Avtotransformator bu shunday transformatorki, unda chulg‘amlar orasida magnit bog‘lanishdan tashqari elektrik bog‘lanish ham mavjud


Transformatorlarning sovitish sistemasi


Download 376.14 Kb.
bet7/8
Sana01.11.2023
Hajmi376.14 Kb.
#1736964
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

Transformatorlarning sovitish sistemasi.


Transformatorlarning ishlash jarayonida elementlari qiziydi va natijada isroflar yuzaga keladi. SHuning uchun bu isroflarni kamaytirish, transformator quvvatini oshirish va ularni uzoq vaqt berilgan xarakteristikalari bilan ishlashlarini tahminlash uchun sovutish sistemalari qoʻllaniladi.
Sovutish muhiti sifatida havo va transformator moyidan foydalaniladi.
Transformatorlarning quvvati va tipiga koʻra sovutish sistemalari quyidagi turlarga boʻlinadi.

  1. Havoli (quruq) sovutish («S»). 1600 kVA gacha quvvatli transformatorlarda.

  2. Tabiiy moyli sovutish («M»). 16000 kVA gacha.

  3. Moyni tabiiy aylanishili puflashli sovutish («D»). 63000 kVA gacha.

  4. Moyni havoli sovutgichlar orqali majburiy aylantirishli puflashli sovutish («DTS»). 63000 kVA va undan yuqori.

  5. Moyni suv bilan sovutiladigan sovutgichlar orqali majburiy aylantirishli moyli suvli sovutish («TS»), 80000 kVA va undan yuqori va «DTS» sovutish sistemasiga oʻhshash.

Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish havoning tabiiy konvektsiyasi va qisman havoga nur chiqarish yoʻli bilan bajariladi. Bunday transformatorlar «quruq» nomini olgan. Havo bilan tabiiy sovitish shartli ravishda quyidagicha belgilanadi: ochiq tayyorlanganida C, himoyali tayyorlanganida CZ; germetik tayyorlanganida CG.
«Quruq» transformator choʻlgʻami haroratining sovituvchi muhit haroratidan yoʻl qoʻyiladigan oshish chegarasi izolyatsiyaning qizishga chidamliligi sinfiga bog`liq va GOST 11677–75 ga muvofiq A sinfi uchun 60° S; E sinfi uchun 75° S; V sinfi uchun 80° S; S sinfi uchun 100° S; N sinfi uchun 125° S dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Sovitishning bu tizimi kam samarali boʻlganligi sababli kuchlanishi 15 kV gacha, quvvati 1600 kVA gacha boʻlgan transformatorlar uchun qoʻllaniladi.
Moy bilan tabiiy sovitish (M) 16000 kVA va undan kam quvvatli transformatorlar uchun qoʻllaniladi. Bunday transformatorlarda choʻlgʻam va magnit oʻtkazgichda ajralgan issiqlik ular atrofidagi moyga beriladi, bu moy bak va radiator trubalarida aylanib, uni atrofdagi havoga beradi. Transformator yuklamasi nominal boʻlganda moyning harorati yuqorigi eng qizigan qatlamlarida ±95° S dan oshmasligi kerak (PTE 35.13–§).
Atrofga issiqlikni yaxshi tarqatish uchun transformatorlar baki, quvvatga qarab, qovurg`alar, sovitish trubalari yoki radiatorlari bilan jihozlanadi.
Moyni puflash va tabiiy sirkulyatsiyalash yoʻli bilan sovitish (D) katta quvvatli transformatorlarda qoʻllaniladi. Bu holda radiator trubalaridan tashkil topgan osma sovitgichlarga ventilyator oʻrnatiladi.
Ventilyator pastdan havoni soʻradi va trubalarning yuqorigi qizigan qismiga haydaydi. Ventilyatorlarni ishga tushishi va toʻxtashi transformatorning yuklamasi va moyning qizish haroratiga qarab, avtomatik amalga oshirilishi mumkin. SHunday sovitiladigan transformatorlar, agar yuklama quvvatining nominal qiymatini 100% idan oshmasa, moyning yuqorigiqatlamining harorati esa +55°S dan yuqori boʻlmasa, shuningdek, sovitadigan havo harorati minus boʻlsa hamda yuklamadan qathiy nazar moy harorati +45°S dan yuqori boʻlmasa, puflash toʻliq toʻxtatilgan holda ishlashi mumkin (PTE 3510). Nominal yuklamada ishlayotganda moy yuqorigi qatlaminiig yoʻl qoʻyiladigan haroratining maksimal chegarasi +95°S bo`ladi.
Moyni puflash va moyni havo sovitgichlar orqali majburiy sirkulyatsiyalash yoʻli bilan sovitish (DTS) quvvati 63000 kVA va undan katta boʻlgan transformatorlar uchun qoʻllaniladi. Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa trubalar tizimidan tashkil topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr nasoslari moyning sovitgichlar orqali uzluksiz majburan sirkulyatsiyasini hosil qiladi (6.3–rasm).
Moy katta tezlikda sirkulyatsiyalanishi, sovitish yuzalari kattalashgani va jadal puflash hisobiga sovitgichlar issiqlikni koʻp uzatadi va ixchamdir. Sovitishning bunday tizimiga oʻtish transformatorlarning oʻlchamlarini ancha kamaytirish imkoniyatini beradi.


    1. –rasm. “DTS”- tizimi sovitkichning printsipial sxemasi: 1–transformator baki; 2–elektr nasosi; 3–adsorb filtr; 4–sovitkich; 5–puflash ventilyatorlari.

Sovitgichlar transformatorlar bilan bir poydevorga yoki transformatorning baki yonidagi alohida poydevorga ornatilishi mumkin.
“DTS” sovitish tizimli transformatorlarda moyning maksimal yoʻl qoʻyilgan harorati
+75°S.
Moy majburan sirkulyatsiyalanadigan moy–suvli sovutish (TS) printsipial jihatdan DTS
tizimiga oʻxshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi sovitgichlar trubalardan iborat boʻlib ular ichida suv aylanadi, trubalar orasidan esa moy yuradi.
Moy sovitgichga kirayotgan moy harorati +70°S dan oshmasligi lozim.
Transformatorning moy tizimiga suv tushishining oldini olish uchun moy sovitgichlardagi moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida 0,02 MPa (2 N/sm2) ga ortiq boʻlishi kerak. Sovitishning bu tizimi samarali, biroq konstruktsiyasi jihatidan ancha murakkab boʻlib, gidrostantsiya va yopiq xonalarga oʻrnatiladigan (100 MVA va undan yuqori) quvvatli transformatorlarda ishlatiladi.
DTS va TS sovitish tizimli transformatorlarda moyni majburan sirkulyatsiyalash qurilmasi transformator ishga tushishi bilan bir vaqtda avtomatik ulanishi va transformatorning yuklamasidan qat`iy nazar uzluksiz ishlashi kerak. SHu bilan birga, ishga tushiriladigan sovitgichlar soni transformatorning yuklamasiga qarab aniqlanadi. Bunday transformatorlar moyning va sovituvchi suvning sirkulyatsiyalanishini toʻxtatish, ventilyatorni toʻxtatish kerakligi haqidagi signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak.
Har bir transformator quyida koʻsatilgan tartibdagi shartli harfiy belgilarga ega:

    1. fazalar soni (bir fazali uchun–0, uch fazali uchun–T);

    2. sovitish turi–yuqorida keltirilgan tushuntirish asosida;

    3. turli kuchlanishli tarmoqlarda ishlaydigan choʻlgʻamlar soni (agarda u ikkitadan ortiq boʻlsa); uch choʻlgʻamli transformatorlar uchun T, ajratilgan choʻlgʻamli transformator uchun R (fazalar sonidan keyin koʻrsatiladi).

    4. choʻlgʻamlardan biri RPN qurilmasi bilan tayyorlangan boʻlsa, qoʻshimcha N harfi bilan belgilanadi;

    5. avtotransformatorlarni belgilash uchun birinchi oʻrinda A harfi qoʻshiladi.

Harfiy belgidan keyin nominal quvvat va kuchlanish sinfi koʻrsatiladi. Bir xil parametrli, bir xil konstruktsiyali turli korxonalarda ishlab chiqariladigan transformatorlar uchun, shu konstruktsiyadagi transformatorlar qaysi yildan boshlab ishlab chiqarilishi koʻrsatiladi.
Masalan: TMN–10000/110–95–uch fazali, ikki choʻlgʻamli, moy bilan tabiiy sovitiluvchi, RPN li nominal quvvati 10000 kV.A, 110 kV sinfli, 1995 yilda yaratilgan konstruktsiyali transformator.

Download 376.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling