Avtopavilonning perspektivasi va soyalarini uning 3-O‘lchamli modeli orqali bajarish


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1585719
  1   2   3
Bog'liq
4-laboratoriya ishi PERSPEKTIVA



4-LABORATORIYA ISHI. AVTOPAVILONNING PERSPEKTIVASI VA 
SOYALARINI UNING 3-O‘LCHAMLI MODELI ORQALI BAJARISH 
ISHNING MAQSADI
Talabalarda AutoCAD grafikdasturida uch o’lchamli modellashtirish interfeysi 
bilan ishlash, interfeys elementlarini sozlash va ishchi muhit saqlash, uch o’lchamli 
modellashtirishda talabalar grafik loyihalar chizishda amaliy bilim va ko’nikmasini 
hosil qilish. 
ISHNING MAZMUNI 
AutoCAD grafik dasturida uch o’lchamli modellashtirish interfeysi bilan ishlash 
ma’lumot kiritish, beriladigan vazifaning 3D modelini tayyorlashgao’rgatish. 
Avtopavilonning perspektivasini bajarish asnosida 3D grafik dasturning interfeys 
elementlarini hamda chizish imkoniyatini o’rgatish. 
AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash. AutoCAD dasturida 3D modellarini 
qurish uchun dastlab dasturni 3D muhitida ishlash uchun moslashtirish
kerak bo’ladi. Buning uchun 3D geometrik ob’ektlarni yaratish, tahrirlash 
vizuallashtirish kabi funktsiyalar bilan bog’liq qo’shimcha panellarni ekranga
chiqarish talab etiladi.
Qo’shimcha panellarni ekranga chiqarish uchun ekranda mavjud panellardagi 
biron bir buyruq piktogrammasi ustida sichqoncha o’ng tugmasi bosiladi va AutoCAD 
panellari ro’yxati ekranga chiqariladi (1-rasm).
Ro’yxatda oldin tanlangan 2D modellashtirish uchun zarur bo’lgan 8 ta panellarga 
qo’shimcha ravishda yana 7 panel tanlanadi. Bular:
1. «Вид» - «Ko’rinish»,
2. «Визуальные стили» - «Vizual uslublar»,
3. «Моделирование» - «Modellashtirish»,
4. «Орбита» - «Orbita»,
5. «ПСК» (pol’zovatel’skaya sistema koordinat) - «FKT» (foydalanuvchi
koordinatalar tizimi),
6. «Редактирование-2» - «Tahrirlash-2»,
7. «Редактирование тела» - «Jismni tahrirlash» panellari.
Endi jami panellar soni 15 ta bo’lib, oldingi 2D panellari vaziyati o’zgartirilmagan 
holda yangi 3D panellari qulay qilib ekranga joylashtirib chiqiladi.
Ish jarayonida panellar vaziyatini o’zgartirib turish tavsiya etilmaydi. 2-rasmda 
panellarni joylashuvi namuna sifatida keltirilgan bo’lib, ular o’rnatib chiqilgandan so’ng 
albatta panellar vaziyatini dastur xotirasida saqlab qolish tavsiya etiladi va panellar 
joylashuvi o’zgartirib yuborilganda saqlangan ish muhitiga o’tib panellarning oldingi 
vaziyatini tiklash mumkin bo’ladi. 



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling