Davriy prokat
Sanoatni
yanada
rivojlanishi
detal
va
zagotovkalarga bo‘lgan talabni sezilarli oshishiga olib
keldi. Ayniqsa, metalldan foydalanish koeffitsiyentini
oshirish, metalni chiqitga chiqarishni kamaytirish, ish
unumini oshirish uchun ko‘prok bolg‘alab olinadigan
zagotovkalarni ixchamlashtirish uchun davriy prokat
chiqarilmokda. Davriy prokatlash yo‘li bilan uzunligi
bo‘yicha ko‘ndalang kesimi har xil bo‘lgan zagotovkalar, sharlar, shatun
zagotovkasi va boshqalar olinadi.
Davriy prokatda ko‘ndalang va vintli yoyish usuli bilan olib boriladi. Ko‘ndalang
yoyishda zagotovka ikkita bir tomonga aylanadigan jo‘valar orasidan o‘tadi.
Bunda jo‘valar maxsus qurilmalar yordamida oralardagi masofalarni
o‘zgartiradilar. Qurilma
shup
bilan birikkan bo‘lib, kopiroval lineykaga
mahkamlangan. Lineyka esa tortqiga mahkamlangan.
22-rasm.
Davriy
prokat
mahsulotlarini
ko‘ndalang
kesimi
23-rasm. Davriy prokatni yoyish