Avtomobil yo’llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari ishlarining asosiy maqsadi va vazifalari


Download 249.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.08.2023
Hajmi249.43 Kb.
#1667908
  1   2
Bog'liq
3779-Article Text-7410-1-10-20220624 (1)



Avtomobil yo’llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari 
ishlarining asosiy maqsadi va vazifalari 
Jamshidbek Rasulberdi o’g’li Abdullaev 
Sunnatillo Karim o’g’li Saidov 
Baxtiyor Axrorovich Murtazaev 
Doston In’omjon o’g’li G’ulomov 
Jizzax politexnika instituti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash 
texnologiyalari ishlarining asosiy maqsadi va vazifalari masalasi ilmiy jihatdan tahlil 
qilingan. 
Kalit so’zlar: hisobiy yuk, belgilangan tezlik, yo‘l inshootlari elementlari, texnik 
daraja, ekspluatastion holati, ta’mirlash va saqlash texnologiyalari 
The main goals and objectives of the work on the repair and 
maintenance of roads 
 
Jamshidbek Rasulberdi ogli Abdullaev 
Sunnatillo Karim ogli Saidov 
Bakhtiyor Akhrorovich Murtazaev 
Doston Inomjon oglu Gulyamov 
Jizzakh Polytechnic Institute 
 
Abstract: This article provides a scientific analysis of the main goals and 
objectives of road repair and maintenance technology. 
Keywords: design load, speed, elements of road construction, technical level, 
operational condition, repair and maintenance technologies 
Avtomobil yo‘llari - hisobiy yuk va belgilangan tezlikda transport vositalarining 
uzluksiz, qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun mo‘ljallangan muhandislik inshootlari 
majmuasi hisoblanadi. Bu majmuaga yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasi, quvurlar, boshqa 
sun’iy inshootlar, yo‘l jihozlari va himoya inshootlari, avtoservis, yo‘l va avtotransport 
xizmati bino va inshootlari kiradi [9, 24, 25].
Yo‘l va yo‘l inshootlari elementlari va parametrlari holati ularning texnik 
darajasini va ekspluatastion holatini aniqlaydi.
Avtomobil yo‘llarining texnik darajasini va ekspluatastion holatini talab 
darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun yo‘llarni ta’mirlash va saqlash korxonalari 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
280


tashkil etilgan. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash korxonalarining yakuniy 
maqsadi - transport va yuk hajmining o‘sishiga muvofiq yo‘llarning texnik darajasi va 
ekspluatastion halatini qo‘llab quvvatlash va doimiy ravishda yaxshilash, natijada 
transport vositalarining samaradorligini oshirish, transport xarajatlarini kamaytirish 
hisoblanadi.
Yo‘llarning texnik darajasini va ekspluatastion holatini murakkab tabiiy-iqlim 
sharoitida oshirish, yo‘llarning yuqori ish qobiliyatini ta’minlaydi. Buni faqat 
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va 
yo‘llarni ekspluatastiya qilishning nazariy asoslarini va amaliy ilg‘or tajribalarni 
yaxshi bilish bilan amalga oshirish mumkin.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining asosiy 
maqsadi quyidagilaridan iborat: talabalarni yo‘l va yo‘l inshootlarini samarali 
ta’mirlash va saqlash uslublari va zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish, 
o‘rgatish va ularni mavjud avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini talab qilingan texnik 
darajasini va ekspluatastion holatini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini 
shakllantirish, yo‘llarni ta’mirlashlararo davrini va xizmat muddatini ta’minlash.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining asosiy 
vazifalari quyidagilar hisoblanadi: avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha 
ishlarning amaliy ahamiyati, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar 
tasnifi, yo‘llarni ta’mirlashlararo muddatini va xizmat muddatini ta’minlash, avtomobil 
yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tadbirlar tizimi va ularni rejalashtirish, 
avtomobil yo‘llarida ta’mirlash va saqlash texnologiyalarini rivojlanishi, avtomobil 
yo‘llarini ta’mirlash va saqlashda zamonaviy mexanizastiyani qo‘llash, murakkab 
sharoitda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil etish, avtomobil 
yo‘llarini saqlash texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini qish davrida saqlash 
texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish texnologiyalari, avtomobil 
yo‘llarini joriy ta’mirlash texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash 
texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish, 
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil etish va ishlarni qabul qilish, 
avtmobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha mablag‘lar sarfini hisoblash 
tamoyillari haqida talabalarning tushuncha va tassavurlarini shakllantirish [4, 26].
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha mavjud muammolar 
Respublika avtomobil yo‘llarining ko‘pgina qismi emirilgan, ta’mirlash va qayta 
tiklashga zarurat bor. Ko‘pgina avtomobil yo‘llari harakat bilan yuklangan, yo‘l holati 
nuqsonlari sabali yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘ladigan joylar mavjud. 
Avtomobil yo‘llarida ta’mirlash va saqlash ishlari hajmi talab darajasida emas. 
Adabiyotlarda keyingi yillarda “ta’mirlanmay qolgan yo‘llar” atamasi paydo bo‘ldi. 
Yo‘llarni moliyalashtirish sharoiti o‘zgardi. Oxirgi yillarda ta’mirlash ishlarini talab 
darajasida bajarilmayotganligi sababli avtomobil yo‘llarida “ta’mirlanmay qolgan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
281


yo‘llar” oshib bormoqda. Shuning uchun hozirgi vaqtda avtomobil yo‘llarida qulay va 
xavfsiz harakat sharoitini ta’minlash uchun birinchi darajali vazifa “ta’mirlanmay 
qolgan yo‘llar”ni bartaraf qilish va ta’mirlash va saqlashning samarali 
texnologiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi. 
Ko‘pchilik ushbu avtomobil yo‘llari tuzilmasi [27] talablari asosida «B» hisobiy 
guruh (o‘qqa tushadigan yuk 60-70 kN) avtomobillariga loyihalanib qurilgan, lekin 
bugungi kunda ushbu yo‘llarda harakat jadalligining o‘sishi bilan oqim tarkibida «A» 
hisobiy guruh (o‘qqa tushadigan yuk 100-110 kN) avtomobillarining harakati 
kuzatilishi, yo‘l tuzilmasi ko‘taruvchanligi pastligidan ko‘plab buzilishlar sodir 
bo‘lishiga olib kelmoqda.
Natijada mukammal ta’mirlashga bo‘lgan talab muddatidan [5, 28] oldinroq 
yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda respublikada ta’mirlash ishlarining o‘z muddatida 
bajarilmasligi, qurilish materiallarining talabga javob bermasligi, zamonaviy 
texnologiyalarning etishmasligi, sohada malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabning 
yuqoriligi va yo‘llarni saqlash ishlarining sifatsizligi kabi sabablar tufayli, 
“ta’mirlanmay qolgan yo‘llar” ko‘payib bormoqda va bu ko‘rsatkich umumiy 
foydalanishdagi yo‘l tarmog‘ining 59% ni tashkil qiladi [29].
Hozirgi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish tizimi 
ushbu muammoni bartaraf qilishda talabga javob bermaydi. Chunki ajratilgan 
mablag‘lar haqiqiy sarf-xarajatlarga muvofiq kelmaydi. Avtomobil yo‘llarini 
ta’mirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish amaliy ko‘rsatkichini 1991 yilgiga 
nisbatan solishtirganda 29,7% ga kamayganligini ko‘rish mumkin [30]. 

Download 249.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling