Avtomobilsozlik korxonalari dastgohlari
Download 26.58 Kb.
|
1 mavzu AKD
1 – Ma’ruza. Tema. “Avtomobilsozlik korxonalari dastgohlari” fanining texnikaviy va ilmiy fanlar, mehnat va politexnik ta’lim bilan bog’liqligi. Mashinasozlikda ishlatiladigan metallarga ishlov berish dastgohlari, ichki tuzilishi va fizikaviy, texnologiyaviy hamda texnikaviy xususiyatlari, ularga qo’yiladigan talablar. Dastgohlarda bajariladigan ishlar. Reja: O’zbekistonda mashinasozlik sanoatining rivojlanishi. Respublikamiz korxonalarida qo’llanilib kelinayotgan dastgohlar. Mashinasozlikda mehnat madaniyati. Dastgohchi, operator va display ishchi joyni tashkil qilish. O’zbekiston Respublikasining kelajakda rivojlangan davlatlar qatoriga kiritib boorish uchun mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini dunyo talabi darajasiga etkazish talab etiladi. Bunday talab darajasidagi detallarni olishda zamonaviy va Vatanimiz korxonalarida qo’llanilib kelinayotgan texnologik jihozlardan foydalana bilish lozim bo’ladi. Chunki hozirgi mashinasozlikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning konstruksiyasi uzluksiz murakkablashib, turi ortib bormoqda, ishlab chiqarish ob’ektlari, tez – tez almashinib, yangi mahsulotni o’zlashtirish muddatlari qisqarmoqda. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun moslanuvchan ishlab chiqarishtizimlarini keng ko’lamda qo’llash talab qilinmoqda. Bunday tizimlar EHM bilan boshqarilib, turli mahsulotlarni ishlab chiqarishga tezkorlik bilan moslana oladi. Mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning (RDB), avtomatlashtirish elementlarining (sanoat roboti, bunkerlik yuklovchi mexanizmlar va boshqalarning) kirib kelishi ishchi o’rinlarining avtomatik siklda ish bajarishga olib keladi va korxonadagi boshqa bo’limlar bilan aloqa bog’lashni ta’minlaydi. Mazkur texnologik jihozlar metallarga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish, ish unumdorligini oshirish, tayorlangan detallarning tannarxini kamaytirish, mahsulot sifatini va ishlab chiqarish tezliginioshirishi mumkin. Ushbu fanimizda respublikamiz korxonalarida qo’llanilib kelinayotgan dastgohlar: tokarlik dastgohlari, parmalash dastgohlari, jilvirlash dastgohlari, chatishtirilgan va fizik – kimyoviy ishlov beruvchi dastgohlar, tish va rez’balarda ishlov beruvchi, frezerlash, randalovchi, sidiruvchi va o’yishdastgohlari, RDB dastgohlari, moslnuvchan ishlab chiqarish modullari va ularda ishlov beriladigan detallar turlari, kesuvchi asboblar, moslamalar va boshqalar o’rganiladi. Mavzuni o’rganishdan maqsad talabalarga mehnat estetikasining tashqaridan kiritiladigan narsa emas, balki inson va texnika organik birligi muammolarini yechish asosida yuzaga kelishini ko’rsatishdan iborat. Texnika va u tomonidan yaratiladigan muhit inson organizmi imkoniyatlaridan ortiq talablarni qo’yishi mumkin. Ishlab chiqarishni estetik tashkil qilinishining birinchi vazifasi inson uchun nafaqat zarur, balki eng qulay va foydali bo’lgan muhit va texnikani yaratishdir. Buning uchun ishlab chiqarishda inson organizmining normal funksiyalanishiga nimalar to’sqinlik qilishi mumkin, buni oldini olish uchun ergonomika va dizayn nimalar qila olishi mumkinligini bilish zarur. Download 26.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling