Axborot boshqarish tizimlarini yaratishning case texnologiyasi


Download 414.91 Kb.
bet1/6
Sana31.03.2023
Hajmi414.91 Kb.
#1313273
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
CASE


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI


Elektronika va avtomatika fakulteti
Boshqarish jarayonlarini axborot texnologiyalari fanidan

Mustaqil ishi

Guruh:
Bajardi:


Qabul qildi:

Toshkent – 2023


Axborot boshqarish tizimlarini yaratishning CASE texnologiyasi
Murakkab iqtisodiy tizimlarda samarali boshqaruv taʼsirini ishlab chiqish uchun boshqaruvning tegishli algoritmlarini yaratish bilan bir qatorda, turli-tuman axborotlarning katta hajmlarini qayta ishlab chiqish ham talab qilinadi. Iqtisodiyotda boshqaruv avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish zaruriyati xuddi shundan kelib chiqqan.
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha vazifalarni hal etish uchun 2002-yil 30-mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “kompyuterlashtirishni yana-da rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risidagi” Farmoni qabul qilindi. Farmonda belgilangan chora- tadbirlarning amalga oshirilishi axborotlashtirishning milliy tizimlari barpo etilishini, iqtisodiyotga va jamiyatning har bir aʼzosi hayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarini ommaviy joriy etilishi uchun shart – sharoitlarni taʼminlaydi, jahon bozorida mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshiradi
Prezident Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi va 2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi, ular da telekommunikatsiyalar va maʼlumotlar uza tishni rivojlantirish, resursdan foydala nish, Internet tarmog’ida o’z saytlarini yara tishning maqsadli yo’nalishlari belgilandi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining (AAT) texnologik va funksional nuqtai nazardan ko’rib chiqishni bir necha tashkil qiluvchi qismlarga bo’lish mumkin.
Texnologik nuqtai nazardan ko’rib chiqilganda Aatda boshqaruv apparati hamda texnik-iqtisodiy axborotlar, ularning texnologik ishlab chiqish usullari va vositalari o’zaro farqlanadi. Qolgan qismlar texnologik o’zaro bog’langan, iqtisodiy-matematik usullar va boshqaruvning texnik vositalaridan yagona tizimli foydalanish sharoitida maʼlumotlarning avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini (aatex) tashkil qiladi. Aatexning vazifasi uning tuzilishini belgilab beradi va u quyidagi asosiy jarayonni o’z ichiga oladi: axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish; axborot massivlarini tayyorlash; maʼlumotlarni ishlab chiqish, jamlash va saqlash; natijaviy axborotlarni shakllantirish; maʼlumotlarni vujudga kelish manbalaridan ishlab chiqish joylariga, natijalarni esa, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun isteʼmolchilarga uzatish.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarni loyihalashtirishning ikkita variantini ko’rsatish mumkin.


Birinchi variant bo’yicha AAT va Aatex loyihalash ishlarini kasbiy tajribasiga ega bo’lgan ixtisoslashtirilgan maxsus firmalar bajaradi.
Ikkinchi variant bo’yicha loyihalash ishlari bilan zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari yaratilayotgan korxona va kompaniyalarning shtatida bo’lgan loyihalashtiruvchi-dasturlovchilar shug’ullanadi.
AATexni loyihalashtirishning avtomatlashtirish darajasiga ko’ra loyihalashning noavtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilgan tizimlariga ajratiladi.
Keyingi vaqtlarda iqtisodiy obʼektning iqtisodiy faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida qayta qurishni ko’zda tutgan “reinjiniring” nomini olgan yangi yondoshish paydo bo’ldi.


“Reinjiniring” atamasi M. Xammer tomonidan kiritilgan, u Aatex bazasida firmalar, korxonalar, kompaniyalarning qiymatli ko’rstkichlari, sifati, servis xizmati, rivojlanishlari suratlarini keskin, tezkor yaxshilanishiga erishish uchun ish jarayonlarini (biznes-jarayonlarni) tubdan qayta loyihalashtirishni ko’zda tutadi.
Attexni loyihalashtirishning avtomatlashtirish usullarining asosiy yo’nalishlarini chuqurroq ko’rib chiqamiz.
Modelga oid yondoshish. Bu yondoshish Aatni loyihasini avtomatlashtirishni avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari sifatida ko’rib chiqadi. Yondoshishning mohiyati boshqarishni birin-ketin o’zgartirishdan iborat: boshqarishning umumiy matematik modelidan (BUMM) boshlab to yechiladigan masala (vazifa)ning algoritmik modeligacha.

Modellarning ketma-ket o’zgarishi.


Bunda BUMM maqsadli funksiyani, cheklashlarni va boshqarish mezonlarini o’z ichiga oladi.
Loyihalashtirishdan oldingi tahlil (LOT) natijasida umumiy matematik model boshqarishning xususiy matematik modellariga (BXMM) ajratiladi.
Texnik loyihalash (TL) o’z ichiga konseptual loyihalashni (KL) va mantiqiy loyihalashni (ML) qamrab oladi.
Konseptual loyihalash (KP) natijasida konseptual model (KM) va mantiqiy loyihalash natijasida (ML) algoritmik model (alm) vujudga keladi.
Jismoniy loyihalashtirish (JL) natijasida ishchi loyiha (IL) vujudga keladi.
Boshqarishning umumiy matematik modeli (BUMM) muammo sohasi modelini (MSM) loyihalashning bazasi sifatida xizmat qiladi. O’z navbatida MSM funksional masalalar kompleksidan (FMK) tashkil topadi.
BUMMdan ajralib chiqqan boshqarishning xususiy matematik modellari (BXMM) funksional masalalar (FM) ko’rinishida shakllanadi va u bir vaqtning o’zida loyihalashtirishdan oldingi tahlilning natijasi hisoblanadi.
Konseptual loyihalashtirish BXMM asosida bajariladi, ularning mazmuni axborot jarayonlarini uyushtirish konsepsiyasining (JUK) tadqiq qilishga imkoniyat yaratadi hamda boshqaruv tizimning konseptual modeli ishlab chiqiladi.
Tizimning konseptual modeli (KM) mantiqiy loyihalash (ML) jarayonida axborot jarayonlari modeli (AJM) va yechiladigan masalalar modeli (YEMM) birgalikda formallashtiriladi.
Mantiqiy loyihalashtirishning yakunlovchi bosqichida hisoblash masalalari (XM) uchun algoritmlar (A) tadqiq qilinadi.
Jismoniy loyihalash natijasida ishchi loyiha vujudga keladi, uning asosiy komponentlari taʼminlovchi quyi tizimlar (TQT): axborot, dasturiy, texnik, tashkiliy va boshqalar.
AATex loyihalarini avtomatlashtirishda modelga oid yondoshishni qo’llashning ketma-ketligi quyidagi rasmda (rasm 3.6) keltirilgan.
Hozirgi vaqtda bayon qilingan modelga oid yondoshish o’zining ifodasini AAT va Aatexni loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan sohasidagi yangi yo’nalish CASE – texnologiyalarida topdi.
CASE - tizimlar (texnologiyalar). CASE (computer-aided Software \ System Engineering – Axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash) texnologiya Aatni tahlil qilish, loyihalashtirish, ishlab chiqish va kuzatib borish usullarini avtomatlashtirishning o’zaro bog’liq vositalari majmuasi bilan qo’llab-quvvatlovchi yig’indisidan iborat.
CASE – tahlilchilar, ishlab chiquvchilar va dasturlovchilar uchun Aatexni loyihalashtirish va ishlab chiqish jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradi.
CASE – texnologiyalardan foydalanishda AAT va Aatexning mavjud bo’lishlik davrining barcha bosqichlarida ishlarni olib borish texnologiyalari o’zgaradi, bunda tahlil qilish va loyihalashtirish bosqichlarida eng ko’p o’zgarishlar ro’y beradi.
CASE – texnologiyalar amalda barcha turdagi Aatlarni loyihalashtirish uchun qo’llaniladi, ammo ular tijorat tuzilmalarini strategik rejalashtirish vazifalarini yechishda, moliya sohasini boshqarishda, firmalar siyosatini belgilashda, xodimlarni o’qitishda va boshqa ishlarda yordam beruvchi tuzilmalar modellarini yaratish uchun ham qo’llaniladi. Bu yo’nalish o’z nomi – biznes-tahlil nomini olgan.
Ko’pgina zamonaviy CASE - tizimlarda tarkibiy tahlil qilish va loyihalashtirish uslubiyati qo’llaniladi. Bunda tizim va oqimning unsurlarining vazifalari aniqlanadi. Har bir axborot qayta ishlanayotgan ish joyi texnologik modul sifatida taʼriflanadi.
Korxona axborot oqimlarini taʼriflash uchun ko’pgina CASE -nizimlarda ER- modeli (entiti-relationship—“mohiyat-aloqa” modeli) foydalaniladi. Bunday modellarni tuzish uchun maxsus CASE – usullar qo’llaniladi.
ER- model yordamida axborot oqimlarining modelini taʼriflash uchun diagrammalar, jadvallar va chizmalardan foydalaniladi. Bunday uslubiyatlar loyihalashtirilayotgan tizimning aniq va ko’rgazmali taʼrifini taʼminlaydi.

CASE – texnologiyalar quyidagi asosiy afzalliklarga ega:


1.avtomatlashtirilgan loyiha nazoratining vositasi hisobiga yaratilgan AAT va Aatexning sifatini yaxshilaydi;
2.qisqa vaqt ichida kelgusi AAT va Aatexning namunasini yaratishga imkon beradi, bu dastlabki bosqichlardayoq kutilgan natijalarni baholashga imkon beradi;
3.tizimli loyihalashtirish va ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish;
4.ishlab chiquvchi butunlay ishlab chiqishning ijodiy qismiga diqqatini jalb qilishga imkon bergan holda uni eskilikka xos ishdan ozod qiladi;
5.AAT va AATexni ishlab chiqishning rivojlanishini va foydalanuvchi texnologiyalarni qo’llab-quvvatlaydi;
6.ishlanmalarning tarkibiy qismlaridan qayta foydalanuvchi texnologiyalarni qo’llab-quvvatlaydi.
Ko’pgina CASE - vositalar “uslubiyat usul pand-nasihat vosita” nomini olgan ilmiy yondoshishga asoslangan. Uslubiyat ishlab chiqilayotgan AAT loyihasini baholash va tanlash uchun boshqaruvchi ko’rsatmalar, ishning bosqichlari va belgilash qoidalarini shakllantiradi.
Respublikamizda eng keng tarqalgan CASE - tizim- bu ORACLE. Bu tizim yordamida ORACLE maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimiga (MBBT) asoslangan holda dasturlar va masalalar ishlab chiqiladi. ORACLE CASE - tizimida “yuqoridan quyiga” loyihalashtirish usuli qo’llaniladi, yaʼni dekompozitsiya tamoyiliga ko’ra umumiy qarorlardan xususiy qarorlarga o’tish.
ORACLE - tizimida quyidagi loyihalashtirish bosqichlarini ko’rsatish mumkin:
1.strategiyani ishlab chiqish;
2.obʼektni taʼlil qilish;
3.loyihalashtirish;
4.loyihani amalga oshirish;
5.ishlab chiqarishga joriy qilish;
6.ishga tushirish.
ER - model obʼektni tahlil qilish bosqichida quriladi, MBBT esa loyihalashtirish bosqichida.
ORACLE CASE - tizim quyidagi instrumental vositalardan iborat:
CASE * Dictionary (muammoli sohaning modullarini grafik shaklida tasvirlash);
CASE * Generator (dasturiy modullarni avtomatik ravishda generatsiya qilish).
Shuni taʼkidlash lozimki, amalda AAT va Aatexning jiddiy xorijiy loyihalashtirishning hech biri hozirgi vaqtda CASE - texnologiyalardan foydalanmasdan amalga oshirilmagandir.

Download 414.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling