Axborot-kommunikasiya texnologiyalari xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar. Kirish. Reja
Download 39.11 Kb.
|
AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI XAVFSIZLIGIGA BO‘LADIGAN TAHDIDLAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI XAVFSIZLIGIGA BO‘LADIGAN TAHDIDLAR. Kirish. Reja: 1. Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushunchalari. Boshqaruvning axborot tizimi 2. O`zbekiston Respublikasida ma`lumotlarni himoyalashning me`yoriy- huquqiy va qonunchilik asoslari 3. Axborot –huquqiy tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan. Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta`minotini jadallashuvi, tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma`lumotlarni muntazam yig`ib borilishi, uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi. Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish kompyuter texnikasini joriy etishga, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uning asosida ma`lumotlarni berish avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza qilish faoliyati axborot ta`minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati faqat chuqur maxsus bilimlar orqali ta`minlanadi. Zamonaviy mutaxassisni malakasi shu bilan belgilanadiki, u shaxsiy kompyuter ishlashining asosiy tamoyili va qurilmalarini tushunishi, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash va qayta ishlashning, jumladan telekommunikatsiya (kompyuter tarmog`i) ning zamonaviy tamoyillarini bilishi zarur. Boshqaruv axborotlarining kompyuterda matn protsessorlari va grafik muharrirlar yordamida qayta ishlanishi elektron hujjatlar tayyorlashga, ularni saqlash va kompyuter tarmoqlari orqali uzatishga ketgan mehnat harajatini qisqartirib, mehnat samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu sababli har bir xodim uchun matnlar, rasmlar va jadvallarni matn muxarrirlari yordamida qayta ishlash imkoniyatlari va ulardan foydalanish ko`nikmalariga oid bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqshunoslar o`zining amaliy faoliyatida faqat aniq yuridik faktlar bilangina emas balki yuridik jihatdan ahamiyatli bo`lgan xodisa va jarayonlar bilan ishlashlashlariga to`g`ri keladi. Ularning statistik tahlili huquqshunoslar faoliyatining zaruriy sharti hisoblanadi. Mutaxassis ishining samarasi, uni ish vaqtini qanchalik ratsional sarflanayotganligiga bog`liq bo`lsa, huquqiy axborot tizimlaridan (LexUZ, Pravo, Norma) foydalanish esa vaqtni imkon qadar kam sarflashga va huquqiy aktlarni qidirish uchun zarur bo`lgan harakatlarni qisqartirishga olib keladi. Download 39.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling