Avtoservis xizmatida avtomobillarga txk ishlarining bajarilishi


-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha TXK-2 davriyligining oshib borishi 3-rasm


Download 0.5 Mb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1498619
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AVTOSERVIS XIZMATIDA AVTOMOBILLARGA TXK ISHLARINING BAJARILISHI

2-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha TXK-2 davriyligining
oshib borishi

3-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha KXK ish hajmining Kamayishi
TXK va T tizimini takomillashtirishda 1963 yilda avtomobilsozlik sanoati namoyondasi sifatida sobiq ittifoqning mashinasozlik va avtomobilashtirish davlat qo’mitasi va avtotransport sohasi namoyondasi sifatida sobiq RSFSR avtomobil transporti va shosse yo’llari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom” alohida bosqich bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan avtomobillarning amaldagi texnik darajasi va ishonchliligi birinchi marta davlat miqyosida me’yor sifatida tan olingan va tasdiqlangan edi 1984 yilda sobiq Ittifoq avtomobilsozlik sanoati va sobiq RSFSR avtomobil transporti vazirliklari tomonidan yangi “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T haqidagi Nizom” da avtomobil ishlab chiqaruvchilari va avtotransportchilar tomonidan hamkorlikda yangi avtomobillar darajasini baholash, ishlash sharoitini hisobga olgan holda avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi (ATE) me’yorlarini resurslar bo’yicha va tezkor to’g’rlash masalalari aniq keltirilgan.
Nizom ikki qismdan iborat. Birinchi qismda TXK va T asoslari, tarmoqdagi texnik siyosat, TXK va T turlari va vazifalari, davriylik, ish hajmi, avtomobil va agregatlar resursi, TXK va JT da turish me’yorlari, TXK ning namunaviy umumlashgan amallar nomlari, ekspluatatsiya sharoitini hisobga olish va me’yorlarini tuzatish usulari, TXK va T ni tashkil qilish bo’yicha asosiy qoidalar keltirilgan. Ikkinchi qismda muayyan avtomobil rusumlari va modifikatsiyalari bo’yicha me’yorlar, shu jumladan:
TXK va T turlari, TXK davriyligi, amallar ro’yxati va ish hajmi, avtomobil resursi (yoki mukammal ta’mirgacha bosgan yo’li), ish hajmining ish turlari bo’yicha taqsimoti, ximmotologik karta va boshqa ko’rsatmalar keltirilgan.
Bu Nizomda sobiq ittifoq avtomobil zavodlarida ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun me’yorlar keltirilgan bo’lib, hozirgacha o’sha avtomobil rusumlari uchun amal qiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling