Axbarot va pedagogik texnologiya muommolariga oid adabiyotlarning tahlili Mundarija: Kirish I bob. Pedagogik texnologiyalar tushunchasi va uning o’ziga xos jihatlari


Ta‘limning qaysi sohasiga yangiliklarning kiritilishi va qo‘llanilishi


Download 36.69 Kb.
bet5/8
Sana22.04.2023
Hajmi36.69 Kb.
#1379149
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axbarot va pedagogik texnologiya muommolariga oid adabiyotlarning tahlili

2.1. Ta‘limning qaysi sohasiga yangiliklarning kiritilishi va qo‘llanilishi
Ta‘limning qaysi sohasiga yangiliklarning kiritilishi va qo‘llanilishiga qarab, birinchi mezonga quyidagi yangiliklarni kiritish mumkin: 1) ta‘lim mazmunida, 2) texnologiyasida, 3) tashkil qilishhda, 4) boshqarish tizimida.
Yangiliklarni joriy qilishhning yo‘llaridan qat‘iy nazar ularni quyidagilarga ajratish mumkin:
a) tizimli, rejali, oldindan o‘ylangan;
b) kutilmagan, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, to‘satdan paydo bo‘lgan.
Yangiliklarni joriy qilishh tadbirlarining kengligi va chuqurligidan qat‘iy nazar ularning quyidagi turlarini sanab o‘tish mumkin:
a) ommaviy, katta, global, tizimli, keskin, asosli, muhim, jiddiy, chuqur va boshqalar;
b) qisman, kichik, mayda.
Yangilikning paydo bo‘lish xususiyatiga qarab ularni quyidagicha birlashtirish mumkin: a) tashqi va b) ichki.
Yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlar ta‘lim oluvchi manfaatdorligining yuksak darajasini belgilaydi, natijada ta‘lim jarayonining samaradorligi ortadi.
Yangiliklarni joriy qilishh asosida ta‘lim berish quyidagi holatlarda yuqori samara beradi:
1) shaxsiy qiziqtiruvchi omillarga asoslangan bo‘lganda. Talabalar o‘quv jarayoni uchun mas‘uliyatli bo‘ladalar, chunki ular o‘z ehtiyojlarini yaxshi biladilar;
2) birinchi navbatdagi ehtiyojlarga javob berganda. Ta‘lim talabalarning birinchi navbatdagi ehtiyojlaridan kelib chiqqanda o‘qishga intilish yuqori darajada bo‘ladi;
3) talabalarning jalb etilishini ta‘minlaganda.
O‘quv jarayonida sustkashlik bilan emas faol ishtirok etishh;
4) mustaqil fikrga asoslanganda.
O‘quv jarayoni mustaqil fikrga asoslanganda, u eng katta samara keltiradi, talabalar bir-birlaridan o‘rganadilar;
5) teskari aloqani ta‘minlaganda.
Samarali bilim berilishi uchun yo‘naltiruvchi va qo‘llab quvvatlovchi teskari aloqa mavjud bo‘lishi talab etiladi;
7) o‘rganuvchilarga nisbatan hurmat namoyish etilganda.
O‘qituvchi hamda talabalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonch mavjud bo‘lishi uchun o‘quv jarayoniga yordam beradi;
8) do‘stona muhit yaratilganda.
Do‘stona kayfiyatda bo‘lgan talaba cho‘chib o‘tirgan, hayajonlanayotgan, badjahl talabaga nisbatan materialni ancha osonroq o‘zlashtirib oladi.
9) qulay vaziyat sodir bo‘lganda.
Talabada o‘zlashtirishga nisbatan motiv hosil bo‘lsa, o‘quv materialini tez va oson o‘zlashtiradi.
Bilimlarini faollashtirish maqsadida beriladigan savollar:
1. Pedagogik texnologiyalar tushunchasi va uning o’ziga xos jihatlari qaysilar?
2. Pedagogik texnologiyalarlarning darajalari haqida ma‘lumot berihg?
3. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi va uning oziga xosliklari?
4. Pedagogik texnologiyaning tavsifini kelturing?
Ma'lumki, har qanday texnologiya ta'limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta'lim tamoyillariga asoslanadi va ta'lim oluvchi shaxsini tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo'nalishlarda kasbiy ko'nikmalarni hosil qilishga yo'naltiriladi. Ta'lim jarayonining faol sub'ektlari o'qituvchi va o'quvchilar bo'lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki fanlar asoslari) bo'yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o'zlashtirish imkonini yaratadi. O'qituvchining faol, samarali faoliyat ko'rsatishiga yo'naltirilgan ta'lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta'lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo'naltirilgan pedagogik texnologiyalari ta'lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o'qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o'quv materiali o'zlashtirishga sharoit yaratish bilan bir qatorda, ta'lim tarbiyasi butun mashg'ulot davomida o'quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish
maqsadini ko'zda tutadi, o'quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya talablarini o'quv yoki ishlab chiqarish faoliyatiga tezkor jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, yetarli darajada tushunarli bo'lmagan yoki aniq natijani ko'zlanmagan topshiriqlar mashg'ulotning samarasiz yakunlanishiga olib kelishi mumkin.
adabiyotlar tahlili va metodologiya O'zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining "Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari" bo'limida ikki bosqichli oliy ta'limni tashkil etish va rivojlantirish uchun amalga oshirish zarur bo'lgan tadbirlar qatorida "yangi pedagogik va axborot texnologiyadan foydalangan holda talabalarni o'qitishni jadallashtirish; o'qitishni mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distantsion ta'lim tizimi texnologiyasi va vosilalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish"' haqida so'z yuritilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish o'qitishni takomillashtirish, ya'ni o'quv jarayoniga pedagogik texnologiyalami keng tatbiq qilish, kompyuterli avtomatlashtirilgan o'qitish tizimini qo'llash, ta'limda yangi texnikaviy va didaktik vositalar hamda multimediya imkoniyatlaridan foydalanish, masofadan o'qitish ta'limini joriy qilish kabi o'qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo'llash orqali bajariladi. Rivojlangan mamlakatlarda yangi pedagogik texnologiya asta-sekinlik bilan shakllanib, O'zbekiston Respublikasiga ham kirib kela boshlagan. Yangi pedagogik texnologiya dars jarayonida talabalarni mustaqil fikrlash, erkin faoliyat yuritishga da'vat etadi.


Download 36.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling