lovchilarning esa 98 foiz hissasi aynan mazkur yo'llarga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasi avtomobil transporti va yo'llariga daxldor bo'lgan 30 dan ortiq xalqaro konventsiyalar, kelishuvlar va shartnomalarning teng huquqli a'zosi hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan, milliy transport kommunikatsiyalarni rivojlantirish, milliy tizimlarni xalqaro transport tizimlari bilan uyg'unlashtirishga qaratilgan qator dasturlar ishtirokchisi sanaladi. Respublika hududi orqali 20 dan ortiq xalqaro transport marshrutlari va yo'nalishlari o'tadi. Shu bilan bir qatorda Buyuk ipak yo'lining asosiy yo'nalishlari ham o'tgan. Mustaqillik yillarida respublikada yo'l-transport infratuzilmasini yaxshilash, avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli ishlar olib borilishi natijasida umumiy foydalanishdagi halqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llarining holati tubdan yaxshilanib respublika, viloyat va tuman markazlarini havfsiz transport aloqasi bilan ta'minlashga erishildi. Muhim tranzit arteriyalari bo'lmish – Qamchiq dovonidan o'tgan, ikkita tunnel qurilishini o'z ichiga olgan "Toshkent-O'sh", "Toshkent-Termiz", "Samarqand-Buxoro-Olot", "Qo'ng'irot-Beynov", "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beynov" kabi avtomobil yo'llari, bundan tashqari shu yo'llardagi yirik aholi punktlari bo'lmish – Jizzax, Guliston, Qo'qon, Kattaqo'rg'on, Bo'ka, Olot va Sayrob shaharlarini aylanib o'tish yo'llari yangidan qurildi. "Guliston-Ohangaron" yangi avtomobil yo'lining qurilishi esa Respublikaning Farg'ona vodiysini janubiy, shimoliy-g'arbiy mintaqalar bilan qisqa muddatda bog'lash barobarida ularga poytaxtni aylanib o'tish imkonini berdi. 2700 km dan iborat "O'zbek Milliy magistrali"ni rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish loyihasi bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. Bunda "Beynov-Qo'ng'irot-Buxoro-Samarqand-Toshkent-Andijon", "Buxoro-Olot", "Buxoro-Qarshi-G'uzor-Termiz" va "Samarqand-G'uzor" kabi yo'nalishlardagi 2 tasmali yo'llar birinchi kategoriya hisoblangan – 4 tasmaliga o'tkazilib, tegishli geometrik talablarga javob bergan holda bir o'qqa tushadigan yuk og'irligi 10 tonnadan 13 tonnaga o'tkazilishiga e'tibor qaratilmoqda. 500 kilometrdan ortiq yo'llar esa tsement-beton qatlamlikka o'tkazilmoqda. Dasturlar doirasida, shuningdek, Buxoro, Qarshi, Beruniy, To'rtko'l shaharlarini aylanib o'tish yo'llari, ko'prik va yo'l o'tkazgichlar barpo qilinmoqda. Avtomobil yo'llari qurilishi va rekonstruktsiyasini jadallashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlarining 2,04 mlrd. AQSh dollariga teng miqdordagi mablag'lari jalb etilgan. Jumladan: Osiyo taraqqiyot banki mablag'lari hisobidan - A-380 avtomobil yo'lining Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlaridagi 40 km qismi asfalt-beton qoplamaliga o'tkazilib, 141 km yo'l esa esa tsement-beton qoplamali tarzda rekonstruktsiya qilindi, "Qamchiq" dovonida – Toshkent va Namangan viloyatlaridagi tog'li hududlardan o'tgan 58 km avtomobil yo'li, Buxoro viloyati hududidagi 125 km avtomobil yo'llari tsement-beton qorishmali qoplamaga o'tkazilmoqda; Islom taraqqiyot banki mablag'lari hisobidan – Surxondaryo viloyatidagi 100 km asfalt-beton qoplamali yo'llar rekonstruktsiya qilinmoqda; Jahon banki mablag'lari hisobiga Toshkent, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlaridagi mahalliy ahamiyatga eka avtomobil yo'llarini rivojlantirish loyihalari amalga oshirilmoqda; Sauliya rivojlanish jamg'armasi va arab iqtisodiy rivojlanishi Quvayt jamg'armasi mablag'lari hisobiga Qashqadaryo viloyatidagi 35 km avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilinmoqda. Shu bilan birga, respublikaning jadal iqtisodiy rivojlanishi – avtomobil yo'llaridagi sun'iy inshootlar hajmining ham ta'mirlanishini talab qiladi. Sohadagi boshqaruv tizimining shu paytgacha bo'lgan holati ba'zi bir tashkiliy masalalarni hal etishni talab qilardi. Shu paytgacha avtomobil yo'llarini boshqarish, ularni yaxshi holatdagi transport-ekspluatatsiyasini ta'minlab turish uchun yagona davlat boshqaruvi mavjud emas edi. Masalan, 42654 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari, ya'ni umumiy avtomobil yo'lining 23 foizi – sobiq "O'zavtoyo'l" DAK balansida bo'lgan bo'lsa, qolgan 142 ming km avtomobil yo'llari (umumiy tizimning 77 foizi) – mahalliy hokimiyatlar qoshidagi kommunal xo'jalik bo'limlari va obodonchilik boshqarmalari ixtiyorida edi. Tumanlardagi kommunal xo'jalik birlashmalari o'z hududlaridagi yo'llarni loyihalash, ta'mirlash va qurishda o'sha yo'llarning egasi sifatida o'zlarining texnik siyosatlarini yuritar, bu esa umumiy yo'l xo'jaligi siyosatini yuritishda salbiy asoratini qoldirmay qo'ymas edi. Loyiha-smeta hujjatlari texnik talablarga to'liq javob bera olmas, bundan tashqari avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mir etishda mutaxassis kadrlarning taqchilligi oqibatida ichki xo'jalik yo'llarining umumiy holati qo'yilgan talablarga javob bera olmay qolgandi. Avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish ishlariga kompleks yondashish asosida yo'l xo'jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, bu borada loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida joriy yilning fevral oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va qator qarorlari qabul qilindi. Ularga asosan Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) negizida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasini tashkil etildi. Yo'l xo'jaligini boshqarishning yangi tizimi tashkil etildi. Davlat qo'mitasi - avtomobil yo'llarini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi sifatida belgilandi. Umumiy foydalanuvdagi hamda xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shahar ko'chalari, shahar posyolkalari, qishlov va ovullarning ko'chalarida loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash ishlarida buyurtmachi vazifasini bajarish – qo'mitaning tegishli bo'linmalari ixtiyoriga berildi. Qo'mita tarkibida qo'shimcha tarzda avtomobil yo'llari va ko'priklarni qurish va ta'mirlash, yo'l-qurilish materiallari ishlab chiqish hamda ko'kalashzorlashtirish va obodonlashtirishga ixtisoslashgan qo'shimcha korxonalar tashkil etildi. Qo'mitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish; zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori bo'lishini ta'minlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini ta'minlash; avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish. Avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish dasturi to'liq qayta ko'rib chiqildi. Mintaqaviy avtomobil yo'llarining yo'l qoplamalari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yo'l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini yaqin yillarda va kelajakda istiqbolli rivojlantirish belgilab olindi. Qabul qilingan dasturga asosan 2018-2020 yillar davomida "O'zbek Milliy avtomagistrali" tarkibiga kirgan 1 227,8 km avtomobil yo'llari, shuningdek, ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar va transport yechimlarini qurish va rekonstruktsiya qilish belgilangan. Ulardan: • A380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beynov" avtomobil yo'lining 698-765 km, 796-812 km, 916-964 km (umumiy uzunligi 57 km bo'lgan) qismlarini rekonstruktsiya qilish. • A380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beynov" avtomobil yo'lining 964-1204 km (umumiy uzunligi 240 km bo'lgan) qismini rekonstruktsiya qilish. • M37 "Samarkand sh.- Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining umumiy uzunligi 20 km qismini rekonstuktsiya qilish. • A-380 avtomobil yo'lining Buxoro-Qarshi-G'uzor yo'nalishidagi 0-49 km, 70-130 km oralig'idagi (umumiy uzunligi 103 km bo'lgan) 4 tasmali qismlarini bir o'qqa tushadigan 13 tonnaliga aylantirish. • A373 avtomobil yo'lining Toshkent-Andijon yo'nalishidagi 135-kilometr qismida, 353-388 km va 423-450 km (umumiy uzunligi 90 km) qismlarini bir o'qqa tushadigan 13 tonnaliga aylantirish. • A 373 "Guliston-Ohangaron" avtomobil yo'lining umumiy uzunligi 26 km bo'lgan qismini rekonstruktsiya qilish. 2018-2025 yillar davomida umumiy foydalanuvda bo'lgan avtomobil yo'llarida quyidagi ishlar amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda: • A-378 avtomobil yo'lining "Navoiy-Nurobod" yo'nalishidagi (Navoiy viloyatidagi 4R52 yo'lining 142-155 km, Samarqand viloyatidagi 4R52 0-80 km, umumiy uzunligi 95 km bo'lgan) 2 polosali yo'llarni bir o'qqa tushadigan 13 tonnaliga aylantirish. • M-39 avtomobil yo'lining Boysun-Denov-Sariosiyo yo'nalishidagi (Surxandaryo viloyatidagi 4R105b; 4R105; 4R100 avtomobil yo'llari, umumiy uzunligi 125 km bo'lgan) 2 polosali yo'llarni bir o'qqa tushadigan 13 tonnaliga aylantirish. Ma'ruza davomida shu kabi yana bir nechta misollarni keltirib o'tishimiz mumkin. Shu bilan birga, yuqorida ko'rsatilgan muddatlarda xalqaro moliyaviy institutlarning mablag'lari hisobiga 1 172,5 km avtomobil yo'llari va ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar va transport yechimlarini qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2015-2030 yillar davomida quyidagilar ham ko'zda tutilganini alohida qayd etmoqchiman: 8 ming km uzunlikdagi xalqaro ahamiyatda bo'lgan umumiy foydalanuvdagi, jumladan, xalqaro transport yo'laklari tizimiga kirgan avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish; "Navoiy-Buxoro-Qarshi-G'uzor" yo'nalishiga muqobil bo'lgan "Navoiy-Ko'kdala-G'uzor" yo'nalishini qurish va rekonstruktsiya qilish; Navoiy – Zarafshon – Uchquduq – Qizilo'rda, Jizzax – Nurota – Tuproqqal'a, keyinroq Urganch va Nukus yo'nalishlari bo'ylab, bosqichma bosqich tarzda qator yangi xalqaro hamda mintaqalararo avtomobil yo'llari yo'nalishlarini ochish; Qariyb 28 ming km uzunlikdagi davlat va mahalliy ahamiyatda bo'lgan avtomobil yo'llarida – shag'al qatlamdan asfalt qatlamga o'tkazish hisobiga kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish; tig'iz transport tugunlari va suv inshootlari bo'lgan hududlarda 50 dan ortiq transport yechimlari qurildi, bu ishlarni davom ettirish; 2 ming kilometrga yaqin pulli avtomagistrallar va tezyurar yo'llar qurilishi ko'zda tutilmoqda; Asosiy e'tibor hududlardagi mahalliy avtomobil yo'llarini yanada rivojlantirishga qaratiladi. Avtotransport vositalarining tranzit qatnovlarini ko'paytirish maqsadida quyidagi yo'nalishlarda xalqaro yo'laklar holati yaxshilanadi: Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Yevropa mamlakatlariga chiqish uchun shimoliy va shimoliy-g'arbiy yo'nalishlarda; - Kavkaz, Eron, Turkiya va Yevropa davlatlariga chiqish maqsadida g'arbiy va janubiy-g'arbiy yo'nalishlarda; - Afg'oniston, Eron va Chahbahor, Bandar Abbos dengiz portlariga chiqish, shuningdek, muqobil yo'nalish sifatida Afg'oniston, Pokiston orqali Karachi, Qosim, Gvadar kabi dengiz portlariga chiqish maqsadida – Transafg'on xalqaro transport yo'lagini rivojlantirish; - Xitoy Xalq Respublikasiga chiqish maqsadida sharqiy yo'nalishlarni kengaytirish. O'zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar mintaqadagi yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish barobarida – mamlakatdagi, shu bilan bir vaqtda xalqaro transport yo'laklarini yanada taraqqiy ettirish imkonini beradi. Bugungi anjuman hamkorligimizni yanada mustahkamlashga, shu barobarda, o'zaro aloqalarimizni bundan buyon yo'lga qo'yish strategiyasini belgilashda o'zining munosib hissasini qo'shishiga umid bildiraman. Anjuman qatnashchilariga – kunni sermazmun va muvaffaqiyatli o'tkazishlarini tilayman! E'tiboringiz uchun rahmat!! O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llar davlat qo'mita raisi: A. Abduvalievning ma'ruzasi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARI QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoni va “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2020-yil 19-may, 295-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi. 2. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 3. Qo‘mita avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ bo‘lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi. 4. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi) qarorlariga amal qiladi. 5. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 6. Qo‘mita o‘z faoliyatini Transport vazirligi bo‘linmalari, shu jumladan, uning hududiy bo‘linmalari, davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 7. Qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga egadir. 8. Qo‘mitaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi; qisqartirilgan nomi — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Komitet po avtomobilnim dorogam pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Komitet po avtomobilnim dorogam; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — The Committee for roads under the Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — The Committee for roads. 9. Qo‘mitaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 68-uy. 2-bob. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va funksiyalari 10. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi: avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish; avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish; avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish; avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini o‘tkazish, avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etish; avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash; yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 11. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish sohasida: yo‘l xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni va xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash, shuningdek, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni ishlab chiqish borasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha ular faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; Qo‘mita yoki uning tegishli buyrug‘i bilan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan respublika hududida, shuningdek, respublika hududiga kiradigan og‘ir va yirik gabaritli avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qiladi hamda avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi uchun yig‘imlar undiradi va ularning harakatlanishi (kirishi) uchun ruxsatnomalar beradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto va video qayd etish texnik vositalarining o‘rnatilishiga ruxsatnomalar beradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bilan muhandislik kommunikatsiyalarining ko‘ndalang kesishishiga ruxsatnomalar beradi; Qo‘mita yoki uning tegishli qarori bilan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurishga ruxsatnomalar beradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasidagi yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo, servis obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun boshqa obyektlarni joylashtirish va qurish uchun ruxsatnomalar beradi; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutashuvchi yo‘llar (syezdlar) qurilishi uchun texnik shartlar (ruxsat) beradi; Qo‘mita yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — bosh boshqarmalar) tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari chetidagi ajratilgan mintaqalarda obyektlar qurilishi uchun, jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun texnik shartlar beradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o‘tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo‘llari foydalanuvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yo‘l va yo‘l bo‘yi servisi obyektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni belgilangan tartibda tashkil etadi; transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy raqamli avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etadi; b) avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: avtomobil yo‘llari ho‘jaligi sohasida amaldagi normativ xujjatlar va ajratilgan moliya manbaalardan kelib chiqib, respublikaning avtomobil yo‘llari tarmog‘ini davlat iqtisodiyoti bilan hamohang rivojlanishini ta’minlaydigan yaqin va o‘rta muddatli davlat dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; avtomobil yo‘llarining texnik holatidan kelib chiqqan holda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantiradi va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida, shuningdek, donorlar mablag‘larini jalb qilgan holda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ularni loyihalashtirish, korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash va ularni loyihalashtirish ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini qurish, qayta qurish va ularni loyihalashtirish ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni kelishadi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini mukammal va joriy ta’mirlash hamda ularni loyihalashtirish ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni kelishadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida favqulodda vaziyatlar oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlari bo‘yicha obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish va joriy ta’mirlash ishlari uchun texnologik asbob-uskunalar, texnikalar va mashina-mexanizmlar bilan jihozlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish va joriy ta’mirlashning vaqtinchalik va yillik yig‘ma smetalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; v) avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash sohasida: O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini shakllantirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan hamda davlatning strategik vazifalaridan kelib chiqqan xolda, respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘ini istiqbolli rejalashtirish, takomillashtirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi; respublika umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini takomillashtirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari hisobini va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda davlat kadastrini yuritadi; g) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish sohasida: maxsus ruxsatnoma bergan holda, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan yirik o‘lchamli va og‘ir yuk ko‘taradigan avtotransport vositalarining avtomobil yo‘llari bo‘yicha harakati yo‘nalishlarini belgilaydi; xalqaro transport yo‘nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘radi; tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalarini, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish choralarini ko‘radi; d) avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida: bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funksiyasini amalga oshirish, ular faoliyati ustidan nazorat olib borish va iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, shuningdek, bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini va mol-mulkdan foydalanilishini nazorat qiladi; zamonaviy menejment tizimlarini, ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarga muvofiq ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali tarmoqni boshqarishni takomillashtiradi; idoraviy mansub tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqib, yo‘l ishlarini bajarishda zaruriy foyda olinishini ta’minlash maqsadida rentabellik darajasining minimal miqdorlarini belgilaydi; qulay va xavfsiz harakatni ta’minlash uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanishda yo‘l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; yo‘l qurilishining yirik loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlarini va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarini jalb etadi; fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki va yozma murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javob beradi; e) avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazadi; avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish sohasida sifat ustidan nazoratni amalga oshiradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatuvni amalga oshiradi; yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish sohasini texnik tartibga solishda normativ hujjatlar va talablarga rioya etilishini ta’minlaydi; j) xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish sohasida: xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘ini ta’mirlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan shaharlar va tumanlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; z) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va takomillashtiradi; avtomobil yo‘llari va yo‘l xo‘jaligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va kelishadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi va olib boradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo‘yicha tajriba ishlarini olib boradi; i) avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish sohasida: tarmoqda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy ta’lim dasturlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi va kelishadi; yo‘l qurilishini prognozlashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishning zamonaviy usullari talablariga muvofiq avtomobil yo‘llari sohasida malakali kadrlar tayyorlashni va kadrlarni qayta tayyorlashni tashkil etadi; talabalarning olingan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyotida mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarining bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etadi; avtomobil yo‘llari sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlashni va malakasini oshirishni, shu jumladan, xorijiy ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashini va tajriba orttirishini tashkil etadi; k) avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini o‘tkazish, avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etish sohasida: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishi va landshaft dizayni qismida zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish va amalga oshirish borasida yagona davlat siyosatini olib borish yo‘li bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga ajratilgan polosalardagi yo‘l bo‘yi hududlarni tegishli holatda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi; respublikaning har bir mintaqasidagi iqlim sharoitlaridan kelib chiqib umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish sohasida zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni qo‘llash, zamonaviy ko‘chatxonalarni tashkil etish, idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi; idoraviy mansub oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari negizida avtomobil yo‘llarini loyihalash, arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi; l) avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash sohasida: avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasida xalqaro standartlar va eng yaxshi tajribalarni qo‘llanilishini muvofiqlashtiradi; avtomobil yo‘llarini yo‘llarda harakatlanishni tartibga solishning texnik vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshiradi; standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘llarda harakatlanishni tartibga solishning boshqa texnik vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etadi; avtomobil yo‘llarida uzoq muddat foydalanishni ta’minlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish va yotiq yo‘l belgilarini chizish choralarini ko‘radi; m) yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida: o‘z vakolatlari doirasida avtomobil yo‘llari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi hamda ularda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ifoda etadi, O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari sohasidagi xalqaro shartnomalarda ishtirok etishini ta’minlaydi; avtomobil yo‘llari sohasida xalqaro hamkorlik qilish, avtomobil yo‘llari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan samarali o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi. 12. Qo‘mita unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari orqali amalga oshiradi. Qo‘mita umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish ishlari bo‘yicha yagona buyurtmachisi hisoblanib: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish va joriy ta’mirlash, ulardagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ehtiyojlari uchun jihozlash (texnologik uskuna, texnika va mashina-mexanizmlar xarid qilish) bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari bosh boshqarmalar; xalqaro ahamiyatdagi A-373 “M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 183 — 285 km uchastkalarini hamda ularga tutash umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish, joriy ta’mirlash, ulardagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari “Qamchiqavtoyul” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish uchun ajratiladigan mablag‘larni sarflash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari Qo‘mita raisining qarori bilan boshqa idoraviy mansub tashkilotlariga yuklanishi mumkin. 3-bob. Qo‘mitaning huquqlari va javobgarligi 13. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir: Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish; Qo‘mita vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda olish; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslariga avtomobil yo‘llari sohasidagi aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; Qo‘mitaning vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish; xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari bilan avtomobil yo‘llari sohasida belgilangan tartibda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va muzokaralar olib borish; Qo‘mitaning vakolatiga taalluqli masalalarni hal etishga ilmiy tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish; yo‘l xo‘jaligi sohasini tartibga solish masalalarini muhokama qilish uchun ekspertlarni jalb qilish; malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish, ularga o‘rnatilgan tartibda ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash; Qo‘mitaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantirish va tasarruf etish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini bosqichma-bosqich rivojlantirish tartib-taomillarni amalga oshirish; avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilardan avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishni, shuningdek, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ekspluatatsiya qilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishni talab qilish; O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalaridan xorijiy mamlakatlarda yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy materiallar, hisobotlar hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan yo‘l xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan takliflarni so‘rash va olish; Qo‘mita, bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarga yuborish; Qo‘mita, bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar o‘rtasida tanlov va tender savdolari o‘tkazmasdan tovarlarni sotish, xarid qilish va yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish hamda ishlarni bajarish; Qo‘mita, bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlariga asosiy vositalarni biriktirish; avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi hamda yo‘l-qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi mustaqil korxonalarni va boshqa korxonalarni, shu jumladan, qo‘shma korxonalarni tashkil etish, shuningdek, Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarni birlashtirish va tugatish; o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birga qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish; o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida bir tashkilotdan boshqasiga operativ boshqarish (foydalanish) huquqi asosida davlat mulkini, jumladan, davlat ko‘chmas mulki obyektlarini o‘tkazish; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar hisobiga jamg‘armalar, shuningdek, moddiy rag‘batlantiruvchi budjetdan tashqari jamg‘armalar tashkil etish, ularning nizomlarini tasdiqlash, Qo‘mita bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatidan olingan foydani Qo‘mitaning jamg‘armalariga yo‘naltirish; sohadagi ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish uchun ularga yetarli darajada sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy obyektlarni qurish, tashkil etish va saqlash; Qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan qo‘shma korxonalarning va jamiyatlarning ta’sischisi bo‘lish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalarida servis xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida korxonalar tashkil etish; idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funksiyasini amalga oshirish; “Avtoyo‘linvest” agentligi tarkibida loyihalarni amalga oshirish guruhlarini tashkil etish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqasida va yo‘l bo‘yi mintaqasida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish hamda yo‘l bo‘yi mintaqasida servis va boshqa obyektlarni qurish ishlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, ularni ekspluatatsiya qilish talablaridan kelib chiqqan holda, buyruqlar bilan tegishli ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga biriktirish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan limit mablag‘lari doirasida xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlash; o‘z vakolati doirasida anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, jumladan xorijda tashkil etish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish; Qo‘mita faoliyatini amalga oshirish uchun inventar va xo‘jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter texnikasi, asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot va boshqa tovarlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish. 14. Qo‘mita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. 15. Qo‘mita: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatni samarali amalga oshirilishi; Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishi; Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha ishlarining tashkil etilishi; Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Qo‘mita qabul qiladigan buyruqlar va boshqa hujjatlarning sifatli tayyorlanishi va ekspertizadan o‘tkazilishi; yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi; avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar huquqlari himoya qilinishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi. 4-bob. Qo‘mita rahbariyatining asosiy funksional vazifalari 16. Quyidagilar Qo‘mita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: yo‘l xo‘jaligini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; Qo‘mita faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilish holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining topshiriqlarini bajarish; o‘z o‘rinbosarlari va Qo‘mitaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Qo‘mita faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash; Qo‘mita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, yo‘l xo‘jaligi sohasini rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqib, Qo‘mita va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish; Qo‘mita xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; Qo‘mitada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qo‘mitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish; bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qo‘mitaga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash; “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq yo‘l xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Transport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlab chiqilishida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Qo‘mitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish; faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish; Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; o‘z o‘rinbosarlarining va Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda o‘rganish, Qo‘mita yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; Qo‘mita xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini va Qo‘mitaning boshqa mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; Qo‘mita xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; Qo‘mita ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash; “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Qo‘mita axborot tizimining samaradorligi va sifatini oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Qo‘mita xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalaridan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni, lavozim yo‘riqnomalari va Qo‘mitaning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; Qo‘mita markaziy apparati xodimlarini, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish; Qo‘mita markaziy apparati, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish; xodimlarning umumiy belgilangan soni doirasida Qo‘mita shtatlar jadvalini, shuningdek, Qo‘mita xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash; boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida Qo‘mita markaziy apparati, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari apparatlari tuzilmasiga o‘zgartish kiritish; Qo‘mita markaziy apparati, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish; Qo‘mita bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarini (ko‘rsatmalarini) bekor qilish; alohida o‘zini ko‘rsatgan xodimlarni ularga davlat mukofotlari berish uchun ularning nomzodlarini belgilangan tartibda taqdim etish; yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish. 17. Quyidagilar Qo‘mita raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; Qo‘mita raisi vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Qo‘mita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish; Transport vazirligi hay’ati, Transport vaziri va Qo‘mita raisining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Qo‘mita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; yo‘l xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Qo‘mita raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, keyinchalik ularni o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritish; Qo‘mitaga taqdim etilgan yo‘l xo‘jaligi sohasidagi takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish; Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish; yo‘l xo‘jaligi sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Qo‘mita faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, yo‘l xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Qo‘mita raisiga kiritish; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Qo‘mita raisiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish; Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; yo‘l xo‘jaligi sohasini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni Qo‘mita raisiga kiritish; “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalaridan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; yo‘l xo‘jaligi sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish; avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash, ko‘kalamzorlashtirish va boshqa zaruriy tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash; avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini tashkil etish bo‘yicha Qo‘mita vakolatiga kiradigan tadbirlarni amalga oshirish va nazorat qilish; avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish va boshqa tadbirlar yuzasidan normativ hujjatlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazoratga olish; Qo‘mita vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish. 5-bob. Qo‘mita rahbariyatining javobgarligi 18. Qo‘mita raisi: Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun; ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir. 19. Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari: mutasaddilik qilinadigan Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalarida Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun; Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir. 6-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish 20. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi. 21. Qo‘mita raisi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan besh nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bitta birinchi o‘rinbosarga ega. Ishlab chiqarish zaruriyatidan kelib chiqib, raisning buyrug‘i bilan bo‘sh turgan Qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimi vazifasini vaqtincha bajarish Qo‘mita raisi tomonidan belgilangan shaxsga yuklatilishi mumkin. 22. Qo‘mita raisi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari raisning buyrug‘i bilan uning o‘rinbosarlaridan biriga yuklatiladi. Qo‘mita raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mos ravishda vazirga, vazirning birinchi o‘rinbosariga va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi. 7-bob. Qo‘mitaning Transport vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi 23. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Transport vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda hal etadi. 24. Qo‘mitaning Transport vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi bevosita Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan ta’minlanadi. 8-bob. Qo‘mitaning kengash, maslahat va ekspert organlari 25. Qo‘mitada uning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi rais o‘rinbosari (kengash raisi), Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat Tarmoq ilmiy-texnik kengashi Qo‘mita raisi buyrug‘i bilan tashkil etiladi. 26. Tarmoq ilmiy-texnik kengashi nizomi va uning shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 27. Qo‘mitada rais buyrug‘i bilan kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Qo‘mitada tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 9-bob. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ish indikatorlari 28. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi. 29. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi. 30. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha: Qo‘mita rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari; Qo‘mita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan belgilanadi. 10-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish 31. Qo‘mita, uning bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, ko‘priklardan foydalanish unitar korxonalari, “Avtoyo‘linvest” agentligi, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi, “Respublika dispetcherlik markazi” unitar korxonasi, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” unitar korxonasi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi va moddiy-texnik ta’minlanadi. 32. Xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar, shuningdek, mukofotlar va boshqa barcha turdagi to‘lovlar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilgan lokal hujjatlar asosida: Qo‘mita tuzilmasiga kiruvchi yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari, ko‘priklardan foydalanish unitar korxonalari, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy korxonalari, “Do‘rmonavtoyo‘l” va “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari, Quvasoy yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, Toshkent halqa avtomobil yo‘li yo‘llardan foydalanish boshqarmasi unitar korxonasi, Bardanko‘l yo‘llardan foydalanish boshqarmasi unitar korxonasi — avtomobil yo‘llarini saqlash va ko‘kalamzorlashtirish xarajatlariga ajratilgan mablag‘lar limiti doirasida amalga oshiriladi; “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar bosh boshqarmalari tarkibidagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonalari – buyurtmachilik funksiyasini bajargan ish hajmlaridan belgilangan tartibda ajratiladigan ajratmalar hisobidan amalga oshiriladi. 33. Qo‘mita markaziy apparati, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat. Qo‘mita, uning bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari bo‘yicha belgilanadi. Qo‘mita markaziy apparati xodimlariga Transport vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari tatbiq etiladi. 34. Boshqaruv xodimlari soni kamayishi va bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi hisobiga mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining bo‘shab qolayotgan mablag‘lari Qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi. 35. Qo‘mita markaziy apparati boshqarmalariga yengil avtotransport vositalari biriktiriladi va ularni saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 36. Qo‘mita tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hamda ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilmagan idoraviy mansub tashkilotlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy-texnik ta’minoti, shuningdek, ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish idoraviy mansub tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 37. Qo‘mita tomonidan a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari va vakillik xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 11-bob. Yakunlovchi qoida 38. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-son qaroriga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tadiqlash haqida” 2017-yil 15-apreldagi 221-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 48-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoni)” 2017-yil 7-iyuldagi 472-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 28-son, 649-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga ilovaning 47-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 37-son, 990-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2017-yil 24-noyabrdagi 943-son qarori. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 400-son qarori ilovasining 27-bandi. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/295/0624-son) Download 290.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling