Avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalar
Download 216.92 Kb.
|
Avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalar
Avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalar Bugungi kunda Transport vositalari va avtomobillar konstruktsiyalarini plastmassa materiallarisiz tasavvur qilish qiyin. Bu materiallarni ishlatish texnika vositalarining konstruktsiyalarini ixchamlash, massalarini kamaytirish, ishonchliligini oshirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish tannarxini va mehnat sarfini kamaytirish imkoniyatini yaratdi. Plastmassalarni keng kullanishiga ularni qimmatbaho metall va yog‘och materiallarining o‘rnini bevosita almashtira olishi, ko‘p o‘zilarda uzini xususiyatlari bilan ulardan ustun turishi sabab bo‘lmoqda. Plastmassalar tabiiy yoki sun‘iy smolalar asosida olinadigan yuqori molekulyar birikmalardir. Plastmassalar qizdirish va bosim ta‘sirida plastik deformatsiyalanib ma‘lum shakl olishi va bu shaklni turg‘un saqlab turishi mumkin. Plastmassalar ishlab chiqarish muntazam ko’payib, ulardan foydalanish sohalari kengayib bormoqda. Avtomobillarning konstruktsiyasini polimer materialsiz tasavvur qilish qiyin. Ularni ishlatish iqtisodiy jihatdan ham foydalidir, chunonchi, materiallarga sarf qilinadigan xarajatlar, detallar tayyorlashning mehnat sarfi kamayadi, detallar ancha yengillashadi, kapital mablag’ sarfi va ekspluatatsion sarflar (moylashga, ta’mirlashga) kamayadi va hokazo. Plastmassadan buyumlar tayyorlashda materiallar isrofi 5-10 %dan oshmaydi, metallardan tayyorlashda esa isrof ancha ko’p (60-70 %) bo’ladi. Plastmassadan olingan mahsulotlar metalldan tayyorlanganlarga nisbatan ikki-uch marta arzon bo’ladi. Plastmassalar murakkab tarkibga ega. Ularning asosiy qismini tabiiy yoki sun’iy smolalar (polimerlar) dan iborat bo’lgan bog’lovchi moddalar tashkil etadi. Ular molekulalari bir necha marta qaytariladigan kimyoviy bog’langan zvenolardan tashkil topgan moddalardir. Plastikligi, ya’ni kerakli shaklni olishi va uni saqlab qolishi polimerlarning o’ziga xos xossasidir. Ba’zi polimer birikmalarda atomlarning qo’shni guruhalari bikr karkas tarzda bog’langan bo’ladi. Bunday materiallar eruvchan bo’lmaydi. Plastmassa tarkibiga bog’lovchi moddadan tashqari yana quyidagilar kiradi: 1) To‘ldiruvchilar (yog‘och uni, qurum, shisha momiq, qog‘oz, asbest, gazlama, metall kukunlari va hokazo). To‘ldiruvchilar qimmat turadigan asosiy bog‘lovchi modda sarfini kamaytirish, shuningdek buyumning mustahkamligini oshirish, kirishishini kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Asbest tolalar materiallarning issiqqa chidamliligini oshirsa, metall kukunlari yoki grafit unga elektr va issiqlik o‘tkazish xossalarini beradi; 2) Plastifikatorlar (moylar, fosfor va ftal kislotalarining hosilalari); ular polimerlarni plastik va oson ishlanadigan qiladi; 3) Antioksidlovchilar - plastmassalarning havodagi kislorod, quyosh nuri ta’siriga chidamliligini oshiruvchi moddalar; 4) Buyoqlar, moylar, g‘ovak hosil qilgichlar va ba’zi boshqa moddalar. Plastmassalarning xossalari ularga qo‘shilgan moddalarning tarkibi va miqdoriga bog‘liq. Bu moddalar miqdorini uzgartirib, turli-tuman, hatto, oldindan belgilangan xossali birikmalar olish mumkin. Ko‘pgina plastmassalarning suvga chidamliligi, ko‘pgina agressiv moddalar va neft mahsulotlari ta‘siriga qarshi tura olishi ularning eng muhim ijobiy xossalaridir. Kimyo yutuqlari past haroratda ham, yuqori haroratda ham ishlay oladigan plastiklar olishga imkon beradi. Ko’pgina plastmassalar yaxshi elektr izolyatorlari (dielektriklar) bo‘lganligidan ulardan avtomobil va traktorlarning elektr jihozlarini tayyorlashda foydalanish mumkin. Issiqqa uncha chidamli emasligi, shuningdek, vaqt o‘tishi bilan o’z xossalarini o’zgartirishi, ya‘ni eskirishga moyilligi plastmassaning kamchiligidir. Lekin bu kamchiliklardan o‘zi bo‘lgan materiallar tobora qo’proq yaratilmoqda. Plastmassalarning avtomobil Transporti xo‘jaligida ishlatiladigan sohalari va ularning afzalliklari quyidagilardan iborat: - friktsion detallar (mufta disklarning ustquymalari, tormoz lentalari, kolodkalari va boshqalar) - katta va barqaror ishqalanish koeffitsenti ta‘minlanadi, yeyilishga chidamliligi ortadi; - antifriktsion detallar (sirpanish podshipniklari) - ishqalanish koeffitsenti kichrayadi, yeyilishga chidamliligi kamayadi, xizmat qursatish xarajatlari ortadi, shovqin pasayadi; - past va o’rtacha bosimli trubalar sistemasi (yonilg‘i, moy trubalari, sovo‘tish sistemalar va hokazo) - korroziyalanmaydi, rangli metallar ishlatilmaydi; - qistirma va zichlamalar (rangli metallar va probkalar urniga) zichlamalarning xizmat muddati uzayadi hamda ish samaradorligi ortadi; - yirik gabaritli konstruktsion detallar (kabina tom, bak, qanot, kapot va katerlar elementlari) - mashinalarga kam metall sarflanadi va ularning massasi kamayadi, korroziyalanish kamayadi, xizmat muddati uzayadi, ish sharoiti yaxshilanadi. Plastmassalar ikkita asosiy katta guruhga bo‘linadi: termoplastik va termoreativ plastmassalar. Qiziganda yumshab, juda plastik bo‘lib qoladigan, oson deformatsiyalanadigan, soviganda esa yana qotadigan va qayta yumshatsa bo‘ladigan plastmassalar termoplastik plastmassalar deb ataladi. Bunday materialni ko’p marta bir o‘ziatdan boshqa o‘ziatga o‘tkazish mumkin. Ular turli erituvchilarda eriydi. Bu polimerlardan tayyorlangan detallar uncha yuqori bo‘lmagan haroratda (60-70 0S gacha) ishlay oladi, ba‘zilari esa 160-200 0S gacha chidaydi. Qiziganda avval yumshaydigan va qisman suyuqlanadigan, sungra esa suyuqlanmaydigan va erimaydigan o‘ziatga o‘tuvchi plastmassalar termoreaktiv plastmassalar deb ataladi. Ular erituvchilarda erimaydi yoki bir oz shishadi. Termoreaktiv plastiklarni qayta ishlash qaytmovchan jarayondir. Vazifasiga kura plastmassalar quyidagicha tasniflanadi: -konstruktsion plastmassalar - yuqori, urtacha va past mustahkamlikka ega bo‘lgan, issiqlik va sovuq ta‘siriga chidamli, dekorativ-ishlov beriluvchi; -elektr va radiotexnik plastmassalar - elektroizolyatsion, elektr o‘tkazuvchi; -amartizatsion, tovush va issiqdan izolyatsiyalovchi; -friktsion va antifriktsion; -antikorrozion va agressiv muhit ta‘siriga chidamli (atmosfera, kislota, ishqor, neft mahsulotlari, erituvchilar va boshqalar ta‘siriga). Ko’pchilik plastmassalar bir necha sohalarda foydalanish mumkin bo‘lgan ko‘pleks xossalarga ega bo‘ladi. Masalan, polipropilendan murakkab shaklli detallar, tishli g‘ildiriklar, moylash va sovutish sistemasi filtrlari, probkalar, elektr jihozlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Polivinilxlorid esa - turli maqsadlarda ishlatiladigan, trubkalar, akkumopliyatorlar bankalari, nasos va ventilyatorlar detallari, o’rindiq materiallar, qistirmalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Download 216.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling