Triticum L. turkumidagi turlar orasida quyidagi poliploid qator borligi aniqlandi:
1) Diploid tur - Triticum monococcum 2n=14 (2x), genom AA.
2) Tetraploid tur - Triticum durum 2n=28 (4x), genom AAVV.
3) Geksaploid tur - Triticum aestivum 2n=42 (6x), genom AAVVDD.
Bug‘doyning bu turiga mansub navlar eng yuqori hosildorlikka ega bo‘lib, yuqori sifatli mahsulot beradi. SHuning uchun ular dunyo donchiligining asosiy maydonlarini egallaydi.
Dunyo dehqonchiligida etakchi o‘rinni egallab turgan allopoliploid madaniy o‘simliklar qatoriga g‘o‘za o‘simligi turkumi (Gossypium L.) ning turlari ham kiradi. Bu g‘o‘za turlarida quyidagi 2 ta poliploid qator mavjud: 1) diploid turlar 2n=26 (2x). Ular jumlasiga aksariyat yovvoyi va madaniy g‘o‘za turlari kiradi. Masalan, diploid madaniy turlar qatoriga Gossypium herbaceum va Gossypium arboreum kiradi. 2) allotetraploid g‘o‘za turlari guruhiga Gossypium hirsutum va Gossypium barbadense turlari kiradi. Ularning navlari dunyo paxtachilik maydonining asosiy qismini egallaydi. Ularning kariotipi va genom guruhi quyidagicha 2n=52 (4x), genom AADD (ilovada 104-rasm). G‘o‘zada allotetraploid turlar kelib chiqishining genetik va sitogenetik asoslarining sxemasi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |