Avtomobil yoʻlini jihozlash elementlari


Download 46.46 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi46.46 Kb.
#1578635
  1   2
Bog'liq
Avtomobil yoʻlini jihozlash elementlari


Avtomobil yoʻlini jihozlash elementlari. Yoʻllarni jihozlash deganda yashil ekinlarni ekish, piyodalar va velosiped yoʻlakchalarini, dam olish va kuzatish maydonchalarini, avtomobillar toʻxtash maydonchalarini qurish, shamolga qarshi qurilmalarni yaratish, reklama taxtalarini qurish tushuniladi.
Yashil ekinlar qorni va qumni tutib qolish, manzara berish va hududni namligini saqlash hamda soya berish uchun qoʻllaniladi. Yashil ekinlar butzor toʻsiqlar, daraxt tasmalari, yoʻl boʻyi mevali bogʻlar koʻrinishida boʻladi. Avtomobillar va avtobuslar haydovchilari bir necha soat ishlaganidan keyin qisqa muddatli dam olishlari juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun aholi yashamaydigan joylarda, daraxtzorlar ichida, daryo va koʻllar boʻyida dam olish maydonchalari quriladi.
Kuchli shamol esadigan tumanlarda yoʻllarda shamolga qarshi qurilmalarni qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kuchli shamollar 100 km/soat va undan katta tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobillarda halokat chiqarishi mumkin.
Avtomobillar harakat miqdorini va tezligini oshishi qatnov qismini va yoʻl yoqasini xavfsizlik tasmalari, toshtaxtalar, gʻildirak qaytaruvchi bruslar, chetki tasmalar va boshqalar bilan jihozlashni talab qiladi.
Chetki tasmalar qatnov qismi qirgʻogʻini koʻrsatadi va chetki harakat tasmasini biroz kengaytiradi. Chetki tasma yoʻl qoplamasi qirgʻogʻini mustaxkamlashi zarur, hamda undan rangi bilan farqlanishi va yoʻl qoplamasidan yoʻl yoqasiga oʻtishga xizmat qilishi lozim. Chetki tasma kengligi 0,5 - 0,75 m ni tashkil qiladi. Avtomobilning tasodifiy ravishda namlangan tuproqli yoʻl yoqasiga chiqib ketishi yoʻl - transport hodisasiga olib keladi. Bundan qochish uchun yoʻl yoqasini mustaxkamlash zarur.
Yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yoʻl belgilari, xavfsizlik bordyurlari, toʻsiqlar, ishora yoʻnaltiruvchi ustunchalar oʻrnatiladi va yoʻl qoplamasiga yoʻl belgi chiziqlari tushiriladi. Avtomobil yoʻllarini yoritish alohida chora-tadbir hisoblanadi. Yoʻlni yoritish yoʻl - transport hodisalari sonini keskin kamaytiradi.
Hozirgi sharoitda yuqori harakat miqdori b oʻlganda yoʻllarni ekspluatatsiya qilishni takomillashtirish faqatgina yoʻl harakatini boshqarish va izga solish tizimini yaratish bilan boʻlishi mumkin. Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan bir davrda harakat toʻgʻrisida ma’lumot yigʻish, yoʻl tarmogʻida yoki yoʻlning ayrim boʻlaklarida transport oqimini boshqarish, unga optimal harakat rejimini kiritish imkoniyati mavjuddir.
Yoʻllarni, yoʻl inshootlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri ta’mirlash, saqlash ishlarini olib borish, yoʻl harakatini boshqarish va izga solishni tashkil qilish uchun yoʻl sharoitini aniq bilish zarurdir. Buning uchun yoʻl tashkilotlari meteorologik, koʻchkiga qarshi va boshqa stantsiyalar tashkil qilishi, harakat tezligini va miqdorini, yoʻl qoplamasi emirilishini, qatnov qismi ravonligini aniqlashi, yoʻl poyi namlik-issiqlik rejimini baholashi, yaxmalak, tuman va boshqalar haqida ogohlantirishi lozim.
Yoʻl rejasidagi doiraviy egri elementlari
Yoʻl rejasi doiraviy egri elementlari quyidagi elementlardan tashkil topgan:


3.2-rasm. Doiraviy egri elementlari
Egri elementlarini quyidagi formulalardan aniqlaymiz:
T = R tg б;


D = 2 T-K.


Haydovchi har qancha toʻgʻri chiziq boʻylab harakatlanishga intilmasin, avtomobil tebranib sinusoida boʻyicha harakatlanadi. Bu tebranish tezlik qancha oshsa shuncha sezilarli boʻladi. Avtomobillar uchun harakat tasmasi eni avtomobillar enidan, yonboshdagi yoʻlakchadan va gʻildirak bilan yoʻl qoplamasining qirgʻogʻigacha boʻlgan masofalardan tashkil topadi. Bu haydovchining mahoratiga va ustaligiga bogʻliq. Ikki tasmali avtomobil yoʻllarida qatnov qismi kengligini quyidagi 3.3-rasm asosida mazkur formula yordamida aniqlash mumkin:
V=b+c+2y+x;
Bu erda: b - avtomobil kengligi, m. c - avtomobil gʻildiraklari oraliq masofasi, m. y - avtomobil chetki gʻildiragi bilan yoʻl qoplamasi qirgʻogʻigacha boʻlgan masofa, m. x - qarama - qarshi harakatlanayotgan avtomobillar orasidagi xafvsizlik masofasi, m.
X va Y lar uchun quyidagi empirik formulalar tavsiya qilingan:
X=0,3+0,^lV^V2 ;
Y=J 0,1 + 0,00757
Bu erda, x va y lar m da, V - tezlik km/soat.
Quvib oʻtishda harakat bir tomonga boʻlgani uchun:
X=0,3+0,075jVx+V2 ;
tavsiya etiladi.


3.3-rasm. Yoʻl qatnov qismini aniqlash
Qatnov qismining kengligini asoslashda mavjud holat koʻproq nazarda tutiladi: qarama qarshi harakatlanayotgan avtomobillardan biri uncha katta kenglikga ega boʻlmagan lekin yuqori tezlikda harakatlanuvchi engil avtomobil, ikkinchisi kengligi katta boʻlgan lekin past tezlikda harakatlanuvchi yuk avtomobili.
Qatnov qismi va yoʻl cheti kengligini belgilash
Yoʻl koʻndalang kesimi elementlarining oʻlchamlari SHNQ 2.05.02-2007 ga binoan quyidagi 3.4-jadval asosida belgilanadi.

Download 46.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling