Avtomobilga kuchli dvigatel kerakligi tushunarli
Download 0.83 Mb.
|
Avtomobilga kuchli dvigatel kerakligi tushunarli
Avtomobilga kuchli dvigatel kerakligi tushunarli. Lekin zaruriy vaqtda avtomobilni imkoni boricha tezroq to’xtatadigan ishonchli tormoz tizimining ahamiyati ham undan kam emas. Ko’plab zamonaviy avtomobillarda gidravlik tormoz tizimlar qo’llaniladi. XIX asr oxirida paydo bo’lgan ilk avtomobillar davridan buyon avtomobil tormoz tizimida ko’plab o’zgarishlar, takomillashuvlar yuz berdi. Dastavval avtomobil tormoz tizimi g’ildirak gardishiga (diskaga) qisiladigan oddiy kolodka ko’rinishida namoyon bo’lgan. Bunga o’xshash tormozlar hozir ham velosipedlarda qo’llaniladi. Qisqa qilib aytganda, dastlabki avtomobillarning haydovchilari o’z ulovlarini o’zlarining jismoniy kuchlarini ishlatish evaziga to’xtatishgan. 1900 yillar boshida barabanli tormozlarni qo’llash boshlandi. Bu turkum tormoz tizimi uchun 1902 yilda Lui Reno patent oldi. Uning loyihasidagi tormoz kolodkalari yarim aylanali ichi bo’hs baraban ichkarisida joylashgan. Baraban kolodkalarni tashqi ifloslanishdan, yomg’ir, qorlardan himoyalagan. Bunday tormoz tizimi richaglar orqali harakatga keltirilgan. 1930 yillarga kelib avtomobillarning harakatlanish tezligi ancha ortib ketdi. Haydovchining muskul kuchi endilikda yetarli bo’lmay qoldi. Bu vaziyatning yechimi sifatida Gidravlik uzatmali tormoz tizimi ixtiro qilindi. Tormoz pedallari va tormozning o’zi ham siqiluvchanlik xususiyati yo’q moy –suyuqligi bilan to’ldirildi. Lekin 50- yillardan keying avtomobil sanoatidagi rivojlanish va tezlikning maksimal chegarasining navbatdagi ortishi, tormoz tizimlarini ham yanada takomillashtirish zaruriyatini paydo qildi. O’shanda kuchaytirgich tizimiga ega tormozlar ixtiro qilindi. Uning ishlash tamoyili gidravlik tormoz tizimi bilan aynan bir xil edi, faqat loyihalashda tormoz pedaliga vakuum tizimi bilan birga o’rnatilgan va bu tizim pedalning quvvatini kuchaytirishga hizmat qildi. Nihoyat, 1970 – yillardan boshlab diskli tormozlar foydalanishga chiqarildi. Bunday tormozlarda kolodkalar barabanning ichki sirtiga emas, balki cho’yan gardish (diska)larning tashqi aylana tekisligiga qisiladi. Agar haydovchi tormozni birdaniga qattiq ravishda bossa, avtomobil g’ildiraklarining blokirovkalanib qolishiga va mashinaning sirpanib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Hozirgi zamonaviy avtomobillarning aksariyatida Blokirovkadan himoyalangan tormoz tizimi (ruscha АБС – антиблокировочная тормозная система) o’rnatilgan. Bunda maxsus elektronika vositalaridan foydalaniladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling