Axborot hisoblash tarmoqlari mumkin bo’lgan nomning hisoblash tarmoqlari ma’lumotlarni uzatish kanallari bilan birlashtirilgan


Download 33 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi33 Kb.
#1459118
Bog'liq
ko\'p rangli tarmoq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI


BUXORO PEDAGOGIKA TEXNIKUMI


MA’RUZA MATNI




MAVZU: Ko’p rangli tarmoqni sozlash.


BUXORO
Axborot hisoblash tarmoqlari mumkin bo’lgan nomning hisoblash tarmoqlari ma’lumotlarni uzatish kanallari bilan birlashtirilgan. Kompyuter tizimi ko’rinishiga egadir.
Axborot hisoblash tarmoqlarining asosiy vazifasi tarmoqdan foydalanuvchilarga turli xil axborot hisoblash xizmatlarini samarali taqdim etishini ta’minlashdir. Bu esa foydalanuvchilarning bu tarmoqdan taqsimlangan resurslariga qulay va ishonchli murojaat qilishni tashkil etish yo’li bilan bajariladi.
Tuzilishi jihardan AHT o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Tarmoq uzellariga joylashtirilgan kompyuterlar, ishchi stansiyalar, serverlar;

  • Ma’lumotlarni uzatish apparatura va kanallari, ular bilan birga bo’lgan periferiya qurilmalari, tarmoqli plata modellari;

  • Mashrutlovchi va kommutasion qurilmalar;

Tarmoqlarda foydalanuvchilar bilan a;loqa qilish uchun xududiy qurilmalari jihozlangan yoki axborotlar, kommutasiya va mashrutlash vazifalarini bajaruvchi bitta foydalanuvchili mini va mikro EHM lar(shu jumladan SHKlar ham) quvvatli ko’p foydalanuvchili EHMlar ham ishlatilishi mumkin.
Multipleksorlar oddiy boshqarish qurilmalari arifmetik va eslab qoluvchi qurilmalar, interfeys bloklarini o’z ichiga oladi va ma’lumotlarni fizik va mantiqiy moslashtirish vazifalarini ham apparatini ham dasturli yo’l bilan bajariladi. Bog’lovchi prosessorlar kompyuter ko’rinishiga ega bo’lib, ular qiymatlarini mantiqiy va tashkiliy moslashtirish vazifasini bajarishi uchun maxsus ,dastur vositalari bilan jihozlangan.
Ishchi stansiyalar (Work station) bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo’lib u orqali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi stansiyasi ham tarmoqli ham local rejimlarda ishlay oladi.
Server – bu tarmoqni barcha ishchi stansiyalarning so’rovlarini qayta ishlash uchun, ajratilgan ko’p foydalanuvchili kompyuter bo’lib, u bu stansiyalarga umumiy tizim bo’lib resurslarga taqsimlaydi.
Fayl serveri (file server) qiymatlari bazasi bilan ishlash uchun ko’pincha sig’imli megabaytgacha bo’lgan RAID diskli massivlardagi hajmli diskli eslab qolish qurilamlariga egadir. Arxiv serverlari zaxira nusxalash serveri ma’lumotlarni zaxirali nusxalash uchun yirik ko’p serverli tarmoqlarda sig’imi 5gb gacha bo’lgan almashtiriladigan kartrijli lentadagi yig’uvchilar (strimerlar) ishlatiladi.
Faks server- samarali ko’p adresli faksimli aloqani tashkil etish uchun bir nechta faks modemli platali uzatish jarayonini ruxsat etilgan murojaat qiladigan ma’lumotlarning maxsus himoyali electron fakslarini saqlash tizimi ajratilgan ishchi stansiyadir.
Pochtali server- xuddi faks- server kabi lekin electron pochtani tashkil etish uchun electron pochta qutilari ishlatiladi.
Bosma serverlar- tizimli printerlarni samarali ishlatish uchun.
Kommutasiya qurilmalari
Hisoblash tarmoqlaridagi ma’lumotlarni uzatish tizimlarida muhim o’rin egallaydi. Kommutasiya qurilmalari yordamida bir nechta o’zaro harakatlanuvchi abonentli tarmoqlardagi aloqa kanallarining uzunligi sezilarli qisqaradi; kommutasion uzellar ma’lumotlarni uzatishda uchta mumkin bo’lgan turlardan bittasini amalga oshiradi.

  • Kanallarni kommutasiyalash

  • Axborotlarni kommutasiyalash;

  • Paketlarni kommutasiyalash

Kanallarni kommutasion joylashtirish va qabul qilish punktlari orasida aloqa kanallarini ketma-ket ulangan alohida uchastkalarda tarkibli kanalli shakllantirish yo’li bilan bevosita fizik ulanish o’rnatiladi. Bunday mufassal fizik tarkibli kanal aloqa siansini boshlanishida tashkil etiladi. Butun sians davomida qo’llaniladi va uzatish tugagandan keyin uzib qo’yiladi. Axborot kommutasiyalari ma’lumotlarni turli uzunlikdagi diskret porsiyalari (axborot) ko’rinishida uzatiladi. Shu bilan birga yuboruvchi va qabul qiluvchi orasida fizik kanal o’rnatilmaydi va kommutasion tizimli resurslari oldindan taqsimlanmaydi. Yuboruvchi faqat oluvchining adresini ko’rsatadi. Kommutasiya uzellari adresni va kanallarni joriy bandligini tahlil qiladi va axborotni ish vaqtidagi bo’sh kanallardan qabul qiluvchi toifaga uzatadi.
Paketlarni kommutasiyalash. Zamonaviy tizimlarda uzatish tezkorligin, ishonchligini oshirish va kommutasiya uzellarining eslab qolish qurilmalarining sig’imini kamaytirish uchun uzun axborotlar paketlar deb ataladigan bir nechta qisqaroq standart uzunliklariga bo’linadi.
Agar tarmoqning abonentlari bir biridan uncha katta bo’lmagan masofalarda 10-15 km gacha joylashgan bo’lsa, u holda bu tarmoqlar local tarmoq deb ataladi.
Xududiy tarmoq shahar, tuman, viloyat yoki unchakatta bo’lmagan mamlakatlar abonentlarini birlashtiradi. Odatda xududiy, MHT ob’yektlari orasidagi masofa o’nlab, yuzlab kilometrlarni tashkil etadi.
Global tarmoqlar bir biridan sezilarli uzoqlida joylashgan, ko’pincha turli mamlakatlarda yoki qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling