Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103

 

generator 

ingl.: generator 

rus.: генератор 

1.  Mexanik  energiyani  elektr  energiyasiga 

aylantirib beruvchi qurilma. 

2. Muttasil signal chiqaradigan qurilma. 

Yana qaralsin: kalitlar oqimi generatori, kalitlar 

generatori, tasodifiy sonlar generatori. 



 

geoaxborot 

texnologiyalari 

(GAT 

texnologiyalari) 

ingl.:  geographic  information  technologies  (GIS 

technologies) 

Gg 


 

 

101 


rus.: 

геоинформационные  технологии  (ГИС 

технологии) 

GAT  ning  funksional  imkoniyatlarini  ro‘yobga 

chiqarishga  imkon  beradigan  geografik  axborot 

tizimi yaratishning texnologik asosi. 



 

geografik axborot tizimi (GAT) 

ingl.: Geographic Information System (GIS) 

rus.:  географическая  информационная  система 

(ГИС) 

1.  Axborot  tizimi.  U  elektron  geografik 

xaritalarni 

va 


ularga 

tegishli 

fazoviy 

ma’lumotlarni  yig‘ish,  saqlash,  ishlov  berish, 

aks 

ettirish, 



tarqatish 

va 


undan 

erkin 


foydalanishni  ta’minlash  uchun  mo‘ljallangan. 

Geografik  axborot  tizimi  fazoviy  obyektlar  va 

ular  shaklining  raqamli  aksiga  oid  (vektorli, 

rastrli, 

kvadrotomik 

va 


o‘zgacha) 

ma’lumotlarga 

ishlov 

berish 


uchun 

o‘z 


vazifalariga mos funksional imkoniyatlarga ega. 

2.  GATning  dasturiy  vositasi  uning  funksional 

imkoniyatlarini  amalga  oshiruvchi  dasturiy 

mahsulotdir. 



 

geoinformatika 

ingl.: geoinformatics 

rus.: геоинформатика 

Ilmiy,  texnologik  va  ishlab  chiqarish  faoliyati. 

U  amaliy  yoki  geoilmiy  maqsadlarda  ilmiy 

asoslash,  loyihalash,  yaratish,  ekspluatatsiya 

qilish  va  geografik  axborot  tizimlaridan 

foydalanish,  geoaxborot  texnologiyalarni ishlab 

chiqish  hamda  amaliy  jihatlar  yoki  GAT 

qo‘llanmalari bilan shug‘ullanadi. 



 

geomatika 

ingl.: geomatics 

rus.: геоматика 

1.  Axborot  texnologiyalari,  multimedia  va 

telekommunikatsiya  vositalaridan  foydalanish 

yo‘nalishi. 

Ma’lumotlarga 

ishlov 


berish, 

geotizimlarni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan 

xaritaga  olish  mazkur  ilmiy  yo‘nalishning 

asosiy vazifasidir. 

2.  Geoinformatika  yoki  geoaxborotlashgan 

xaritaga  olish  atamalarining  sinonimi  sifatida 

ham ishlatiladigan atama. 

 

geterogen tarmoq 

ingl.: heterogeneous network 

rus.: гетерогенная сеть 

Turli ishlab  chiqaruvchilarning  tizimlari  har  xil 

bayonnomalar asosida ishlashini ta’minlaydigan 

axborot tarmog‘i. 



 

geytvey 

ingl.: gateway page 

rus.: гейтвей 

Ko‘p  sonli  murojaatlardan  tashkil  topgan  veb-

sahifa. 

 

GFLOPS 

qisq.: GigaFLOPS 

Milliard FLOPS. 



 

GGP 

qisq.: Gateway-Gateway Protocol 

Shluzlararo bayonnoma. 



 

GGSN 

qisq.: Gateway GPRS Support Node 

GPRS  shluzini  qo‘llab-quvvatlash  bog‘lamasi. 

GPRS  tarmog‘ining  ma’lumotlarni  paketli 

uzatish  tarmoqlari  (TCP/IP,  X.25)  bilan 

aloqasini ta’minlaydi. 

 

GHz 

qisq.: GigaHertz 

Gigagers.  Chastota  o‘lchashning  fizikaviy 

miqdori (milliard Gers). 

 

gibrid ekran 

ingl.: hybrid screen 

rus.: гибридный экран 

Ma’lumolarni  ham  chiqarishni,  ham  kiritishni 

ta’minlovchi  ekran.  Gibrid  ekran  maxsus 

jarayonlarda  masalan,  dispetcherlar, sotuvchilar, 

bank  xizmatchilari  bajaradigan  ixtisoslashgan 

jarayonlarda  alohida  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 

Texnologiyalar  orasida  quyidagi  ikki  tamoyil 

ko‘proq 


ishlatiladi. 

Sig‘imli 

tamoyilda, 

foydalanuvchining 

qo‘l 

barmog‘i  ekranga 



chiqarilgan  tasvir  detallariga  tegishi  bilan 

ma’lumot  kiritish  yuz  beradi.  Buning  uchun, 

suyuq  kristalli  indikatorning  old  va  orqa 

tomonlaridan elektr  o‘tkazuvchi  qatlamli shisha 

plastinalar 

qo‘yiladi, 

yon 

tomonda 


esa 

elektrodlar  joylashadi.  Elektrmagnit  tamoyili 

maxsus  pero  ishlatishga  asoslangan.  Buning 

uchun,  suyuq  kristalli  indikatorning  orqa 

tomoniga  sezgir  panjara  yoki  magnit  konturlari 

joylashtiriladi.  Pero,  ekran  qabul  qilayotgan 

kuchlanishni induksiyalaydi. 

 

gibrid uzib-ulash 

gibrid uzib-ulash 

 


 

102 


ingl.: hybrid switching 

rus.: гибридная узиб-улаш 

Kanallar  uzib-ulashi  va  paketlar  uzib-ulashini 

ta’minlovchi 

kompleks 

transport 

xizmat 


ko‘rsatish turi. 

 

GIF 

qisq.: Graphics Interchange Format 

Grafik axborot  almashish  formati,  GIF  formati. 

Internetda  eng  keng  tarqalgan  grafik  format. 

256  ranggacha  bo‘lgan  tasvirlarni  saqlash 

imkonini 

beradi, 


shaffoflik, 

animatsiya, 

qatorlararo  yoyilmasi,  bitta  faylda  bir  necha 

tasvirni 

saqlash 

kabi 


amallarni 

qo‘llab-


quvvatlaydi. 

 

Gigabit Ethernet 

Axborotni uzatish tezligi 1 Gbit/s gacha bo‘lgan 

Ethernet texnologiyasi. 

 

GII 

qisq.: Global information infrastructure 

qarang: global axborot infratuzilmasi 

 

GIOP 

qisq.: General Inter-ORB Protocol 

ORB  orasida  kommunikatsiya  uchun  umumiy 

bayonnoma. 

 

giperaloqa 

ingl.: hyperlink 

rus.: гиперсвязь 

qarang: gipermurojaat 

 

giperhavola 

ingl.: hyperlink 

rus.: гиперссылка 

qarang: gipermurojaat 

 

giperkub 

ingl.: hypercube 

rus.: гиперкуб 

N-o‘lchovli  fazodagi  kub.  Giperkub  g‘oyasi, 

superkompyuterlar 

me’moriy 

tuzilmasining 

variantlaridan birini ishlab chiqishda ishlatiladi. 

Bunday  me’moriy  tuzilma  bog‘lama  bloklarni 

ishlatishga  asoslanadi,  ularning  har  birida, 

protsessor,  xotira  va  aloqa  vositalari  bo‘lgan 

transpyuter  mavjud.  Kubning  har  bir  bloki 

bevosita  n  -1  qo‘shni  bloklar  bilan  o‘zaro 

ta’sirda bo‘ladi. Qolgan bloklar orasidagi o‘zaro 

ta’sir  vositachi-bloklar  orqali  amalga  oshiriladi. 

Xabarlar  ko‘p  sonli  bloklar  orqali  o‘tganligi 

sababli, 

ko‘rilayotgan 

me’moriy 

tuzilma 


ma’lumotlarni  uzatishda  sezilarli  kechikishlar 

bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga, u minglab 

protsessorlarni ulash imkonini beradi. 

 

gipermatn 

ingl.: hypertext 

rus.: гипертекст 

1.  Matnni  kompyuterda  ifodalash  shakli.  Unda 

ajratilgan  tushunchalar,  obyektlar  va  bo‘limlar 

orasidagi  ma’noli  bog‘lanishlar  avtomatik 

tarzda qo‘llab-quvvatlanadigan. 

2. 


Displeyning 

ekraniga 

gipermatnni 

chiqaradigan  va  ma’noli  aloqalar  bo‘yicha 

o‘tishlarni amalga oshiradigan axborot dasturi. 

Gipermatn 

klaviatura 

yoki 


sichqoncha 

yordamida, matnning rang bilan ajratilgan qismi 

-  murojaatni  shu  zahotiyoq  ekranga  chiqaradi. 

Bular mazkur so‘z yoki jumlaga ta’rif va izohlar, 

adabiyotlar  ro‘yxatiga  murojaatlar  va  bundan 

keyingi o‘qishga oid tavsiyalar bo‘lishi mumkin. 

Gipermatnnlarning 

ikki 


guruhini 

ajratishadi.Uning  muallifi  tomonidan  ko‘zda 

tutilmagan  obyektlarni  unga  qo‘shish  mumkin 

bo‘lsa,  u  ochiq  gipermatn  deb  ataladi.  Dinamik 

gipermatn turi uchun, uni kattalashtirish amalini 

qo‘llash odatiy holdir. 

Gipermatn,  global  ulanish  xizmatida  WWW 

sahifalarini 

yozishda 

keng 


ishlatiladi. 

Zamonaviy dasturiy vositalarning so‘rov (Help) 

tizimlari  gipermatn  ko‘rinishida  yaratilmoqda. 

Gipermatnlar 

ta’lim 

tizimlarida, 



izohli 

lug‘atlarda  va  masofaviy  o‘qitishda  keng 

ishlatilmoqda. 

 

gipermatnli 

axborot 

uzatish 

bayonnomasi 

ingl.: Hyper Text Transfer Protocol (HTTP) 

rus.: 

протокол 

передачи 

гипертекстовой 

информации 

Veb 


bog‘lamalaridagi 

hujjatlarni 

o‘qishni 

ta’minlovchi  transport  bayonnomasi.  Ushbu 

holatda  u  aslida  veb  bog‘lamalariga  bo‘lgan 

barcha so‘rovlarni bajaradi. 



 

gipermatnli markerlash tili 

ingl.: HyperText Markup Language (HTML) 

rus.: гипертекстовый язык разметки 

Markerlash  tili.  Internetning  global  ulanish 

xizmatida hujjatlarni yozma shaklini belgilaydi. 

HTML 


tili, 

matn 


muharriri 

yordamida 

tayyorlangan  matnga  kiritiladigan  buyruqlar 

majmuiasidan  iborat  bo‘lib,  veb-sahifalarni 

GIF 

 


 

103 


yaratishda 

ishlatiladi. 

HTML 

abzatslarni 



formatlash,  sarlavha  bilan  ishlash,  ramzlarni 

formatlash, 

axborot 

bloklarini 

ifodalash, 

dastlabki  tayyorlangan  matnlarni,  tasvirlarni  va 

tovush  parchalarini  qo‘llanma  qilib  qo‘shish; 

gipermatnli 

murojaatlarini 

yaratish; 

ma’lumotlarni 

kiritishning 

interaktiv 

formalarini  tashkillashtirish  kabilarni  yuzaga 

chiqaradi. 

 

gipermatnli 

markerlashning 

kengayuvchan tili 

ingl.: eXtensible Markup Language (XML) 

rus.: 

расширяемый 

язык 

гипертекстовой 

разметки (XML) 

Veb-sahifa  yaratish  tillaridan  biri.  W3C  forumi 

quvvatlaydigan ochiq standart. Xuddi HTML ga 

o‘xshash,  teglar  tuzulmasini  ishlatadi,  ammo 

HTML  dan  farqli,  gipermatnli  hujjatning 

elementlarini  aks  ettirmay,  shu  elementlarning 

mazmunini  aniqlaydi.  Bundan  tashqari,  XML 

ishlab chiquvchiga xususiy teglarni ta’riflash va 

kiritish imkonini beradi. XML, B2B tizimlarida 

elektron 

tranzaksiyalarni 

quvvatlaydi. 

elektron  hujjat  aylanishining  ustun  turadigan 



formati bo‘lib qolishi kutilmoqda. 

 

gipermatnli murojaat 

ingl.: hyperlink 

rus.: гипертекстовая ссылка 

qarang: gipermurojaat 

 

gipermedia 

ingl.: hypermedia 

rus.: гипермедиа 

1.  Turli  ma’lumotlarni  kompyuterda  ifodalash. 

Bunda  ajratilgan  tushunchalar,  obyektlar  va 

bo‘limlar 

orasidagi 

ma’noli 


bog‘lanishlar 

avtomatik tarzda quvvatlanadi. 

2.  Barcha  turdagi  axborotlarni  ifodalash 

texnologiyasi. 

Ifoda 

o‘zaro 


assotsiativ 

bog‘langan,  nisbatan  katta  bo‘lmagan  bloklar 

shaklida bo‘ladi. 

Gipermedia  gipermatnga  o‘xshash,  ammo, 

bog‘lanadigan  bloklar  sifatida  matn  parchalari 

emas,  balki  ixtiyoriy  tabiatdagi  ma’lumotlar: 

grafik  tasvirlar,  videokliplar,  tovush  fayllari  va 

shu  kabilarni  bo‘lishi  mumkin.  So‘nggi  vaqtda, 

gipermedia 

Internetda 

ishlatilmoqda. 

Gipermedia  bilan  ishlash  uchun  kompyuter 

tegishli  multimedia  aslahalari  bilan  jihozlangan 

bo‘lishi 

kerak. 

Gipermediada 



ishlaydigan 

dasturlar  bozori  kengayib  bormoqda.  U, 

birincha  navbatda,  ensiklopediyalar,  darsliklar, 

mollar 


va 

tovarlarning 

katalogi, 

ma’lumotnomalar  va  qo‘llanmalar,  mahalliy 

tarmoqlarda  jamoa  bo‘lib  ishlash  vositalari, 

sun’iy  tafakkur  tizimlarini  taqdim  etmoqda. 

Gipermedia  ta’lim  tizimlarida  va  masofadan 

o‘qitishda keng ishlatilmoqda. 



 

gipermuhit 

ingl.: hypermedia 

rus.: гиперсреда 

qarang: gipermedia 

 

gipermurojaat 

ingl.: hyperlink 

rus.: гиперссылка 

1.  Faol  (rang  bilan  ajratilgan)  matn,  veb-

sahifadagi  tasvir  yoki  tugma.  Uni  chertish 

(gipermurojaatni faollashtirish) boshqa sahifaga 

o‘tishga yoki galdagi sahifaning boshqa qismiga 

o‘tishga olib keladi. 

2.  Gipermatn  shaklida  amalga  oshirilgan, 

hujjatdagi yozuvlar yoki turli hujjatlar orasidagi 

aloqa.  Aloqa  joyi  biror  usul  bilan  (masalan, 

rang bilan, shrift bilan va h.k.) ajratiladi. 

3. Gipermurojaat amalga oshiruvchi dastur. 

 

GIS 

qisq.: Geographic Information System 

Geoaxborot tizimi, GAT. 



 

GIS korporatsiyasi 

ingl.: GIS corporation 

rus.: корпорация GIS 

Ma’lumotlarga  ishlov  berish  vositalarini  ishlab 

chiqaruvchi  kompaniya.  AQSHda  1884  yilda 

yaratilib,  dastlab  NCR  deb  nomlangan.  Keyin 

GIS  (Global  Information  Solution  –  Global 

axborot  yechimi)  deb  nomlanib,  AT&T 

korporatsiyasining  sho‘’ba  korxonasi  bo‘lgan. 

GIS asinxron uzatish usuliga muvofiq ishlovchi 

baza tarmoqlari uchun tizimlar ishlab chiqaradi. 

Axborotni  saqlash  joylari,  ma’lumotlarning 

aqliy  tahlili  va  iqtisodiyotning  turli  sohalari 

uchun  abonentlik  tizimlarini  (bank  tizimlari, 

kassa  apparatlari  va  skanerlar,  bankomatlar, 

moliyaviy atamaallar) ishlab chiqaradi. 



 

global aloqa tarmog‘i 

ingl.: global communication network 

rus.: глобальная сеть связи 

global aloqa tarmog‘i 

 


 

104 


Yer sharining asosiy qismida aloqa xizmatlarini 

ko‘rsatishga mo‘ljallangan elektr aloqa tarmog‘i. 

U xalqaro miqyosda rostlanadi. 

 

global axborot infratuzilmasi 

ingl.: Global Information Infrastructure (GII) 

rus.: 

глобальная 

информационная 

инфраструктура (ГИИ) 

Sifat jihatidan tamomila yangi axborot tuzilmasi. 

Uni 

dunyo 


hamjamiyatining 

bir 


qator 

rivojlangan  davlatlari  1995  yildan  boshlab 

shakllantira  boshlashgan.  Ularning  niyatlariga 

ko‘ra  global  axborot  infratuzilmasi,  global  va 

mintaqaviy 

axborot-kommunikatsion 

tarmoqlarini  hamda  raqamli  televideniye  va 

radio  eshittirishlar,  yo‘ldosh  tizimlar  va 

harakatlanuvchi  aloqani  uyg‘unlashuvi  asosida, 

sayyoramizning  aholisiga  ommaviy  xizmat 

ko‘rsatadigan 

umumjahon 

integrallashgan 

axborot tarmog‘idan iborat bo‘ladi. 



 

global axborot jamiyati xartiyasi 

ingl.: global information society charter 

rus.: 

хартия  глобального  информационного 

общества 

2000  yil  22  iyul  kuni  Yaponiyaning  Okinava 

shahrida  bo‘lib  o‘tgan  «sakkizlik»  sammitida 

qabul  qilingan.  Xartiyaning  kirish  qismida 

ta’kidlab  o‘tilganidek,  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari 

yigirma 

birinchi 

asr 

jamiyatining  shakllanishiga  ta’sir  qiluvchi  eng 



asosiy  omillaridan  biridir.  Ularning  inqilobiy 

ta’siri  insonlarning  turmush  tarzi,  ta’limi  va 

faoliyati, 

hamda 


hukumat 

va 


fuqarolik 

jamiyatning o‘zaro aloqasiga tegishlidir. 



 

global axborot tizimi 

ingl.: Wide-Area Information System (WAIS) 

rus.: глобальная информационная система 

Internet  tarmog‘ining  ma’lumotlar  bazalaridan 

axborot  izlash  bo‘yicha  tarmoq  xizmati.  WAIS 

ko‘p  sonli  ma’lumotlar  bazalaridan  axborot 

izlashni osonlashtirish uchun yaratilgan. Gopher 

tarmoq xizmatidan farqli, WAIS bilan ishlashda 

dastlab  menyuni  ko‘rib  chiqish  kerak  emas. 

Izlashda  so‘z  kiritish  kifoya.  Shunda  WAIS 

Internetdagi ma’lumotlar bazalarining nomlarini 

qarab  chiqadi,  natijada  foydalanuvchi,  bu  so‘z 

uchraydigan  obyektlarning  ro‘yxatini  oladi. 

Muhimi  shuki,  har  bir  baza  o‘zining  axborot 

izlash  usuliga  ega.  WAIS  esa  bu  usullarning 

barchasi  bilan  ishlay  oladi  va  foydalanuvchiga 

yagona umumiy interfeys taqdim qiladi. 

 

global hisoblash tarmog‘i 

ingl.: global computer network 

rus.: глобальная вычислительная сеть 

Talaygina 

geografik 

maydonni 

(hududni, 

mamlakatni,  bir  necha  mamlakatni)  qamrab 

olgan  mintaqaviy  hisoblash  tarmog‘i.  Internet 

eng yirik global hisoblash tarmog‘idir. 



 

global manzil 

ingl.: global address 

rus.: глобальный адрес 

Tarmoqda  ishlatiladigan  manzil  turlaridan  biri. 

Global  manzil  ma’lumotlar  bloki,  xabar  yoki 

signal  barcha  obyektlar  uchun  mo‘ljallanganini 

ko‘rsatadi. 

Tarmoqda 

global 

manzillar 



ishlatilganda 

tarmoqda 

keng 

qamrovli 



eshittirish  bajariladi.  Shuningdek,  tarmoqda 

guruhli 


manzil 

(ma’lumotlar 

bloki 

mo‘ljallangan  obyektlar  to‘plamini  aniqlaydi) 



va noyob manzil (tarmoqda faqat bitta obyektni 

ajratadi) ishlatiladi. 



 

global tarmoq 

ingl.: global network 

rus.: глобальная сеть 

Bir  necha  mamlakatlarda  joylashgan  va 

territorial  tarmoqlarni  birlashtirib  yaratilgan 

tarmoq.  U  ko‘p  sonli  foydalanuvchilarga 

tarmoq xizmatlarini va resurslarini taqdim qilish 

maqsadida 

yaratiladi. 

O‘zining 

katta 

o‘lchamlari  tufayli  har  bir  global  tarmoq  o‘z 



foydalanuvchilariga 

minglab 


ma’lumotlar 

bazalarini, qit’alararo elektron pochtani, amalda 

ixtiyoriy  mutaxassislik  bo‘yicha  ta’lim  olishni 

taqdim 


etadi. 

Bunday 


tarmoqqa 

misol 


Internetdir.  Shu  bilan  birga,  kompaniyaning 

turli 


mamlakatlarda  joylashgan 

filiallarini 

birlashtiruvchi global korporativ tarmoqlar ham 

farqlanadi. 



 

global ulanish 

ingl.: global connection 

rus.: глобальное соединение 

Internet  tarmog‘ining  ma’lumotlar  bazalaridan 

erkin  foydalanishning  gipermuhitini  yaratuvchi 

tarmoq  xizmati.  CERN  dagi  Tim  Berners-Lee 

tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Uning  asosiy 

g‘oyasi, 

cho‘qqilari 

hujjatlar 

bo‘lgan, 

hujjatlardagi so‘zlar va jumlalar ularning o‘zaro 

aloqasini aniqlaydigan katta grafni yaratishdadir. 

global axborot infratu... 



 

105 


Natijada,  hujjatlar  ko‘psonli  serverlarning 

ma’lumotlar  bazalarida  joylashadi  va  ularning 

assotsiativ  aloqalari  Internetda  bir  birini  kesib 

o‘tgan  murojaatlar  turini  hosil  qiladi.  WWW 

uchun 

 standartlarni  W3C  konsorsiumi  ishlab  chiqadi. 



Global ulanish xizmati yangiliklar haqida xabar 

beradi,  fan,  san’at,  texnika,  ishlab  chiqarish  va 

savdoga 

tegishli 

turli 

sohalar 


bo‘yicha 

ma’lumotlar 

beradi. 

Bundan  tashqari 

u, 

mahsulot  va  turli  shaxslar  tomonidan  taqdim 



qilinayotgan 

xizmat 


turlari 

reklamasini 

ta’minlaydi.  WWW  ni  tashkil  qiluvchilarga 

quyidagilar kiradi: 

- gipermatnli uzatish protokoli; 

- gipermatnli markerlash tili; 

- ko‘rib chiqish muharriri-brauzer; 

- WWW serveri; 

- WWW sahifasi. 

WWW  da  axborotni  topish  uchun  izlash 

serverlari ishlatiladi. 

 

globallashuv 

ingl.: globalization 

rus.: глобализация 

Axborot 


texnlogiyalari, 

mahsulotlari 

va 

tizimlarini  butun  dunyoga  tarqalish  jarayoni.  U 



iqtisodiy  va  madaniy  jihatlardan  qaraganda 

uyg‘unlashuvga  olib  keladi.  Bu  jarayonning 

tarafdorlari 

bundan 


keyinggi 

taraqqiyot 

imkoniyatlarini  faqat  global  axborot  jamiyatini 

rivojlanish sharoitlarida ko‘rishadi. Opponentlar 

globallashuvni  milliy  madaniy  qadriyatlarga 

keltiradigan 

xatarlari 

haqida 


ogohlantirishmoqda. 

Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling