Avtosanoat tarmog’idagi jahon tajribalari va O’zbekiston Respublikasi avtosanoatining istiqbol yo’nalishlari


Download 34.04 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi34.04 Kb.
#1643933
1   2
Bog'liq
avtosanoat muammosi

Magniy — avtosanoatda qo‘llaniladigan qotishmalar uchun asosiy unsurlardan biri.
Sababi — Xitoy magniy ishlab chiqarishga joriy etayotgan cheklovlar, ushbu mamlakat jahondagi metalning 80 foizini yetkazib beradi. Elektr energiyasi taqchilligi ortidan Xitoy temir erituvchi 50 ta zavodidan 35 tasini yopishga majbur bo‘ldi.
Xitoy ichki energiya taqchilligi inqirozini «o‘chirish» bilan band bir paytda, dunyoning qolgan qismida yanada ulkan yong‘in paydo bo‘lishi ehtimoli katta va uning oqibatlari faqat avtosanoat bilan cheklanmaydi. Vaziyat o‘nglanmas ekan, global iqtisodiyot mashinasi xitoylik yo‘lovchining bir imosi bilan to‘xtashda davom etadi.
“O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekistondagi avtomobil sanoati muammolari haqida fikr bildirib o‘tdi.
“Avtomobil sanoatining yomon holatga tushib qolishi bo‘yicha 3-4ta yo‘nalishni belgiladim. Birinchisi - butun dunyoda inqiroz bo‘ldi. Biz juda ko‘p avtomobillarni eksport qilar edik. Bu inqirozning ta'siri bizdan hali ketgani yo‘q. Chunki boshidan sog‘lom raqobatga chidashi mumkin bo‘lgan tizim yaratilmagan. Monopoliyaga suyanib qolgan holda faoliyat olib borilgan. Biz buni bartaraf etamiz. 
Keyingisi: nosog‘lomlikka olib kelgan tizim, ya'ni ikki xil kursning bo‘lgani. Hozir devalvatsiya, dollar birga bir ko‘tarildi, biroq avtomashinalar narxi unchalik oshmadi. 50 foizgacha bo‘lgan ehtiyot qismlarini valyutaga olmaymiz, qolgan hammasini valyutaga keladi. Biz mashinalar narxini 50 foizgacha oshirmaganmiz. 
Shuningdek, korrupsiyalashgan holat. Imtiyoz, preferensiyalar ko‘p berilgan joyda korrupsiya rivojlanadi. Bizda intellektual mulk ham yo‘q. 
Bularni birdaniga tuzatib bo‘lmaydi. Sababi bu sohani umuman yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Kadrlarni talab darajasida o‘qitamiz, ish joyi yaratiladi”, - deydi Umurzoqov.

“UzAuto Motors” ishlab chiqarish sur’atlarini bosqichma-bosqich oshirib bormoqda.


Dunyo bo‘ylab avtomobillar narxining ko‘tarilishi to‘xtashni o‘ylamayapti. Bir necha oy davomida dilerlar talabning pasayishini qayd etishdi, garchi u hali ham taklifdan oshib ketgan bo‘lsa-da; shunga ko‘ra, narxlarning o‘sish tendensiyasi davom etmoqda.
Logistika muammolari avtosanoatdagi inqirozga sabab bo‘lgan oxirgi omil emas edi. Misol uchun, yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli Rossiya AvtoVAZ ishlab chiqarish faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi va mahsulot qatorini jiddiy ravishda qisqartirdi, bu, albatta, daromadga juda salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Hammasi bo‘lib, 2021 yilda Rossiyadagi avtomobilsozlik korxonalari logistika ta’minoti buzilishi tufayli o‘tgan yilga nisbatan 7,7 million dona kam avtomobil ishlab chiqargan.
Barcha yirik kompaniyalar shu kabi qiyinchiliklarga duch keldi.Masalan, 2021 yil bahorida Hyundai o‘zining Janubiy Koreyadagi asosiy korxonasi ishini bir haftaga kechiktirdi va Volkswagen butun dunyo bo‘ylab deyarli 100 mingta avtomobil ishlab chiqarishdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ford va Toyota uchun vaziyat yaxshi emas. Hatto General Motor AQSh, Kanada va Meksikadagi uchta zavodida ishlab chiqarishni vaqtincha sekinlashtirdi, Janubiy Koreyadagi zavodlarida esa o‘tgan yili ishlab chiqarish ikki baravar kamaydi.
Hozircha ekspertlar ijobiy prognozlar berishni xavf ostiga qo‘ymaydi, chunki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishdagi qiyinchiliklar tufayli yuzaga kelgan COVID’dan keyingi shokdan asta-sekin uzoqlashayotgan bo‘lsa-da, avtosanoat hali ham titrayapti. Avtomobillar uchun navbatlar saqlanib qolmoqda.
“UzAuto Motors” uzoq vaqt davomida ishlab chiqarishning barqaror darajasini saqlab qolishga harakat qilib, logistikadagi uzilishlarni muvaffaqiyatli yengib kelmoqda. Biroq sohaga doimiy bosim ostida kompaniya boshqa yirik o‘yinchilarni kuzatib, ma’lum avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Xullas, o‘tgan yilning 20 dekabridan beri xaridorlar Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillariga buyurtma bera olmayapti. Ammo bu vaqt ichida kompaniya xodimlari diqqatini oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni yaratishga qaratishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bunday strategik qadam muhim rol o‘ynadi, chunki “UzAuto Motors” 2022 yilning yanvar oyida o‘z faoliyatini sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Cobalt avtomobilini ishlab chiqarish kuniga o‘rtacha 342 donadan 420 donagacha (+23 %), Lacetti ishlab chiqarish esa 262 donadan 360 donagacha (+30 %) oshdi. Bundan tashqari, payvandlash sexi ishida rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi. Ustaxonada kuniga 457 ta kuzov ishlab chiqariladi.
Download 34.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling