Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet14/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103

 

DirectInput 

Analog  va  raqamli  richag  bilan  bevosita  ishni 

qo‘llab-quvvatlovchi 

DirectX 


drayverlar 

to‘plamining  qismi.  DirectInput  drayverlari 

richagli  mexanizm  parametrlari  va  uning 

kalibrovkasi 

natijalarini 

saqlash 


uchun 

Windows reyestridan foydalanadi. 



 

DirectPlay 

Ma’lum  o‘yinning  tarmoq  bayonnomasi  va 

transportga  qaramlikdan  ozod  qiluvchi,  uyin 

dasturlari 

Windows 

kommunikatsiya 

vositalaridan 

foydalanishini 

ta’minlovchi 

dasturiy interfeys. 



 

DirectSound 

Voqeiy 


vaqtda 

aralashtirish 

va 

tovush 


kartasidan  to‘g‘ri  erkin  foydalanish  imkonini 

beruvchi  DirectX  to‘plamining  audio  tarkibiy 

qismi. 

 

DirectX 

Microsoft 

kompaniyasining 

Windows 


operatsion  tizimida  ko‘ptashuvchi  kompyuter 

dasturlari  va  qurilmalardan  foydalanish  uchun 

ishlab 

chiqilgan 



texnologiyasi. 

DirectX 


to‘plamiga  ko‘ptashuvchi  dasturlarni  yaratish 

imkonini  beruvchi  qurilma  drayverlari  va 

dasturiy  vositalar  kiradi.  Ushbu  texnologiya 

to‘xtovsiz  rivojlanishda  davom  etib,  hozirgi 

kunga  kelib  uning  quyidagi  rusumlari  chiqqan 

(har  bir  keyingi  rusum  o‘z  ichiga  avvalgi 

imkoniyatlarini ham oladi): 

DIB 


 

 

67 


–  DirectX  1.0  DirectDraw,  DirectInput, 

DirectPlay 

va 

DirectSoundlardan 



iborat 

bo‘lgan;  

–  DirectX  2.0ga  qo‘shilib  Direct3D  hosil 

bo‘lgan;  

– 

DirectX 


3.0 

DirectInputda 

MMX 

texnologiyasini 



qo‘llab-quvvatlash 

uchun 


richagli  mexanizmni  va  virtual  hamprotsessor 

drayverini  maxsus  boshqarish  dasturining 

paydo  bo‘lishi  bilan  farq  qilgan.  DirectSound 

uchun o‘ziga tegishli API paydo bo‘lgan; 

– 

DirectX 


5.0 

qator 


yangiliklarni 

mujassamlantirgan, jumladan teskari aloqa bilan 

o‘yin 

nazoratchilarini 



qo‘llab-quvvatlash 

(masalan,  otish  qurolining  teskarisini),  o‘yin 

nazoratchilarini  boshqarish  uchun  yangi  panel, 

ancha  yaxshilangan  MMX  texnologiyasini 

qo‘llab-quvvatlash  interfeysi  va  foydalanuvchi 

uchun yaxshilangan boshqarish interfeysi; 

–  DirectX  6.0  bir  necha  yangi  3D  vazifalarini 

qo‘llab-quvvatlashni  o‘z  ichiga  oladi,  jumladan 

bir  o‘tishli  ko‘p  teksturalash,  teksturalarni 

siqish 


va 

h.k. 


Shuningdek, 

terish 


drayverlarining  tezkorligi  oshirilgan  va  AMD 

firmasining  3DNow  texnologiyasini  qo‘llab-

quvvatlash qo‘shilgan; 

–  DirectX  6.1  DirectMusic  deb  nomlangan 

yangi APIni o‘z ichiga olgan;  

–  DirectX  7.0,  8.0,  9.0  yangi  yaxshilangan 

rusumlardir. 

 

direktoriya 

ingl.: directory 

rus.: директория 

Alohida  ajratilgan  fayllar  ro‘yxatini  o‘z  ichiga 

olgan  fayllar  tizimining  bo‘limi.  O‘zi  ham 

maxsus fayl shaklida bo‘lishi mumkin. 



 

disk 

ingl.: disk 

rus.: диск 

Bitta yoki ikkita tomonida ma’lumotlarni o‘qish 

yoki yozishni amalga oshirish uchun aylanuvchi 

yassi  dumaloq  plastinadan  iborat  ma’lumotlar 

tashuvchisi.  

qarang: Qattiq disk, Lazer disk. 

 

diskdagi katalog 

ingl.: directory 

rus.: каталог на диске 

qarang: direktoriya 

 

diskret 

ingl.: discrete 

rus.: дискретный 

Ramzlar  kabi  alohida  elementlardan  iborat 

bo‘lgan  ma’lumotlar  yoki  aniq  ko‘rsatilgan 

qiymatlarning  chekli  soniga  ega  bo‘lgan  fizik 

miqdorlarga,  shuningdek,  jarayonlar  va  ushbu 

ma’lumotlardan 

foydalanuvchi 

funksional 

moslamalarga tegishli ta’rif. 

 

distributiv 

ingl.: distributive 

rus.: дистрибутив 

Ishlab  chiqaruvchi  tomonidan  taqdim  etilgan 

shakldagi  dastur  mahsuloti.  Distributiv  diskda, 

odatda,  dasturning  o‘zi  hamda  dasturni  qattiq 

diskka  o‘rnatish  va  uning  parametrlarini 

moslashtirish  uchun  mo‘ljallangan  o‘rnatuvchi 

bo‘ladi. 

 

dizassembllash 

ingl.: disassembling 

rus.: дизассемблирование 

Protsessor  uchun  ko‘rsatmalarni  nisbatan  oson 

o‘qiladigan 

dastur 


matniga 

aylantirish. 

Dizassemblash 

maqsadi 


odatda 

boshqa 


dasturlarni 

o‘zgartirishdir 

(odatda 

bu 


muhofazani 

buzish). 

Dizassembllash 

bajarilayotgan  faylni  Assembler  tilidagi  dastur 

matniga aylantiradi. 

 

dizayn 

ingl.: design 

rus.: дизайн 

qarang: veb-dizayn 

 

DLC 

qisq.: Data Link Control 

Ma’lumotlarni  uzatish  kanalini  boshqarish, 

DLC bayonnomasi. 

 

DLL 

qisq.: Dynamic Link Library 

Dinamik 


ravishda 

ulanadigan 

kutubxona. 

Windowsning  dinamik  ravishda  ulanadigan 

funksiyalari  va  resurslaridan  iborat  ktubxona 

fayli. 


 

DLP 

qisq.: Digital Light Processing 

Yorug‘likka  raqamli  ishlov  berish.  Millionlab 

mikrooynalardan  iborat  yuzaga  ega  bo‘lgan 

integral 

mikrosxemalardan 

foydalanishga 

asoslangan tasvirni aks ettirish texnologiyasi. 

DLP 


 

 

68 


 

DLT 

qisq.: Digital Linear Tape 

Chiziqli yozuv raqamli tasmasi, DLT tasmasi. 



 

DMA 

qisq.: Direct Memory Access 

Xotiradan  to‘gridan-to‘g‘ri  erkin  foydalanish. 

Maxsus  qurilma  otmonidan  boshqarilayotgan 

(DMA  nazoratchisi)  va  markaziy  protsessor 

ishtirokisiz 

bajarilayotgan 

xotira 

va 


kiritish/chiqarish 

qurilmasi 

orasida 

ma’lumotlarni 

almashish 

rejimi. 


Ushbu 

rejimdan  foydalanish  ma’lumotlar  jo‘natilishini 

ancha  tezlashtiradi,  chunki  bu  ma’lumotlarni 

protsessorga  va  undan  qayta  jo‘natishni  inkor 

etadi. 

 

DMI 

qisq.: Desktop Management Interface 

Stolusti  kompyuterlarni  boshqarish  interfeysi. 

Boshqaruvchi qo‘llanmalar agentlari kompyuter 

apparaturasi  va  dasturiy  ta’minotini  to‘g‘risida 

axborot  to‘plashi  va  uning  tarkibiy  tuzilmasini 

masofadan sozlashi mumkin bo‘lgan API. 



 

DML 

qisq.: Data Manipulation Language 

qarang: ma’lumotlarni boshqarish tili 

 

DMTF 

qisq.: Desktop Management Task Force 

Stolusti kompyuterlarni boshqarish bo‘yicha ish 

guruhi. 

Mahalliy 

tarmoqlarda 

shaxsiy 


kompyuterlarni  boshqarish  uchun  standartlar 

ishlab chiqaruvchi tashkilot. 



 

DMY 

qisq.: Day-Month-Year 

Kun-oy-yil. 



 

DMZ 

qisq.: DeMilitarized Zone 

Harbiysizlashtirilgan 

zona. 

Korxonaning 



tarmoq  infratuzilmasiga  nisbatan  ishlatilganda 

ommaviy  va  ichki  tarmoqlardan  tarmoq 

ekranlari  bilan  ajratilgan  «betaraf»  chegaradosh 

nimtarmoqni bildiradi. 



 

DNS 

qisq.: Domain Name System 

1.  Domain  Name  System  –  Domen  nomlari 

xizmati.  Kompyuter  nomi  bo‘yicha  uning  IP 

manzilini aniqlashni amalga  oshiruvchi  Internet 

xizmati.  Taqsimlangan  nomlar  ma’lumotlar 

bazasi  va  manzillarni  qo‘llab-quvvatlovchi 

DNS serverlari tizimidan iborat. DNS asosidagi 

konsepsiyalar  tavsifi  RFC  1034da,  DNS 

spetsifikatsiyalari esa RFC 1035da keltirilgan. 

2.  Domain  Name  Server  –  Domen  nomlari 

serveri,  DNS  serveri.  Doimiy  ravishda  xizmat 

ko‘rsatilayotgan 

domenning 

nomlar 


ma’lumotlar  bazasi  va  xostlar  manzillarini 

o‘zida  saqlaydi.  Internet  tarmog‘idagi  har  bir 

nomlangan 

server 


turli 

kompyuterlarda 

joylashgan  2ta  DNS  serveriga,  ya’ni,  birlamchi 

va  ikkilamchi  serverlarga  (ishonchlilik  uchun) 

ega bo‘lishi shart. 

 

DNS nomi 

ingl.: DNS name 

rus.: имя DNS 

qarang: domen nomi 

 

DNS serveri 

ingl.: DNS server 

rus.: сервер DNS 

qarang: domen nomlari serveri 

 

DOA 

qisq.: Dead On Arrival 

(shuningdek 

D.O.A.) 

Yo‘lda 


vafot  etdi. 

Ko‘chma  ma’noda  (qurilma  to‘g‘risida  gap 

borsa)  –  “ishga  noloyiq  holatda  yetkazib 

berilgan” degan gap. 



 

DOM 

qisq.: Document Object Model 

Hujjatlarning 

obyektli 

modeli. 


W3C 

konsorsiumi  tomonidan  obyektlar  shajarasi 

shaklida  ishlab  chiqilgan  va  API  tomonidan 

bunday  model  bilan  ishlash  uchun  tavsiya 

etilgan hujjat modeli. 

 

domen  

ingl.: domain 

rus.: домен 

1. Tarmoq ichida umumiy qoidalar va tartibotlar 

asosida  yaxlit  shaklda    idora  etiluvchi 

kompyuterlar  va  qurilmalar  guruhi.  Internet 

tarmog‘ida domen IP manzil bilan belgilanadi. 

2.  Ikki  nuqta  orasidagi  domen  manzili  qismi. 

Chekka  o‘ng  tomondagi domen  yuqori  pog‘ona 

domeni  bo‘ladi.  Masalan,    www.mves.gov.uz  - 

3-pog‘ona  domeni;  mves.gov.uz  -  2-  pog‘ona 

domeni;  gov.uz  -  1-  pog‘ona  domeni;  uz  -  0- 

pog‘ona domeni. Shunday qilib, yuqori pog‘ona 

DLT 


 

 

69 


domenlari  shajarasi  tashkil  bo‘ladi:  yuqori 

pog‘ona  uz  (O‘zbekiston)  domeni,  o‘z  ichiga 

olgan  gov  (hukumat)  domeni,  uni  o‘z  ichiga 

olgan  mves  (Tashqi iqtisodiy  aloqalar  vazirligi) 

va  uni  o‘z  ichiga  olgan  www  (www  serveri). 

Nolinchi  pog‘ona  domenlari  har  doim  tarmoq 

nomlarini  bildiradi.  Nol  pog‘ona  domenlari  – 

xalqaro  shartnomalar  predmeti.  1chi  va  undan 

yuqori 

pog‘ona 


domenlarini 

taqsimlash 

vakolatli tashkilotlar va provayderlar tomonidan 

amalga oshiriladi. 

3.  Ma’lumotlar  bazalari  texnologiyalarida 

domen  atributning  mumkin  bo‘lgan  qiymatlari 

tavsifidir. 

 

domen manzili 

ingl.: dome address 

rus.: доменный адрес 

qarang: domen nomi 

 

domen nomi 

ingl.: domain name 

rus.: доменное имя 

Domen  nomlar  tizimiga  binoan  kompyuter 

tarmog‘i  bog‘lamasiga  berilgan  noyob  belgili 

nom.  Internet  tarmog‘ida  bu  doimiy  IP-

manzilga  ega  bo‘lgan  qurilma  nomidir.  Odatda 

bog‘lamaning 



umumiy 

joylashishini 

belgilaydi.  Har  bir  domen  nomi  tarmoqda 

ro‘yxatdan  o‘tkazilib,  alohida  kompyuter  yoki 

funksional  guruh  (domen)ga  birlashtirilgan 

identifikator bo‘lib xizmat qiladi. 



 

domen nomi ajrataolishi 

ingl.: domain name resolution 

rus.: разрешение доменных имен 

Internet  domen  nomini  mos  ravishda  IP-

manzilga o‘girish jarayoni. 

 

domen nomini ro‘yxatga kiritish 

ingl.: domain name registration 

rus.: регистрация доменного имени 

Talabnoma  asosida  domen  nomi  va  uning 

ma’muri to‘g‘risida axborotni ro‘yxatga oluvchi 

tomonidan  reyestrga  kiritib  qo‘yish.  Reyestrga 

domen  nomi  to‘g‘risidagi  axborot  kiritilgan 

vaqtdan 


boshlab 

ro‘yxatga 



olingan 

hisoblanadi. Masalan, .uz domenida ro‘yxatning 

kuchga  ega  bo‘lish  muddati  bir  yil.  Bu  davrda 

reyestrda  domen  nomi  to‘g‘risidagi  axborot 

saqlanib  turadi.  Domenni  ro‘yxatga  olish 

navbatdagi bir yilga davom ettirilishi mumkin. 



 

domen nomlari reyestri 

ingl.: domain name registry 

rus.: реестр доменных имен 

Domenning markaziy ma’lumotlar bazasi. Unda, 

ro‘yxatdan 

o‘tgan 


domen 

nomlari, 

domenlarning 

ma’murlari 

haqidagi 

va 


domenlarni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  uchun  zarur 

axborot saqlanadi. 



 

domen nomlari ro‘yxatchisi 

ingl.: domain name registrant 

rus.: регистратор доменных имен 

Domen  nomlarini  ro‘yxatga  olish  bo‘yicha 

xizmatlar  ko‘rsatadigan  va  tegishli  axborotni 

Reyestrga uzatadigan yuridik shaxs. 



 

domen nomlari serveri 

ingl.: domain name server 

rus.: сервер имен доменов 

Domen 


nomlarini 

tarmoq 


manzillariga 

o‘giruvchi 

server. 

Ushbu 


serverlar 

o‘z 


ixtiyorida 

domen 


nomlari 

tizimining 

ma’lumotlar  bazasining  kompyuter  nomlari  va 

ularning 

raqamli 

manzillari 

o‘rtasida 

muvofiqlikni  aniqlovchi  qismi  bo‘ladi.  Bundan 

tashqari,  DNS  serverlari  nomni  tarmoqda 

ishlatish  uchun  ruxsat  so‘rovchi  tarmoq 

mijozlariga nomlarni taqdim etadi. 

 

domen nomlari xizmati 

ingl.: Domain Name Service (DNS) 

rus.: служба доменных имен 

qarang: DNS 

 

dorvey 

ingl.: doorway 

rus.: дорвеи 

1-3 


kalitli 

so‘z 


yoki 

iboralar 

uchun 

maqbullashtirilgan  sahifalar.  Ularni  odatda 



kirish  sahifalari,  shluzlar  (ingl.  gateway)  yoki 

reklama sahifalari (splash pages) deyiladi. Ko‘p 

hollarda  dorveylar  ma’lum  izlash  mashinasi 

uchun maxsus yaratiladi. 



 

DoS 

qisq.: Denial Of Service 

Xizmat  ko‘rsatishni  rad  etish.  Bir  paytning 

o‘zida  amalga  oshirilayotgan  ko‘p  sonli 

so‘rovlardan 

iborat 

bo‘lgan 


Internet 

bog‘lamasiga  hujum  turi.  Natijada  hujum 

qilinayotgan bog‘lama resurslarining yuklanishi 

juda  ortib,  uning  hatto  to‘liq  ishdan  chiqishiga 

olib kelishi ham mumkin. 

 

DoS 


 

 

70 


DOS 

qisq.: Disk Operating System 

Disk operatsion tizimi, DOT. 



 

DOS operatsion tizimi 

ingl.: DOS 

rus.: операционная система DOS 

DOS  (disk  operating  system)  atamasi  ixtiyoriy 

operatsion  tizimga  tegishli  bo‘lishi  mumkin, 

ammo u, ko‘pincha, Microsoft kompaniyasining 

MS-DOS  (Microsoft  disk  operating  system) 

operatsion tizimiga nisbatan ishlatiladi. 



 

Download 

Yuklab 


olish. 

Ma’lumotlarning 

(odatda 

faylning)  boshqa  kompyuterdan  (masalan, 

Internet serveridan) kompyuteringizga uzatish. 

 

dpi 

qisq.: dot per inch 

Dyumga  nuqtalar  soni.  Turli  qurilmalarning 

(printerlar,  skanerlar  va  h.k.)  ajrataolish 

qobiliyatining o‘lchov birligi. 



 

DPMS 

qisq.: Display Power Management Signaling 

Monitor  energiya  iste’molini  boshqarish  tizimi 

–  VESA  uyushmasi  tomonidan  monitor 

energiya  iste’molini  ko‘pbosqichli  kamaytirish 

uchun  yaratilgan  standart.  Standartni  amalga 

oshirish  uchun  u  monitor  tomonidan  qo‘llab-

quvvatlanishi  lozim.  Standartda  to‘rtta  bosqich 

belgilangan: 

Bosqich  0  -  DPMS  Mode  On-  Monitor 

odatdagidek ishlatilyapti 

Bosqich 1 - DPMS Mode Standby - Tasvir yo‘q, 

iste’mol kamaytirilgan 

Bosqich 2 - DPMS Mode Suspend - Tasvir yo‘q, 

iste’mol yanada kamaytirilgan 

Bosqich  3  -  DPMS  Mode  Off  -Tasvir  yo‘q, 

iste’mol eng kam qiymatgacha kamaytirilgan 



 

DQDB 

qisq.: Distributed Queue Double Bus 

qarang:  taqsimlangan  ikki  yoqlama  navbatli 

shina 


 

DRAM 

qisq.:  Dynamic  Random  Access  Memory,  Dynamic 

RAM 

To‘g‘ri  erkin  foydalanishning  dinamik  xotirasi 

– 

sxematexnika 



nuqtai 

nazaridan 

kondensatorlarning 

ikkio‘lchamli 

matritsasi 

(qatorlar  x  ustunlar)  shaklida  yaratilgan  xotira. 

Juda 

arzon, 


lekin 

kondensatorlardagi 

zaradlarning doimiy  «yangilanib turishini» yoki 

qayta  yaralishini  (refresh)  talab  qiladi.  Qayta 

yaralish  xotirani  «bo‘sh»  o‘qish  sifatida 

bajariladi.  Ushbu  jarayon  ancha  vaqt  talab 

qiladi, 

chunki 


bu 

paytda 


regeneratsiya 

nazoratchisidan  tashqari  hech  bir  qurilma 

xotiradan erkin foydalanaolmaydi. 

 

drayver 

ingl.: driver 

rus.: драйвер 

Boshqaruvchi dastur. Odatda, bu bajarilayotgan 

dasturning  ma’lum  moslama  bilan  o‘zaro 

ishlashini 

ta’minlovchi 

va 


undan 

qulay 


foydalanishga 

yordam 


beruvchi 

amalli 


tizimning 

dasturidir. 

Masalan, 

klaviatura, 

displey,  sichqoncha,  printer  va  shular  kabi 

drayverlar 

mavjud. 

Drayver 


dasturlarning 

moslamaga  qaratilgan  buyruqlarini  qabul  qilib, 

ularni  moslamani  boshqarish  buyruqlariga 

aylantiradi, 

shuningdek 

xizmat 



ko‘rsatilayotgan  moslamadan  uzilishlarni  qayta 

ishlaydi. 

Bunda 

drayver 


moslamaning 

tuzilishidagi  xususiyatlar  va  vaqtning  voqeiy 

ko‘lamidagi  ishlash  xususiyatlarini  hisobga 

oladi.  Moslama  mumkin  bo‘lgan  moslamalar 

ro‘yxatiga  kiritilgan  bo‘lsa,  bunday  moslama 

drayveri  odatda  amaliy  tizim  tarkibiga  kiradi. 

Moslamalar  drayverlari  kompyuter  yoqilganda 

avtomatik  tarzda  yuklanib,  undan  keyin 

foydalanuvchi 

uchun 


ko‘rinmas 

tarzda 


bajariladi. 

 

DRDA 

qisq.: Distributed Relational Database Architecture 

Taqsimlangan  relyatsion  ma’lumolar  bazasi 

arxitekturasi, 

DRDA 


bayonnomasi. 

Ma’lumotlar  bazalaridan  erkin  foydalanish 

uchun standart kommunikatsiya bayonnomasi. 

 

DRI 

qisq.: Declarative Referential Integrity 

Deklarativ ishoratli butunlik. 



 

DSA 

qisq.: Digital Signature Algorithm 

Raqamli  imzo  algoritmi.  Ochiq  kalitli  raqamli 

imzo  algoritmi.  NIST  tomonidan  1991  yilda 

ishlab chiqilgan. 



 

DSDM konsorsiumi 

DOS 


 

 

71 


ingl.: DSDM consortium 

rus.: консорциум DSDM 

Amaliy  dasturlar  ishlab  chiqish  usullari  va 

vositalari 

yaratish 

bilan 

shug‘ullanadigan 



tashkilot. 

Konsorsium 

1994 

yili 


Buyukbritaniyada 

70 


ga 

yaqin 


ishlab 

chiqaruvchilar  va  foydalanuvchilar  ishtirokida 

tuzilgan.  Dasturlarni tezkor  ishlab  chiqish  usuli 

standarti, uning asosiy ishi bo‘lib qoldi. 



 

DSL 

qisq.: Digital Subscriber Line 

qarang: raqamli abonent liniyasi 

 

DSOM 

qisq.:  Distributed  System  Object  Model,  Distributed 

SOM 

Tizim  obyektlarini  taqsimlash  modeli.  IBM 

firmasi texnologiyasi. 

 

DSP 

qisq.: Digital Signal Processor 

Raqamli  signal  protsessori.  Raqamli  shaklga 

o‘girilgan  analog  signallarga  ishlov  berish 

uchun ixtisoslashtirilgan protsessor. 



 

DSS 

qisq.: 

1.  Decision  Support  System  –  Qarorlarni  qabul 

qilishni qo‘llab-quvvatlar tizimi. 

2.  Digital  Signature  Standard  –  Raqamli  imzo 

standarti,  DSS  standarti.  AQSHda  qabul 

qilingan,  DSA  algoritmiga  asoslangan  raqamli 

imzo standarti. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling