Axbarot va axbarot texnologiyalari haqida qisqacha tushuncha
Download 25.16 Kb.
|
AXBAROT VA AXBAROT TEXNOLOGIYALARI HAQIDA
AXBAROT VA AXBAROT TEXNOLOGIYALARI HAQIDA QISQACHA TUSHUNCHA Ma’lumki, hozirgi globallashuv jarayonida har bir shaxs va muta-xassis o‘z sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra ijtimoiy hayotimizda raqamli iqtisodiyot ko’lamining kengayib borishi har bir shaxsdan bu sohada yetarlicha bilim, iqtidor va tajribalar talab etadi. Ammo bu tizimga kishilik jamiyatini moslashtirish asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Quyida axbarot va axbarot texnologiyasi tarixiga oid ma’lumot keltiriladi. Azaldan axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lum otlar tushuniladi. Keng ma’noda axborot — insonlar o‘rtasida ma’lumot ayirboshlash, odamlar va sun’iy qurilmalar o‘rtasida signal ayirbosh-lashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Axborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimiz-ning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatikaning asosiy resursi — axborotdir. Axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish insoniyat taraq-qiyotining har bir bosqichida turlicha rivojlanib borib, har xil ko'rinish-larga ega bo'lgan. Eng soda zamonaviy axborot sistemasigacha uning paydo bo'lishi, so'ngra muloqotning paydo bo'lishi uchun insondan alohida vosita talab qilinmagan. Unga inson miyasining quvvati yetarli hisoblangan. Inson tajribasi va bilimini orttirishda, axborot almashishda til va nutq vositachi vazifasini bajargan. Ularning og'zaki hikoyalarda yig'ilishi, xotirada saqlanishi va avloddan avlodga o'tib borishi insonning tabiiy imkoniyatlari tufaylidir. Taraqqiyot bosqichlari rivojlangani sari, insoniyatning axborot to'plashi, qayta ishlashi va uzatishi usuli o'zgarib borgan. Axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. 1-bosqich — yozuvning paydo bo'lishi, saqlanishi va avloddan avlodga o'tishi. Yozuv paydo bo'lishi bilan inson qayta ishlash texnologiyasidan birinchi marta quvvat oldi. 2-bosqich — XVI asr o'rtalarida kitob bosish vositalarning yaratilishi bilan bog'liq. Bu hodisa madaniyatning rivojlanishiga olib keldi. Kitob nashr etish ilm-fanning rivojlanishi bilan birga, soha bilimlarining ham jadal rivojlanishiga olib keldi. Mehnat jarayonida, dastgohlarda, mashinalarda ishlash orqali orttirilgan bilimlar yangi fikrlash manbayi va ilmiy yo'nalishlarga tatbiq etildi. 3-bosqich — XIX asr oxirlari. Elektr energiyasi paydo bo'lishi bilan birga telefon, telegraf, radio orqali ko'p miqdordagi axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyati yaratildi. 4-bosqich — axborot revolyutsiyasi sodir bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichning boshlanishi XX asrning 40-yillariga, ya’ni universal EHMlarning yaratilishi davriga to'g'ri keldi. 70-yillarda axborot texnologiyasining yadrosi bo'lgan mikrotexnologiya va shaxsiy kompyuterlar yaratildi. Hisoblash texnikasining rivojlanishi evolyutsiyasida mikroprotsessor yo'nalishi paydo bo'ldi. 5-bosqich — XX asr oxiri. Boshqarish tizimlarini osonlashtirish maqsadida axborot texnologiyalari qayta ishlandi. Axborotlarni mazmunli qayta ishlash negizida bizga boshqaruv tizimini o'rganish imkoniyatini beradigan algoritm va modellar bor. AXBAROT TEXNOLOGIYALARINING JAMIYATDAGI O’RNI Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo’jalik sohaga (masalan, talim, ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya, savdo, qishloq xo'jalik) misol keltirish qiyinmas. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to'plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xo’jaligini axborotlashtirish kelgusiga axborot texnologiyasining inqilobiga o'tish demakdir. Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qollanilib kelayotgan ayrim sohalarni sanab otamiz. Ishlab chiqarish sohasi. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo'llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik jarayonlarni boshqarishi, ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo'lib chiqquniga qadar bo'lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirishi, mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o'zgartirishlar yasab, qog'ozga chop etishi va boshqa amallarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob qilishda ham kompyuter eng yaxshi yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy Ishlab chiqarish sohasi. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo'llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik jarayonlarni boshqarishi, ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo'lib chiqquniga qadar bo'lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirishi, mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o'zgartirishlar yasab, qog'ozga chop etishi va boshqa amallarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob qilishda ham kompyuter eng yaxshi yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo'natiladi. Biznes sohasi. Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatishida katta rol o'ynaydi. Masalan, - biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisob-lashda; - tashkilot yoki firmaning yorlig'ini va tegishli hujjatlarini tartibga keltirishda; - tashkilot yoki firmaning taqdimot marosimini o'tkazishda; - reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayyor-lash, hisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda; - mijozlar haqidagi ma’lumotlar ro'yxatini saqlash va u bilan ishlashda; - boshqa firmalar, potensial taminotchi, ulgurji xaridorlar bilan boglanishda. Shunday qilib tashkilot yoki firmaning taraqqiy etishi uchun albatta axborot texnologiyasi yani kompyuterlarning imkoniyati va o'rni katta. Yuqoridagi ma'lumotlarga ko'ra axborot-kommunikatsiya texno-logiyalari odamlarga vaqtni tejash va masofani qisqartirish imkonini beradi; ushbu texnologiyalarning ulkan salohiyatini o'z manfaatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi; Davlat boshqaruvi, iqtisodiy faoliyat, ta'lim, sog'liqni saqlash, ish bilan ta'minlash, atrof-muhit, qishloq xo'jaligi va fan sohasidagi samaradorlikni oshirish va barqaror rivojlanishni ta'minlashning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Download 25.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling