Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet24/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103

 

HRAA 

qisq.: High Resolution Anti-Aliasing 

Yuqori  ajrataolish  uchun  silliqlash.  Kompyuter 

grafikasida  –  yuqori  ajrataolish  rejimlarida 

poligonlar chegaralarini silliqlash. 



 

HSB 

qisq.: Hue-Saturation-Brightness 

Tus-to‘yinganlik-yorqinlik. 

Tasvirning  rang 

tavsifnomalarini  belgilash  usuli  (rang  modeli). 

H  –  tus,  «sof»  rang  to‘lqini  uzunligini  belgilab 

«rang  doirasi»  graduslarida  ko‘rsatiladi,  S  – 

rang  tozaligini,  B  –  yorqinligini  (chiziqsiz 

tarkibiy qism) belgilaydi. 



 

HSCSD 

qisq.: High Speed Circuit Switched Data 

Kanallarni  uzib-ulashga  asoslangan  tarmoqlar 

orqali  ma’lumotlarni  yuqori  tezlikda  uzatish, 

HSCSD  texnologiyasi.  GSM  tarmoqlarida 

ma’lumotlarni  simsiz  uzatish.  Ma’lumotlar 

uzatish  kanalini  tashkillashtirish  uchun  GSM 

kadrida  bir  vaqtning  o‘zida  to‘rttagacha 

taymslotdan foydalanish imkonini beradi, bunda 

kanal  tezligi  57,6  Kbit/s  gacha  boradi  (GMSK 

modulyatsiyasi). 

HotSpot 

 


 

115 


 

HTML 

qisq.: HyperText Markup Language 

qarang: gipermatnli markerlash tili 

 

HTML atributi 

ingl.: HTML attribute 

rus.: атрибут HTML 

Belgilanayotgan 

elementga 

qo‘shimcha 

xususiyatlarni  belgilash  uchun  HTML  tegida 

qo‘llaniluvchi qiymat. 



 

HTTP 

qisq.: HyperText Transfer Protocol 

qarang: uzatishning gipermatnli bayonnomasi 

 

HTTPD 

qisq.: HTTP Daemon 

HTTP-demon. Operatsion tizimda HTTP server 

vazifalarini bajaruvchi jarayon. 

 

HTTPS 

qisq.: HTTP Secure 

Muhofaza  qilingan  HTTP.  Veb-brauzerlariga 

Internetda 

veb-sahifalar 

va 

boshqa 


ma’lumotlarni xavfsiz o‘qish imkonini beruvchi 

gipermatnni  uzatish  bayonnomasi.  HTTPS 

bayonnomasi  shifrlash  va  axborotni  maxsus 

port orqali uzatish mumkinligini ta’minlaydi. 



 

hududiy tarmoq 

ingl.: Wide-Area Network (WAN) 

rus.: территориальная сеть 

Tarkibiy  qismlari  turli  geografik  nuqtalarda 

joylashgan  axborot  tarmog‘i.  Hududiy  tarmoq 

katta  fazoni  –  tuman,  viloyat,  mintaqa, 

mamlakat,  mamlakatlar  guruhini  qamrab  oladi. 

Agarda  u  qit’alarni  qamrab  olsa  global  tarmoq 

atamasi 

ishlatiladi. 

Hududiy 

va 


global 

tarmoqlarning  alohida  xususiyatlari  bor.Ular 

kengpolosali  uzun  kanallar,  ko‘p  sonli  uzib-

ulash  bog‘lamalari  yoki  aloqa  yo‘ldoshlaridan 

foydalanadilar. 

 

hujjat 

ingl.: document 

rus.: документ 

1.  Matn,  tovush  yoki  tasvir  shaklida  axborot 

yozilgan,  zamon  va  makonda  uzatish  hamda 

saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun 

mo‘ljallangan moddiy obyekt. 

2. Ma’lum bir faktni yoki biror narsaga huquqni 

tasdiqlovchi ish qog‘ozi. 

3. Ko‘rsatuvchi shaxsini aniqlovchi guvohnoma, 

rasmiy qog‘oz. 

4.  Ma’lum  tarixiy  voqealar,  faktlar  haqidagi 

yozma guvohnoma. 

 

hujjatga ishlov berish 

ingl.: document processing 

rus.: обработка документов 

Hujjatlarni  yaratish  va  o‘zgartirish  jarayoni. 

Hujjatlarga  ishlov  berish  tasniflash,  saralash, 

zarur  bo‘lgan  shaklga  o‘zgartirish,  ma’lumotlar 

bazasida 

joylashtirish, 

izlash 

va 


foydalanuvchilarga  berishdan  iborat.  Ishlovga 

insonga  ham,  tizimga  ham  tushunarli  hujjatlar 

loyiq.  Masalan,  hisobotlar,  loyihalar,  yozma 

murojaat, 

arizalar, 

bank 


hisoblari, 

do‘konlarning cheklari. 



 

hujjatlarga ochiq ishlov berish 

ingl.: open document processing 

rus.: открытая обработка документов 

Xalqaro  standartlar  va  belgi  qo‘yish  uchun 

umumlashgan 

standart 

tilga 

tayanadigan, 



muayyan 

foydalanuvchilardan 

mustaqil 

ravishda  hujjatga  ishlov  berish.  Hujjatga  ishlov 

berishning  ikkita  yirik  sohasini  ajratadilar. 

Bularga nashriyot va muassasalar kiradi. 



 

hujjatlashtirilgan axborot 

ingl.: documented information 

rus.: документированная информация 

1.  Zamon  va  makonda  uzatish  uchun  sun’iy 

ravishda yozilgan axborotli moddiy obyekt. 

2.  Moddiy  tashuvchiga  yozilgan  va  uni 

aniqlashga  yordam  beruvchi  rekvizitlarga  ega 

bo‘lgan axborot. 



 

hujjatlashtirilgan 

ilmiy-texnikaviy 

axborot 

ingl.: documented scientific information 

rus.: 

документированная 

научно-техническая 

информация 

Moddiy tashuvchiga yozilgan va uni aniqlashga 

yordam  beruvchi  rekvizitlarga  ega  bo‘lgan 

ilmiy-texnikaviy axborot. 



 

hujjatlashtirilmagan axborot 

ingl.: undocumented information 

rus.: недокументированная информация 

Jismoniy shaxslar tashiydigan yoki ramz, timsol, 

signal,  texnik  yechim,  jarayonlar  shaklida  fizik 

maydon 


va 

muhitlarda 

aks 

ettirilgan 



ma’lumotlar. 

 

hujjatlashtirilmagan a... 



 

116 


hujum 

ingl.: attack 

rus.: атака 

Kompyuter  muhofazasini  buzishga  qaratilgan 

harakat. Masalan, badniyat mantiq, tutib olish. 

Misol sifatida  Denial  On  Service  ya’ni  «xizmat 

ko‘rsatishni  rad  etish»  hujumini  ko‘rsatish 

mumkin. 


Bunday 

hujum 


uyushtirilganda 

foydalanuvchilar 

odatda 

foydalanayotgan 



xizmat  yoki  resurslardan  voz  kechadi.  Mazkur 

hujumning  eng  keng  tarqalgan  turi  –  ma’lum 

manzilga  ma’lumotlar  buferi  mo‘ljallanmagan 

katta hajmdagi ma’lumotlarni yo‘naltirish. 



 

hujumni payqash 

ingl.: attack detection 

rus.: обнаружение атаки 

Tizimning obyektlariga qilinayotgan hujumlarni 

topib olishda ishlatiladigan mexanizm. 

 

hujumni tanish 

ingl.: attack identification 

rus.: распознавание атаки 

qarang: hujumni payqash 

 

huquqiy informatika 

ingl.: legal informatics 

rus.: правовая информатика 

Huquqda  (yoki  huquqiy  tizimda)  axborot, 

axborot  jarayonlari  va  axborot  tizimlarini 

o‘rganuvchi  fan.  Huquqiy  informatikaning 

tadqiqot obyektlari: 

-  huquqiy  tizimda  axborot  maxsus  obyekt  navi 

sifatida; 

-  huquqiy  tizimda  axborot  jarayonlari  va  ular 

bajarilayotganda  paydo  bo‘ladigan  axborot 

munosabatlari; 

huquqiy 


maqsadlarda 

qo‘llaniladigan, 

hisoblash 

texnikasi, 

aloqa 

va 


telekommunikatsiyalar 

vositalari 

asosida 

yaratiladigan 

axborot 

tizimlari, 

axborot-

telekommunikatsiya  texnologiyalari  va  ularni 

ta’minlash 

vositalari, 

jumladan, 

avtomatlashtirilgan 

axborot 

tizimlari, 

ma’lumotlar  bazalari  va  banklari,  ularning 

tizimlari, boshqa axborot texnologiyalari. 



 

huquqiy kibernetika 

ingl.: legal cybernetics 

rus.: правовая кибернетика 

Huquqiy  tizimning  ijtimoiy  munosabatlarni 

huquqiy  rostlash  tizimi  sifatidagi  axborot 

xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. 



 

Hz 

qisq.: Hertz 

Gers. Chastota uchun fizikaviy o‘lchov birligi. 



 

hujum 


 

 

117 


Ii

 

 

I/O 

qisq.: Input/Output 

Kiritish/chiqarish. 



 

i18n 

qisq.: InternationalizatioN 

Baynalminallashtirish. 

Turli 

jo‘g‘rofiy 



hududlarda  turli  millatlarning  tillarida  ishlashni 

quvvatlash. 

18 

soni 


internationalization 

so‘zidagi  birinchi  «i»harfidan  to  oxirigi  «n» 

harfigacha bo‘lgan harflar sonini bildiradi. 

 

IAB 

qisq.: Internet Architecture Board 

Internet arxitekturasi  bo‘yicha  qo‘mita.  Internet 

jamiyatning maslahatli texnika guruhi (ISOC). 

 

IANA 

qisq.: Internet Assigned Numbers Authority 

Internet  raqamli  manzillari  bo‘yicha  vakolatli 

organ.  Internent  rivojlanishining  boshlang‘ich 

bosqichlarida  IP-  manzillarni  va  bayonnomalar 

bo‘yicha  tartib  raqamlarini  taqsimlash  ishlarini 

bajargan  tashkilot.  Keyinchalik  bu  vazifalar 

ICANN zimmasiga o‘tgan. 

 

IB 

qisq.: InterBase 

InterBase 

MBBT 

(ma’lumotlar 



bazasini 

boshqarish 

tizimi). 

Borland. 

kompaniyasi 

tomonidan 

rivojlantirilayotgan 

relyatsion 

MBBT. 

 

iBCS 

qisq.: Intel Binary Compatibility Specification 

Intel firmasining ikkilik uyg‘unlashuv standarti. 



 

IBM funksional profili (kasbiy yo‘nalish) 

ingl.: IBM functional profile 

rus.: функциональный профиль IBM 

IBM  korporatsiyasi  tomonidan  ishlatiladigan 

funksional  kasbiy  yo‘nalish.  Axborotga  ishlov 

berish  bilan  bog‘liq  turli  -  tuman  vazifalarni 

yechishni ta’minlaydi. 

 

IBM halqa tarmog‘i 

ingl.: IBM ring network 

rus.: кольцевая сеть IBM 

IBM 


korporatsiyasi 

tomonidan 

ishlab 

chiqariladigan  halqa  tarmog‘i.  1989  yili  IBM 



korporatsiyasi  Token_Ring  mahalliy  tarmog‘ini 

taklif  qildi.  Uning  o‘zagini,  4  yoki  16  Mbit/s. 

tezlik  bilan  ma’lumotlarni  uzata  oladigan  halqa 

kanali  tashkil  qiladi.  Halqa  yuqori  ishonchlilik 

bilan 

tavsiflanadi. 



Ishonchlilikni 

oshirish 

maqsadida 

IBM 


halqaning 

qayta-ulanib 

turadigan to‘plagichli  yulduz-halqa  «stansiyalar 

to‘plamiga  ulanish  bloklari»  MSAU  deb 

ataluvchi  topologiyani  ishlatadi.  Bu  yerda 

stansiyalar sifatida abonent tizimlari tushuniladi. 



 

IBM korporatsiyasi 

ingl.: IBM corporation 

rus.: корпорация IBM 

Kompyuter  texnikasi  sohasida  dunyodagi  eng 

katta 

kompaniya. 



IBM 

kompaniyasi 

(International  Business  Machines  –  Xalqaro 

biznes  mashinalari)  AQSHda  1911  yilda 

yaratilgan.  1953  yilda  kompaniya  «701»  nomli 

o‘zining  birinchi  kompyuterini  taqdim  etgan. 

1981  yilda  IBM  ma’lum  ma’noda  standart 

bo‘lib 


qolgan 

o‘zining 

birinchi 

shaxsiy 


kompyuteri  –  IBM  PCni  ishlab  chiqargan. 

Hozirgi paytda IBM keng ko‘lamda mahsulotlar 

ishlab  chiqaradi  –  parralel  ishlov  berish 

vositalariga  ega  superkompyuterlardan  tortib 

shaxsiy  kompyuterlar  va  shaxsiy  elektron 

yordamchilarigacha. 

IBM  quyidagi  katta  strategik ishlanmalari  bilan 

mashhur: 

- Nways arxitekturasi, 

- keng yo‘l-yo‘lli tarmoq arxitekturasi, 

- uzib-ulanadigan virtual tarmoq, 

- uzatishning paketli usuli, 

- FORTRAN tili. 

 

IBM PC ga uyg‘un shaxsiy kompyuter 

ingl.: personal IBM compatible computer (IBM PC) 

rus.: компьютер IBM-совместимый персональный 

Shaxsiy  kompyuter,  unda shaxsiy  kompyuterlar 

uchun  IBM  firmasi  ishlab  chiqqan  dasturlarni 

ishlatish mumkin. 



 

ICANN 

qisq.:  Internet  Corporation  for  Assigned  Names  and 

Numbers 

Internetda  nomlar  va  manzillarni  beradigan 

tashkilot.  Bayonnomalar  tartib  raqamlarini  va 

Internetda nomlar beradigan notijorat tashkiloti. 



ICANN 


 

 

118 


Bundan  tashqari,  birinchi  pog‘ona  domen 

nomlari bazasini ham quvvatlaydi. 



 

ICC 

qisq.: Integrated Circuit Card 

Mikrosxemali kartochka, smart-karta. 



 

ICL korporatsiyasi 

ingl.: ICL corporation 

rus.: корпорация ICL 

Aralash  tarmoqlar  uchun  jihozlar  ishlab 

chiqaruvchi kompaniya. ICL kompaniyasi 1968 

yilda  Buyuk  Britaniyada  yaratilgan  bo‘lib, 

ma’lumotlarga  ishlov  berish  qurilmalarini 

yetakchi  ishlab  chiqaruvchilardan  biridir.  ICL 

keng  ko‘lamdagi  aborot  tizimlarini  ishlab 

chiqaradi  –  shaxsiy  kompyuterlardan  tortib 

superkompyuterlargacha. 

 

ICMP 

qisq.: Internet Control Message Protocol 

Internetda  boshqaruvchi  xabarlar  bayonnomasi, 

ICMP  bayonnomasi.  Tarmoq  pog‘onasidagi 

boshqaruvchi  xabarlar  bayonnomasi,  TCP/IP 

bayonnomalari  oilasiga  mansub.  RFC  792  da 

belgilangan. 



 

ICP 

qisq.: Integrated Circuit Package 

Mikrosxemaning tanasi. 



 

ICQ 

qisq.: I Seek You 

ICQ  oniy  xabarlari  tarmoq  -  xizmati.  Internet 

peydjeri. Mirabilis kompaniyasining ishlanmasi, 

keyinchalik AOL xarid qilib olgan. 



 

ICT 

qisq.: Information Communication Technologies 

qarang: 

Axborot-Kommunikatsiya 

Texnologiyalari (AKT) 

 

ID 

qisq.: IDentifier 

Identifikator, noyob nom. 



 

IDAPI 

qisq.: Integrated Database API 

Ma’lumotlar  bazalaridan  erkin  foydalanish 

uchun  ichiga  o‘rnatilgan  API.  Ma’lumotlar 

bazalaridan  erkin  foydalanish  uchun  Borland 

API  kompaniyasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan, 

BDE ning qismi. Avval ODAPI deb atalgan. 



 

IDCT 

qisq.: Inverse Discrete Cosine Transform 

Teskari 


diskret 

kosinusli 

o‘zgartish. 

Zichlashtirilgan  ma’lumotlarni  dekoderlashda 

ishlatiladi. 

 

IDE 

qisq.: 

1.  Integrated  Development  Environment  – 

ishlab chiqishning birlashgan muhiti. 

2.  Integrated  Drive  Electronics  –  IDE  diskli 

qurilmalari  interfeysi.  Birlashgan  boshqaruv 

elektronikasiga  ega  diskli  to‘plovchilari  uchun 

interfeys turi. 

 

identifikatsiya 

ingl.: identification 

rus.: идентификация 

Erkin  foydalanish  subyekt  yoki  obyektlariga 

identifikator berish va (yoki) taqdim etilayotgan 

identifikatorni  berilgan  identifikatorlar  ro‘yxati 

bilan taqqoslash. 

 

IDL 

qisq.: Interface Definition Language 

Interfeyslarni  tavsiflash  tili,  IDL  tili.  Sintaksisi 

C++  ga  o‘xshash  sof  tavsiflovchi  til.  Tarqoq 

obyektlar  –  usullar  nomlari  va  o‘zgaruvchi-

argumentlar  turlari  interfeyslarini  tavsiflash 

uchun OMG tomonidan ishlab chiqilgan. 



 

IDS 

qisq.: Intrusion Detection System 

Hujumlarni [tarmoqda] payqash tizimi. 



 

IEC 

qisq.: International Electrotechnical Commission 

qarang:  Xalqaro  Elektrtexnika  Komissiyasi 

(XEK) 


 

IEEE 

qisq.:  Institute  of  Electrical  and  Electronics 

Engineers 

Elektrotexnika  va  elektronika  muhandislari 

instituti. 

 

IELTS 

qisq.: International English Language Testing System 

Ingliz tili bo‘yicha testlash xalqaro tizimi. 



 

IESG 

qisq.: Internet Engineering Steering Group 

IETF ijroiy qo‘mitasi. 



 

IETF 

ICC 


 

 

119 


qisq.: Internet Engineering Task Force 

Internet  loyihalash  bo‘yicha  ishchi  guruh. 

Internet 

arxitekturasi 

va 

bayonnomalarini 



rivojlantirish  bilan  shug‘ullanadigan  ochiq 

xalqaro hamjamiyat. 



 

IFAC 

qisq.: International Fegeration of Automatic Control 

qarang: 

Xalqaro 


avtomatik 

boshqaruv 

federatsiyasi 

 

IFIP 

qisq.:  International  Federation  for  Information 

Processing 

qarang:  Xalqaro  axborotga  ishlov  berish 

tashkiloti 



 

IFS 

qisq.: Internet File System 

Internet  uchun  fayl  tizimi.  Oracle  kompaniyasi 

tomonidan ishlab chiqilgan fayl tizimi. 

 

IGES 

qisq.: Initial Graphics Exchange Specification 

Grafik 


ma’lumotlar 

almashuv 

bo‘yicha 

dastlabki  standart,  IGES  standarti.  CAD- 

tizimlar  orasida  ma’lumotlar  almashish  uchun 

faylning ochiq formati. 



 

IGMP 

qisq.: Internet Group Management Protocol 

Internet  guruhlarini  boshqarish  bayonnomasi, 

IGMP  bayonnomasi.  TCP/IP  bayonnomalari 

oilasiga mansub tarmoq pog‘onasi bayonnomasi. 

IP-paketlarni  guruhlab  jo‘natishni  boshqarish 

uchun xizmat qiladi. RFC 1112da belgilangan. 



 

IGP 

qisq.: Interior Gateway Protocol 

Ichki  shluzlar  bayonnomasi,  IGP  bayonnomasi. 

Muxtor  tarmoqni  yo‘naltirgichlari  orasida 

yo‘nalishlar  haqida  axborot  almashish  uchun 

ishlatiladi. 

 

IHV 

qisq.: Independent hardware vendor 

“Mustaqil 

apparatli 

ta’minotni 

yetkazib 

beruvchi”  qisqartmasi.  Butun  kompyuter  tizimi 

emas, balki alohida  turdagi apparatli  ta’minotni 

ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  kompaniya. 

IHV  odatda  yetkaziladigan  apparatli  ta’minot 

uchun drayver taqdim etadi. 



 

IIOP 

qisq.: Internet Inter-ORB Protocol 

TCP/IP  tarmoqlarida  ORB  o‘zaro  aloqada 

ishlash bayonnomasi, IIOP bayonnomasi. IIOP- 

GIOP bayonnomasining TCPda aks etishi. 



 

IIS 

qisq.: Internet Information Server 

Internetning  axborot  serveri.  Windows  NT  va 

Windows  2000  operatsion  tizimlari  uchun  o‘z 

ichiga  HTTP-  va  FTP-serverlarni  olgan, 

Microsoft 

kompaniyasining 

server 

uchun 


dasturiy ta’minoti. 

 

IISP 

qisq.: Information Infrastructure Standards Panel 

qarang:  axborot  infratuzilmasi  standartlari 

hay’ati 


 

ijara kanali 

ingl.: rented channel 

rus.: канал арендованный 

Tarmoq 


operatori 

tomonidan, 

tarmoq 

foydalanuvchisiga  shartnoma  asosida  ijaraga 



berilgan kanal. 

 

ijtimoiy informatika 

ingl.: social informatics 

rus.: социальная информатика 

Jamiyatda  axborot  harakatlanishi  qonuniyatlari 

va  shakllari  to‘g‘risidagi  fan.  Informatikaning 

ilmiy  tadqiqotlarning  yangi  fanlararo  sohasini 

bildiruvchi bo‘limi. 

 

ijtimoiy muhandislik 

ingl.: social engineering 

rus.: социальная инженерия 

Notexnikaviy 

choralar 

(aldash 


va 

h.k.) 


yordamida 

axborot 


tizimining 

xavfsizlik 

tizimini chetlab o‘tish. 

 

ikki qutbli kod 

ingl.: bipolar code 

rus.: биполярный код 

Ikkilik  ketma-ketliklarni  0,  +1,  -1,  uchlik 

signallar  bilan  ifodalab  uzatish  usuli.  Undagi 

birlikning  qiymati  har  bir  keyingi  bir  bilan 

bog‘liq  ravishda  davriy  o‘zgaradi.  Ikki  qutbli 

kodlarda  musbat  va  manfiy  impulslar  mos 

tarzda  “+1”  va  “-1”  ni  aks  ettiradi.  Impulsning 

yo‘qligi  “0”  ni  bildiradi.  Ikki  qutbli  kodlarni 

ishlatish 

yakka 


xatolarni 

topib 


olishni 

ta’minlaydi.  Chunonchi,  agar  nol  o‘rniga  bir 

paydo  bo‘lsa,  yoki  xatolik  tufayli  bir  nolga 

aylanib qolsa, bu oson topib olinadi, chunki har 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling