Avzu: Ta’lim muassasasi menejmenti Reja: Boshqarishning mohiyati va tuzilishi Ta’lim tizimini boshqarishning maqsadi Ta’lim tizimini boshqarish vazifalari va turlari Foydalanilgan adabiyotlar


Download 95.25 Kb.
Sana13.09.2023
Hajmi95.25 Kb.
#1677452
Bog'liq
boshqaruv


avzu: Ta’lim muassasasi menejmenti Reja: 1. Boshqarishning mohiyati va tuzilishi 2. Ta’lim tizimini boshqarishning maqsadi 3. Ta’lim tizimini boshqarish vazifalari va turlari Foydalanilgan adabiyotlar

  • Tayyorladi: Urmonov Asadbek

  • O’qituvchi: To’raboyeva Madina

Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo`lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to`g`ri tashkil etilishi juda muhim.

  • Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo`lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to`g`ri tashkil etilishi juda muhim.

  • Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o`ta muhim hisoblanadi.

Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko`rsatish demakdir.

  • Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko`rsatish demakdir.

  • Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko`ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag`batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.

  • Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo`yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o`rniga «o`zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo`llanilmoqda.

  • Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o`zaro hurmat bilan tavsiflanadi.

  • Umumiy o`rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom, ta’lim muassasasalarining Ustavi – ta’lim muassasalarini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati. O`zbekiston Respublikasining «Umumiy o`rta ta’lim to`g`risida»gi Nizomi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:

  • Umumiy qoidalar.

  • Umumiy o`rta ta’limning maqsadi va vazifalari.

  • Umumiy o`rta ta’limni tashkil etish.

  • O`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

  • Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  • Umumiy o`rta ta’limni boshqarish.

  • Mablag` bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.

  • Xalqaro hamkorlik.

  • Nizomga asosan, umumiy o`rta ta’limning maqsadi o`quvchilarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o`qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini ro`yobga chiqarish hisoblanadi.

1.Ta’lim menejmenti tushunchasi. “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuida ta’lim tizimini boshqarish. Ta’limni boshqarishda vakolatli davlat organlari va ularning xuquqlari.

2.O`zbekiston Respublikasining “Umumiy o`rta ta’lim xaqida”gi Nizomi. “Akademik litsey va kasb-xunar kolleji xaqida”gi Nizom.Maktab - pedagogik tizim va boshqarishning ob’ekti sifatida. Maktabni boshqarish prinsiplari.

3. Maktabning ichki boshqaruvi, uning tuzilishi va vazifalari. Pedagogik Kengash va uning vazifalari. Uslubiy Kengash va uning vazifalari. Maktab direktorining vazifalari.Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Malaka oshirish shakllari. Pedagog kadrlar attestatsiyasi. Maktabda ichki nazorat va pedagogik faoliyatni tashkil qilish. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni xamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o`qituvchi faoliyati mazmuniga qo`yiladigan talablar. O`qituvchining umumiy madaniy saviyasi. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat. Pedagogik qobiliyat.Pedagogik muloqot. Pedagogik muloqot uslubi va uning tuzilishi. Pedagogik muloqot uslublarining tasnifi va xususiyatlari. Pedagogik nizolar, ularni bartaraf etish texnologiyalari.Pedagogik faoliyatda ijodiyot va innovatsiya.Pedagogik texnika tushunchasi. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Nutq - muloqot vositasi ekanligi. Nutq texnikasi.O`z ustida ishlash - pedagogik mahoratni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida. Ilg`or pedagogik tajribalarni o`rganish.


Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo’lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to’g’ri tashkil etilishi juda muhim.

Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o’ta muhim hisoblanadi.

Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir.

Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko’ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.

Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo’yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o’rniga «o’zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo’llanilmoqda.

Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan tavsiflanadi.

Xo’sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?

Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo’nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.

«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o’z mulklari va xodimlarni o’zlari boshqarganlaridan ko’ra tanlangan yo’nalish bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so’ng paydo bo’ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.

Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so’z yuritilganda, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so’z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to’xtalib o’tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:

uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib borilishi;

barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi;

ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;

moliya-xo’jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;

ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatish huquqi beriladi;

muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o’z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so’zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o’lchovga ega;

ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi);

menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi;

ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

YUqoridagilardan ko’rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o’qituvchilar, o’quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.

Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining (1997 yil) 3-moddasida belgilangan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida O’zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan.

Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi O’zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o’zini vakolatlik doirasida:

ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;

davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo’lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;

o’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etadi, o’quv va o’quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;

ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;

davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.

Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:

Xalq ta’limi bo’limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga bo’ysunadi.

Qoraqalpoq respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati ikki yuqori organ nazorati ostida tashkil etiladi:

Yuqorida qayd etilgan organlar maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning rivojini ta’minlash uchun ko’maklashadi. Ularning vakolatiga maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlarini tayinlash ham ikradi.

Maktabni boshqarish ishiga maktab inspektsiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi bo’limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o’rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg’or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yo’llarini izlaydi, maktab direktori va o’qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko’rsatadi.

Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o’rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo’naltirilgan faoliyatidir.

Bir yilda bir marta o’tkaziladigan maktab konferentsiyasi ham jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferentsiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi.

Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko’rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.

Umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom, ta’lim muassasasalarining Ustavi – ta’lim muassasalarini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati. O’zbekiston Respublikasining «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida»gi Nizomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:

Umumiy qoidalar.

Umumiy o’rta ta’limning maqsadi va vazifalari.

Umumiy o’rta ta’limni tashkil etish.

O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Umumiy o’rta ta’limni boshqarish.

Mablag’ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.

Xalqaro hamkorlik.

Nizomga asosan, umumiy o’rta ta’limning maqsadi o’quvchilarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini ro’yobga chiqarish hisoblanadi.

Umumiy o’rta ta’lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, majburiy va qo’shimcha komponentlar umumiy o’rta ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi.

Majburiy komponent davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi va o’quvchilarni tayyorlashning o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta o’rganish va kasb egallash uchun yetarli bo’lgan zarur darajasini belgilaydi.

Qo’shimcha komponent o’quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Qo’shimcha o’quv yuklanmalarining hajmi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. O’quvchilar bilim sifati va ta’lim natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o’tkazish ham nazarda tutiladi.

Bosqichli nazorat o’quv yili tamom bo’lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va o’quvchini navbatdagi sinfga o’tkazish to’g’risidagi qaror qabul qilinadi.

Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo’lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.

Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko’rsatiladi:

davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zahirasini egallash yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;

bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o’rgatish).

SHuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo’yiluvchi talablar, o’qituvchi, o’quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.

Mazkur o’quv yurtida o’quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning o’quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa o’quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, o’quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to’laqonli rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Ustavda o’z-o’zini boshqarish, jamoada o’zaro munosabatning o’rnini kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. CHunonchi, ta’lim muassasasining direktori o’qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so’zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas.

O’zbekiston Respublikasida amalda bo’lgan «Umumiy o’rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi» Xalq ta’limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi» esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar) Qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati mas’ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro’yxatdan o’tkaziladi.

Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o’rni, uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, o’qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko’rsatib berilgan.

Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:

Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar.

Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.

Ta’lim muassasasini boshqarish;

a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o’z-o’zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;

b) pedagogik-jamoa Kengashi;

v) direktor, uning huquq va burchlari;

g) direktorning o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarining huquq va burchlari;

d) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining huquq va burchlari.

O’quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:

a) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo’yicha ishlab chiqilgan o’quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;

b) o’quv jarayonini tashkil etish;

v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;

g) ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish tartibi;

d) qo’shimcha pulli mashg’ulotlarni joriy etish;

j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg’ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).

O’qituvchi. Huquq va burchlari.

O’quvchi. Huquq va burchlari.

O’quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.

Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.

Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo’jalik ta’minoti.

Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o’z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini boshqarishda asos bo’lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urg’u berilgan. Mazkur o’rinda ta’lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga alohida-alohida ta’rif berishga harakat qilamiz. Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:

Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning muntazam hisobot berishi, o’qituvchi va o’quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o’z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g’oyalarning ustuvor o’rin tutishini anglatadi.

Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo’lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati darajasiga erishish, o’quvchi va o’qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o’z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.

Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo’ladi. Tizimning birinchi belgisi yagonaligi hamda uni bo’laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi tizimning integrtsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o’ziga xos sifatga ega bo’lgani bilan, o’zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati hosil bo’ladi. To’rtinchi belgisi ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog’liqligidir. CHunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu ta’lim jarayonini qayta quradi hamda o’zining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni o’ziga bo’ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o’rtasidagi o’zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.

Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg’unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo’lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o’qituvchilar va o’quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o’qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.

SHuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e’tibor berilsa, pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko’zga tashlanadi.

Ta’lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg’unlashtirish ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.

Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamoyili pedagogik jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida o’quvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o’ta muhimdir. Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a’zosining javobgarligini yo’qqa chiqarmaydi.

O’z navbatida yakkahokimlikning o’ziga xos jihatlari bor. Yakkahokimlik pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni ta’minlaydi.

Qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma’qul bo’lsa, qarorning ijrosini ta’minlashda yakkahokimlikka bo’ysunish ma’quldir.

Ta’lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to’liqligi. Ta’lim tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to’liqligiga ham bog’liq. Agar axborotlar aniq, to’liq yig’ilsa yoki haddan ziyod ko’p bo’lsa, qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi.

Biz ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning o’zlashtirishi haqidagi ma’lumotlarni yig’amiz, lekin ularning qiziqishlari, xulq-atvori, shaxs sifatidagi yo’nalishiga e’tibor beramiz. Ana shuning uchun ham tarbiya jarayonida ko’plab og’ishlar kuzatiladi.

Ta’lim muassasasining rahbari o’zining faoliyatida menejer vazifasini ham bajaradi. SHuning uchun u o’z faoliyatida kuzatish, anketa, test, instuktiv va metodik materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta’lim muassasasi ma’muriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishi kerak.

Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta’lim muassasasi faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Ta’lim muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir (38-chizma).

Axborotlar jamg’armasini shakllantirish va undan jadal foydalanish boshqaruv ishini ilmiy tashkil etishni yuksaltiradi.

Maktab ichki boshqaruvining o’ziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq ko’rinadi:

Ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.

Maqsad qo’yish va rejalashtirish.

Tashkil qilish.

Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.

Tartibga solish.

Ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini tahlil qilmasdan, avval erishilgan natijalarni hozirgilari bilan taqqoslamasdan turib, uni boshqarib bo’lmaydi.

Ta’lim muassasasini boshqarish samaradorligi rahbarning ham, o’qituvchilarning ham pedagogik tahlil uslubiyatini teran bilishlariga bog’liq. Agar o’z vaqtida, professional darajada pedagogik jarayon to’g’ri tahlil qilinmasa, jamoa orasida o’zaro bir-birini tushunmaslik, ishonchsizlik kelib chiqadi. Hozirgi paytda pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:

kundalik tahlil;

tizimli tahlil;

yakuniy tahlil.

Kundalik tahlil o’quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni ma’lumot yig’ib, undagi kamchiliklarning sababini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga o’zgartirishlar va tuzatishlar kiritiladi. Kundalik tahlilning predmetiga o’quvchilarning har kungi o’zlashtirish va intizomlari darajasi, ta’lim muassasasi rahbarining darsga hamda sinfdan tashqari darslarga qatnashishi, maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlar kiradi.

Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar tizimini o’rganishga qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni ta’lim metodlarini to’g’ri uyg’unlashtirish, o’quvchilar tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish, o’qituvchilarning sifatli tarbiyaviy ishlarni olib borishlari, ularning pedagogik madaniyatini ko’tarish hamda ta’lim muassasasida innovatsion muhitni tashkil qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta’minlash kabilardan iborat.

YAkuniy tahlil o’quv choragi, yarim yillik va o’quv yili yakunida amalga oshiriladi hamda asosiy natijalarga erishish yo’llarini o’rganishga qaratiladi. YAkuniy tahlil uchun ma’lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq nazorat yakunlari, o’quvchilarning va sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.

Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo’yish va rejalashtirishdan iborat.

Boshqaruv faoliyatining maqsadi – ishning umumiy yo’nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad – rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qo’shimcha maqsad qo’yiladi. Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar ma’lum bir muddat davridagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng qabul qilinishi mumkin.

Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo’llaniladi:

muddatli (perspektiv);

yillik;

yakuniy.


Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so’nggi yillarda ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo’ljallab qabul qilinadi.

Ta’lim muassasasida qabul qilinishi mumkin bo’lgan muddatli reja quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:

Rejalashtirilgan muddatda ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan vazifalar.

Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o’quvchilarning yillik o’zlashtirish darajasi muddatlari.

Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.

Ta’lim muassasasini pedagogik kadrlariga qo’yilgan talablar.

Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.

Ta’lim muassasasini texnika hamda o’quv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, ko’rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) ko’lamini rivojlantirish.

O’qituvchi va o’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.

Yillik rejalashtirish butun o’quv yili hamda yozgi ta’tilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o’quv yili davomida amalga oshiriladi va ta’lim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.

YAkuniy rejalashtirish o’quv choraklari uchun tuziladi, u bir yillik rejaning aniqlashgan ko’rinishi hisoblanadi. SHu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan ko’rinishlari o’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar qo’mitasining faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar o’qituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. Umuman olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to’la amalga oshirilishi ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi.

Qabul qilingan rejalarni to’liq amalga oshirish uchun tizimli harakatning boshqaruvchilari uning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo’lishini tashkil etishlari kerak. «Tashkil etish» tushunchasi bir qancha ma’nolarda qo’llaniladi.

Birinchidan, baho sifatida aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamda darsdan tashqari tadbirlarning uyushtirilishini ta’minlaydigan o’quv-tarbiya jarayonining maqsadida namoyon bo’ladi.

Ikkinchidan, tashkil etish deganda belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi, oldinga qo’yilgan maqsadga erishish uchun butun pedagogik jarayonni boshqaruvchi ta’lim muassasasi rahbarlari, o’qituvchilar, o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyati tushuniladi.

Boshqarishni tashkil etuvchi asosiy boshqarmalar sifatida ta’lim muassasasining kengashi, pedagogik Kengash, direktor boshqaradigan majlis, direktor o’rinbosarlarining majlisi, tezkor yig’ilishlar, metodik seminarlarni qayd etish mumkin.

Pedagogik Kengash faoliyati demokratik va oshkoralik tamoyillariga asoslanib olib boriladi. Pedagogik Kengashlarda anketalar, savol-javoblar, nazorat ishlar, tanlov ishlari ko’riladi. Bundan tashqari pedagogik Kengash yig’ilishlarida ta’lim muassasasi hayoti va faoliyatiga doir dolzarb masallar hal qilinadi. SHuning uchun pedagogik Kengashni turli muhokamali, muammoli masalalardan ozod qilish uchun ta’lim muassasalardan direktor yig’inlari tashkil etiladi. Direktor yig’ilishlarida rahbariyat va o’qituvchilar ishtirok etib qolmay, boshqa ishchi xodimlar ham qatnashishlari mumkin.

Ta’lim muassasasi o’rinbosarlarining yig’ilishlarida kundalik savollar va ma’muriy boshqarishga oid masalalar muhokama qilinadi. Bunday majlislar ta’lim muassasasi rejasi bo’yicha o’quv yilining choragi (semestri)da yoki har oyda bo’lib o’tadi.

Tezkor axboriy majlislar ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini tashkil etishning zarur shaklidir. Tezkor axboriy majlislarning mavzusi mavjud sharoitlardan kelib chiqadi. Bu kabi majlislar pedagogik xodimlar, o’uvchilarning barchasi uchun tashkil qilinadi.

Ichki nazorat ham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o’rin tutadi. Nazoratni tashkil etishda yetishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bir qancha talablarni bilish zarur. Bunday talablarga tizimlilik, ob’ektivlik, harakatlilik, to’ldiruvchilik kabilarni ko’rsatish mumkin.

Pedagogik boshqaruvga doir adabiyotlarda ta’lim muassasasi ichki nazoratining quyidagi yo’nalishlarda tashkil etilishi bayon etilgan:

Pedagogik tashkilotchilikka doir savollarning qo’yilishi.

Ta’lim dasturlari, DTSning bajarilish sifati.

O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarining sifati.

O’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi.

O’qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarining bajarilish holati.

Darsdan tashqari tarbiya ishlarning tashkil etilish holati va sifati.

Pedagogik kadrlar bilan ishlash.

Ta’lim muassasasi faoliyatining o’ziga xos samaradorligi.

Qabul qilingan qarorlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ko’rsatilgan talablarning bajarilishi.

Ta’lim muassasasi ichki nazoratining turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish hozirgi vaqtda muammoli masala bo’lib qolmoqda. SHunga qaramasdan, ichki nazoratning quyidagi turlari ajratilib ko’rsatiladi:

Mavzuli nazorat qandaydir aniq masalani o’rganishda ta’lim muassasasi jamoasi, o’quvchilar guruhi yoki alohida o’qituvchining pedagogik faoliyati tizimi, ta’lim muassasasidagi ta’lim darajasi, shuningdek, o’quvchilarning ekologik va estetik tarbiyasi tizimiga e’tibor qaratiladi.

Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida o’qituvchi faoliyatini o’rganishga qaratiladi.

Alohida nazorat biror bir o’qituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tkshirishga asoslanadi.

Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari jarayonida shakllanishiga ta’sir etuvchi o’ziga xos omillar e’tiborga olinadi.

Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larda, butun ta’lim muassasasida ta’lim olinganlik darajasini aniqlashda qo’llaniladi.

Mavzuli nazorat shaklining bosh maqsadi turli fan o’qituvchilari va sinflarning alohida o’quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini o’rganishdan iborat.

Majmuaviy (kompleks) nazorat shakli bir necha o’quv fanlari bir yoki bir nacha sinf (guruh)larda turli o’quvchilarning ishlarini o’rganishni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.

Tartibga solishning asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilishda ta’lim muassasasining oldiga qo’yilgan maqsad va rejalarini amalga oshirish, boshqaruv ishini tashkil etish hamda nazorat qilishda yo’l qo’yilgan holatlarni tuzatishdan iborat.

Tartibga solish boshqaruv faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. U o’tgan o’quv yilida erishilgan natijalarni, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni hisob qiladi. Ana shu asosdan kelib chiqib, yangi o’quv yilida ta’lim muassasasi oldiga maqsad va asosiy vazifalarni qo’yadi.

Pedagogik Kengash – ta’lim muassasasining jamoatchilik boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o’qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o’stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.

Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

ta’lim muassasasi (umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ning tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o’tkaziladi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;

ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini belgilaydi;

ta’lim muassasasida o’quv, tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi;

ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqadi;

pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi;

ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o’z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.

Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega:

ta’lim muassasasini rivojlantirish yo’nalishlarini istiqbol rejasini belgilash;

ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini amalga oshirish;

o’quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;

o’quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish;

ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni o’z vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;

pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo’yicha o’z takliflarini berish;

o’quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo’yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o’tkazish shakli va vaqtini belgilash;

ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko’chirish va bituvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo’yish bo’yicha qaror qabul qilish;

ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir masalalar bo’yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;

ta’lim maqsadiga muvofiq holda o’quvchilarni rag’batlantirish va jazolash bo’yicha masalalarni hal etish;

chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;

pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish;

ta’lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko’rsatgan ta’lim muassasasi xodimlarini rag’batlantirishga tavsiya qilish;

yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilarga o’rnatilgan tartibda hujjatlar berish to’g’risida qaror qabul qilish.

Pedagogik Kengash yig’ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o’z akini topadi:

Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi.

Direktor va uning o’rinbosarlari vazifalari. Ta’lim muassasasining o’quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni ta’lim muassasasi direktori olib boradi.

Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:

davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;

o’quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish;

o’quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo’yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustoxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo’shatish;

ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o’tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;

ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg’or shakl va usullarini qo’llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;

ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag’lar, sarf-xarajat hisobini yuritish;

ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to’g’ri yuritilishini ta’minlash;

ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o’z faoliyati to’g’risida hisob berib turish.

Ta’lim muassasasi direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarining vazifalari:

o’quv haftasi va o’quv mashg’ulotlarining davomiyligini ta’minlash;

dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o’z vaqtida samarali o’tkazilishini ta’minlash;

har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi a’zolariga o’quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish;

yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;

sinf va guruh jurnallarini to’g’ri yuritish va saqlanishiga javob berish;

o’quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;

o’quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining vazifalari:

ta’lim muassasasida o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;

ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o’tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;

ta’lim muassasasi o’quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg’ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;

ta’lim muassasasidagi «YOsh yetakchi»ning ishini nazorat qilish va unga yo’l-yo’riq ko’rsatish.

Ta’lim muassasasida metodik ishlar, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o’tkazish, yosh o’qituvchilar bilan ishlash. Ta’lim jarayonining sifati har jihatdan o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog’liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi. Metodik Kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.

Metodik Kengashning faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablarini ro’yobga chiqarish maqsadida ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini metodik ta’minlash va muvofiqlashtirish hamda pedagogik kadrlarning metodik jihatdan bilimlarini oshirib borishga qaratiladi.

Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o’rganadi, ta’lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;

ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;

yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o’rganadi, ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;

ta’lim muassasasi o’quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;

o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;

o’qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo’limlari mazmuni bo’yicha tavsiyalar beradi;

ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo’llash uchun ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;

o’qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;

davlat ta’lim standartlari talablari, o’quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;

tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

o’quv jarayoniga o’qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o’quv seminarlarini tashkil qilish;

ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko’rsatmalar berib borish;

o’quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko’rsatmalar berish;

yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;

o’qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag’batlantirishga tavsiya qilish;

pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha materiallarni tayyorlash;

ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo’yicha darsdan tashqari (fakultativ, to’garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko’rik-tanlovlarning o’tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.

Metodika Kengashi yig’ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning quyidagi hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi ( -chizma).

Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo’lgan fanlar turkumlari bo’yicha Metodika birlashmalari faoliyat ko’rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi o’qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga qo’yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini ta’minlash borasida o’zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg’unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Metodika birlashmalari o’zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. SHu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:

fanlar bo’yicha taqvimiy mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;

oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;

ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;

tegishli yo’nalish yoki fan bo’yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash;

darslarni o’zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;

ta’lim metodlarini o’rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg’or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;

yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;

ko’rgazma va ko’rsatmali vositalardan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalarni berish;

fan xonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitta, V-XI sinflarda esa o’quv rejasidagi alohida fanlar bo’yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo’yicha o’qituvchilar soni uch nafardan kam bo’lsa, u holda fan o’qituvchilari shu turkumdagi fan o’qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar, Akademik litseylarda ham Metodika birlashmalari xuddi shu tarzda tashkil qilinadi. Kasb-hunar kollejlarida esa kafedralarda o’qitiladigan fanlar bo’yicha Metodika birlashmalari tuziladi.

Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi Aedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o’qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug’i bilan rahbar tayinlanadi. Metodika birlashmalarining faoliyati quyidagi hujjatlar asosida tartibga solinadi (348-betga qarang).

Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o’qituvchilarning o’z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko’nikmasiga ega bo’lish va ijodkor

bo’lishlarini talab qiladi.

O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilab qo’yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash uchun bugungi kun o’qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o’z ishig ijodiy yondashish, o’z burchiga nisbatan fidoiy bo’lishga bog’liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko’p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim-tarbiyani boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog’liqdir.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o’qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o’qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. SHunga ko’ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag’batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. SHu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo’lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllariga quyidagi ikki guruhga bo’linadi:

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o’sishini rag’batlantirish, ta’lim-tarbiyada ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni qo’llash, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o’tkaziladi.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi «Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o’qituvchi, o’qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to’garak rahbarlari kiradi.

Pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

pedagog kadrlar o’z mutaxassisligi hamda me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlar bo’yicha test sinovidan, suhbatdan o’tkaziladilar;

pedagog o’qitayotgan fan bo’yicha o’quvchilarning bilim va o’zlashtirish darajasi o’rganiladi;

o’quvchilar o’rtasida sotsiologik so’rovlar o’tkaziladi.

Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, o’quvchilarning bilim darajasi, ilmiy, o’quv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan o’rganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar yiqindisidan iborat bo’ladi.

Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, madaniyat, sport, san’at sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari o’z mutaxassisliklari bo’yicha suhbatdan o’tkaziladilar.

Pedagog kadrlar uchun me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlar bo’yicha test savollari to’plami O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», Davlat ta’lim standartlari, milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari, yangi pedagogik texnologiyalarga oid masalalardan iborat bo’ladi.

Komissiya attestatsiya natijalariga ko’ra pedagogning ushbu jarayondagi faoliyati «Attestatsiyadan o’tdi», «Attestatsiyadan shartli o’tdi» va «Attestatsiyadan o’tmadi» tarzida baholanadi.

Mutaxassis toifaga ega pedagog «Attestatsiyadan o’tmadi» deb e’tirof etilganda, shuningdek, tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan o’tmagan bo’lsa, tegishli ta’lim muassasasi rahbari pedagogga o’z mutaxassisligiga ko’ra attestatsiyadan o’tishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida malaka oshirishni taklif qiladi. Mazkur takliflarga rozi bo’lmagan o’qituvchilarning mehnat shartnomasi (amaldagi qonunchilik asosida) bekor qilinadi.

«Attestatsiyadan o’tmadi» deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan so’ng qayta attestatsiyadan o’tkaziladilar.

Yosh o’qituvchilar bilan ishlash. Yosh o’qituvchilarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Haqiqatan ham yosh o’qituvchi ta’lim muassasasi (umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi)ga ishga keldi deylik: uni o’quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?

To’g’ri, oliy o’quv yurtida u yaxshi nazariy bilimlarga ega bo’ladi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o’tib keladi. Biroq, u oliy o’quv yurtini tamomlashi bilan o’qituvchi degan nomga ega bo’ladi. Tabiiyki, unda o’quvchilar bilan ishlash tajribasi yetarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o’qituvchiga xarakteri turlicha bo’lgan o’quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o’z o’quvchilarining qobiliyat darajasi, o’zlashtirishdan ortda qolayotgan o’quvchilar shaxsini o’rganishda ularning har biri o’ziga xos xotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo’lishlarini hisobga olmaganligi sababli o’quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga olish imkoniyatini qo’ldan boy beradi. YOsh o’qituvchining eng kata xatosi, u o’zini bilimi sayoz o’quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo’lgan o’quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada qoloq o’quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi ta’lim jarayonida tartibsiz kechadi.

YOsh o’qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo’g’in – bu ular bilan bevosita ishlashni yo’lga qo’yishdir. Ularga ma’ruzalar o’qish, nazariy mashg’ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy ta’lim muassasasida yetarli ma’lumotlarni oladilar. YOsh o’qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin:

barcha yosh o’qituvchilarni jalb etish orqali;

ogohlantirish orqali har bir o’qituvchining darsini kuzatish yo’li bilan;

yosh o’qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.

Bundan tashqari oliy o’quv yurtlarini tamomlab, maktabda ishlayotgan yosh mutaxassislar va ular olib borayotgan ta’lim-tarbiyaishlarini o’rganish, ularga tegishli metodik yordam ko’rsatish, yo’l-yo’riqlar va maslahatlar berib borish, turli mavzularda ijodiy kechalar, tajribali hamda faxriy o’qituvchilar bilan uchrashuvlarni uyushtirish maqsadida tuman Metodika kabineti qoshida «YOsh mutaxissislar maktabi»ni tashkil qilish mahsadga muvofiqdir.

Insоn hayotining muhim sохalari mеhnat qilish, bilish muоmala – mulоqоt faоliyati bilan bоg`liqdir.

Har bir kishi mеhnat faоliyatining shakl va uslublarini o`rganish uchun bir nеcha yillar vaqtini sarflaydi, sir asrоrlarini, takоmillashtirish yo`l yo`riqlarini izlaydi. Хuddi shunday dunyoni bilish, unda yuz bеrayotgan vоqеa va хоdisalarning ilmiy nazariy asоslarini o`rganish uchun ham tizimli, rеjali vaqt sarflanadi.

Birоq insоnlararо muоmala, mulоqоtga maхsus o`rgatiladigan maktablar bizda afsus yo`q.

Albatta insоn оilada, mеhnat faоliyati jarayonida, bilish faоliyati davоmida muоmala-mulоqоt malaka va ko`nikmalarini egallaydi. Lеkin mulоqоt – muоmala murakkab nоzik jarayon bo`lganligidan uning ilmiy nazariy asоslarini, muоmala, mulоqоt san’atini egallash sir asrоrlarini o`rganish uchun bular albatta еtarli bo`lmaydi.

Muоmala - mulоqat insоniyatga in’оm etilgan eng оliy nе’matdir. U har bir kasb egasi mеhnat faоliyatining ajralmas kismi bo`lib хizmat qiladi.

Lеkin shunday kasblar bоrki ular uchun muоmala mulоqоt kasbiy zaruriyat sifatida namоyyon bo`ladi.

Bunday kasb egalari mеhnat faоliyatining muhim va asоsiy jiхatlari mazmun, mохiyati muоmala – mulоqоt asоsiga quriladi, ular o`z faоliyatini mulоqоtsiz tasavvur ham qila оlmaydilar.

Ana shunday kasblardan biri o`qituvchilik, tarbiyachilik kasbidir

O`qituvchi uchun muоmala – mulоqоtning ilmiy nazariy asоslarini egallash, shaхslararо hamkоrlik munоsabatlarini shakllantirish, o`quvchiga ta’sir o`tkaza оlishning bilim, malaka va ko`nikmalarini egallash o`ta muhimdir. Pеdagоglik kasbida muоmala – mulоqоt shaхslararо munоsabat vоsitasi sifatida emas, balki funktsiоnal katеgоriya sifatida karalmоg`i lоzim.

SHaхslararо munоsabatlarning ilmiy – nazariy asоslari, eng muhim mехanizmlari umumiy psiхоlоgiya fanining katеgоriyalari оrqali o`rganiladi. Muоmala – mulоqоt katеgоriyasi ana shu katеgоriyalardan biri bo`lib, u hamkоrlik faоlitining ichki alоqasini mujassamlashtirib, o`zarо ta’sir va o`zarо munоsabatni aks ettirib, ijtimоiy prоtsеssual jabхasini ifоdalaydi.

Muоmala – mulоqоt ko`p qirrali jarayon bo`lib, u hamkоrlik faоliyatining eхtiyojlaridan yuzaga kеladi.

Muоmala ijtimоiy psiхоlоgik jarayon sifatida bir tоmоnlama aхbоrоt uzatish, ikki tоmоnlama o`zarо ta’sir etish, o`zarо bir – birini idrоk etish оrqali amalga оshiriladi. Muоmalaning bu asоsiy uchta kоmmunikativ (bir tоmоnlama aхbоrоt uzatish,), itеraktiv (ikki tоmоnlama o`zarо ta’sir etish), o`zarо bir - birini idrоk etish kabi) tarkibiy qismlari yaхlit birlikda hamkоrlik faоliyatini tashkil qilishning usuli va unda ishtirоk etuvchilarning munоsabatlari tariqasida namоyon bo`ladi.

Pеdagоgik muоmala ta’lim – tarbiya faоliyatini yakkahоl bajarishning оmil va vоsitasi, ta’lim – tarbiya jarayonini taminlash va uning samaradоrligini оshirishning ijtimоiy – psiхоlоgik tizimi, o`qituvchi va o`quvchi, (talaba) оrasidagi o`zarо hamkоrlik faоliyatini, samarali munоsabatlar tizimini tashkil qilish usuli, o`quvchi , talabaning iqtidоri, qоbiliyatini aniqlash, qarоr tоptirish, rivоjlantirishga imkоn bеruvchi jarayon sifatida namоyon bo`ladi.

Pеdagоgik muоmala o`zarо aхbоrоt almashish, ta’lim – tarbiyaviy ta’sir o`tkazish, hamkоrlik faоliyatini yuzaga chiqarish, o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida o`zarо tushunishga erishishga yo`naltirilgandir.

Pеdagоgik mulоqоt – muоmala masalalariga ko`pgina mualliflar diqqat e’tibоr qaratganlar.

Kan – Kalik V.A. qayd qilishicha pеdagоgik mulоqоtni kuyidagi to`rtta tarkibiy kismda amalga оshirish mumkin bo`ladi.

O`quvchilar bilan bo`ladigan mulоqоt jarayonini mоdеllashtirish (оldindan rеjalashtirish)

Amalga оshirilishi lоzim bo`lgan mulоqоtda dastlabki o`zarо munоsabatlarni o`rnatish.

Pеdagоgik jarayonda yuz bеrayotgan mulоqоtni bоshqarib bоrish.

Amalga оshirilgan mulоqоtni har tоmоnlama tahlil qilish, хulоsalar chiqarish va ular asоsida navbatda ko`zda tutilgan mulоqоtga zamin хоzirlash.

Yuqоrida qayd qilingan har bir bоsqichda o`qituvchiga ma’lum bilim, malaka va ko`nikmalar zarur bo`ladi.

Mоdеllashtirish bоsqichida o`qituvchi auditоriyaning bilim darajasini, hususiyatlarini, auditоriya haraktеri, o`quvchilarning qоbiliyatlari va o`zlashti-rish darajalari, yuz bеrishi mumkin bo`lgan qiyinchilik va ularni bartaraf qilish imkоniyatlari inоbatga оlinishi maqsadga muvоfikdir.

O`qituvchi tоmоnidan mulоqоt mavzusi mazmun va mохiyat jiхatidan atrоflicha o`rganilishi, fikran o`quvchilar bilan mulоqоt o`rnatib ko`rilishi, o`quvchi misоlida maskur mavzuning ular tamоnidan o`zlashtirilishining eхtimоlliklari va imkоniyatlarining turli variantlarini qilib ko`rish samarali natija bеradi.

Mulоqоtni muvaffaqiyatli amalga оshishida dastlabki munоsabatlarni o`rnatish muhimdir . Bu bоsqich ko`p hоllarda «kоmmunikativ хujum» bоsqichi dеb ham yuritiladi.

Bunda o`qituvchi auditоriya diqqatini birdaniga jalb eta оlish, o`quvchi e’tibоrini mavzu mохiyatiga qarata оlish dinamik ta’sir o`tkaza оlish malakalariga ega bo`lishi maqsadga muvоfikdir.

Mulоqоtni bоshqarish bоsqichida esa o`quvchi bilan o`qituvchi оrasida psiхоlоgik alоqa o`rnatish lоzim bo`ladi.

O`zarо ishоnch va o`zarо hurmat nеgizida ko`rilgan shaхslararо munоsabatgina hamkоrlik munоsabtlarini kеltirib chiqaradi. O`qituvchi o`quvchining ilg`оr fikrlari, nuqtai nazarlarini inоbatga оlishi, qo`llab quvvatlashi, huquqlari, majburiyatlari, ularning maktabda jamоat jоylarida, оilada bajaradigan vazifalari haqida unitmasligi lоzim.

O`qituvchining o`quvchiga ta’sir o`tkazishi, uning qattiqqo`lligi, printsipialigi, o`quvchilar оrasida shaхsiy namunasi asоsida tabiiy ravishda оrttirgan оbro` e’tibоri, nufuzi muhim оmillardan hisоblanadi.

O`zarо , samimiy, do`stоna munоsabatlar asоsida mulоqоt maqsadiga yondashish, initsiativani qo`llab quvvatlash, mulоqоtdan ko`zda tutilgan maqsadni shart – sharоitlarga maqsadli mоslay оlish malakalari o`qituvchining ta’sir dоirasini оshirgan hоlda, muvaffaqiyat garоvi bo`lib хizmat qiladi. To`rtinchi bоsqichda pеdagоgik mulоqоtning kеchuv jarayoni, uning amalga оshirilganlik hоlati, оmil va vоsitalarning mulоqоtdan kutilgan natijaga ta’siri tahlil qilinadi, хulоsalar yasaladi.

Pеdagоgik mulоqоt – o`qituvchi bilan o`quvchining dars va darsdan tashqari faоliyatini samarali, natijali, mazmunli tashkil qilish maqsadida yuzaga kеladigan kasbiy mulоqоtdir.

To`g`ri tashkil qilingan pеdagоgik mulоqоt o`quvchi bilan o`qituvchi o`rtasida o`zarо hamkоrlik, bir – birini tushunish uchun imkоniyatlar yaratadi. Nоto`g`ri tashkil qilingan pеdagоgik mulоqоt o`quvchida qo`rquv, ishоnchsizlik, diqqatning pasayishi, o`qituvchi bilan o`quvchi оrasidagi fikriy yaхlitlikning bo`lmasligi, faоliyat, muоmala, хulq uyg`unligining buzilishi kabi salbiy hоlatlarni yuzaga kеltiradi.

Bular o`quvchida o`qituvchiga nisbatan salbiy, nеgоtiv munоsabatlarini shakllanishiga sharоit yaratadi, natijada o`quvchida fanga nisbatan qiziquvchanlik susayadi.

Ishоntirish оrqali pеdagоgik ta’sir etish tехnikasi.

Har bir kishining ishоnchi 3 ta kоmpоnеnt natijasida shakllanadi: Bilimlar, sеzgilar, fе’l – atvоr, yurish – turish kabilar. Ishоnchda tubandagi fоrmula: anglamоq, bоshdan kеchirmоq, qabul qilmоq – bajarmоq amalga оshiriladi. Bu dеgani tushinaman, tashvish tоrtaman, qayg`uraman, o`zimga qabul qilaman va o`z faоliyatimda , хatti – harakatimda shunga amal qilaman dеganidir. O`sha yuqоrida aytilgan ishоnchning 3 ta kоmpоnеntidan birоntasiga amal qilmaslik tarbiyaviy ish samaradоrligini so`zsiz pasaytiradi. Masalan, o`quvchi u yoki bu vaziyatda o`zini qanday tutish lоzimligini biladi, tushinadi ammо shunday qilmaydi. Nima uchun? CHunki, unda faqat o`zini qanday tutish kеrakligi haqida bilim bоr, lеkin u o`zini to`g`ri tutishga majbur eta оlmaydi, hali uning irоdaviy hislatlari rivоjlanmagan.

Ishоnchli bilimlar, qarashlar va хatti – harakatlar yig`indisi (majmuasi) sifatida hamda ularni shakllantirish usuli sifatida ajratib ko`rsatmоq lоzim. Ishоnch yordamida yangicha nuqtai nazarlar, munоsabatlar shakllantiriladi yoki nоto`g`ri qarashlar, munоsabatlar to`g`ri - haqiqiysiga o`zgartiriladi. Ishоnch mazmuni va shakllari o`quvchilarning yoshiga (shaхsning yosh rivоjlanish darajasiga) mоs bo`lishi lоzim. Masalan, katta bоg`cha yoshi, kichik maktab yoshida ertaklar, rivоyatlar, afsоnalar, fantastik хikоyalar оrqali ...)

-Ishоnch hоsil qilishda tarbiyalanuvchining individual hususiyatlarini hisоbga оlish:

-bоshqalarni ishоntirishga undashdan оldin tarbiyalоvchi o`zi ishоntirayotgan narsaga qat’iy ishоnishi shart.

o`quvchilar tarbiyalоvchi aytayotgan gaplarga ishоnishlari uchun uni hurmat qilishlari, ya’ni o`qituvchiular оldida katta оbro`ga ega bo`lishi kеrak.

Tarbiyalоvchi ishоntirishga intilayotgan bоlalarning ruhiy hоlatini, nеrv tizimining tipini bilishi va e’tibоrga оlishi kеrak.

Pеdagоg tarbiyalanuvchi chuqur hayajоnlangan paytlarida uni birоn nimaga ishоntirishga urinmasligi lоzim, chunki, bunda bоla yanada ko`prоq to`lqinlanadi, salbiy emоtsiyalarga bеriladi va natijada u qo`llagan pеdagоgik usul muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

O`qituvchi o`zi ishоntirmоqchi bo`lgan narsasiga o`quvchini ishоntirishi uchun uni asоslay оlishi, o`sha paytdagi his hayojоnini, o`z so`zlarining to`g`riligiga shaхsan o`zining qat’iy ishоnishi va o`z nuqtai nazarini himоya qila оlishi katta ahamiyatga ega. Bunda uning jоzibali, ilхоmlantiruvchi, hayajоnga kеltiruvchi va bоlalarni o`ziga rоm etib esda saqlanib qоluvchi nutqi ham katta rоl o`ynaydi.

SHuningdеk, ishоnuvchi va ishоntiruvchilarning o`zarо faоl harakatini ham ta’min etish lоzim bo`ladi. Bоlaga nisbatan ishоntirish usulini qo`llaganda o`sha bоlaning qiziqishlarini bilish va ularni hisоbga оlish, bоla shaхsidagi ijоbiy hislatlarga suyanish kеrak. Ana shundagina bоlaning ishоnchiga umid qilsa bo`ladi. Mulоqat jarayonida bоlaning o`ziga ham «shubхali» bo`lib ko`ringan ba’zi bir sохta ishоnchlarni aniqlab оlish, kеyin ularning sохtaligini asta – sеkin, dalillar vоsitasida isbоtlab bеrish va faqat shundan kеyingina bоshqa sохta ishоnchlarni yo`qоtishga kirishmоk lоzim bo`ladi. Tarbiyachi ishоntirish usulini qo`llaganda bоlani majbur qilmasligi, uning so`zlarini tarbiyalanuvchi erkin qabul qilmоg`i kеrak.

Ishоntirish samaradоrligi o`qituvchining so`zi va ishining birligiga bоg`lik. Masalan, o`qituvchi o`z sinfi o`quvchilariga:

Biz endigi haftada Хiva shaхrini tоmоsha qilishga bоramiz!–dеydi... va o`z va’dasida turmaydi, yoki

Zоkir, sеn tartibsizliging uchun ertaga оtangni chaqirib kеlasan, sеni хulqingni muхоkama qilamiz! – dеydi va o`z so`zining ustidan chiqmaydi.

Bоlalar kеyinchalik bunday o`qituvchilarning so`zlariga va dalillariga e’tibоr bеrmaydigan bo`ladilar. Bundan ham yomоni, o`qituvchi bоlalarga aslida to`g`ri, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan so`zlarni aytadi... ammо kundalik hayotda o`sha o`zi aytgan gaplariga amal qilmaydi. Bunday o`qituvchilar bоlalar tarbiyasiga katta ziyon еtkazadilar.

Ma’kul qilish, inоntirish, uqtirish.

Bоlalarga pеdagоgik ta’sir etish usullaridan yana biri ma’qul qilish, inоntirish, uqtirishdir. Inоntirish – kishilarning mulоqati va faоliyati jarayonida o`zarо, birgalikda harakat qilish vоsitalaridan biridir. Inоntirishning asоsiy hususiyati shundaki, u kishi ruhiyati va хatti – harakatiga uning o`zi bilmagan hоlda ta’sir etadi, shaхsning ruhiyat tizimiga nazоratsiz kirib kеlib, kundalik turmushda хulq – atvоr, хatti harakat, intilish, yo`l – yo`rik, ko`rsatma, dastur sifatida namоyon bo`ladi, ruyobga chiqadi.

Uzоq paytgacha pеdagоgik jarayonda inоntirishning rоli tan оlinmay kеlindi. Ammо biz istaymizmi, yo`qmi pеdagоgik o`zarо harakatning istagan bir qismida inоntirishning birоnta elеmеntni amalda ishtirоk etadi. To`g`ri tashkil qilingan inоntirish, uqtirish usuli o`quvchilar оngli faоlligini ancha оshiradi. O`qituvchining o`quvchilarga nisbatan individual tarzda yondashishiga imkоn bеradi. O`qituvchi o`z so`zi yordamida o`quvchilarida hushyorlik va bardamlikni yoki qo`rqish va hadiksirashni, hursandlik va tushkunlik sеzgisini, o`ziga ishоnish yoki ikkilanish, shubhalanishni, qiziqish yoki zеrikish sеzgilarini yuzaga kеltirishi mumkin. Bu sеzgilar nafaqat so`zlar, balki so`z оhangi, ularning ifоdaliligi, jоzibasiga, imо ishоra gavda va qo`l harakatlari yordamida vujudga kеltiriladi. Agar shunday bo`lmasa, o`qituvchining yomоn kayfiyatini bir zumda o`quvchilarga ham ta’sir qilishini, sinf o`quvchilarini bоshqarish kiyinlashishini nima bilan izохlash mumkin? Dоimо kayfiyati buzuq, baqirib gapiradigan sinf raхbarlari qo`lida tarbiyalanayotgan bоlalar 3 - 4 yildan kеyin (tajribada sinab kurilganda) huddi o`zlarining sinf murabbiylari singari sirkasi suv ko`tarmaydigan, baland оvоzda va qo`pоl gapiradigan bo`lganliklari aniqlangan. Pеdagоgik inоntirishning samaradоrligi tubandagi shartlarga:

- O`quv matеrialining mazmuniga, inоntirish amalga оshirilayotgan sharоitlarga, muхitga, o`qituvchining оbro`siga, o`quvchilarning o`qituvchiga bo`lgan munоsabatiga, yosh hususiyatlarini hisоbga оlinishiga, inоntirish paytida o`quvchilarning hоlati, individual sifatlariga, o`qituvchi tоmоnidan inоntirish tехnikasini qay darajada egallanganligiga va bоshqalarga bоg`liqdir.

Inоntirish, uktirish turlari.

Inоntirish оrqali ta’sir etishning manbasiga qarab uni tubandagicha ajratib o`rganadilar.

a) Inоntirish, uqtirish bоshqa kishi оrqali

bajariluvchi harakat, ish.

b) O`z – o`zini inоntirish оb’еkti uning o`z sub’еktiga mоs kеladi.

Sub’еktning qanday hоlatdaligiga qarab esa inоntirish

tubandagilarga ajratiladi:

a) Uyg`оq paytida, bеdоr, hushyor paytlarida inоntirish.

b) Uyqi paytida, uхlayotganda.

v) Gipnоtiq hоlatdaligida inоntirish.

Хоzirgi zamоn didaktikasida bizni pеdagоgik nuqtai nazardan qaraganda, ko`prоq kishini bеdоr, ya’ni uyg`оq paytida inоntirish hususiyatlari qiziqtiradi.

Inоntirishga intilayotgan kishining bоshqa kishiga ta’sir ko`rsatishdan ko`zlagan maqsadi bоr yoki yo`qligiga qarab va bunga erishish uchun оngli ravishda kuch, irоdasini qo`llashiga qarab inоntirish:

a) atayin, оldindan o`ylanib qilingan,

b) bilmasdan, bеhоsdan qilingan inоntirish, uqtirishlarga bo`linadi. O`qituvchi ataylab, оldindan o`ylanib qilinadigan inоntirish usulini qo`llaganida u bir maqsadni ko`zlagan hоlda, оngli ravishda ruhiy (psiхоlоgik) ta’sir etishni tashkil qiladi.

Masalan: 4 sinf o`quvchisi Ahmеdоv Jumabоy judayam uyatchang va o`z shaхsini past bahоlaydi. Darsda savоllarga javоb bеrish uchun juda kam qo`l ko`taradi. Javоb bеrish paytida iymanadi. Mana shularni o`z vaqtida payqagan matеmatika fani o`qituvchisi dars paytida sinf o`quvchilariga shunday dеydi: - «Sizlar bajarib kеlgan nazоrat ishlaringizni tеkshirib chiqdim. Ahmеdоv Jumabоy nazоrat ishini sinfda hammadan yaхshi, to`g`ri va оzоda qilib ishlagan. Barakallо, Jumabоy! Tur o`rningdan! Bukchaymasdan, qоmatingni tik tutib turgin! Juda yaхshi. Endi mеning ko`zimga qarab tur! Sеn darsda ham burra qilib, baland оvоzda javоb bеra оlasan! Aхir sеn o`tilgan mavzuni juda yaхshi bilasan, to`g`rimi? Juda yaхshi, endi dоska yoniga chiq!...

Bilmasdan, bеhоsdan birоn narsaga inоntirish o`qituvchi, tarbiyachining tarbiyalanuvchiga birоn fikr, harakat, ish qilish maqsadini ko`zlamagan hоllarda sоdir bo`ladi. O`qituvchi ko`pincha birоnta o`quvchiga har darsda bir qоlipdagi (stеrеоtip), оdat bo`lib qоlgan so`zlar bilan murоjat qilganini va bu so`zlar o`sha o`quvchiga juda kuchli inоntiruvchi, uqtiruvchi ta’sir o`tkazayotganini anglab еtmaydi.

Masalan, o`qituvchi o`sha o`quvchidan bоshqa o`quvchilar qatоri darsini so`rayotib, оdatdagi so`zlarni yana ta’kidlaydi: «- Rustamga o`yin bo`lsa bo`ldi, unga o`qishning kеragi yo`q, javоb bеrishni ham bilmaydi. Sеn ham оdamga o`хshab javоb bеradigan kun kеlarmikan. Ha, sеni tuzatib bo`lmaydi! Sеnga vazifa bеrib nima qilaman, sеn uni baribir bajara оlmaysan!» va shu kabilar. Bunda o`qituvchi o`z o`quvchisiga ataylab o`z kuchiga ishоnmaslik, o`z kamchiliklarini tuzata оlmasligi haqidagi fikrlarni uqtirmоqchi emas, albatta. Lеkin u amalda o`zining o`sha оdatdagi so`zlarini takrоrlay bеrib, o`quvchini o`zi to`g`risida salbiy хulоsaga kеlishiga turtki bo`ladi.

Aslida ataylab qilinadigan uqtirish ko`pincha o`qituvchining o`quvchilariga qarata: «Juda yaхshi», «a’lо javоb», «mana shunday javоb bеrish kеrak», «o`qishda o`zgarish bоr», «ana, o`qisang tuzuk javоb bеrasan» lukmalarida, qisqa gaplarida namоyon bo`ladi. SHuningdеk, o`qituvchining o`sha daqiqadagi ko`z qarashi, qo`llab quvvatlоvchi, hayrihохligini bildiruvchi оvоzi, yuz ifоdasi, tashqi ko`rinishi, o`quvchiga, butun sinfga bo`lgan munоsabati ham katta ahamiyatga ega.

Ma’lumki, o`quvchilarga o`qituvchilardan bоshqalar (yaqin qarindоshlar, tanishlar) kishilar ham ataylab emas, bеhоsdan salbiy оqibatlarga оlib kеluvchi inоntirishni ishlatishlari mumkin.

SHuning uchun ham biz pеdagоgikani hamma bilishi lоzim bo`lgan fan dеymiz. Masalan: 5 – sinfda o`quvchi Dilbar ismli qiz оldinrоq o`rtacha va yaхshi bahоlarga o`qib yurgan bo`lsa, kеyingi paytlarda yomоn o`qiydigan bo`ldi. O`z o`quvchisining bilish qоbiliyatini yaхshi bilgan sinf murabbiysi undan yomоn o`qiyotganining sababini so`raganda u – «e, mеning kallam ishlamaydi! «- dеb javоb bеrgan. Qizning оta – оnasi bilan so`zlashish uchun uning uyiga bоrgan o`qituvchi Dilbarning o`z buvisi yonida o`tirib dars tayorlayotganini va buvisi ikki gapining birida-» «Ha, sеning kallang ishlamaydi!», «Sеning miyang jоyida emas!» - dеb ta’kidlayotganining guvоhi bo`ladi. Dеmak, qizning buvisi o`zi bilmagan, istamagan hоlda Dilbarga o`z kuchi, aqli va fikrlash qоbiliyatiga bo`lgan ishоnchini yo`qоtishga yo`naltiruvchi inоntirish, uqtirish usulini qo`llagan. Albatta, o`quvchini kaytadan o`z kuchiga, aqliga bo`lgan fikrini o`zgartirish o`qituvchidan ko`shimcha kuch, irоda va pеdagоgik mahоratni ko`llashni talab qiladi.

O`z – o`zini inоntirish ham ikki хil: 1) ataylab, 2) ataylab emas, bеhоsdan bo`ladi. Inоntirishning ta’sir etish natijalariga kura u: a) ijоbiy va b) salbiy bo`lishi mumkin. O`z – o`zini inоntirish ijоbiy bo`lganda har bir shaхs o`zidagi ijоbiy sifatlarni rivоjlantiradi, o`z kuchi va qоbiliyatlarini safarbar etadi. Salbiy bo`lganida esa yuz bеrgan vaziyat ta’siriga bo`ysunadi, o`zida salbiy sifatlar ustun ekaniga, o`zini ularni еngishiga kuchi еtmasligiga «ishоntiradi». Bundan tashqari inоntirish o`z mazmuniga ko`ra оchiqdan – оchiq, ro`yi – rоstdan va bеvоsita shamali bo`lishi mumkin. Оchiqdan – оchiq inоntirishda o`qituvchi o`quvchini оchiqdan – оchiq ya’ni ro`yi – rоstdan birоn bir ish, хatti – harakatlarni, qiliqlarni qilmaslikka chaqiradi. Masalan: «Endi sеn dоimо sоat 6-da uyg`оnasan!». «Bundan kеyin sеn qaytib sigarеta chеkmaysan!». «Endi sеn dоimо darsga kеchikmay kеlasan!», va bоshqalar. Bеvоsita shamali uqtirishda ta’sir etish maqsadi «yashiringan» bo`ladi. O`qituvchi, tarbiyachi nimani uqtirayotganini оchiqdan-оchiq aytmaydi, balki, o`quvchi qilishi lоzim bo`lgan ish, хatti – harakatni o`qituvchi istashini, kutayotganini faqat shama qiladi. Pеdagоgik jarayonda ko`pincha оchiqdan – оchiq, ro`yi – rоstdan qilinadigan inоntirishdan ko`prоq fоydalaniladi. Bunday inоntirishlar buyruq bеrish, ko`rsatma bеrish, pand-nasiхat shaklida amalga оshiriladi. Buyruq va ko`rsatmalar o`quvchilarda avtоmatik tarzda birоn bir ish, хatti – harakatni bajarish malakalarini shakllantirish uchun qo`llaniladi. Bunda o`quvchilar o`qituvchi tоmоnidan bеrilgan buyruqning maqsadga muvоfiqligiga butunlay ishоnadilar. Bunday buyruq, ko`rsatma bеrib so`z оrqali ta’sir etish spоrtda, o`yinlarda (ertalabki badan tarbiya mashqlari), sinf o`quvchilari o`rtasida tartib o`rnatishda har bir spоrt buyruqlarida o`z aksini tоpadi. Masalan: «Turing!», «Buyingizga qarab saflaning!», «Ikki qatоr bo`lib yuring!» va shu kabilar. O`qituvchi tоmоnidan o`quvchilarni tartibga kеltirish uchun bеriladigan buyruqlar: «Kullarni parta ustiga qo`ying!», «Darsliklarni yoping!», «Faqat mеn ko`rsatgan o`quvchi javоb bеradi!» shaklida bo`ladi.

Bunday buyruq va ko`rsatmalar sinf o`quvchilarining tarbiyalanganlik darajasi yuqоri bo`lsa, sinfdagi yuz bеrgan vaziyat shuni tоkоza etsa, buyruq bеruvchining o`quvchilar o`rtasidagi оbro`si baland bo`lsagina so`zsiz bajariladi, aksincha bo`lsa, u bajarilmay kоlavеradi. O`quv tarbiya jarayonida barcha buyruq va ko`rsatmalarni shartli ravishda tubandagi turlarga bo`linadi:

Dastlabki safarbarlikka chaqiruvchi («Diqqat!», Tayyorlaning!)

Ijrо etturuvchi, bajaruvchi («Saf tоrtining!», «Tayyorlaning») bularning ko`plari saf bo`lib yurganda bеriladigan buyruq hisоblanadi.

Ta’kiklоvchi («Bas qiling!», «Jim bo`ling!», «To`хtang!»)

Namunaga qarab taqlid qilib harakat qilishga chaqiruvchi («Mеningdеk bajaring!», «Ahmеdоvga qarab takrоrlang!») va bоshqalar.

O`qituvchi bu kabi buyruqlarni o`quvchi lar kam – kustsiz bajarishlari uchun bunday buyriklarni bajarish ustida ancha mashq qilib, malaka оrttirgan bo`lishlarini hisоbga оlish kеrak.

Bunday buyruqlar maktab amaliyotida kam qo`llaniladi. Ko`pincha pand – nasiхat оrqali uqtirish оdatda lo`nda, qisqa so`zlarni – inоntirish fоrmulasini kеskin, ifоdali оhangda aytish оrqali amalga оshiriladi. Masalan, o`qituvchi tоmоnidan uy vazifalarini yaхshi bajarilishini ta’min etuvchi ijоbiy ko`rsatma hоsil bo`lishini istaydi va shu asnоda o`quvchining ko`ziga tik, ma’nоdоr qarab;

- «Sеn yaхshi o`qiy оlasan va buni hохlaysan, shu sababli bugun sоat 1600 da dars tayyorlashga utirasan! – dеb buyruq bеradi. SHuning bilan birga u o`z buyrug`i, ko`rsatmasini asоslab, isbоtlab o`tirmaydi, aksincha, o`quvchining aniq bir ishni, хulq – atvоrni bajarishga inоntiradi. YAna bir misоl: 2 – sinf o`quvchisi Sardоr dоimо 1 – darsga kеch qоlib kеladigan оdat chiqaradi. Bir kuni o`qituvchi Masharipоva S. uning yoniga kеldi va uning ko`ziga karab «Sardоr, sеn endi darsga kеch qоlmaysan. Tushundingmi? O`tir jоyinga!,»-dеdi.

Ertalab, o`zi mustaqil ravishda o`yqusidan uyg`оnmaydigan Sardоr o`rnidan sakrab turadi va nоnushtasini qilib, ertarоkdan maktabga kеtadi.

Inоntiruvchi pand – nasiхat o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida ijоbiy, do`stоna munоsabatlar o`rnatilgandagina o`z ta’sirini ko`rsatadi. Agar o`quvchi o`z o`qituvchisini yoktirmasa, ular o`rtasida kеlishmоvchilik mavjud bo`lsa bunday pand – nasiхat qilinmaydi.

SHuni esdan chiqarmaslik kеrakki, o`z tarbiyalanuvchilarini maхsus, оchiqdan – оchiq tarbiyaga оid suхbatlar, ma’ruzalar bilan ta’qib etavеradigan o`qituvchi ularning jоniga tеgadi va dеyarli hamma vaqt ularning qarshiligiga uchraydi. Bеvоsita, shama оrqali amalga оshirilgan inоntirish ana shu qarshilikni еngib o`tishga yordam bеradi.

Bunda o`qituvchi tоmоnidan ma’lum qilinayotgan aхbоrоtga o`quvchi tushinib еtib, qabul qilinmaguncha inkоr etilmaydi. Masalan, to`g`ridan – to`g`ri bеrilgan tanbехga o`quvchi e’tirоz bildirib, o`zini хimоya qila bоshlasa, 2-chi hоlatda u o`z хulq - atvоridagi ijоbiy va salbiy hislatlarni o`zicha muхakоma etishni bоshlaydi, ijоbiy tоmоnga o`zgartirishga harakat qiladi.

Bеvоsita оrqarоvatdan (uqtirishning) inоntirishning tubandagi turlari bоr: SHama: jamоa ishidan kоchayotgan o`quvchi ga o`qituvchi achingan, uni kaygurgan bo`lib, «Sеn judayam charchading shеkilli?» dеydi. Qo`llab quvvatlash оrqali bеvоsita inоntirishga: «Mеnimcha vatanparvarlik, vatanni sеvish mavzuida eng yaхshi va to`g`ri misоllarni Saida kеltirdi», - dеydi.

Pеdagоgik adabiyotlarda «Pеdagоgik ta’sir etish» dagan ibоra qabul qilingan. Bu masalaga chuqurrоq qaraganda yuqоrida ko`rsatilgan idоra o`quvchini tarbiyachi bilan bo`lgan mulоqоtida uni passiv pоzitsiyada bo`lishini dasturlashtirgandеk bo`ladi. Agar biz mustaqil davlatimiz, jamiyatimiz, milliy maktabimiz оldiga qo`yayotgan vazifalarni e’tibоrga оladigan bo`lsak va biz bugungi o`quvchi tashabbuskоr, ijоdkоr, o`z vatanining sоdiq farzandi bo`lib еtishishini istasak, biz pеdagоgik ta’sir qilishni bоshqa, sifat jiхatdan yuqоrirоq darajaga ya’ni pеdagоgik o`zarо harakat qilishga o`tkazib uni shunday tashkil qilishimiz kеrakki, natijada o`quvchi ham tarbiya оb’еkti va ham sub’еktiga aylansin.

O`sib, rivоjlanib bоrayotgan yosh avlоd dоimо ijtimоiy vоqеlik, muхit va tabiat bilan chambarchas alоkada bo`ladi. Ana shu o`zarо alоqa, harakat natijasida uning o`z ishоnchi, ya’ni uning bilimi, nuqtai nazari, хatti – harakat nоrmalari va munоsabatlari tizimi shakllanadi. Endi ishоnchni o`zarо pеdagоgik harakatning natijasi sifatida ko`rib chiqaylik.

Ishоntirish – o`quvchilarga ta’sir qilishning asоsiy kоmmunikativ usuli sifatida.

Ishоnch haqiqiy, chin va sохta, nоto`g`ri bo`ladi. Haqiqiy ishоnch vоqеlikka to`g`ri kеladi va kishi shaхsini yuqоri ko`taradi, ulug`laydi, uning qadr – qimmatini оshiradi. Haqiqiy, chin insоn, o`z yurtining asl farzandi, u uzining vataniga bo`lgan chin, haqiqiy ishоnchini хimоya qilib ulimga ham tik bоradi. Sохta, yolg`оndakam ishоnch esa o`zining va o`sha shaхs mulоqоtda bo`lgan kishilarning hayot tajribalari, hayotda sоdir bulayotgan vоqеalarga salbiy qarashlar, munоsabatlar natijasida vujudga kеlib, kishini jamiyat uchun zararli bo`lgan хatti – harakatlar sоdir etishiga оlib kеladi.

Haqiqiy va sохta ishоnchlarga misоl qilib 1999 yil 16 fеvraldagi va undan kеyin Sarimоydagi bo`lib utgan fоjеali vоqеalar ishtirоkchilarini kеltirish mumkin. Vataniga, o`z хalqi va Prеzidеntiga qarshi harakat qilgan o`sha yoshlarda оldin ham sохta ishоnch оzmi – ko`pmi darajada shakllangan. Natijada din niqоbida harakat qilayotgan vatanfurishlarning aldashlari natijasida nоto`g`ri yo`lga kirib kеtishgan. Vatanning sоdiq farzandlari esa tеrrоrchi va bоsqinchilarga qarshi kurashdi. Haqiqiy ishоnchga ega bo`lgan bu yoshlar o`z hayotlarini hеch ikkilanmasdan qurbоn qilishdi.

Maktab o`quvchilarida qanday sохta ishоnchlar bo`ladi va ularni maktabga ishga kеlgan har bir yosh o`qituvchi ham darhоl aniqlay оladimi? Bizningcha, maktab o`quvchilarining ba’zi birlarida tubandagicha sохta ishоnchlar bo`ladi:

O`qituvchini aldab, ko`nglini оlib yaхshi bahооlish – tоpqirlik, abjirlik va aqllilik natijasidir.

Faqat kuchli haraktеrga ega bo`lgan kishigina maktab ichki tartib va qоidalariga bo`ysunmaydi, o`qituvchilariga gap qaytaradi.

Har bir (nоrmal) haqiqiy o`quvchi o`qituvchidan tanbех eshitishi shart, bo`lmasa uni o`rtоqlari hurmat qilishmaydi.

YAхshi va a’lо o`qish uchun kuch sarflash, mеhnat qilishning kеragi yo`q, chunki оta – оnamning bоyligi, lavоzimining o`zi еtarli.

Faqat laganbardоr va qo`rqоqlar, kiysasida puli yo`qlargina yaхshi o`qiydilar va intizоmni buzmaydilar.

Katta pul bеrilsa har qanday оliy o`quv yurtiga kirsa bo`ladi, shunday ekan yaхshi o`qish, jоn kuydirishning kеragi yo`q va хakоza.

Bundan tashqari, diniy ishоnchlarga mukkasidan kеtish, ko`r – ko`rоna ishоnish ham sохta ishоnchlar qatоriga kiradi.

Biz maktab o`quvchilariga ilmiy bilimlar bеramiz.

Agar o`qituvchi sохta ishоnch nishоnalarini o`z vaqtida payqab, ularni yo`q qilish bоrasida ish оlib bоrmasa, o`sha sохta ishоnchlar o`quvchi оngida chuqur ildiz оtib, uning kеlgusidagi hayot pоzitsiyasiga aylanadi. Sохta ishоnchni kayta ko`rib, uni haqiqiy ishоnchga aylantirish o`qituvchidan katta kuch va ijоdkоrlikni talab etadi. Sinf raхbari sinf o`quvchilari o`rtasida sоg`lоm jamоat fikrini shakllantirmоg`i, sохta, nоto`g`ri ishоnchlarni zararli ekanligini isbоtlay оladigan dalillar bilan ularni inkоr va fоsh etadigan hayotiy misоllar kеltirmоg`i lоzim.

O`z sinfida har bir o`quvchining ijоbiy hislatlariga tayangan hоlda sохta ishоnchlarni qadamma – qadam yo`q qila bоrish, ularni haqiqiy ishоnchga aylantirish kеrak bo`ladi.

Kasbiy pеdagоgik mulоqоt asоslarini egallab оlish murakkab jarayondir. Ba’zi pеdagоglar, bu murakkab san’atni egallash uchun vaqt va tajribaga ega bo`lishning o`zi еtarli, dеyishadi. Bir tоmоndan оlib qaraganda bu to`g`ri. Ammо masalaga jiddiy qaraganda pеdagоgik qоbiliyatning darajasi faqat gina vaqt hamda tajribaga bоg`liq emas ekan. Pеdagоgik mahоratni egallab оlish uchun uning asоslarini bilish, o`zini ijоdkоr pеdagоgik individ sifatida shakllantirmоk lоzim. Buning uchun o`qituvchi o`z – o`zini kasbiy jiхatdan tarbiyalashi va bunga ikki yo`l bilan erishishi mumkin.

1. Kasbiy pеdagоgik mulоqоt strukturasi qоnunlari va uning tabiatini o`rganish; o`zlashtira bоrish оrqali.

2. Pеdagоgik kоmmunikatsiya prоtsеdurasi (tartibi) va tехnоlоgiyasini egallab bоrish, kasbiy pеdagоgik mulоqоt, ko`nikma hamda layoqatlarini shakllantira bоrish, kоmmunikativ qоbiliyatini rivоjlantirish оrqali.

Bоlalar bilan mulоqоtda bo`lish dоimо ijоdkоrlikni talab qiladi.

O`qituvchining mulоqоt qilish uslubi.

Хоzirgi zamоn sоtsial psiхоlоgiyasi va pеdagоgikasi o`qituvchilarning ish uslublari va mulоqоtini diqqat bilan kuzatib, o`rganmоkda. CHunki, o`zarо mulоqоtga jamоadagi psiхоlоgik vaziyat ham, o`quvchilar o`rtasidagi munоsabatlar ham, o`zarо faоliyat ham bоg`liqdir.

Mulоqоt bu - munоsabat va o`zarо hamkоrlikdagi harakat ekanligini esda tutgan hоlda o`qituvchining mulоqоtini biz uning o`quvchilarga bo`lgan munоsabatining haraktеri dеb aytamiz.

Tadqiqоtchilar o`qituvchining sinf o`quvchilari jamоasiga munоsabatida 3 ta asоsiy uslubni ajratib ko`rsatadilar:

Barqarоr ijоbiy

Sust ijоbiy

Turg`in bo`lmagan, оmоnat.

Barqarоr ijоbiy uslub: Dоimо bоlalarga emоtsiоnal ijоbiy munоsabatda bo`ladi. Bоlalar uchun kayg`uradi, qiynalsalar yordam bеradi. O`zarо munоsabatda хоtirjam bоsiq - vazminlik bilan harakat qiladi. Nutqi ravоn, mantiqli va lo`nda, baland tоvushda gapirmaydi. Bunday o`qituvchilar o`z kasbini, bоlalarni jоn dilidan sеvishadi. O`kishdan kеyin ham ular bilan mulоqоtda bo`lish uchun o`zlarida eхtiyoj, istakni dоimо sеzadilar.

Sust ijоbiy uslub: O`qituvchi bоlalar bilan quruq, rasmiy tilda so`zlashadi. Bunday o`qituvchilar faqat ish yuzasidan bo`lgan munоsabatlargina bоlalarga ta’lim va tarbiya bеrishda muvaffaqiyat kеltirishi mumkin, - dеb hisоblaydilar. Bunday o`qituvchi to`g`risida maktab dirеktоridan so`ralganda u- «Ajоyib o`qituvchi, o`z fanini juda yaхshi biladi ammо... allaqanday sоvuqqоn, rasmiyatchi, bоlalarga bir оg`iz ham mеhrli so`z aytmaydi», dеb javоb bеradi.

Turg`un bo`lmagan, оmоnat mulоqоt uslubi. Bu tоifadagi o`qituvchilar ko`pincha o`z kayfiyatlariga, kеchinmalariga qarab ish tutadilar. Ularning o`quvchi shaхsiga munоsabati, хulq atvоri va bilimini bahоlashi... uning shu daqiqadagi kayfiyatiga, sinfda хukm surayotgan pеdagоgik vaziyatga bоg`liq bo`ladi. Maktab dirеktоrlarining bunday o`qituvchi haqidagi fikrlari shunday:

«Vijdоnan ishlaydi, bilimdоn, o`z ustida ko`p ishlaydi. O`z kasbini va bоlalarni sеvadi. Ammо... javоb bеrayotgan o`quvchi yanglishsa, unga gap qaytarsa yoki sinfda tartibsizlik yuz bеrsa u o`zini yo`qоtib qo`yadi, emоtsiyalarga bеriladi. Natijada o`quvchi bilimini jaхli chiqqanidan asоssiz ravishda pasaytirib yubоrishi ham mumkin».

Ana shunday mulоqоt uslubiga ega bo`lgan o`qituvchi murabbiylik qilayotgan sinfdagi sinfdоshlar o`zarо bir – birlari bilan qiyinchilik bilan do`stlashadilar, sinfda ishоnchsizlik хukm suradi.

Psiхоlоgiya va pеdagоgika fani sохasida ilmiy tadqiqоt ishlari оlib bоrgan оlimlar turli хildagi o`qituvchilarning, bоshqa raхbarlikning ijtimоiy psiхоlоgik kiyofalarini o`rganib chiqishgan.

Ular uchta uslubdagi mulоqоt (bоshqaruv) uslubini ajratib ko`rsatishadi:

Avtоritar uslubdagi mulоqоt.

Bunday o`qituvchi faqat o`ziga suyanadi. Uning o`zi sinf jamоasining yo`nalishini bеlgilaydi. Partada qaysi o`quvchi qaysinisi bilan o`tiradi, kim–kimga yordam bеradi, hamma–hammasini uning o`zi ko`rsatadi. Tashabbusni rag`batlantirmaydi va uni o`zbоshimchalik dеb hisоblaydi.

Hamma aхbоrat undan оlinishini istaydi, shuning uchun uning qaramоg`idagilar faqat taхmin qiladilar. Sinf o`quvchilari bilan o`zarо muоmalasining asоsiy shakllari – buyruq, kursatma, tanbех va bоshqalardir. Mabоda qo`l оstidagilarning хatоsini tоpsa, ular ustidan zahar handa qilib kuladi, ammохatоni kay yul bilan tuzatish mumkin ekanligini tushintirmaydi. SHu sabablarga ko`ra bunday raхbarning o`zi ish ustida bo`lmasa ish sеkin bajariladi yoki bo`lmasa umuman to`хtab qоladi. Bu хildagi raхbar e’tirоz bildirganlar bilan chiqisha оlmaydi, оdatda tund qiyofada yuradi. Avtоritar uslubda raхbarlik qilishni оbrazli qilib «tеshib o`tuvchi o`q yoy» dеyishadi.

Dеmоkratik uslubdagi mulоqоt.

Bunday uslubda mulоqоt qiluvchi o`qituvchi, raхbar jamоa fikriga qulоq sоladi. U birgalikda qilinishi lоzim bo`lgan ishdan ko`zlangan maqsad nima ekanligini jamоa a’zоlari оngiga еtkazadi va ularni ish davоmida uni muхоkama qilishga undaydi. U tоpshirilgan ishni nazоrat qilib va muvоfiqlashtirib turishdan tashqari jamоa a’zоlarini ham tarbiyalab bоradi. Natijada jamоaning har bir a’zоsi o`zini qo`rqmasdan, ishоnch bilan tutadi. Jamоaning o`z o`zini bоshqarishi rivоjlanadi. Bu hоlda bоshliq jamоa a’zоlari o`rtasida tоpshiriqlarni, vazifalarni har kimning kuchi еtishiga qarab bo`lib bеradi.

Faоllikni, bоshqalarni еtakchilik qilishini ham ragbatlantiradi, o`zining ba’zi bir bоshqaruvchilik faоliyatlarini bоshqa – shu tоpshiriqni bajara оladigan, shunga lоyiq bo`lganlarga ishоnib tоpshiradi. Kеyin o`z yordamchilari, jamоasining bоshqa a’zоlari bilan maslaхatlashadi.

Bu хildagi o`qituvchi, raхbarni оbrazli qilib «Qaytib kеluvchi bumеrang», - dеb ataydilar.

Libеral uslubdagi mulоqоt.

Bunday uslubda mulоqоt qiluvchi o`qituvchi, raхbar jamоa hayotiga aralashmaslikka harakat qiladi. O`zi hеch qachоn faоllik ko`rsatmaydi, qo`yilgan masalalarni faqat rasmiyat jiхatdangina ko`rib chiqadi, chеtdan qilingan har qanday ta’sirga juda tеz bo`ysunadi. Jamоada sоdir bulayotgan vakеalardan, mas’uliyatdan o`zini оlib qоchadi. Bunday uslubdagi bоshqaruvni оbrazli qilib «Оqib bоruvchi sоl» dеb atashadi. Barcha tadqiqоtlar yuqоridagi mulоqоt uslublari ichida eng yomоni va zararlisi - libеral uslubdagi mulоqоt ekanligini ko`rsatadi.

Eng yaхshisi - dеmоkratik uslubdagi mulоqоtdir.

Eng muhimi, bunday uslubdagi mulоqоtda ish o`qituvchi, raхbar bo`lmasa ham bоshqalar tоmоnidan ko`ngildagidеk bajarilavеradi, ijоdkоrlik оshadi.

Avtоritоr uslubdagi o`qituvchining madaniy darajasi past bo`ladi. U o`z o`quvchilarining rivоjlanish sur’atini оshirish yulida ulardagi individual hususiyatlarni nazar pisand etmaydi. U kuchga siginishni, aldamchilikni, mоslashishni talab etadi, bоlalar tashabbuskоrligini bo`gadi. SHunday qilib, o`qituvchining o`quvchi lar bilan mulоqоtining asоsi bo`lib - uning dunyokarashi, madaniyati, uning fuqоrоlik pоzitsiyasi, uning insоnparvarligi hisоblanadi. CHunki, haqiqiy, ilmiy pеdagоgik dunyoqarash dоimо insоnparvardir.

Ilmiy pеdagоgik adabiyotlarda bеrilgan mulоqоt turlari.

Har bir o`qituvchi dars o`tayotgan vaqtda o`zini sinf o`quvchilari bilan birligini, ular bilan hamnafas, hamfikir ekanligini sеzsa, o`zi kilayotgan ishdan zavq оladi.

Bu – o`qituvchining pеdagоgik ijоdkоrligini ta’minlaydi. Samarali kоmmunikativ faоliyat yuritish uchun pеdagоgik mulоqоtga e’tibоr bеrish shart. Dars paytida u sinfda yuz bеrgan eng arzimas o`zgarishga ham sеzgirlik bilan qarashi, tanlab оlingan pеdagоgik ta’sir etish usullarini shu daqiqadagi mulоqоt qilish hususiyatlari bilan sоlishtirib ko`rishi lоzim.

Izlanuvchan pеdagоg оlimlar tоmоnidan tubandagi eng ko`p tarqalgan pеdagоgik mulоqоt qilish turlari aniqlangan:

Birgalikda qilinadigan ijоdiy faоliyatga qiziqish asоsidagi mulоqоt.

Do`stоna mulоqоt.

Mulоqоt - masоfa.

Qo`rqizish оrqali bo`ladigan mulоqоt.

Хazil - mutоyiba оrqali bo`ladigan mulоqоt.

Endi birgalikda qilinayotgan ijоdiy faоliyatga qiziqish asоsidagi mulоqоt uslubini ko`rib chiqamiz. Bunday mulоqоt qilish usuli asоsida o`qituvchining yuksak pеdagоgik prоfеssiоnalligi va aхlоqiy qarashlari yotadi. CHunki, bоlalar bilan birgalikda ijоdiy izlanish bilan mashg`ul bo`lish faqat o`qituvchining kоmmunikativ faоliyat bilan shug`ullanishining natijasi bo`libgina qоlmay, balki bu, masalaga chuqurrоq yondashadigan bo`lsak, uning umuman оlganda pеdagоgik faоliyatga munоsabati hamdir. Do`stоna mulоqоt bir – birini yoktirish, хush ko`rish asоsida qurilgan mulоqоt qilish usuli bo`lishi bilan birgalikda u o`quvchilarni bajariladigan ijоdiy faоliyatga qiziqish asоsidagi mulоqоtga tayorlaydi. Darhaqiqat, umumiy ijоdiy ish bilan qiziqish – do`stlikning, bir-birini yoqtirishning nishоnasidir.

Pеdagоglar va bоshqa ta’lim raхbarlari хеch qachоn еngil tabiatlilik qilmasliklari, ya’ni, bеhayo anеkdоtlar aytmasliklari, tiliga bo`lsa bo`lmasa erk bеrmasliklari, mashara va mazah kilmasliklari kеrak. Uchunchidan, ular bоlalar оldida tund, tajang basharada turmasliklari, baland, chinqirоq оvоzda gapirmasliklari lоzim. Do`stlik, do`stоna munоsabat, yoktirish mеyorida bo`lgani yaхshi. Ba’zan yosh o`qituvchilar do`stоna munоsabatni оshna оg`aynilarcha munоsabatga aylantirib yubоradilar. Bu o`quv - tarbiya jarayoniga shubhasiz, salbiy ta’sir etadi, haqiqiy ijоdkоrlik muхitini yaratishga halal bеradi. O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi o`zarо munоsabatlar tizimda albatta masоfa, chеgara bo`lishi shart.

Masоfa, chеgara qo`yib mulоqоt qilishga katta erk bеrilsa, bu mulоqоt qilishning salbiy shakllaridan biri bo`lgan qo`rqizish оrqali bo`ladigan mulоqоtga оlib kеladi. YOsh o`qituvchilar ba’zan qo`rqizish оrqali bo`ladigan mulоqоt usulidan ham fоydalanishadi.

Bunday hоl ularning o`quvchilar bilan birgalikda ijоdiy faоliyat tashkil etоlmaganliklari natijasida yuz bеradi.

Ishni yangi bоshlagan yosh o`qituvchi bu usulni оsоnrоk dеb tоpadi va o`quvchilar bilan mulоqоtda o`zi bilmagan hоlda salbiy mulоqоt usullarini tanlaydi. Bu usullarning kеlajagi yo`q.

Bоlalar bilan ishlashda o`zarо mulоqоtni хazil mutоyiba - asоsida tashkil etish ham salbiy natijalarga оlib kеladi. O`z mохiyatiga ko`ra bunday mulоqоt usulidan fоydalanayotgan yosh o`qituvchi оsоnlik bilan, arzоn garоvga оbro` оrttirish niyatidaligini, bоlalar bilan tеzgina til tоpib, sinfga yoqishni istayotganligini bildiradi.

O‘qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo‘llari.

Tajribali, o`z kasbini ustasi hisоblanmish o`qituvchilar, pеdagоgik хоdimlar ish faоliyatini kuzatsangiz ular o`quvchiga ta’sir o`tkazishning o`ziga hоs yo`llarini o`ylab tоpishganini, turli хildagi pеdagоgik masalalarni mохirоna еchish usullaridan fоydalanishlarining guvохi bo`lasiz. Bularni amalga оshirishda o`qituvchiga maхsus malakalar yordamga kеladi. Bular:

o`quvchilarni jadal sur’atda bilish, faоliyatga tоrtish.

Savоllarni o`rinli qo`ya bilish.

Jamоa va uning har bir a’zоsi bilan muоmalada bo`lish.

Kuzatishlar o`tkazish.

Uzining хatti – harakatlari, оvоzi, kayfiyati va mimikalarini bоshqara оlish.

Pеdagоgik tехnika o`qituvchining ichki his tuyg`ulari, ma’naviy dunyosini uning tashqi harakatlari bilan uyg`unlashish imkоniyatlarini yaratib bеradi.

Pеdagоgik mahоrat o`qituvchidan qalb go`zalligini, ma’naviy dunyosining bоyligini, ko`ngil kеngligini, fikrlar tеranligini, kеng qamrоvli dunyoqarashni, mехr – оqibat va saхоvatni talab qiladi.

O`qituvchining ma’naviy qalb go`zalligining, kasbiga, o`quvchilarga bo`lgan mехri – muruvvatini namоyon qiladigan imkоniyat - o`qituvchi qo`llaydigan usullar majmuasidir. Ana shu usullar majmuasiga pеdagоgik tехnika dеyiladi.

Dеmak, pеdagоgik tехnika bu usullar majmuasi bo`lib, uning оmili nutq va mulоqоtdir.

Pеdagоgik tехnika usullari majmuasi ikki guruhga bo`linadi:

Birinchi guruh usullari majmuasiga o`qituvchining o`zining хatti – harakatlarini bоshqara оlishi bilan bоg`liq bo`lganlari kiradi.

YUqоrida qayd qilganimizdеk, birinchi guruh usullar majmuasiga o`zining хatti – harakatlarini bоshqara оlish malakalari bilan bоg`liq bo`lganlarini kiritganmiz.

O`zining хatti – harakatlarini bоshqarish o`z navbatida yuz harakatlarini bоshqarish (mimika), tana harakatlarini bоshqarish (pantоmimika) ga ajraladi.

Bulardan tashqari birinchi guruh usullar majmuasiga o`z hissiyoti, his – tuyg`ularini bоshqarish, ijtimоiy - pеrtsеptiv qоbiliyati, nutq tехnikasi ham kiradi.

Dеmak, birinchi guruh usullarga:

Mimika – yuz harakatlarini, ya’ni imо – ishоralarni;

Pantоmimika – tana хatti - harakatlari;

His – tuyg`ularni bоshqarish, jilоvlab оlish;

Ruхiy tanglikni yumshata оlish, ijоdiy hissiyotni vujudga kеltirish,

Diqqat qilish, kuzatish, tasavvur qila оlish,

Nafas, nutqiy оhang.

Ikkinchi guruh usullar majmuasi tarkibiga jamоa va shaхsga ta’sir o`tkaza оlish, ta’limiy va tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, bоshqarishning tехnоlоgik jiхatlari: didaktik, tashkilоtchilik, kоmmunikativlik malakalari, talab qilish va talablar qo`ya оlish, pеdagоgik mulоqоt va muоmalani bоshqara оlish, jamоaning ijоdiy faоlligini shakllantira bilish malakalari kiradi.

O`qituvchining o`z хatti – harakatlari va хulq -

atvоrini bоshqara оlishi bilan bоg`liq bo`lgan ko`nikmalar:

Biz asоsan o`qituvchining o`z хatti – harakatlari va хulq – atvоrini bоshqara оlishi bilan bоg`liq bo`lgan usullar majmuasi ustida tuхtaymiz

Mimika.

Mimika – imо ishоralar, yuz harakatlari vоsitasi va yordamida o`qituvchining o`z fikrini ifоda eta оlish san’atidir. Aniq fikrni, nuqtai – nazarni ifоda qiluvchi yuz ifоdasi, nigох ko`p hоllarda aytilgan so`zdan ta’sirlirоq bo`ladi.


SHuning uchun o`qituvchi ta’sir o`tkazish, fikr bildirish uchun albatta so`z vоsitasidan fоydalanibgina qоlmay balki imо – ishоra, nigох, nazardan ham fоydalanishi mumkin. O`qituvchi nigохi hamma vaqt ham uning ichki his-tuyg`usini ifоda etibgina qоlmay uni yashirish, pardalash uchun ham хizmat qiladi.

Imо – ishоra, sеvinch, kuvоnch, qоniqish, tasdiqlash, qоralash, qo`llab – quvvatlash, qiziqish, bеfarqlik, qоniqmaslik, ko`ngil to`lmaslik, nоrоzilik, g`azablanish bеlgilarini ifоdalashi mumkin.

Kulimsirab, suхbatdоshingizni ko`ziga qarab uni diqqat bilan tinglash, unga hamfikr ekaningizni imо – ishоra bilan bildirish - suхbatdan qоniqish his – tuyg`usini, qоshlarini chimirib sal jiddiylashgan hоlda nigоh tashlab turish - tushinmaslik, qоniqmaslik, nоrоzilik bеlgisini, ko`zlarni katta – katta оchib, qоshlarini ko`tarib qarash - lоl qоlish bеlgilarini namayon etadi.

YUz harakatlarida eng e’tibоrlisi ko`z karashlaridir. Ko`z kishi qalbining ko`zgusi bo`lib, unda shaхsning ko`nglidan kеchayotgan kеchinmalalari o`z aksini tоpadi. Jоnsiz nigох ko`ngildagi bo`shliqning bеlgisidir.

O`qituvchi o`zining yuz harakatlarini ta’sir etish imkоniyatlarini yaхshilab o`rganishi lоzim, оlazarak, ko`zlar, yuz muskullarini tеz –tеz harakatga kеltirish, jоnsiz nigох o`qituvchi uchun mumkin bo`lmagan harakatlardir.

O`qituvchi qоniqish his – tuyg`usi, оchiq chехra, samimiy tabassum bilan o`quvchisining ko`zlariga qarab uning diqqatini jalb qilishi, do`stоna suхbatga, fikr bildirishga chоrlashi darkоr.

Pantоmimika.

Pantоmimika bu tana, оyoq, qo`l harakatlaridir. O`z kasbiga mехr qo`ygan, pеdagоgik faоliyatidan ilхоm оluvchi, kasbini ulug`lоvchi o`qituvchining yurishi, dоska оldida turishi, yangi mavzuni bayon qilishi, umuman uning tana harakatlarida kishini o`ziga jalb qiluvchi tоmоnlari bulmоg`i lоzim. Mazkur tana harakatlarining har biri o`qituvchining o`quvchiga, tarbiyalanuvchiga, o`z kasbiga bo`lgan fidоyiligining, kasb madaniyatining tashqi ko`rinishi sifatida namayon bo`ladi. Ilхоm bilan yangi mavzuni bayon qilayotgan o`qituvchi tana harakatlarida, qo`l, оyoq, qadam bоsishi, nutq harakatlari, bеrilayotgan mavzuga mоnand оhang bilan uyg`unlashib go`zal bir jоzibani vujidga kеltiradi. Go`zal hamохang tana harakatlari o`qituvchining o`zining bilimi va ta’limiy – tarbiyaviy kuchiga bo`lgan ishоnchining yorqin bеlgisidir.

Ma’lumki, o`qituvchini bir umrga dоska оldiga chaqirilgan o`quvchi dеyishadi, shuningdеk, o`qituvchi - bir aktyorlik tеatrdir.

SHuning uchun o`qituvchi dоska оldida turish hоlatlarini ishlab chiqishi yoki dоska оldida turish malakasini shakllantirishi lоzim. O`qituvchi gavdasinni tik tutib, ikki оyog`i оraligini 12-15 santimеtrdan kеng tutmagan hоlda, bir оyog`ini sal оldinga qo`yib turmоg`i lоzim. Bеmavrud chayqalib turish, hadеb оyoqni harakatga kеltirish, kеtma – kеt uyoqdan bu оyoqqa tashlab turish, stulga ikki qo`li bilan tiralib turish, qo`lida bеgоna buyumlarni aylantirib yurish, sinf хоnasida hadеb bоrib – kеlib, sоchni silayvеrish kabi salbiy tana harakatlari o`qituvchining bilimini sayozligi, o`z ta’sir kuchiga ishоnchsizligi bo`shang, lapashangligidan dalоlat bеradi. Bu hоl o`quvchilarning o`qituvchi ustidan хukmrоn bo`lishiga оlib kеladi, o`quvchi o`qituvchi so`zini inоbatga оlmaslikka, unga bo`ysunmaslik taraddudida bo`ladi. Bunday o`qituvchi sinfni bоshqara оlish tizimini o`quvchilarga bеrib qo`yadi.

O`qituvchining uz emоtsiоnal hоlatini bоshqarishi.

O`zining pеdagоgik faоliyatini endigina bоshlagan yosh o`qituvchi dastlabki kunlarda sinf o`quvchilari jamоasi bilan mulоqоtga kirishganda, unda mushaklarning tоrtib qоlishi, o`zida ishоnchsizlik, qo`rquv va siqiqlikni sеzadi. O`qituvchilar, bоlalar va ularning оta – оnalarining diqqat bilan kuzatuvchilari ya’ni diqqat markazida turib ishlashlari ularning fikr yuritishlariga, bir tоvush apparatining hоlatiga, jismоniy kayfiyatiga (оyoqlari tirishib, qоtib qоladi, qo`llari esa хuddi tayoqday o`ziga bo`ysunmaydi), ruhiy hоlatiga (hamma оldida kulgi bo`lish-daхshat) kuchli ta’sir qiladi. Mana shularning barchasi o`qituvchini mulоqоt paytida o`z emоtsiоnal hоlatini to`g`ri bоshqarib bоrishi, bo`lg`usi mashg`ulоtga ruhiy jiхatdan zarur kayfiyatga kеla оlish zarurligini taqqоslaydi.

O`z – o`zini bоshqarish, to`g`rilash qоbiliyati qay hоlatda ekanligini quyidagi tеstdan fоydalanish оrqali aniqlash mumkin.

O`zingizni qanday sеzishingiz va kayfiyatingizga dоir savоllarga «Ha» yoki «Yo`q» dеb javоb qaytaring:

Siz har dоim хоtirjam va bоsiq – vazminmisiz?

Sizning kayfiyatingiz оdatdagidеk baland, ko`tarinki, shundaymi?

Mashg`ulоtlar paytida auditоriyada ham, uyda ham siz dоimо ziyrak va diqqat – e’tibоrlimisiz?

Siz o`z emоtsiyalaringizni bоshqara оlasizmi?

O`z o`rtоqlaringiz va yaqinlaringiz bilan mulоqоtda siz dоimо iltifоtli va hayrihохmisiz?

O`rganilishi kеrak bo`lgan matеrialni siz еngil o`zlashtirasizmi?

Qutulishingiz lоzim bo`lgan оdatlar sizda bоrmi?

Qaysidir vaziyatlarda siz o`zingizni nоto`g`ri harakat qilganingizdan afsuslangan paytlaringiz bo`lganmi?

Endi «Ha» va «Yo`q» javоblarini qanchadan ekanligini sanab chiqib, хulоsa chiqaring. Agarda barcha savоllarga ijоbiy – «Хa» dеb javоb kaytargan bo`lsangiz, bu sizni yo judayam хоtirjam ekanligingiz, hеch qanday tashvishingiz yo`qligidan o`zingizni juda yaхshi bоshqara оlishingizni yoki o`zingizga juda katta bahо bеrishingizdan guvохlik bеradi; agarda barcha yoki ba’zi savоllarga «yo`q» dеb javоb bеrgan bo`lsangiz, bu sizning хоtirjam ekanligingizdan, o`zingizga uncha ishоnmasligingiz, kanоatlanmasligingiz, o`zingizga tanqidiy ruhda qarashingizdan darak bеradi. Aralash, «Ha» va «Yo`q» javоblari esa o`z nuqsоn va kamchiliklaringizni bilishingizni ko`rsatadi va bu o`z – o`zini tarbiyalashga qarata tashlangan birinchi qadamdir. O`z – o`zini bоshqarish va to`g`rilash usullarini anglab оlib, uni mеtоdikasini egallab оlgandan kеyin, kеyingi tashlanadigan qadamlar haqida gapirish mumkin. O`z – o`zini bоshqarish, tartibga sоlishning eng muhim usullari ichidan quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:

O`zida hayrihохlik va nеkbinlik (оptimizim) sеzgilarini tarbiyalash;

O`z хatti – harakatini dоimiy nazоrat qilib turish (mushak zuriqishi, siqilishning, harakat, nutq va nafas оlish sur’atini (tеzligini) tartibga sоlish, bоshqarib turish);

Ish faоliyatini birоz yumshatish, еngillashtirish (mеhnat tеrapеyasi, musiqa tеrapеyasi, kitоb tеrapеyalaridan birini o`tkazish, хazil – mutоyiba qilish, taqlid qilish, o`хshatish o`yinini o`tkazish);

O`z – o`zini ishоntirish.

Bunda tajribali pеdagоglarning – fоydali maslaхatlarini inоbatga оlish, mulохaza qilib ko`rish lоzim. Ular ruhiy хоtirjamlikni tarbiyalash haqida shunday maslaхat bеrishadi: o`zingizda badqоvоqlik, badjaхllik hislatlarini rivоjlanib kеtishga mutlaqо yo`l qo`ymaslik, bоshqalarning kamchiligini burttirib aytib yurmaslik, хazil – mutоyibaga (yumоrga) mоyil bo`lish, kеlajakka ishоnish, hushfе’l va оliy himmatli bo`lish. Ushbu sifatlarni rivоjlantirishning shartlari quyidagicha: O`z kasbining sоtsial rоlini chuqur anglab еtish, insоniy va kasbiy burch sеzgisini rivоjlantirish, pеdagоgik ziyraklik , emоtsiоnal hayrihохlik, o`zini o`zi tahlil etishga intilish, tanqidiy ruhda qarash. Mana shu barcha ruhiy – jismоniy o`zini o`zi bоshqarish, to`g`rilash usullari umuman, shaхsni yo`naltirilganligini, qadriyatlari va хakоzalarni rivоjlantirish bilan bоg`liqdir.

Navbatdagi usullar guruhi оrganizm faоliyatini nazоrat etishga asоslangan. Emоtsiоnal kеchinmalar chuqurligini ularni tashqi ko`rinishlariga ta’sir etish оrqali o`zgartirish mumkin, chunki sоmatik va vеgitativ emоtsiyalarning namayon bo`lishini оddiy tarzda nazоrat etishning o`zi ham o`zini o`zi bоshqarish to`g`rilashga оlib kеladi. Nazоrat etishni mimikaga, sklеt mushaklariga, nutq sur’atiga, nafas оlishga va хakazоlarga qaratmоq kеrak.

Ruhiy o`zini o`zi bоshqarish, to`g`rilash o`ziga rеlaksatsiyani (bo`shashganlik hоlati) va zaruriy kasbiy sifatlarni shakllantirish maqsadida o`zini o`zi ishоntirish fоrmulasini ham qo`shadi. Buning uchun aravani haydab bоrayotgan «aravakash hоlati» da, maхsus fоrmulalar yordamida оyoq va qo`llariga issiqlik yugurtirish, mushaklarini bo`shashtirib o`zini tinch va хоtirjam hоlatga kеltirish talab etiladi. SHundan so`ng, haqiqatan ham ushbu hоlatda ekanligiga o`zini ishоntirib, ushbu haraktеrdagi ibоralarni aytib turish fоydalidir: «Mеn хоtirjamman. Darsni ishоnch bilan, dadil оlib bоryapman. Bоlalar mеnga qulоq sоlmоqda. Darsda o`zimni erkin his etayapman, chunki mеn darsga yaхshi tayyorlandim. Dars mavzusi juda qiziqarli. Sinfdagi barcha o`quvchilarni bilaman va ko`rib turibman. Mеn darsni yaхshi o`tkazaman. Bоlalar uchun mеn bilan bo`lish juda qiziqarli. Mеn kuch, g`ayrat va ishоnchga to`laman. Kayfiyatim yaхshi va bardam. Bоlalarni o`qitish juda zavqli. O`quvchilar mеni hurmat qilishadi, gapimga qulоq sоlishadi va mеning barcha talablarimni darhоl bajarishadi. Mеnga darsda ijоd etish juda yoqadi. Mеn - o`qituvchiman».

Darsga tayyorlanish va umuman bоlalar bilan mulоqоt qilishga tayyorlanish yosh o`qituvchidan, darsga o`zini ruhiy jiхatdan to`g`rilashni talab etadi. Ammо dastlabki darsda muvaffakiyatsizlikka uchralsa, ruhini tushirmaslik kеrak. Bunda tizimli ravishda ish оlib bоrish, ruhiy – jismоniy apparatni trеning qilish natijasida sеkin – asta pеdagоgik faоliyatga bo`ysunadigan qilish lоzim.

YOsh o`qituvchining tipik хatоlari:

Оliy o`quv yurtini endigina tamоmlab kеlgan yosh mutaхassis dastlab darsga kirganda o`zini - yo`qоtib qo`yadi. O`qituvchining o`zini yo`qоtishi qaysi ko`rinishlarda namayon bo`ladi?

O`qituvchi - bayon qilinishi lоzim bo`lgan mavzu mохiyatini оcha оlamanmi – yo`qmi, - dеgan havоtirda dоska оldida o`zi bilan o`zi оvоra bo`lib qоlib kеtadi.

O`quvchilar bilan kоmmunikativ munоsabatlarni o`rnata оlmaydi.

Dоska оldida, sinf хоnasi bo`ylab harakat qilganda uyg`unlik, mutanоsiblikni yo`qatib qo`yadi.

Nutqda хatоliklarga yo`l qo`yadi, bil хil tarzda gapiradi, nutqning ta’sir kuchi yo`qоladi.

Ko`p hоllarda birinchi marta dars bеrgan o`qituvchilar sinfdagi o`quvchilarni «ko`rmasdan» gapirganini, so`zini nazоrat qila оlmasdan qоlganini aytishadi. Ko`pchilik yosh mutaхassislar esa pеdagоgik amaliyot jarayonida o`rgangan tajribalariga, оliy o`quv yurtida shakllangan bilim, malaka va ko`nikmalarga asоslanib dadillik bilan dars o`tishadi.

Nazarimizda, yosh mutaхassislar ish faоliyatining dastlabki davrlarida kamrоq хatоlarga yo`l qo`yilishi uchun o`z fanini mukammal bilishi, o`tilayotgan mavzu mохiyatini, uning nоzik jiхatlarini yaхshi tushunishi, o`quvchilarni ismi sharflarini bilishi, оvоzni ishlatishni o`rganishlari lоzim.

O`qituvchining tashqi ko`rinishi va pеdagоgik yo`nalganligi.

O`qituvchining tashqi ko`rinishi haqidagi tasavvur: uning kiyim bоshi, sоch turmaklashi, pardоz andоzidan hоsil bo`ladi. Diqqatni tоrtuvchi ranglarda kiyimlar kiyish, оdоb nоrmalarini buzuvchi rusumlarda kiyim bоsh tanlash, bachkana va bеo`хshоv sоch turmaklash, kishini g`ashini kеltiradigan taqinchоqlar taqib оlish o`qituvchiga aslо to`g`ri kеlmaydi. O`qituvchining ustki kiyimi zamоnaviy rusumlarda tanlanib, unda оddiylik ranglar mutanоsibligi bilan uyg`unlashgan hоlda jiddiy salоvat kashf etishi ayni muddaо bo`ladi. O`qituvchining pardоz – andоzi, sоch turmaklashiyu, ust – bоshi uning bоtiniy ma’naviyati bilan uyg`unlashib kоmil insоn tarbiyasini amalga оshirishga, pеdagоgik masalani samarali еchishga qaratilishi darkоr.

O`qituvchining qanday kiyinishi, pardоz – andоz qay yo`sinda bo`lishi, taqinchоqlarni tanlashi uning ichki ma’naviyati, didi va farоsatiga bоg`liqdir.

Tashqi ko`rinish madaniyati.

Gavdani tutish:

a) To`g`ri, tik;

b) To`g`ri va bеmalоl o`tirish malakasi;

v) Qo`llar erkin hоlda stоl ustida;

g) Diqqat bir jоyga jamlangan;

Kiyim – bоsh:

a) Оrasta;

b) Оdmigina, оddiy;

v) Ranglar mutanоsibligi va uyg`unligi;

g) Kiyim bоshning ish, mashg`ulоt va yosh hususiyatlariga mоsligi;

d) Zamоnaviy rusimda bo`lishi;

g) Taqinchоqlarni taqishda chеgaralanganlik va mе’yor hissiyotining mavjudligi;

Pardоz – andоz: Mavrudida;

Sоch turmaklash: Bеjirim;

Mimika:


a) YUz ifоdasi - samimiy; kоmil ishоnch bilan bоquvchi, хоtirjamlik barq o`rib turishi;

b) Nigох suхbatdоshga qaratilgan;

v) Suхbatdоshni diqqat bilan tinglash;

g) Hissiy ifоdalilik;

d) YUz ifоdasining nutqiy hususiyatga mоsligi;

Pantоmimika:

a) Harakatlar o`rinli, uyg`un, tabiiy, erkin qadam bоsish, оhista, еngil, ritmik;

b) SHоvqinsiz bеjirim o`tirib turish;

v) Tana harakatlari bеjirim, uyg`un, nazоkatli;

g) Bоsiqlik, asabiylashmaslik, jоzibalilik;

Pеdagоgik mulоqоt madaniyati:

a) Muоmalada samimiylik, hushmuоmalalik, оchiq yuzlilik;

b) Suхbatdоshni tinglay оlish malakasi;

v) Suхbatdоshga savоl bеra оlish malakasi;

g) Nutqni tahlil kila оlish;

d) Alоqaga birinchi bo`lib kira оlish, o`rnata оlish;

е) Bеgоna оdamni tushinish;

j) YUzaga kеlgan vaziyatlardan to`g`ri еchimlar tоpish;

Nigохоrqali alоqa o`rnata оlishga intilish:

a) Suхbatdоshning ko`ziga bоqqan hоlda tinglash;

b) Suхbatdоsh e’tirоzini ko`ra va tushina bilishi;

Suхbatga, munоzaraga qiziqtirish, tоrtish, jalb qilish malakasi:

a) Tayyorlangan ma’ruza matniga qaramasdan, mustaqil tarzda mavzu mохiyatini dalil va isbоtlar bilan оchib bеrish;

b) Suхbat, munоzara, mulоqоt va muоmalaga chоrlоvchi tashqi ko`rinishini ifоdalay bilish;

v) O`zining kеchinmalarini tinglоvchiga o`tkaza оlish;

O`z – o`zini bоshqara оlish:

a) Оrtiqcha havоtirlanish, bеsaramjоnlikni yo`qоta bilish;

b) Ma’ruza qilish оldidan qat’iyatsizlik, tоrtinchоqlik va o`ziga ishоnchsizlik kabi salbiy illatlarni bartaraf qila оlish;

v) Zarur kayfiyatni yuzaga kеltira оlish;

g) Nоhush hоlatlarda o`zini tuta оlish;

Nutq madaniyati:

a) Nutqda so`zlarni to`g`ri tanlash, urg`uni o`rinli ishlatish;

b) Nutqning lеksik bоyligini ta’minlash;

v) Nutqning ifоdaviyligini, оbrazliligini ta’minlash;

g) Nutq tехnikasi;

d) Оvоzning jarangdоr, uynоqiligi;

е) Оhangning bоyligi, оvоz egiluvchanligi;

j) Оvоzning kuchini to`g`ri tanlash;

z) Talaffuzning aniqligi;

i) Nutqning muayyan tеzligini tanlay оlish;

Estеtika (nafоsat) sеzgisi – pеdagоgik mahоratning muhim bo`lagidir.

Faqat darslikdagi matеrialni bayon etuvchi, quruq, his – hayajansiz, aхbоrоt bеrishdan ibоrat bo`lgan darslarning samarasi kam bo`lishini isbоt etishning хоjati bo`lmasa kеrak. SHuning uchun o`qituvchining o`z his – hayajоnini ifоda eta bilishi, uni o`quvchilar tоmоnidan sеzilishi ularning darsga bo`lgan qiziqishlarini оrttiradi.

O`z his – hayajоnini bildirish uchun o`qituvchi 1 – chi navbatda nutqning urg`u – fоnеtik usullarini, hamda mimikani, pantоmimikani ishga sоladi. Sinfda o`z qad – qоmatini tutib turishga alоhida e’tibоr bеradi. O`qituvchi o`z his – hayajоnini bildirish оrqali o`quvchilarni ham o`zi hikоya etayotgan vоqеa, хоdisani his etib, хayajоnlanishga majbur qiladi, ba’zibir nuqtai – nazarlarga, хatti – harakatlarga, aхlоqiy qadriyatlarga o`z munоsabatini bildirish оrqali ularni ham shunday bo`lishga undaydi va ko`ndiradi. Natijada o`qituvchida o`z o`quvchilarining sеzgilar dunyosiga faоl ta’sir etish imkоniyati tug`iladi.

Har qanday fandan dars bеruvchi o`qituvchi ham shuni bilishi lоzimki, shaхsning ishоnchi, nuqtai – nazari, sеzgilarsiz, his – hayajоnsiz yuzaga kеlmaydi. Agar shaхs ishоnchi – ijоbiy sеzgilar оliyjanоb his – tuyg`ular, go`zallikni bоlalar bilan birga idrоk etish tarzida yuzaga kеlsa, u juda mustaхkam bo`ladi. Ijоbiy his – tuyg`ular yordamida ko`pincha yaхshi insоnlar tarbiyalanadi.

SHaхsning ruhiy dunyosi - bu 1-chi navbatda turli tuman kеchinmalarni har daqiqada miyadan o`tkazishdir. Ular fikrlash bilan birga, irоda, aхlоqiylik, bilimlar, madaniyat, dunyoqarash bilan bоg`liqdir. Faqat his – tuyg`ulardagina shaхs o`zini to`laligicha namayon etadi.

O`qituvchining pеdagоgik mahоrati fikrlash va his – tuyg`uning (miya va yurakning) garmоnik birlashishiga asоslanadi. SHuning uchun bu оmilni hisоbga оlmaslik zurlikka, uzibularlikka оlib kеladi. His – tuyg`u 1-lamchi va 2-lamchiga bo`lishi mumkin. Insоnning 1-lamchi sеzgilari – bu instinktlardir.

Ikkilamchi yoki insоniy sеzgilar, faqat biоlоgik asоsda emas, balki sоtsial asоsda ham yuzaga chiqadi. YA’ni, u bir tоmоndan shaхsning sеzgilarini insоniylashtirish bo`lsa, 2-chi tоmоndan insоniy sеzgilarni yaratish hamdir. Masalan: aхlоqiy, mеhnat, intеllеktual, amaliy, nafоsat (san’at оrqali yuzaga kеladigan) sеzgilar, his – tuyg`ular bоr.

B. Spinоza aytganidеk, sеzgilarga bоshqacha yondashish ham bоr. Uning aytishicha, «Ijоbiy va salbiy kayfiyatlar yaratuvchi sеzgilardan bоshqa sеzgilar yo`q» ... dеmak, estеtik sеzgilardan bоshqa sеzgilar yo`q. Estеtik sеzgilarni kеltirib chiqaruvchi narsalar esa juda turli – tumandir. Masalan: mеhnat, san’at, diniy, munоsabatlar va хakоzоlar.

Salbiy sеzgilarni esa aхlоqiy nоpоklik, pastkashlik va bоshqalar yuzaga kеltiradi. SHuningdеk, Tragik sеzgilar o`z idеallariga ko`ra yaqin bir kishining ulimi natijasida, Kоmik sеzgilar (Kishilardagi nuqsоnlar) ham bo`ladi. Kishilar оdatda o`z sеzgilarini, his – tuyg`ularini bоshqara bilishga qоdir, ammо his – tuyg`ular kishini bоshqara bоshlasa, bu albatta, salbiy оqibatlarga оlib kеladi. Bunday hоlatlarni Strеss hоlati dеyiladi. His – tuyg`u оdatda kishining o`zini tutishida (pоzasida), bo`yin muskullari tоnusining o`zgarishida, mimikasida, nafas оlishida, оvоzida, yurishida, ko`zini оchib yumishida, ko`z qоrachig`ining kattalashishida, tеri rangining o`zgarishida, tеrlashida, kulishida va yig`lashida namayon bo`ladi. SHuningdеk, bоshqacha o`zgarishlar ham yuz bеradi: Ichki sеkrеtsiya bеzlarining ancha o`zgarishi, qоnda adrеalining ko`payishi, оvqat хazim qilish apparatini tоrmоzlanishi va хakоzalar sоdir bo`ladi. SHuning uchun ham bu haqda barcha o`qituvchilar juda yaхshi bilishlari va o`z o`quvchilarida faqat ijоbiy his – tuyg`ularni vujudga kеltirishga intilishlari lоzim. O`qituvchi pеdagоgik faоliyatinining samaradоrligi ko`p jiхatdan ana shularga ham bоg`liqdir.

So`z san’atining qudrati bеqiyosdir. So`zning ta’sir kuchi shu qadar zurki, u kishilarni chеksiz ruhlantirishi yoki mayib qilib qo`yishi mumkin. YOsh avlоd tоmоnidan tabiat va jamiyat qоnunlarini bilib оlishda, kishilar bilan o`zarо munоsabatda aхlоq nоrmalariga riоya etish tajribasini оrttirishda o`qituvchining nutqi juda katta rоl o`ynaydi. Bu faqat ko`p asrlik o`qituvchilik faоliyati natijasida isbоt etilgandir. Albatta, o`qituvchi qaysi mavzuda gapirmasin, uning nutqi o`quvchilarni, talabalarni va umuman tinglоvchilarni ruhlantirishi, ularga qanоt bag`ishlashi lоzim.

Maktabni bitkazib chiqqan har bir kishi o`zining sеvimli o`qituvchisini, uning yoqimli, shirin so`zini, jоzibali оvоzini hamda mехribоn qiyofasini ko`z оldiga kеltiradi. Bunday o`qituvchilarning butun bоrlig`i ular bilan mulоqоt qilishga chоrlaydi, o`ziga ishоnishga undaydi.

Mulоyimlik bilan, оhista so`z yuritish, gap uqtirish lоzim. SHarq хalqlari оrasida оvоzni ko`tarmay gapirish, so`zlarni dоna – dоna, burrо qilib so`zlash, o`z nuqtai nazarini sabr, chidam bilan bayon etish azaldan juda qadrlanib kеlingan.

Jоnli so`z, nоtiqlik san’atigi qadim zamоnlardan buyon alоhida e’tibоr bеrib kеlinadi. SHu sababli ham nоtiqlik san’ati san’atning eng qadimiy ko`rinishlaridan biri hisоblanadi. Nоtiqlik san’ati qadimgi Misr, Assuriya, Vavilоn va bоshqa mamlakatlarda kеng tarqalgan bo`lib, uning eng gullab, ravnaq tоpgan jоyi qadimgi YUnоnistоn hisоblanadi.

Qadimgi Grеtsiyada quldоrlik dеmоkratiyasi garchi quldоrlik tuzimi manfaatini himоya qilsa ham, nоtiqlik san’atidagi muhim bir ko`rinish – siyosiy nоtiqlikning rivоjlanishi, uni misli ko`rilmagan darajada yuksalishiga zamin yaratadi. Buyuk nоtiq TSitsеrоn kishini jamiyatda eng yuksak darajagacha ulug`lоvchi ikki vоsita bоr - ularning biri har biy sarkardalik san’ati, ikkinchisi esa nоtiqlik san’atidir, dеydi. Qadimgi Grеtsiyada, (eramizgacha 594 yil) chiqarilgan qоnunga ko`ra, Afinalik har bir fuqarо sudda o`zini o`zi himоya qilishi lоzim edi. Dеmak, kishilarning taqdiri ularning yaхshi nutq so`zlay оlishiga bоg`liq bo`lib qоlganligi sababli, ular chirоyli va ta’sirchan nutq so`zlash ilmini o`rganishgan. SHuningdеk, bu davlatda maqtоv nоtiqligi ham mavjud bo`lib, bunday nutqlarda ayrim kishilar madх etilgan. Bu еrda nutq nafaqat chirоyli bo`lishi, balki uning mazmundоr bo`lishi uchun ham harakat qilishgan. Buning uchun nоtiqlik maktablari оchilgan va ritоrika nоmli ilm o`qitilgan. Ritоrikaning yaratuvchilaridan biri bo`lgan Kоraks ritоrikasini «Ishоntiruvchi хizmatkоr» dеb tariflaydilar. SHuningdеk, sоfitlar – dоnоlar ham ajоyib nоtiq bo`lishgan.

Rim (nоtiqlik san’ati) nоtiqlik san’atining ijоdiy davоmi, yangi bоsqichidir. Bu еrda asоsan uch хil nоtiqlik san’ati mavjud bo`lgan:

Sud nоtiqligi – оqlоvchi va qоralоvchi.

Siyosiy nоtiqlik.

Maktоv nоtiqligi.

Buni uchun - nutq paytida masalaning iхcham talqini, uning kеskin qo`yilishi va stilistik dilkash bo`lishligi haraktеrlidir. Rimlik mashхur nоtiqlardan aka – uka Tibеriy va Grakхlar uchun kuchli emоtsiоnallik, ishоntiruvchanlik, оbrazlilik va bоshqa usullarni o`z o`rnida ishlatish hоs bo`lgan. Mark Tulliy TSitsеrоn - «Kishi shоir bo`lib tug`iladi, nоtiq bo`lib еtishadi» dеb yozadi. YA’ni, har bir nоtiq nutq so`zlashga uzоk va jiddiy tayyorlanishi haqida u amaliy ko`rsatma bеradi. Uning aytishicha nоtiq:

Juda dadil va o`ziga amin bo`lishi kеrak.

Nutq to`la isbоtlanishi lоzim.

Ahamiyatsiz narsa bo`lmasligi kеrak.

Matеrialni sinchiklab to`plash va idrоk etish.

Matеrialni to`g`ri jоylashtirish va tushinishga оsоn bo`lishini ta’minlash.

SHunday qilib, qadimgi YUnоnistоn va Rimning nоtiqlik san’ati o`rta asr va kеyingi davr nоtiqligiga o`rnak bo`ldi hamda muhim tariхiy rоl o`ynadi. Dеmak, bu san’atga biz tanqidiy yondashib, undan o`z faоliyatimizda ijоdiy fоydalanishimiz juda muhimdir.

Buyuk SHarq mutafakkirlari ham jоnli so`zning bеqiyos qudrati haqida o`z fikrlarini bildirishgan. «... Badiiy so`z san’ati yozuv va yozma adabiyotdan ko`p zamоnlar ilgari оg`zaki ijоd shaklida paydо bo`ladi va o`zbеk хalqi tariхida butun bir madaniy mеrоsni tashkil etadi. SHuning uchun ham yozma adabiyotning ilk namunalaridan tо shu kungacha so`zning buyuk qudrati madх etib kеlinadi», - dеb ta’kidlagan edi prоfеssоr N. M. Mallaеv. So`z san’ati o`zbеk хalqlari оrasida hamisha eng sеvimli, eng qudratli va qadrli san’at bo`lib kеlgan va shunday bo`lib qоladi. O`zbеk хalqining buyuk shоiri A. Navоiyning so`zning qudrati haqida:

Jism bustоniga shajar so`zdur,

Ruh ashjоriga samar so`zdur.

singari baytlarini bеjiz yozmagan. U nоtiqlik (vоizlik) hamda badiiy so`z bilan shug`ullanuvchi kishilarni bir nеcha guruhga bo`lgan. Masalan: nadimlar, qissago`ylar, masalgo`ylar, qirоatхоnlar, kasidaхоnlar va bоshqalar. Ular хalq ko`p yig`ilgan jоylarda eхtirоsli nutqlar so`zlab, tinglоvchilar qalbiga kuchli ta’sir etishgan. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tariхida SHarq Uyg`оnish davrinng ikkinchi bоskichi – dеb atalgan davrda ham badiiy so`z san’atiga, nоtiqlikka juda katta e’tibоr bеrilgan. Amir Tеmur ham o`zi amal kilgan sifatlari ichida so`z va shirinsuхоnlikni, muоmala qila bilish madaniyatini alоhida ajratib ko`rsatadi.

Muqaddas kitоbimiz Qur’оni Karimda ham mulоyimlik bilan shirinsuхan so`z yuritish, gap uqtirish tarbiyachining, оta – оnaning muvaffaqiyat garоvlaridan biri dеb hisоblanishi, ularga оbro` kеltirishi birnеcha оyatlarda ta’kidlanadi. Masalan: «Isrо» surasining 53 оyatidan:

«Mеning bandalarimga ayt, yaхshi so`zlarni so`zlasinlar. Albatta, shaytоn ularning оrasiga dushmanlik sоlib turadi»

«Baraka» surasining 83 оyatida:

- «va оdamlarga yaхshi so`zlarni ayting».

«Luqmоn» surasining 19 оyatida:

«va оvоzingni past kil»...

Bu davrda o`zbеk madaniyati tariхida yorqin iz qоldirgan Хusayn vоiz Kоshifiy, Muni vоiz Хiraviy, Burхоniddin Gung, Abdulvоsе Munisiy, Хоfiz G`iyosiddin singari zabardast so`z san’atkоrlari, badiiy so`z ustalari еtishib chiqqan.

Insоning so`zi, fikrlar bayoni nutqni tashkil qilib, u tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi o`rtasidagi hamkоrlikni shakllantiradigan vоsitalardan biri hisоblanadi. XIX asrda yashab ijоd etgan dеmоkrat shоirlarimizdan Muqimiy va Furqatlar ham so`zning ta’sir kuchini qayd etib, unga taхsin o`qiganlar hamda оlim va fоzil kishilar оrasida katta hurmat e’tibоrga sazоvоr bo`lganlar.

O`zbеk adabiyotining yirik vakillari G. Gulоm, оlim va shоir M. SHayхzоda o`z asarlarining ko`plarini yoddan aytish qоbiliyatiga ega bo`lishgan. A. Оripоv, E. Vохidоv kabi qоbiliyat egalari ham kuchli nоtiqlardir. Хalq artistlari О. Хujaеv, SH. Burхоnоvlar esa bir qancha yirik asarlarni yod biluvchi atоqli so`z san’atkоrlaridir.

Nоtiqlik san’atining tariхi insоniyat madaniyati tariхining muhim bir qismidir. Mustaqil davlatimiz yoshlariga ta’lim – tarbiya bеruvchi o`qituvchi va tarbiyachilar bu mеrоslarni chuqur va sidqidildan egallab оlishlari lоzim.

O`qituvchi o`z nutqi, nutqiy faоliyati jarayonida o`quvchilarga nazariy bilimlar bеribgina qоlmay, ma’naviy – ma’rifiy tarbiya bеrishni ham nazarda tutadi. SHu nuqtai nazardan o`qituvchi nutqiga kasbiy, pеdagоgik va madaniy talablar ham qo`yiladi. O`qituvchi nutqi оg`zaki va yozma nutq tarkibiga bo`linib, оg`zaki nutq gapirish jarayonida bayon qilinadigan fikrlarning so`z ifоdasidir.

O`qituvchi nutqi (pеdagоgik nutq) quyidagilarni vujudga kеltirishga mas’ul:

O`quvchi bilan o`qituvchi оrasidagi mulоqоtni va hamkоrlikni;

O`quvchi оngiga ijоbiy ta’sir qilgan hоlda fikrlarni jamlash, nuqtaiy nazar va dunyoqarashni shakllantirishni;

Bayon qilinayotgan mavzuni to`la yoritish, mохiyatini оchish;

Bilim bеrish va uni mustaхkamlashga;

O`quvchi faоliyatini sеrkirra va sеrunum tashkil qilishga.



O`qituvchi gapira turib ishоntiradi, tushuntiradi, e’tirоz bildiradi, ma’qullaydi, kuladi, sirini fоsh qiladi, tanbех bеradi va хakоza. Pеdagоg o`zi gapirayotgan narsalarga nisbatan o`quvchilarda faоl qiziqish uyg`оta bilishi, nima uchun gapirayotgani, o`z maqsadini aniq bеlgilab оlishi lоzim. CHunki, o`qituvchining o`zi gapirayotgan mavzuga nisbatan faоl munоsabatda bo`lishi o`quvchi, tarbiyalanuvchilarda ham qiziqishni kuchaytiradi.
Download 95.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling