Avtopoliplodiya va allopoliplodiya Sitoplazmatik mutatsiyalar


Download 72.62 Kb.
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi72.62 Kb.
#1837878
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtopoliplodiya va allopoliplodiya Sitoplazmatik mutatsiyalar-fayllar.org

monosomiklar deb ataladi. Kam hollarda xromosomalar to‘plamida ikkita, uchta xromosoma ortiq bo‘lishi mumkin. Agar xromosomalar to‘plamida 2 ta xromosoma ortiq bo‘lsa (2n+1+1) tetrasomik, 3 ta xromosoma ortiq bo‘lsa (2n+1+1+1) pentasomik va hokazo deb ataladi. Ayrim hollarda xromosomalar to‘plamida gomologik xromosomalardan bir jufti etishmasligi (2n-2) mumkin. Bunday xromosomalar to‘plamiga ega organizmlar nullisomiklar deb ataladi.
Geteroploidiyaning kashf qilinishi birinchi marta xromosomaning genotipdagi rolini aniqlash imkoniyatini berdi. Bitta yoki bir juft xromosomaning qo‘shilib qolishi, aksincha tushib qolishi - etishmasligi fenotipda katta o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi. SHundoq ham ma’lumki, geteroploidiyada birinchi navbatda genlar muvozanati buziladi, natijada birinchi navbatda ular hayotchan bo‘lmaydilar, yoki hayotchanliklari juda kam bo‘ladilar.
Drozofila pashshasining bitta xromosomasi kam bo‘lgan formasi aniqlangan. Bu nuqtasimon shakldagi IV xromosoma. Aniqlangan pashshada ana shu nuqtasimon xromosomaning bittasi etishmagan organizm gaplo - IV deb nomlangan. Bunday pashshaning xromosomalar to‘plami hujayrada 2n–1 bo‘lgan, ya’ni monosomik bo‘lgan. Etishmagan xromosomada joylashgan gen allellari o‘zlarining dominant allellari yo‘qligi uchun fenotipda namoyon bo‘ladi. Bunday monosomik pashshada qator belgilar fenotipda yuzaga chiqa-di. Masalan, pashsha tanasi kichraygan bo‘lib, kam pushtli, morfologik belgilaridan qanotlari, ko‘z shakli, muguzsimon tuklari va boshqa belgilari o‘zgargan holatda bo‘ladi. Aksincha, IV xromosomaning bittaga oshishi (2n+1)–triplo-IV ham jiddiy morfologik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Xromosomalar to‘plamida IV xromosomaning bittasi etishmasligi hayotchanlikka ta’sir qilmagan holda boshqa xromosomalar, masalan II va I, III xromosoma etishmasa letal holat yuz beradi, ya’ni pashshalar halok bo‘ladi. Bu xromosomalar genetik jihatdan bir xil mavqega ega emasliklarini ko‘rsatadi.
Geteroploidiya hodisasi bangidevona (Datura stramonium) o‘simligida xromosomalar to‘plami 2n=24 ekanligi A.Bleksli va D.Belling tomonidan aniq ko‘rsatib berilgan. Ular bu o‘simlikda tajribalar o‘tkazib, har bir juftga xromosoma qo‘shilganda, ya’ni har bir juft xromosoma bo‘yicha geteroploidlar olinganda, ularda ma’lum belgilar bo‘yicha, masalan, ko‘saklarning hajmi kichrayishi, tuzilishining o‘zgarishi yoki bir vaqtning o‘zida bir qancha belgilari o‘zgarishini ko‘rsatib berishgan.
Xulosa: Geteroploidiya bug‘doy, makkajo‘xori, tamaki, g‘o‘za va boshqa o‘simliklarda olingan. Geteroploidlar yoki aneuploidlar olish yo‘li bilan har bir xromosomaning genetik tarkibini aniqlash mumkin. Xromosomalarda joylashgan genlar va ular ta’min etadigan belgilarni bilgan holda bir o‘simlikning ma’lum xromosomasini boshqa bir o‘simlik xromosomasi bilan almashtirish mumkin. SHu yo‘l bilan hozirgi vaqtda bug‘doy xromosomasi javdar xromosomasi bilan almashtirilgan.
Geteroploidiyani o‘rganish har bir xromosomaning va shuningdek genom evolyusiyasini o‘rganishga hamda madaniy o‘simliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga yordam beradi.
Download 72.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling