Gruntni zichlash
Gruntni optimal namligi ta’minlangandan so‘ng zichlash ishlari amalga oshiriladi. Ko‘tarmaning mustahkamligi asosan yoyilgan gruntning zichlash sifatiga bog‘liq. Shuning uchun ko‘tarma uchastkasida birinchi navbatda zichlash vositasini to‘g‘ri tanlash va bu ishni to‘g‘ri tashkil etish lozim.
Gruntlarni zichlashda dastlab yengil katoklardan foydalaniladi. Bunga sabab, grunt yengil katok bilan zichlanganda ma’lum bir mustahkamlikka ega bo‘lib oladi, so‘ngra o‘rta va og‘ir katoklar yordamida zichlash davom ettiriladi. Agar birdaniga og‘ir katok bilan zichlash ishlari olib borilsa, gruntda notekisliklar yuzaga keladi va zichlashish sifatini kamaytiradi.
Katoklar og‘irligi bo‘yicha
O‘rta katoklar 6-13 t
Og‘ir katoklar 14t va undan yuqori
III.6 Yo‘l poyi yuzasini va yon bag‘rini avtogreyder yordamida tekislash
SHNQ 4.02.01-04 ning (E1-02-027-12) bandiga asosan avtogreyderning ish unumdorligini aniqlash
Yo‘l poyi yuzasini va yon bag‘rini avtogreyder yordamida tekislash uchun etakchi mexanizm sifatida avtogreyderdan foydalaniladi va markasini tanlanadi (tanlangan mashina markasi yoziladi).
Tanlangan avtogreyderning ish unumdorligi quyidagi SHNQ 4.02.01-04 (E1-02-027-12) ga asosan topiladi:
bu erda T – bir smena ish vaqtining davomiyligi (8s);
Hvaq. – 1000 m2 yo‘l poyi yuzasini va yon bag‘rini avtogreydr yordamida tekislash uchun belgilangan vaqt me‘yori.
Avtogreyder yordamida bir smenada 18605 m2 yuzani tekislaydi.
Keyingi jarayon avtogreyder yordamida jami ish hajimini necha smenada bajarishini aniqlaymiz.
bu erda V – avtogreyder yordamida bajariladigan tuliq ish hajmi, m2;
Пa. – avtogreyderning ish unumdorligi.
= bajarishini aniqlaymiz.
Demak hisoblash natijasi bo‘yicha tuliq ish hajmini avtogreyder yordamida bir smenali ish kuni bilan 4 smenada, ya‘ni 4 kun davomida bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |