Demak ushbu masalada rostlash halqasining qalinligi 3 mm ga teng.
Differensial qutisi podshipniklarini oldindan taranglash va bosh uzatma shesternya tishlari orasidagi yon tirqishni rostlash.
|
Maxsus moslama, maxsus kalit.
|
1-qopqoq; 2-richag;
3, 5, 7, 9, 11 – vintlar;
4-kronshteyn;
6, 8 – indikatorlar;
10-kronshteyn; 12-kalit;
13-yetaklovchi shesternya.
1, 2-rostlash gaykalari;
A-boshlang’ich o‘lcham.
|
Buning uchun A95688 R va A 55085 maxsus moslama va kalitdan foydalaniladi.
1. Reduktor karteriga moslama 3 va 11 vintlarni qaydlovchi plastinkasi uchun mo‘ljallangan bolt teshiklariga qotiriladi.
2. Moslama yo‘naltirgichi bo‘yicha indikator kronshteyni 4 uning richagi 2 qopqoqning tashqi yuzasiga tekkuncha surilib, vint 5 qotiriladi.
3. Vintlar 1 va 9 bo‘shatilib kronshteyn 10 indikator oyog’i 8 yetaklovchi shesternya tishining chekka yuzasiga tayanguncha suriladi va vintlar 7 va 9 mahkamlanadi.
4. Sozlash gaykasini burab shesternya tishlari orasidagi yon tirqish 0,08-0,13 mm bo‘lguncha siqiladi. Bunda podshipniklar dastlabki taranglikka ega bo‘lmasin.
5. Soz rostlash gaykalari 1 va 2 ketma-ket va bir tekis buralib, podshipniklarda taranglik hosil qilinsin. Bunda «A» masofaning uzunligi o‘zgaradi va u indikator 6 orqali aniqlansin.
6. Differensial qutisi podshipniklari «A» masofa 0,14-0,18 mm ga yetguncha rostlash gaykalari bilan tortiladi.
7. Asosiy shesternya tishlari orasidagi yon tirqish tekshiriladi va u 0,08-0,13 mm oraliqda bo‘lishi ta’minlansin.
8. Agar tirqish katta bo‘lsa yetaklovchi shesternya yetaklanuvchi shesternyaga yaqinlashtiriladi, agar tirqish kichik bo‘lsa yetaklanuvchi shesternya yetaklovchi shesternyadan uzoqlashtirilsin.
|