Avtomobil yo‘llarini qidiruvini an’anaviy va geoaxborot texnologiyalarini va uning tahlili. Reja
Download 0.57 Mb.
|
Avtomobil yolari geoaxborot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geoaxborot tizimlarining tasnifi hamda boshqa fan va texnologiyalar bilan aloqadorligi
- GAT funksional vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi
Avtomobil yo‘llarini qidiruvini an’anaviy va geoaxborot texnologiyalarini va uning tahlili. Reja: Avtomobil yo‘llarini qidiruvi va loyihalashda geoaxborot tizimlari Geoaxborot tizimi asoslari uning vazifalari va yo‘l xo‘jaligidagi ahamiyati Geoaxborot tizimlarining tasnifi hamda boshqa fan va texnologiyalar bilan aloqadorligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Avtomobil yo‘llarini qidiruvida geoaxborot tizimlari texnologiyalari; Geoaxborotli tizim (GAT) bu - integrerlashgan avtomatlashtirilgan tizim va komples kompyuter txnologiyasiga ega, informatika sohasida eng so‘nggi, fan va texnika rivojlanishiga, kosmik navigatsiya, elektron taxeometriya, elektron aerokosmik va yer usti streofotogrammetrik, yuzalarni zondirlash, aloqa, materiallar bazasini shakllantirishga asoslangan, operativ kompleks tahlil etish, prognozlash, hamda keng turdagi kartografik qidiruv, loyihalash, qurish, muhandislik obektlarni ekspluatatsiya qilish, diagnostika, pasportizatsiya qilish, iqdisod, ekologiya, demografiya, hafsizlik va h.o savollar bo‘yicha yechimlari qabul qilish uchun, turli hildagi geografik axboratlarni vizualizatsiya qilish, kritish, saqlash, qayta tiklash, qayta ishlash tizimi hisoblanadi. Zamonaviy geoaxbotot tizimi malumotlarni shakllanishtirish va qayta ishlashda noyob xususiyatga ega va yuqori pog‘onaga ko‘taruvchi ko‘p maqsadli yoki avvalari malum bo‘lgan qayta ishlash tizimidagi ilmiy izlanishlar, avtomatlashgan loyihalash, ahborotlar tizimi, materiallar bazasini boshqaruv, kartografiya, fotogrammetrik tizim, kadastr tizimi va h.o tizimlarni o‘zida jamlagan yangi turdagi avtomatlashtirilgan integral tizimi hisoblanadi. GAT funksional vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: - turli fazoiy ob’ektlar (yer maydonlari, tabiat resurslari, shahar ho‘jaliklari, transport, ekologiya va h.o) boshqaruvida optimal yechim qabul qilish uchun boshqaruv tizim; - o‘zida avtomatlashgan loyihalash, ahborotlar tizimi, materiallar bazasini boshqaruv turidagi tizimlarni texnologiyalari va texnologik jarayonlarni birlashtiruvchi avtomatlashtirilgan ahborotli tizim; - kartografik ahboratlar tizimi (SKI), avtomatlashtirilgan kartografik tizim (ASK), avtomatlashtirilgan fotogrammetrik tizim (ASSF), yer maydonlari ahborotli tizimi (ZIS), avtomatlashtirilgan kadastr tizimi (AKS) va b. tizimlarning texnologiyalarini (eng avvalo malumotlarni yig‘ish texnologiyasini) jamlagan geotizim; - turli usul va texnologiyalardan foydalanib, oddiy (raqamli) va chizma shaklidagi malumotlar bazasini o‘zida jamlagan va ularni ishlatuvchi va eksport qiluvchi asosiy hisoblanuvchi tizim; - boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarda ishlab chiqilgan va qo‘llaniladigan, matematik modellashtirish jarayonini qo‘llovchi hamda maksimal hajmda modellashtirish usullaridan foydalanuvchi modellashtirish tizimi; - loyiha yechimlarini hal etishda, avtomatlashtirilgan loyihalash (SAPR) tizimidan foydalangan holda, hamda boshqa maxsus loyiha yechimlarni bajaruvchi (misol uchun, yerdan foydalanuvchi korxona va tashkilotlarlar bilan kelishuv masalalari) loyiha tizimi; - turli yuklamalardagi va turli masshtabdagi kartografik malumotlarni olish uchun mo‘ljallangan hujjatlarni taqdim etishda avtomatlashtirilgan tizimni rivojlantiruvchi (ASDO), hamda malumot taqdim etuvchi tizim; - birlamchm geografik malumotlar to‘plamida, bir majmuada turli usul va texnologiyalarni jamlagan integrallashgan tizim; Geografiya axborot tizimlariga qisqacha ta’rif Geografiya axborot texnologiyalari va tizimlarini o‘rganishda qator muhim savollar yuzaga keladi. Bulardan eng birinchisi geografiya axborot nima? Geografiya axborotni Yer yuzasidagi joylar to‘g‘risidagi axborot deb tushunish kerak. Ushbu axborot qaerda? va nima? bor degan savollarga javob beradi. Va bu axborot juda batafsil bo‘lib u mutaxassislarni shahar ichidagi hamma bor binolar joylashishi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin. Boshqa tomondan ular juda ham umumlashtirilgan bo‘lib, faqat umumiy ma’lumot bilan ta’minlaydi, aytaylik, O‘zbekistonda aholini hududiy joylashuvining bildiradigan umumiy ko‘rsatkichi o‘rtacha aholi zichligidir. Yuqorida ko‘rsatilgan misollarda turli xil geografiya axborotning yechimligi to‘g‘risida gap ketmoqda va bu ko‘rsatkich asosiylardan biri. Geografiya axborot boshqacha ham ta’riflanadi va u vaqt mobaynida o‘zgarish sur’atini va ayrim holatdagi hodisa va ob’ektlarni xaritaga tushurish imkoniyatlarini bildiradi. Joy to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘pligi tufayli geografiya axborot juda yuqori hajmli bo‘lib, bir necha terrabaytlarga barobar bo‘lishi mumkin. Kompyuter texnologiyalar rivojlangan sari geografiya axborot unda saqlanib kelmoqda va bu raqamli geografiya axborot qanday xususiyatlarga ega? Boshqa axborotdan farq qiladimi, yo‘qmi? Geografiya axborotni raqamli tarzga aylantirib va uni saqlab, idora qilsak ma’lumotlar yangi raqamli qiѐfasiga ega bo‘ladi. Ular boshqa axborot kabi zamonaviy texnologiyalar ѐrdamida qayta ishlanadi va tahlil qilinadi. Kompyuter xarflarni, so‘zlarni, raqamlarni, tasvirlarni, xaritalarni saqlab turadi va ularni Internet orqali tarqatadi. Kompyuter hotirasida turlicha ma’lumotlar saqlanadi va ular raqamli ko‘rinishda bo‘lib, kompyuter ularni ko‘shishi va ayirishi, ko‘paytirishi va bo‘lishi mumkin. Harflar bo‘lsa, kompyuter ulardan matn tuzib, uni tahrir qilib beradi, matnni elektron pochta orqali qabul qiladi ѐki yuboradi. Kompyuter tasvirlarni yaratishi va turli xil jadvallarni tuzib berishi mumkin. Boshqa muhim savol geografiya axborot texnologiyalari nima? Geografiya axborotni to‘playdigan va u bilan ishlaydigan texnologiyalardir. Ishlatiladigan vositalarga ko‘ra ularni asosiy 3 ta guruhga ajratish mumkin: 1. Global pozitsionli tizim (Global Positioning System GPS). Yer atrofida aylanib turgan so‘n’iy yo‘ldoshlardan iborat bo‘lgan tizimdan yuqori aniqlikdagi signallarni tarqatib turadi. Ular maxsus qabul qiluvchi vositalar ѐrdamida Yerda qabul qilinadi va joyning koordinatalarini o‘lchashga ѐrdam beradi. 2. Masofadan turib ma’lumot to‘plash tizimi. Yer atrofida aylanib turgan sun’iy yo‘ldoshlardan atmosfera va Yer yuzasi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘planadi. Bunday yo‘ldoshlar xilma xil va ularda o‘rnatilgan asboblar nurning turli spektrlarini qayd etib ko‘p foydali ma’lumot olish imkoniyatga ega. Yerga ushbu signallar yetib borgach ular raqamli ko‘rinishga keltirilib saqlanadi va turli tashkilotlarga tarqatiladi. 3. Geografiya axborot tizimlari (Geographic information system GIS). Geografiya axborotni kiritish, saqlash, qayta ishlash, chiqarish va tarqatish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot tizimidir. Maxsus dasturlash turi deb hisoblanadi. Geografiya axborot tizimlarida kompyuter va boshqa texnikaviy vositalar, ma’lumotlar, foydalanuvchi bir biriga bog‘liq ushbu tizim ma’lumotlaridan turli xil masalalarni yechishda, qarorlar qabul qilishda va turli islohotlarni amalga oshirishda ѐrdam beradi. Geografiya axborot tizimlari axborot tizimlarining maxsus turi va boshqa axborot tizimlar kabi ma’lumotlar bazasida saqlanib turgan axborotni ko‘shish, ayrish, topib berish, tahlil qilish ishlarini bajaradi. Lekin ulardan farq qiladigan tomoni u Yer yuzasida nima va qaerda bor degan ma’lumotni idora qiladi. Faqat Geografiya axborot tizimlari xarita va Yer to‘g‘risidagi tasvirlar bilan ishlay oladi. Demak geografiya axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari: 1. Geografiya axborotni tahlil kilish yo‘li. 2. Axborot tizimlarining maxsus turi. 3. Fazoviy va hududiy axborotlarni tahlil kilish usuli. 4. Ma’lumotlarni saklash va tarkatish usuli. 5. Geografiya axborot esa: a. -xarita va joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plami b. -ular orasidagi aloqalardan iborat Kompyuter texnologiyalar o‘zlashtirilgach kartografiya va geodeziya fanlarida hamda amaliѐtida katta qulaylik yaratildi va bunday o‘zlashtirishning ijobiy tomoni yangi imkoniyatlarni ochishdadir.Ular quyidagilar: 1. Raqamli axborotni bir xil tarzda saklash. 2. Raqamli axborotni bir xil tarzda kayta ishlash. 3. Raqamli ma’lumotlarni yaratish. 4. Internetda kerakli ma’lumotlarni izlash va tarqatish. 5. Raqamli axborotni tasvirga aylantirish. 6. Kayta ishlash tezligini va samaradorligini oshirish. Kompyuterdan foydalanish afzalligi ularda ma’lumotlarni saqlash, topib olish, ular bilan ishlash, yuborish, qabul qilish, nusxa tayerlash, ekranda ko‘rsatish osonroq va tezroqdir. Geografiya axborot tizimlarni ta’riflaydigan bo‘lsak bunda albatta ikkita tomoniga e’tibor beramiz: 1. Kompyuter tizimini, ya’ni kompyuter, turli texnikaviy vositalar, ma’lumotlar, dastur va ular bilan ishlaydigan mutaxassislar tashkil etadi. Boshqa sohalarda ishlatiladigan kompyuterlardan foydalaniladi. Farqi shundaki geografiya axborot tizimida xarita va chizmalardan olingan ma’lumotlarni kompyuter hotirasiga kiritish uchun maxsus skaner, digitayzer va chiqarish uchun maxsus printer, plotterlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Geografiya axborotni boshqa axborotdan farq qiladigan tomoni shundaki u birorta koordinata tizimiga bog‘liq holda saqlanadi va qayta ishlanadi. Shunga qarab xaritadan yeki aerosuratdan olingan ma’lumot albatta koordinata tizimi bilan birgalikda kompyuterga kiritiladi va saqlanadi. Geografiya axborot tizimi shunday ko‘shimcha vositalarga ega bo‘ladiki, ular ѐrdamida geografiya axborotni ekranga chiqarib beradi, o‘zgartiradi, maydonni hisoblab beradi, bitta proeksiya va koordinata tizimidan boshqasiga o‘tkazadi, turli xil o‘lchovlarni bajarib beradi, joy xaritalarini birlashtirib ko‘rsatadi va bunday funksiyalar faqat Geografiya axborot tizimida mavjud. Undan tashqari ancha murakkabroq ishlarni ham bajarish imkoniyatlari bor, ya’ni qaerda va nima borligini izlab beradi va shu asosda joyning idora qilishda maslahat beruvchi bo‘ladi va joyning birorta maqsad uchun qulayligini baholab beradi. Maxsus dasturlash turi hiosblanadi va Geografiya axborot tizimning hududiy tahlil qilish funksiyalari dasturning muhim qismini tashkil etadi. Geografiya axborot tizimlarining qisqacha rivojlanish tarihi Geografiya axborot tizimlarining vujudga kelishi va taraqqiѐti axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Dastlab avtomatik ravishda faqat xarita chizish nazarda tutilib, so‘ng fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash va modellashtirish hamda tarqatish kabi vazifalar Geografiya axborot tizimlariga topshirildi. Geografiya axborot tizimi murakkab tizim bo‘lib, u bir necha qismlardan iborat va texnologiyalar rivojlangan sari takomillashib bormoqda. Bugun geografiya axborot tizimlaridan faqat geografiyada emas, balki ko‘p boshqa fanlarda ham qo‘llanilib kelinmoqda. Arxeologiya, arxitektura, geologiya, iqlimshunoslik, kadastr, joyni iqtisodiy rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi, tabiiy ofatlarni oldini olish, jinoyatchilikni kamaytirish, tashqi siѐsat va boshqa sohalardan ko‘p misollarni keltirish mumkin. Geografiya axborot tizimining rivojlanishiga ayrim ijodiy guruhlar, ishlab chiqarish tashkilotlari va shahslar katta ta’sir ko‘rsatgan. Ularning tarihiy o‘rni zamon talabiga mos holda taklif qilgan asosiy g‘oyalari va tashabbuslaridir. Geografiya axborot tizimining tarihi shuni ko‘rsatadiki, kartografiya kabi u bosqichma bosqich texnikadan fanga aylanib ketgan va bugun o‘z nazariy apparati, uslubiѐti va uslublariga ega. Asosiy qurol esa kartografik ѐndashuv va uslubiѐt, kartografik manb’lar va boshqa tasvirlardir. Kompyuterlar yaratilishdan oldin bir necha mavzuli xaritalarni ustma-ust tushirish va ularni birlashtirib geografiyaga oid vazifalarni yechish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Masalan, doktor Jon Snou tomonidan 1854 yili Londonda vabodan vafot etgan kishilarning turar joylar va zaharlangan kuduklar joylashishini ko‘rsatadigan xaritalar. Ularni solishtirib Snou tahlil qilish yo‘l bilan vabo kasalligini tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirdi. Bu misol geografik tahlilning, ya’ni turli hodisalarni o‘zaro fazoviy munosabatlarini o‘rganish muhimligini ko‘rsatadi. Boshqa misol 19 asrning o‘rtalarida “Irlandiya temir yo‘llari to‘g‘risidagi xisobot”ga ilova qilib yagona masshtab va proeksiyada tuzilgan aholi, poezdlar xaraqati, geologiya va topografik xaritalardir. Bu g‘oya rivojlanib bugungi kunda geografiya axborot tizimlarida turli xil qatlamlarni ustma-ust tushirishda o‘z ifodasini topdi. Kompyuterlar paydo bo‘lishi uchun katta ta’sir ko‘rsatgan va bu ta’sirni bir necha omillarini ko‘rsatish mumkin: 1. Kompyuter texnologiyalarini takomillashtirilishi va ayniqsa kompyuter grafikasi imkoniyatlari oshgan sari ulardan foydalanish afzal deb topilgan. 2. Ijtimoiy va iqtisodiy geografiyada, mintaqaviy fanlarda fazoviy va hududiy jaraѐnlar nazariyasini rivojlanishi. 3. Atrof muhitga oid muammolarni tushunishga va o‘rganishga intilishlar. 4. Kompyuter va avtomatizatsiya bo‘yicha bilimlar saviyasini oshganligi va ta’limi rivojlanganligi. Bu omillar ta’sirida turli mamlakatlarda geografiya axborotni kompyuterga kiritish, uni tahlil qilish va kompyuterda xarita chizish kabi masalalarni yechishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishlarni ko‘p olimlar va muhandislar olib borishdi. Ushbu tadqiqotlarni boshlang‘ich davri deb 1950 va 1960 yillarni hisoblasa bo‘ladi. Bu paytda statistik usullardan foydalanish va kompyuter uchun dasturlarni yaratish masalalari yechilib turilgan edi. Ushbu tizimning rivojlanishiga katta hissa ko‘shgan Vashington universiteti olimlaridan qo‘yidagilarnie’tirof etish lozim: Nistyuen asosiy fazoviy konsepsiyalarni, ya’ni “masofa, orientirovka, bog‘liqligi”ni yaratgan, 2. Tobler kompyuter uchun kartografik proeksiyalarining algoritmlarini yaratgan va uni kompyuter kartografiyasini asoschisi deb hisoblasa bo‘ladi, 3. Bunge nazariy geografiyaga oid geometrik asos deb nuqta, chiziq va maydon tushunchalarni kiritdi, 4. Berri “geografik matritsa” deb joyning turli xil ko‘rsatkichlar (atributlar) orqali izohlash mumkinligin ko‘rsatdi. Birinchi bo‘lib Kanada geografik axborot tizimi (CANADA GEOGRAPHIC INFORMATION SYSTEM (CGIS) 1960 yillarning o‘rtasida ishga tushdi va u yirik masshtabli tizim bo‘lib hozirgacha ishlab turibdi Kanada geografiya tizimning tuzilishining chizmasi Ushbu tizimni yaratishilishi bilan ko‘p nazariy va amaliy yangiliklar o‘zlashtirildi. Bu tizimni yaratishda bir qancha maqsad nazarda tutilgan edi: 1. Kanada “Yerni ro‘yhatga olish hizmati” tomonidan to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va qishloq joylarni rivojlantirish va yer resurslarni idora qilish bo‘yicha rejalarni yaratish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bilan ta’minlash vazifasini yechish. 2. Kanada “Yerni ro‘yhatga olish” hizmati tomonidan tuzilgan 1:50 000 masshtabdagi mavzuli xaritalarda yerning tavsifi berilgan edi va qator ko‘rsatkichlarga ko‘ra joydan unumli foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan edi. Misol uchun, tuproq unumdorligiga ko‘ra qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ѐki hayvonot olami boyligiga ko‘ra dam olish zonalarini rivojlantirish kabi tavsiyalar berilgan edi. Ilk bor baholash xaritalari yaratilgan va yagona baholash tizimda (“1” eng yuqori va “7” eng past baho) hamma bor ob’ektlarning baxosi ko‘rsatilgan edi. Ushbu majmua 7 ta xaritadan iborat bo‘lib, xaritalarni har bittasida bir xil atributga ega bo‘lgan maydonlar ko‘rsatilgan. Ular asosiy xarita sifatida boshqa mavzuli xaritalarni yaratish uchun ishlatilgan. Bu xaritalarni kompyuterga kiritish va ularni tahlil qilish vazifasi turgan edi. Kompyuterga kiritgach ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ladi ega degan fikr qabul qilingan edi. Geografiya axborot tizimlari (GAT) rivojlanishining dastlabki bosqichlarda kompyuter mutaxassislari va kartograflar birgalikda texnikaviy masalalarni yechishga o‘z kuchlarini qaratgan edilar. Bu texnologiyalar bir necha asosiy fanlarga tayanib keldi Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling