Avtomobilni loyihalash va modellashtirish


Download 5.32 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.32 Kb.
#1554452
Bog'liq
Avtomobilni loyihalash va modellashtirish-fayllar.org


Avtomobilni loyihalash va modellashtirish

Avtomobilni loyihalash va modellashtirish



BAJARDI:JUMANIYOZOV DILSHODBEK

Mundarija:

Mundarija:

1
4


2
3
O'rgatuvchi qism
Mustahkamlovchi qism,
nazorat qiluvchi qism
mavzuga doir qo'shimcha manbaalar
Texnik modellashtirish jarayonida turli texnologik operatsiyalar o‘zlashtiriladi; metallar va metalmas materiallarning har xil turlari va markazlari bilib olinadi; zamonaviy texnikaning xaqiqiy namunalari tuzilishi va ishlashning asosiy prinsiplari tushuniladi, amaliy faoliyat jarayonida es umumta’limiy predmetlari bo‘yicha olingan bilimlar mustahkamlanadi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashinalar hamda mexanizmlarni yaratish jarayoni bilan, shuningdek yuksak darajada rivojlangan zamonaviy ishlab chiqarishning eng ilg‘or yo‘nalishlari: ishlab chiqarishdagi standartlashtirish va unifikatsiyalash, mehnatni kooperativlash hamda ilmiy asosda tashkil etish bilan; detallarni tayorlash va buyumlarni yig‘ishning tipovoy hamda gruppavoy texnologiyasi bilan; materiallardan ratsional foydalanish bilan mufssalroq tanishish imkoniyatini yaratadi.

Texnik loyihalash jarayoni. Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish - murakkab va uzoq muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o‘z tarkibiga muhandislik bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi.

Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari


  • . Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari – uning tashkiliy shakllari.

  • Oliy maktabda konstruksiyalash - texnologik masalalarni hal qilish uchun ta’limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar.

  • Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, deganda o‘quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham jamoa, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini faol, ongli va mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutildi.

Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari.


  • Bilimlarni to‘g‘ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika va prinsiplari va o‘rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon-pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya studentlarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o‘rinni egallaydi.

Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:


  • Muammoli ta’lim metodlari - o‘quv materialini muammoli bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi;

  • Og‘zaki metodlar - ijodiy suhbat;

  • Ko‘rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish;

  • Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;

  • Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish.

Nazorat uchun savollar:


  • 1.Muammolli ta’lim metodlari deganda nimani tushunasiz?

  • 2.O’g’zaki metodlar nima?

  • 3. Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari nima?

Nazorat testlari

Ijodiy faoliyat metodlari nechta?


2
5
3
4

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

NATO’G’RI


ORQAGA
To’g’ri
ORQAGA
http://fayllar.org
Download 5.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling